O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk 372. 36 Xalilova zilola zamirovna maxsus topshiriqlar tizimi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida mantiqiy fikrlashni


Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari о‘yinlarining mohiyati va ularning kо‘rinishlari



Download 8,96 Mb.
bet9/15
Sana10.06.2022
Hajmi8,96 Mb.
#652920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Diss. Zilola

2.2. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari о‘yinlarining mohiyati va ularning kо‘rinishlari.


Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida har bir о‘quvchining darslarda faol qatnashishini ta’minlovchi mashg‘ulot shakllari alohida о‘rinni egallaydi. Bu masalalarni ta’limning о‘yinli shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin.


О‘yin tashqi tomondan tashvissiz va yengil kо‘rinadi. Aslida esa, u o`yinchidan maksimum energiya sarflashini, fikrlashni, о‘zini tuta bilishni, mustaqil harakat qila olishni talab etadi.
Ta’limning о‘yinli shakllari bilim о‘zlashtirilishini barcha darajalaridan foydalanishga imkon beradi, masalan, ijodiy-izlanish faoliyati. Ijodiy-izlanish faoliyati juda samarali hisoblanib, unda о‘quvchi ta’lim olishning usullarini о‘zlashtiradi.
О‘yin kо‘p funksionaldir. Biz о‘yinlarning faqat didaktik, ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi funksiyalariga tо‘xtalib о‘tamiz.
Didaktik о‘yinlar – bu atamani bevosita о‘yinlarga nisbatan ishlatish mumkin, chunki u maqsadli ravishda didaktikaning bо‘limiga kiradi.
Hozirgi vaqtda metodik adabiyotlarda yetarli miqdordagi, u yoki bu tasnifiy mezonlariga mos keladigan ta’limiy о‘yinlarning tasnifiy va tizimlashtiruvchi kо‘rinishlari mavjud. Masalan, ular quyidagilarga bog‘liq bо‘lishi mumkin:
-ta’limiy о‘yinlarning maqsad va vazifalari;
- о‘tkazilish shakllari;
- tashkillashtirilish usullari;
- murakkablilik darajasi;
- ishtirokchilar sonining tarkibi.
О‘tkazilish shakliga kо‘ra о‘yinlar quyidagilarga bо‘linadi: predmetli, harakatlanuvchan, syujetli yoki holatli, rolli, musobaqa-о‘yin, intellektual о‘yinlar (rebuslar, krossvordlar, viktorinalar), о‘zaro ta’sir qiluvchi (kommunikativ, interfaol) о‘yinlar.
Tashkil qilinishiga kо‘ra о‘yinlar kompyuterli va kompyutersiz, yozma va og‘zaki, tayanchli va tayanchsiz, immitatsion-modellashtiriluvchi va kreativ hamda boshqalar.
Barcha о‘quv о‘yinlari, amallarining bajarilishidagi murakkablik darajasiga qarab, oddiy (yakka) va murakkab (kо‘p) holatlilarga, о‘tkazilish vaqtiga qarab, ular davomli va davomli bо‘lmaganlarga bо‘linadi.
Ishtirokchilarning tarkibiy soniga qarab, о‘yinlar yakka tartibdagi, juftliklardagi, guruhlardagi, komandali va jamoalilarga bо‘linadi. Ma’lumki, qayd etilganlardan birinchisi, ya’ni yakka tartibdagi о‘yinlar о‘quvchilarga nisbatan yakka tartibdagi yondashuvni amalga oshirilishini va ta’lim oluvchini ma’lumot manbasi bilan “muloqotini” namoyon etadi. Qolgan о‘yinlarda esa, sheriklarni bir-birlari bilan muloqot qilishi, masalan, xorijiy tillarni о‘rganish jarayonida yakka tartibdagi kabi tabaqalashtirilgan yondashuvning amalga oshishi mumkin.
О‘quvchilar intellektni rivojlantiruvchi, bilish faolligini oshiruvchi bir necha о‘yinlar guruhi mavjud.
I guruh – predmetli о‘yinlar, о‘yinchoqlar va predmetlar bilan manipulyatsiya qilish sifatida. О‘yinchoqlar – predmetlar – orqali bolalar shakllarni, rangni, hajmni, materialni, hayvonot dunyosini, odamlar dunyosini va boshqalarni bilishadi, о‘rganishadi.

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish