IV guruh о‘yinlari – quruvchilikka, mehnat qilishga, texnikaga, konstruktorlikka doir о‘yinlar. Bu о‘yinlar kattalarning kasbiy faoliyatini aks ettiradi. Mazkur о‘yinlarda о‘quvchilar yaratuvchanlik jarayonini о‘zlashtirishadi, ular о‘z ishlarini rejalashtirishga, kerakli materiallarni tanlashga, о‘zini va boshqalar faoliyati natijalarini tanqidiy baholashga, ijodiy masalalarni yechishga о‘rganadilar. Mehnatdagi faollik bilishga bо‘lgan faollikni oshiradi.
V guruh о‘yinlari, intellektual о‘yinlar bо‘lib – ruhiy doiraga ta’sir kо‘rsatuvchi о‘yin-mashqlar, о‘yin-treninglardir. Bu о‘yinlar musobaqalarga asoslangan bо‘lib, taqqoslash yо‘li orqali о‘ynayotgan о‘quvchilarga ularni tayyorgarligi darajasini, mukammalikka erishish yо‘llarini kо‘rsatadi, ya’ni bilishga bо‘lgan faolliklarini oshiradi.
VI guruh о‘yinlari – alohida guruh о‘yinlari bо‘lib, ular harakatlanuvchi о‘yinlar deb ataladi. Ular boshlang`ich sinfda sezilarli о‘rinni egallaydi. Bolaning organizmi о‘suvchan bо‘lganligi sababli u har doim haratni talab qiladi. Bolalar rohatlanib tо‘p о‘ynashadi, chopishadi, sakrashadi. Turli harakatlar modda almashinuviga, qon aylanishiga va nafas olinishini yaxshilanishiga yordam beradi. Harakatlantiruvchi о‘yinlar shaxsiy sifatlarni shakllanishiga ta’sir kо‘rsatadi: ularda iroda, fikrlash, jasurlik rivojlanadi. Jamoaviy sport о‘yinlari va musobaqalar jamoada harakatlanish kо‘nikmasini, о‘rtog‘ini qо‘llab-quvvatlanishni, sinf va maktab sha’ni uchun kurashishni rivojlantiradi.
Lekin, о‘qituvchi va sardor musobaqalar bolalarning о‘yin faoliyatini tashkillashtirishda samarali vosita ekanligi unutmagan holda uning mahsuldorligini oshirish uchun alohida tayyorgarlik kо‘rishni talab qilishligini esda saqlashlari zarur. Hech qachon musobaqalar maqsad bо‘lib qolishligiga yо‘l qо‘ymaslik, ular faqat bir istak uchun – birinchi о‘rinni egallash, sovg‘a olish harakatida bо‘lmasliklari lozim. Bu holda u salbiy jihatlarni: man-manlikni, hasadni va boshqalarni shakllantiradi. О‘quvchilar musobaqalarini samarali о‘tkazilishini muhim shartlari bо‘lib quyidagilar:
Ularni jamoaviy faoliyat sifatida tashkillashtirilishi; buning uchun musobaqa shartlari alohida bolalarga emas, balki barcha ishtirokchilar oldiga qо‘yilishi lozim;
Erishilgan natijalarni tо‘g‘ri hisob-kitobini olib borilishi: о‘z natijalarini nisbatan yaxshilab borayotgan bolalarni rag‘batlantirib, ularni muvaffaqiyatlarini baholab borish;
Tarbiyaviy samarani baholash – musobaqa jarayonida о‘quvchilar о‘zlashtirgan munosabatlar shakllari va kо‘nikmalari; bunday baholashda о‘yindagi barcha ishtirokchilar g‘olib bо‘lishi mumkin;
О‘yin faoliyatining barcha oltita kо‘rinishidan foydalana olgan о‘qituvchi, о‘quvchilarning о‘quv-biluv faoliyatini tashkillashtirishda juda katta miqdordagi usullariga ega bо‘lgan bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |