1.1.Tafakkur bilish jarayoni sifatida
Ma’lumki, murakkab muammolarni yechishda, odatda, faraz sifatida anglanadigan yechish yо‘li belgilab olinadi. Farazni anglanishi tekshirib kо‘rishni keltirib chiqaradi. Tanqidiy yondashuv – yetuk aql alomatidir. Notanqidiy yondashuv – har qanday mos tushishni tushuntirish sifatida va birinchi tо‘g‘ri kelgan yechimni uzil-kesil deb qabul qiladi.
Tekshirish yakunlangandan sо‘ng, tafakkur jarayoni keyingi bosqichga – mazkur savol yuzasidan mulohazaga qilishga о‘tiladi.
Shunday qilib, tafakkur jarayoni – shunday jarayonki, u holatni anglashdan boshlanib, u anglangan va maqsadli bо‘lib, tushunchalar va obrazlar orqali harakatlanadi hamda qandaydir natija bilan yakunlanadi (holat haqida fikr yuritish, yechimni topish, mulohazani shakllanishi va boshqa boshqalar) [10].
Tafakkur jarayonining tarkibiy tuzilmasi va muammoning yechimi:
1. Motiv (muammoni yechishga bо‘lgan hohish).
2. Muammoning tahlili (“nima kerak”, “nimani topish talab etiladi” kabilarni ajrata olish, qanday ma’lumotlar yetishmaydi yoki ortiqcha va boshqalar).
3. Yechimni izlash:
3.1. Birgina ma’lum algoritm asosida yechimni izlash (reproduktiv tafakkur).
3.2. Kо‘pchilik ma’lum algoritmlardan optimal variantni tanlash asosida yechimni izlash.
3.3. Turli algoritmlar alohida qismlarining kombinatsiyalari asosida yechish.
3.4. Prinsipial jihatdan yangi yechimni izlash (ijodiy tafakkur).
3.4.1. Teran mantiqiy mulohazalar asosida (analiz, taqqoslash, sintez, tasniflash, umumlashtirishlar va boshqalar).
3.4.2. Analogiyalardan foydalanish asosida.
3.4.3. Evristik usullardan foydalanish asosida.
3.4.4. Xato va tekshirib kо‘rish kabi empirik metodlardan foydalanish asosida.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan holatda:
3.5. Boshqa faoliyatga diqqatni qaratish: “inkubatsion dam olish davri” – “g‘oyani pishib yetilishi”, fikrni tug‘ilishi, ijod, insayt, qandaydir muammoni yechimini birdaniga anglanishi (intuitiv tafakkur). Fikrni tug‘ilishiga turtki beruvchi faktorlar:
• muammo bilan yuqori darajada qiziqish;
• muammoni yecha olish imkoniyati va muvaffaqiyatga erishishga bо‘lgan ishonch;
• ongning yuqori assotsiativlik faoliyati (uyquda, temperatura yuqori bо‘lganda, emotsional ijobiy stimulda).
4. Yechim topilish g‘oyasini mantiqiy asoslash, yechimni tо‘g‘riligini mantiqiy isbotlash.
5. Yechimni amalga oshirish.
6. Topilgan yechimni tekshirib kо‘rish.
7. Korreksiyalash (zarurat bо‘lganda 2-bosqichga qaytish).
Ma’lumki, tafakkur faoliyati ong darajasida amalga oshiriladi va muvaffaqiyatli harakatlar natijasida maqsadga erishiladi. Anglanganlik va anglanmaganlik muammosi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (anglanganlik) va yordamchi (anglanmaganlik) mahsuldor harakatlarning munosabatlari muammosida aniqlashtiriladi. Yordamchi mahsuldor harakatlar ham subyekt tomonidan aks ettiriladi. Bu aks ettirish keyingi rostlash va moslash harakatlarida ishtirok etishi mumkin, lekin u verbal shaklda ishtirok etmasdan faqat ong faoliyatida namoyon bо‘ladi. Yordamchi mahsuldorlik aniq buyumlar va hodisalar xossalari ta’sirida tо‘planadi, lekin u maqsad nuqtai nazaridan unchalik muhim bо‘lmaydi.
Tafakkur qо‘yilgan masala yechimiga taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiya va umumlashtirish kabi turli amallar yordamida keladi:
-Taqqoslash – predmet va hodisalar yoki alohida belgilar о‘rtasidagi о‘xshashlik va farqlarni aniqlashdir. Taqqoslash bir tomonlama (tо‘liq bо‘lmagan, bitta belgiga kо‘ra) va kо‘ptomonlama (tо‘liq, barcha belgilariga kо‘ra), sirtqi va chuqur, bevosita va bilvosita bо‘ladi.
- Analiz – yaxlitni fikran qismlarga yoyish yoki bir butunni fikran tomonlarga, harakatlarga, munosabatlarga ajratishdir. Elementar shaklda analiz predmetni tashkil qiluvchi qismlarga amaliy jihatdan yoyishda ifodalanadi. Analiz amaliy (fiklash jarayoni bevosita gapirish jarayoniga qо‘shilgan paytda) va aqliy (nazariy) bо‘ladi.
-Sintez – fikran qismlar, xossalar, harakatlarni birlashtirib, bir butun yaxlitlikka keltirish. Sintez amali analizga qarama-qarshidir. Sintez jarayonida alohida predmetlar о‘rtasidagi munosabatlar yoki hodisalar murakkab yaxlit predmet yoki hodisaning elementi sifatida aniqlanadi . analiz va sintez har doim birgalikda boradi.
Analiz va sintez tafakkurda о‘zaro bir-biri bilan bog‘lanadi. Sintezsiz analiz butunni qismlar yig‘indisi haqidagi mexanik ma’lumotgagina olib keladi, xuddi shuningdek analiz ham sintezsiz mavjud emas, chunki u analiz tomonidan qismlarga ajratilganni yaxlitligini tiklashi lozim. Ba’zi bir insonlar tafakkurida og‘ma rivojlanish kuzatiladi – ba’zilarda analizga, boshqalarda esa sintezga nisbatan. Analitik tafakkuri rivojlangan insonlarni ham hayotda uchratish mumkin, ularning asosiy kuchi – sintezning kengligi va rivolanganligidadir.
-Abstraksiya – о‘rganilayotgan obyektdan subyekt qandaydir xossa yoki belgiga kо‘ra boshqalardan chetga chiqarilgan, ajratilganligidan iborat. Bu jarayonda obyektdan ajratilgan belgi ustida, predmetning boshqa belgilariga bog‘lanmagan holda fikr yuritiladi ya’ni tafakkurning mustaqil о‘rganiladigan predmeti bо‘lib qoladi.
-Umumlashtirish yoki generalizatsiya – hodisa va predmetlarni ularning muhim belgilariga qarab fikran birlashtirish ya’ni umumiy belgilarini saqlagan holda alohida belgilarni tashlab yuborish. Oddiy umumlashtirishlar – tasodifiy va alohida belgilari asosida obyektlarni birlashtirish. Murakkab majmuaviy umumlashtirishlar – obyektlarning turli asoslarga kо‘ra birlashtirishdir. О‘ta murakkab umumlashtirishlar – tur va sinf belgilariga qarab ajratiladi va obyekt tushunchalar tizimiga kiritiladi
Abstraksiya va umumlashtirish – yagona tafakkur jarayonining ikkita о‘zaro bog‘langan tomonlaridir, ular yordamida fikr bilimga qarab boradi. Bilim esa tushunchalar, mulohazalar va xulosalar natijasida amalga oshadi.
Mulohaza tafakkur jarayoni natijasining asosiy shaklidir. Mulohaza irodadan ham darak beradi chunki unda obyekt о‘z tasdig‘ini topadi yoki rad etiladi. Fikr – tafakkurning mulohaza ustida ish yuritishidir.
Agar dalillardan kelib chiqib, mulohazalar tizimi ochib berilsa u holda fikr xulosa bо‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiya va umumlashtirishlar tafakkur amallariga tegishlidir. Tafakkur tushunchalarda va tasavvurlarda amalga oshiriladi hamda tafakkurning borishini asosiy shakli – fikr bо‘lib, u mulohaza ustida ish olib boradi. Deduktiv fikr yuritish – asoslash deb ataladi, induktiv fikr yuritish esa – yakuniy xulosadir.
Tafakkur turli darajalarda borishi mumkin: kо‘rgazmali tafakkur, abstrakt tafakkur va nazariy. Qayd etib о‘tganimizdek, inson tasavvur qilmasdan faqat tushunchalar orqali kо‘rgazmalilikdan ajralgan holda tafakkur qila olmaydi, lekin shu bilan birga tushunchalarsiz faqat sezgi obrazlari orqali ham tafakkur qila olmaydi. Shu sababdan tafakkurning bu ikki darajasi о‘zaro bog‘liqdir.
Lekin shunday holatlar ham borki unda abstrakt tasavvur talab qilinmaydi. Xususan, elementar amaliy masalalar. Ba’zi bir insonlar yuqori darajadagi tafakkurga ega bо‘lgan holda, murakkab nazariy masalalarni juda oson yecha oladilar, lekin amaliy murakkab holatlardan chiqish lozim bо‘lganida ular hech narsa qila olmaydilar. Yoki teskarisi: amaliy jihatdan juda murakkab vaziyatlarda yо‘l topa oladigan insonlar elementar nazariy muammoni yecha olmasliklari mumkin. Buni tushuntirish uchun u holda bu holda ham tafakkur amallarining bajarilish ketma-ketligi о‘rtasida farq mavjudligini qayd etish lozim. Bevosita harakat qilish holatida, dastlab yechimning boshlang‘ich bosqichini aniqlashtirish hamda birinchi navbatda qilinadigan harakatlarni belgilash va ularni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga harakatlar boshlanishidan oldin nazarda tutilmagan holatlar ham mavjud bо‘lishi, ya’ni holatda birdaniga о‘zgarish rо‘y berishi mumkin va jarayon davomida ham о‘zgarishlar paydo bо‘lishi mumkin. Shunday sababli, tafakkur jarayonining dastlabki bosqichlari harakatlarida holatning barcha о‘zgarishlarini e’tiborga olish mumkin emas.
Tafakkur bilish jarayoni sifatida –analiz, sintez va umumlashtirish bо‘lib, ularning yordamida inson masalani qо‘yadi va yechadi (shartlarini va talablarini qismlarga ajratadi, bir-biriga mos qо‘yadi, izlanadigan obyektni aniqlaydi).Tafakkurning shaxs aspekti eng avvalo motivni va inson qobiliyatini tashkil qiladi (ya’ni yechiladigan masalaga nisbatan munosabatini, boshqa insonlarga nisbatan bо‘lgan munosobatini va boshqalar; tafakkur faoliyati va uning aqliy qobiliyatlari nimalarda namoyon bо‘lishi va shakllanishi) [1, B.47].
Tafakkurning protsessual va dinamik aspektlari operatsional aspektiga aynan mos emas. Birinchisi ikkinchisiga nisbatan kengroq bо‘lib, uni о‘z tarkibiga zaruriy komponent sifatida qо‘shadi. Har qanday intellektual amallar, aqliy harakatlar yoki shunday amallar tizimi о‘zining shakllanishini va tadbiqini о‘z tarkibida saqlamaydi. Faqatgina faol tafakkur jarayonidagina, qaralayotgan aniq muammoda inson ta’limning zaruriy shartlarini va mos aqliy harakatlar funksiyalarini va amallarni ochadi. Tafakkurni amallar tug‘dirmaydi, balki tafakkur jarayoni amallarni hosil qiladi.
Tafakkur jarayon sifatida (izlanish va muhim yangilikni kashf etish) shakllanuvchi hisoblanadi. Bu nafaqat intellektual amallarini tashqaridan tayyor holda kiritilmasligini, balki tafakkur motivi ham shu jarayonda shakllanishini bildiradi.
Tafakkur – inson tomonidan obyektiv reallikni analiz, sintez, mulohoza va boshqalar orqali bilish jarayonidir.
Tafakkurning uchta kо‘rinishi mavjud[6, B.210]:
-kо‘rgazmali-harakatli (bunda munosabatlar bevosita aniq predmetlar (о‘yinchoqlar) ustida manipulyatsiya qilish yо‘li bilan ochib beriladi);
-kо‘rgazmali-obrazli (bir-biriga yoki turli predmetlar obrazlarini mos qо‘yib munosabat va bog‘liqliklarni ochadi);
-mantiqli-sо‘zli (tushunchalar, sо‘zlar va mulohazalar yordamida bilish).
Kо‘rgazmali-harakatli tafakkur ayniqsa 3-4 yoshli bolalarda intensiv rivojlanadi. U predmetlar xossalarini о‘rgana boshlaydi, predmetlar orqali amallarni bajarishga о‘rganadi, ular о‘rtasida munosabatlarni о‘rnatadi va turli amaliy masalalarni yechadi.
Kо‘rgazmali-harakatli tafakkur asosida tafakkurning murakkab kо‘rinishi bо‘lgan – kо‘rgazmali-obrazli tafakkur shakllanadi. U bola tasavvurlari asosida, amaliy harakatlarni tadbiq qilmasdan masalalarni yecha olishi bilan tavsiflanadi. Bu bolaga masalan, chizma rasmlardan foydalanishiga yoki yoddan sanash ishlarini amalga oshirishiga imkon beradi.
Olti-yetti yoshli bolalarda mantiqli-sо‘zli tafakkurning intensiv shakllanishi boshlanadi, u tushunchalarni almashtirishdan foydalanishda namoyon bо‘ladi.
Mantiqiy tafakkurning yuqori bosqichiga erishish – uzoq va murakkab jarayondir, chunki mantiqiy tafakkurning atroflicha rivojlanishi nafaqat aqliy faoliyatning yuqori darajadagi faolligini talab qiladi, balki predmet va hodisalarning umumiy va muhim belgilari sо‘zlarda mustahkamlangan umumlashgan bilimlarni ham talab etadi.
Taxminan bola о‘n tо‘rt yoshlarida uning tafakkuri kattalarning tafakkur faoliyati tavsifiy belgilariga ega bо‘la boshlagan paytda, rasmiy mantiqiy amallarni bajara olish darajasiga erishadi. Lekin, bolada mantiqiy fikrlashni rivojlantirish maktab yoshigacha bо‘lgan davrdan boshlash lozim. Masalan, bola 5-7 yoshlaridayoq mantiqiy tafakkurning taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish va ma’noni moslashtirish kabi usullarini elementar darajada о‘zlashtirish qobiliyatiga ega bо‘ladi. Dastlabki bosqichlarda bu usullarni shakllantirish kо‘rgazmali, aniq materialga tayangan holda va xuddi kо‘rgazmali-obrazli tafakkur ishtirok etayotgandek amalga oshirilishi lozim[5,B.39].
Mantiqiy tafakkurning usullari.
Taqqoslash – о‘xshash belgilarini va predmet hamda hodisalar о‘rtasidagi farqlarni aniqlashga yо‘naltirilgan usul. Bola 5-6 yoshlarda odatda turli predmetlarni о‘zaro taqqoslay oladi, lekin uni bir necha belgilari asosida amalga oshiradi, masalan, rangiga, shakliga, kattaligiga kо‘ra va boshqa ba’zi bir belgilariga nisbatan. Bundan tashqari, bu belgilarni ajrata olish tasodifiy tavsifga ega va obyektni atroflicha tahliliga tayanmaydi.
Ta’lim jarayonida bola taqqoslash usuliga quyidagi kо‘nikmalar orqali erishishi lozim:
Obyektni boshqa obyektlarga mos qо‘yish asosida belgilarini (xossalarini) ajratish. Odatda olti yoshli bolalar premetda bor-yо‘g‘i ikki-uchta xossalarini (vaholanki, ular cheksiz kо‘p bо‘lishiga qaramasdan) ajrata olishadi. Bola bu predmetning kо‘p sondagi belgilari va xossalarni kо‘ra olishi uchun, u predmetni turli tomondan tahlil qila olishi, bu predmetni boshqasi bilan farqlanuvchi belgi hamda xossalari asosida taqqoslay bilishi lozim.
Taqqoslash uchun pretmetlarni oldindan tanlab, asta-sekinlik bilan bolalarni ilgari ulardan yashiringan belgi va xossalarni о‘rgatish mumkin. Shu bilan birga, bu kо‘nikmalarga ega bо‘lish – nafaqat predmet xossasini ajrata olish, balki uni atalishini ham bilishdan iboratdir.
Taqqoslanayotgan obyektlarning umumiy va farq qiluvchi belgi va xossalarini aniqlash.
Bola predmetlarni bir-biri bilan taqqoslab, belgi va xossalarini ajratishni о‘rganganidan keyin, predmetlarning farq qiluvchi umumiy belgi va xossalarini aniqlash kо‘nikmalarini shallantirishni boshlash kerak bо‘ladi.
Birinchi navbatda ajratilgan belgi va xossalar asosida tahliliy taqqoslashni amalga oshirishga hamda farqlarni topishga о‘rgatish lozim. Sо‘ngra umumiy belgi va xossalarga о‘tish kerak bо‘ladi. Shu bilan birga, bolani ikkita predmetda,sо‘ngra bir nechtasida umumiy belgi va xossalarni kо‘rishga о‘rgatish muhimdir[4, B.20].
3) Obyektda muhim belgi va xossalar berilib, ularni oson aniqlash mumkin bо‘lsa, muhim va muhim bо‘lmagan belgilarni farqlay olish.
Bola predmetlarda umumiy va farqlanuvchi belgi va xossalarini ajrata olishga о‘rganganidan sо‘ng, quyidagi qadamni qо‘yish mumkin: uni muhim belgilarini muhim bо‘lmagan, ikkinchi darajalilaridan farqlashga о‘rgatish.
Sо‘ngra oddiy misollar yordamida, “umumiy” va “muhim” belgilar о‘zaro qanday mos qо‘yilishini kо‘rsatish mumkin.
Bolaning diqqatini yana bir narsaga jalb etish, ya’ni – “umumiy” belgi har doim ham muhim bо‘lavermasligiga, lekin “muhim” belgi har doim “umumiy” bо‘lishligiga e’tiborini qaratish lozim.
Masalan, bolaga ikkita predmetni kо‘rsating, unda “umumiy” lekin “muhim bо‘lmagan” belgi – rang hisoblanib, “umumiy” va “muhim” belgi – uning shakli bо‘lsin.
Obyektning muhim belgilarini topishni bilish, umumlashtirish usullariga ega bо‘lishning jiddiy dalillaridan biridir.
“Umumlashtirish” va “tasniflash” usullariga о‘rgatish.
Tasniflash – predmetlarni tafakkurda juda muhim belgilariga qarab, sinflarga taqsimlash. Tasniflashni amalga oshirish uchun materialni tahlil qila olish, uning alohida elementlarini bir-biriga mos qо‘yish, ulardagi umumiy belgilarni topish, shu asosda umumlashtirishni amalga oshirish, predmetlarni aniqlangan umumiy belgilari qarab guruhlarga taqsimlash zarur.
Shunday qilib, tasniflashni amalga oshirish taqqoslash va umumlashtirish usullaridan foydalanishni nazarda tutadi
“Tizimlashtirish” usuliga о‘rgatish.
Tizimlashtirish –obyektlarni ma’lum bir tartibda joylashtirish, ular о‘rtasida aniq bir ketma-ketlikni о‘rnatish yoki bir tizimga keltirish. Bola tizimlashtirish usullariga ega bо‘lishi uchun, eng avvalo obyektlarning turli belgilarini ajrata olishi, hamda bu belgilarga turli obyektlarni mos qо‘ya olishi kerak.
Boshqacha aytganimizda u elementar taqqoslash amallarini bajara olishi lozim.
Olti-yetti yoshlardagi bolalarda tizimlashtirishni shakllantirish uchun ularda quyidagi zaruriy kо‘nikmalar bо‘lishi lozim:
Obyektni bitta belgi asosida va bir qatorda joylashish qonuniyatini topish.
Bu kо‘nikmani rivojlantirish uchun odatda tartiblangan obyektga yana bitta obyektni qо‘shish zarurati haqidagi masalalardan foydalaniladi, lekin qо‘shilgan obyekt qolganlarining joylashish qonuniyatini buzmasligi lozim. Bunday masalani yechish faqatgina shunday qonuniyatni topgandagina amalga oshiriladi.
Tasodifiy holda joylashgan obyektlarni qatorlarga tartiblashtirish.
Bunday hollarda nisbatan murakkab masalalardan foydalaniladi. Ularda obyektlar betartib holda taqdim etiladi. Bunday topshiriqlar ikki kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. Birinchi kо‘rinishdagisida obyektni tartiblashtirish lozim bо‘lgan belgini mutaqil topish kо‘nikmasini rivojlantirish nazarda tutiladi. Bu yerda bolani obyektlarni tahlil qilishi asosida ularning har biriga tegishli bо‘lgan (lekin obyektdan obyektga о‘zgaradigan) muhim belgisini topishga о‘rgatish[2,B.58].
Ikkinchi kо‘rinishdagi topshiriq abstrakt belgilardan foydalana olish kо‘nikmasini rivojlantirishga yо‘naltirilgan. Bunday belgilar u yoki bu kо‘rinishdagi shaxsiy xususiyatlarni ifodalanganligi va harakatlarni bajarilish sifati bо‘lishi mumkin (har bir bola oldingisiga nisbatan tartib-intizomliligi) va boshqalar. Ular verbal (sо‘zlarda) taqdim qilinishi lozim, chunki bola qandaydir tashqi tayanch imkoniyatdan foydalanishga ega bо‘lmasligi kerak. Obyektlarni tartiblanishini u tо‘lig‘icha ongida bajarishi lozim. Bunday topshiriqlar nafaqat mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun, balki ongida bajarishni rivojlantirish va tezkor xotira uchun ham juda foydalidir [2, B.63].
“Ma’noni bog‘lash” usuliga о‘rgatish.
Bola predmetlarni tashqi belgilariga kо‘ra bir-biriga bog‘lashga, taqqoslashga о‘rgatilganidan sо‘ng, masalan, shakliga, rangiga, kattaligiga kо‘ra, shundan keyin intellektual jihatdan murakkabroq amallarga – predmetlarni ma’nosiga kо‘ra bir-biriga bog‘lashga о‘rgatishga о‘tish mumkin.
Predmetlarni ma’nosiga kо‘ra bir-biriga bog‘lash – ular о‘rtasidagi qandaydir bog‘lanishlarni topish, agar bu bog‘lanishlar predmetlarning va hodisalarning muhim belgilari va xossalariga asoslangan bо‘lsa. Lekin, ikkinchi darajali, unchalik e’tiborli bо‘lmagan xossa va belgilarga ham tayanishni ham bilish muhimdir.
Bu bog‘lanishlar topish uchun predmetlarni ularning funksiyalariga, nimaga mо‘ljallanganligiga, boshqa ichki xossa va belgilariga e’tiborni qaratib, о‘zaro taqqoslash kerak bо‘ladi. Taqqoslanadigan predmetlar munosabatlarning turli kо‘rinishlariga qarab bog‘langan bо‘lishi mumkin. Masalan, bu “qismi-yaxlitligi” (g‘ildirak-mashina) kо‘rinishdagi bog‘lanishlarga, predmet va hodisalarning qarama-qarshiligiga (tuz-shakar, kun-tun va boshqalar), predmet funksiyalarining о‘xshashligi va qarama-qarshiligiga (ruchka-qalam, qalam-о‘chirg‘ich) va boshqa kо‘rinishdagi munosobatlar kо‘rinishida bо‘lishi mumkin.
“Ma’noni bog‘lash” usuliga о‘rgatish – bu bog‘lanishlarni tezlik bilan topishga о‘rgatishdir.
Uning ta’limi quyidagi tartibda olib borilishi lozim:
1.Ikkita kо‘rgazmali taqdim etilayotgan predmetlarni ma’noni jihatdan bog‘lash (rasm-rasm).
2. Kо‘rgazmali taqdim qilinayotgan predmetni, sо‘z orqali berilayotgan predmet bilan mos qо‘yish (rasm-sо‘z).
3. “Sо‘z-sо‘z” kо‘rinishida taqdim qilinayotgan predmet va hodislarni ma’nosiga kо‘ra moslashtirish.
Sо‘z orqali qandaydir predmet, uning alohida xossalari, tabiat hodisalari va boshqa kо‘plab predmetlar belgilanishi mumkin. Eng muhimi bu belgilar va tushunchalar (sо‘zlar) bola uchun tanish bо‘lishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |