O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana15.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#552879
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Жаҳон ҳамж

 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. O‘zbekiston – Yaponiya bilan hamkorligi qayasi sohalarda faol? 
2. Tokiodagi Soka universiteti hududida qaysi buyuk allomaga haykal 
o‘rnatilgan?
3. “O'zbekiston-Yaponiya” do'stlik jamiyatiga qachon asos solindi? 
4. Xitoy bilan aloqalarning asosiy yo’nalishlari qaysi sohalarda davom 
etyapti? 


6-mavzu. O‘zbekistonning AQSH va Yevropa davlatlari bilan iqtisodiy, 
madaniy sohadagi hamkorligi 
Reja: 
1. O‘zbekistonning AQSH bilan diplomatik munosabatlarning yo‘lga 
qo‘yilishi. 
2.O‘zbekistonning Angliya, Fransiya va Germaniya bilan aloqalari. 
3. O‘zbekistonning boshqa Yevropa davlatlari bilan hamkorligi. 
Tayanch tushunchalar: 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi; xalqaro faoliyati; 
“Apple” korporatsiyasi; “Kristolteychinterneyshinlins”; Kengaytirilgan 
sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim; Investitsiyalar va tashqi savdo 
vaziri; 
 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining kamol topishida O‘zRVazirlar 
Mahkamasining 1992-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar 
Vazirligi faoliyatini qayta tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil Respublikamizning xalqaro faoliyatida Amerika Qo‘shma Shtatlari 
va Yevropa bilan o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish alohida o‘rin egalladi. 
Dunyoning eng qudratli mamlakati hisoblangan AQSH sobiq SSSR parchalanib 
ketgach, yosh mustaqil davlatlar bilan munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi.
O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida dastlab aloqalar 1992-yil 15-
fevralda AQSH davlat kotibi Jeymis Beykerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi 
bilan boshlandi. Ana shu tariqa ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 
Toshkentda 1992-yil 16-mart kuni mustaqil O‘zbekistondagi dastlabki xorijiy 
davlat 
elchixonasi-AQSH 
elchixonasi ochildi. O‘zbekistonda AQSH 
elchixonasining ochilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi 
hamkorlik shu mamlakatlar xalqlari farovonligi yo‘lida xizmat qildi. 1992-yil 
AQSH bilan O‘zbekiston munosabatlarining eng yuqori darajada rivojlangan davr 
bo‘lib tarixda qoldi. Chunki siyosiy, iqtisodiy aloqalar bu davrda jadal rivojlandi. 
Bu esa Amerikaning O‘zbekistonga katta ishonch bilan qarayotganligidan dalolat 
beradi. 1993-yil 14-sentabrda AQSH davlati departamentining maxsus 
topshiriqlari bo‘yicha elchisi Strob Talbot O‘zbekistonda bo‘ldi. 1993-yilda 
mamlakatimiz poytaxtida Amerikaning jahonga mashhur “Apple” korporatsiyasi 
vakolatxonasi ochildi. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarish sohasida dunyoda 
yetakchi hisoblangan bu korporatsiya Markaziy Osiyo bozorlaridan mustahkam 
o‘rin egalladi. 1994-yil apreldan boshlab esa “Kristolteychinterneyshinlins” 
kompyuter texnikasi yetkazib berish bo‘yicha Amerikaning yirik kompaniyasi 
Toshkentga kompyuterlar va ularning jihozlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri keltira 
boshladilar. 1993-yil sentabrda Prezident Nyu-York shahriga tashrif buyurib, 
BMT Bosh Assambleyasi Kengashi ishida qatnashib, BMT Bosh kotibi Butros 
G‘oliy, AQSH Prezidenti B.Klinton va Amerikalik yirik tadbirkorlar bilan 
uchrashib suhbatlashganligi aloqalarni yanada mustahkamlagan edi. 


1996-yil O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston 
davlati delegatsiyasining AQShda bo‘lishi chet el sarmoyasi uchun 
respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini 
bartaraf etdi. 2002-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy davlat tashrifi
bilan AQShda bo‘ldi. AQShni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun
2002-yil Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan “Xalqaro 
miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlandi.
2017-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya
Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arab-musulmon
davlatlari sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev va 
AQSh prezidenti Donald Tramp ilk bor uchrashdi. Donald Tramp davlatimiz
rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar
jarayonini yuqori baholadi. Shu yil sentabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasi munosabati bilan Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida bo‘ldi va u yerda istiqomat qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar 
bilan uchrashdi. Prezidentimizning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi turli
tarixiy voqealar va uchrashuvlarga nihoyatda boy bo‘ldi.
Prezidentimiz 19-sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh 
qarorgohida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish
bilan uchrashdi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida
mamlakatimiz, xalqimiz uchun yana bir muhim ahamiyatga molik voqea
bo‘lib o‘tdi. Birlashgan Millat-lar Tashkiloti binosida muazzam Registon
maydonining maketi o‘rnatildi. 19-sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika
Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp tomonidan Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assamb- leyasining 72-sessiyasiga tashrif buyurgan davlat
va hukumat rahbar-lari sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi
bilan ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn, Xalqaro
valuta jamg‘ar-masi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard, Bolgariya
Respublikasi Prezidenti Rumen Rudev, Gruziya Bosh vaziri Georgiy
Kvirikashvilini bilan uchrashdi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin
Lagardning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lam-li islohotlar
haqida to‘xtalib, ularga O‘zbekiston renessansi, yangi uyg‘o-nish davrining 
boshlanishi sifatida baho bergani ayniqsa diqqatga sazovordir. O‘zbekiston
Prezidenti, shuningdek, Jahon banki prezidenti Jim Yeng Kim bilan
uchrashdi. Davlatimiz rahbari tashrif davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida
istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan ham uchrashib,
samimiy suhbatlashdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va 
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tgan qabul marosimida 
ishtirok etdi.Vatandoshlar ilm-fan, ta’lim, texnologiya, investitsiya va boshqa 
sohalarni rivojlantirish, O‘zbekiston va AQSh muassasalari o‘rtasidagi 
aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.


Shavkat Mirziyoyev ularga murojaat qilar ekan, O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim va 
tajribalarni mamlakat rivojiga yo‘naltirishga da’vat etdi. Bugungi kunda 
O‘zbekiston va AQSh strategik hamkor va sherik mamlakatlardir.

Sh.Mirziyoyevning Fransiya (2018-yil oktyabr), Germaniya (2019-yil 
yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktyabr va 2020-yil fevral) rasmiy tashriflari 
tashkil etilib, ularning natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, 
madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. Oʻz 
navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may) va Turkiya 
Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan (2018-yil aprel) mamlakatimizga javob 
tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz. 
Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi 
davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har 
tomonlama ishlar olib borilmoqda. 
Soʻnggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk 
Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, 
Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari 
Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv oʻtkazildi. 
Soʻnggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi 
muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh boʻldik. 
Xususan, 2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk 
marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YEIning Tashqi ishlar 
va xavfsizlik siyosati boʻyicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki 
marta (2017-yil noyabr va 2018-yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi. 
2020-yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa 
kengashi rahbari Sharl Mishel oʻrtasida telefon muloqoti oʻtkazildi. Tashqi ishlar 
vaziri A.Komilov YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy 
vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020-yil 
yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta 
suhbatlashdi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi 
siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda koʻp 
qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 
Mazkur muzokaralar chogʻida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, 
innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash 
sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini 
bildirdi. 
Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda 
hamkorlikni sezilarli tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab 
oʻtish lozim. Jumladan, 2019-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va YEI 
mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz 
oʻsib, 4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan 
holda 580 millionAQSH dollari miqdoriga yetgan boʻlsa, bu davrda import hajmi 
1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi. 


Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard 
dollarni, shu jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard 
dollarni tashkil etdi. 
Oʻzaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga koʻtarish 
maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel oʻrtasida yangi keng qamrovli ikki 
tomonlama hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni 
tuzish boʻyicha 2019-yildan boshlab faol muzokaralar oʻtkazilmoqda. 
Yevropa Ittifoqi bilan koʻp jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat 
qilayotgan 
mazkur 
yoʻnalishga, 
asosan,
2017-2021-yillarga 
moʻljallangan 
Harakatlar 
strategiyasi 
doirasida 
Oʻzbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli erishildi. 
Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy 
dinamikasi, shuningdek, Oʻzbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi 
qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali 
barcha masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel 
mintaqaga nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan 
qayta koʻrib chiqdi. 
Bularning barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan 
(2019-yil iyun oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon boʻldi. Yevropa 
tomonining pozitsiyasiga koʻra, Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar Markaziy 
Osiyoning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa 
oʻrtasidagi integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir. 
Mintaqamizdagi barqaror vaziyatni eʼtirof etgan holda, rasmiy Toshkent 
tomonidan ilgari surilgan yaxshi qoʻshnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk 
marta “Italiya — Markaziy Osiyo” formatidagi vazirlar uchrashuvini (2019-yil 
dekabr) oʻtkazdi. Oʻz navbatida, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish 
maqsadida rasmiy Parij ham shu singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom 
ettirishga qaror qildi. 
2020-yilning aprel va iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi 
savdo komissari F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida 
uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida 
kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi boʻyicha 
kelishish jarayonini faollashtirish borasida kelishuvga erishildi. Oʻzbekistonning 
JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 4-yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish 
doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, Oʻzbekistonning 
YEI “PBT+” imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga 
alohida eʼtibor qaratildi. 
Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19ning global miqyosda 
tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri sharoitida Yevropa Ittifoqi 
uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekistonga 30 million yevrodan 
koʻproq mablagʻ ajratishga qaror qildi. 
Bundan tashqari, BMT shafeligida Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi 
uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5 


million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSH dollari va Finlyandiya 1 million 
yevro miqdorida mablagʻ ajratdi. 
Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2014 — 2020-yillarga 
moʻljallangan begʻaraz yordami toʻgʻrisidagi koʻp yillik indikativ dasturi 
doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun 
qariyb 168 million yevro mablagʻ ajratildi. 
Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Oʻzbekiston 
Respublikasi rahbariyati tomonidan Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni tinch yoʻl 
bilan hal etish boʻyicha olib borayotgan xalqaro maydondagi saʼy-harakatlarini 
qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. Oʻzbekiston uchun qoʻshni davlatda 
uzoq kutilgan tinchlikni oʻrnatish ustuvor ahamiyatga egadir. 
Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi, ilm-fan, 
texnika, taʼlim, ekologiya, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik, 
shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash Oʻzbekiston — Yevropa 
munosabatlarining asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi. 
2020-yilning iyun oyida Prezident Sh.Mirziyoyevning taklifi bilan ishlab 
chiqilgan va tasdiqlangan BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan 
hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) fikrimizning 
yaqqol isbotidir. Mazkur hujjat davlatimiz rahbari tashabbuslarini BMT doirasida 
ilgari surish, respublika va uning vakillari nomzodlarini BMTning saylov 
organlari aʼzoligiga ilgari surish va mamlakatimizning xalqaro maydondagi 
imijini oshirishga qaratilgan siyosiy-diplomatik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha 
xalqaro maydondagi faoliyatni jadallashtirish borasidagi saʼy-harakatlarni koʻzda 
tutadi. Tadbirlar rejasi sayyoramizdagi eng universal xalqaro tashkilot — BMT 
va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan bundan keyingi hamkorlikni sifat 
jihatdan yangi pogʻonaga koʻtarishi shubhasiz. 
Shu bilan birga, mamlakatimizda koronavirusning kirib kelishi va uni 
respublika hududida tarqalishiga qarshi birgalikda kurashishda BMT, Jahon 
sogʻliqni saqlash tashkiloti, YUNISEF va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan 
yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. 
2020-yil 8-iyul kuni Jeneva shahrida dunyoning 80 dan ortiq mamlakati davlat 
va hukumat rahbarlari ishtirokida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat sohasida 
COVID-19ga qarshi kurash masalalari boʻyicha global virtual sammiti boʻlib 
oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur tadbir 
ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatnomasi mamlakatimizda pandemiya 
sharoitida olib borilayotgan saʼy-harakatlarning jahon hamjamiyati tomonidan 
keng eʼtirof etilayotganidan dalolat beradi. 
BMT Taraqqiyot dasturi birinchilardan boʻlib Oʻzbekistonda koronavirus 
tarqalishining oldini olish boʻyicha aniq maqsadli saʼy-harakatlarni amalga 
oshirish uchun 250 ming dollar miqdoridagi moliyaviy-texnik yordamni ajratdi. 
Shuningdek, BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan koronavirus 
pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish borasida Oʻzbekiston 
hukumatiga koʻmak berish maqsadida qoʻshimcha ravishda 1 million dollar 
miqdoridagi grant mablagʻlari ajratishi masalasi ishlab chiqildi. 


Bundan tashqari, BMTning Toshkentdagi tegishli agentliklari tomonidan 
COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatni baholash hamda bu boradagi dolzarb 
vazifalarni oʻz ichiga olgan “Ijtimoiy-iqtisodiy choralar boʻyicha 
umumlashtirilgan koʻp tomonlama taklif” deb nomlangan tahliliy hujjat ishlab 
chiqildi. 
Hujjatda koronavirus pandemiyasi sharoitida hal etilishi lozim boʻlgan 
dolzarb ijtimoiy, shu jumladan, sogʻliqni saqlash sohasiga oid masalalar bilan bir 
qatorda, BMT va uning respublikada faoliyat yuritayotgan agentliklarining 
Oʻzbekiston hukumatiga kechiktirib boʻlmaydigan makroiqtisodiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni tiklash, xususan, mahsulot eksportining 
kamayishiga, kichik va oʻrta biznes korxonalarining yopilishiga va tegishli ish 
joylarining qisqarishiga yoʻl qoʻymaslik borasida yaqindan koʻmak berish 
boʻyicha taklif va tavsiyalari oʻz aksini topgan. 
Oʻz vaqtida ishlab chiqilgan ushbu tahliliy hujjat hozirgi sharoitda juda 
muhim ahamiyatga ega boʻlib, respublikada pandemiyaga qarshi jadal olib 
borilayotgan tadbirlarni BMT va uning ixtisoslashgan agentliklari tajribasi va 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda manzilli yoʻnaltirish imkoniyatini beradi. 
Oʻzbekiston tomoni, albatta, BMTning mazkur hujjatni tayyorlash borasidagi 
faoliyatini yuqori baholaydi va shu kabi masalalarda bundan keyin ham 
tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan yaqindan hamkorlik qilishga tay-
yorligini bildiradi. 
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Oʻzbekistonga laboratoriya va sinov 
toʻplamlarini sotib olishda, infeksiya tarqalishini nazorat qilishda, xalqaro 
sogʻliqni saqlash qoidalari va COVID-19 maʼlumotlarini toʻplashda yordam 
bermoqda. 
BMTning 
bolalar 
jamgʻarmasi 

YUNISEF Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy koʻmagi asosida respublika 
uchun 1,56 million dollarlik tibbiy asbob-uskunalar va jihozlarni xarid qildi. Dori-
darmon vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa kerakli anjomlar Sogʻliqni saqlash 
vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga oʻz vaqtida 
yetkazib berilmoqda. 
Hozirgi kunda dunyoning 164 ta mamlakatini oʻz tarkibiga olgan yirik 
iqtisodiy integratsiyalardan biri Jahon savdo tashkilotidir. Tashkilot alohida 
nizomga ega boʻlmay, shartnoma va muzokaralarga tayangan holda tashkil 
etilgani va hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgani uning oʻziga xos 
jihatlaridan biridir. Mazkur tashkilotga aʼzo boʻlish uzoq muddatli muzokaralar 
va turli yoʻnalishlarda kompleks ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bunda 
asosiy eʼtibor aʼzo davlatlar bilan olib boriladigan ikki va koʻp tomonlama 
muzokaralarga qaratilgan. 
Tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash va ularning xalqaro 
infratuzilmalar bilan integratsiyalashuviga qaratilgan tadbirlar doirasida 
Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi uchun salmoqli ishlar olib borilmoqda. 
Jumladan, joriy yil 29-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari 
— investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida Jahon savdo 


tashkiloti (JST) bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiyasining navbatdagi 
yigʻilishi videokonferensiya shaklida oʻtkazildi. 
7-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasining JSTga qoʻshilishi boʻyicha ishchi 
guruhning 4-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda 60 dan ortiq mamlakat 
vakillari, jumladan AQSH, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Kanada, 
Braziliya, Panama, Paragvay, Urugvay, Nikaragua, Moʻgʻuliston, Gonduras
Hindiston va boshqalar ishtirok etdilar. 
Yigʻilish davomida aʼzo davlatlarning savollariga oʻzbek ekspertlari 
tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi. 
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning tashkilotga qoʻshilishi jarayonining 
keyingi bosqichlari, yaʼni faktologik rezyume ishlab chiqish, ikki tomonlama 
uchrashuvlarni tashkillashtirish va ularni oʻtkazish, ilgari taqdim etilgan 
hujjatlarni yangilash kabi muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi. 
Hozirgi kunda JSTga aʼzo davlatlarning aksariyati, jumladan, Xitoy, YEI, 
Turkiya, Yaponiya, Rossiya kabilar Oʻzbekistonning JSTga kirishi uchun amalga 
oshiriladigan tadbirlarda har tomonlama koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanliklarini 
bildirdi. 
Yurtimizda oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” 
tamoyili asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli 
islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Jumladan, 
BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mishel Bacheletning 2019-yil 
yakuni boʻyicha taqdim etgan yillik hisobotida ilk bor Oʻzbekiston 
Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida ijobiy urgʻu berilgan. 
Shu bilan birga, joriy yilning mart oyida BMTning Inson huquqlari boʻyicha 
qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan taqdim qilingan Beshinchi davriy 
hisobotni koʻrib chiqib, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash, ayollarga nisbatan 
zoʻravonlikning oldini olish, sud-huquq sohasini isloh qilish, bolalar va majburiy 
mehnatga barham berish sohasidagi yutuqlarga ijobiy baho bergan. Hozirgi kunda 
qoʻmitaning bu boradagi tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 
ishlab chiqilmoqda. 
Bundan tashqari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV 
erkinligi boʻyicha vakili Arlem Dezir Oʻzbekistonda soʻz erkinligini taʼminlash 
sohasidagi ishlarga yuqori baho bermoqda. Jumladan, uning ofisi Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi va Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va 
rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda qator tadbir va loyihalarni amalga 
oshirmoqda.
2020-yilning 22-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari 
boʻyicha milliy strategiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida yurtimizda inson 
huquqlari sohasida yana-da keng koʻlamli islohotlarni va xorijiy hamkorlar bilan 
keng qamrovli ishlar koʻzda tutilgan. 
Xorijiy sheriklarimiz va xalqaro tashkilotlar bilan muloqot jarayonida 
Oʻzbekistonda inson huquqlari sohasidagi islohotlarning ortga qaytmasligi va 
davomiyligini alohida taʼkidlab kelmoqdamiz. Mazkur sohada mamlakatimizning 
nufuzini yana-da oshirish maqsadida Oʻzbekistonning 2021-2023-yillar 


mobaynida BMTning Inson huquqlari kengashiga aʼzo boʻlishi masalasi boʻyicha 
respublikamizning tegishli vazirlik va idoralari hamda xorijdagi diplomatik 
vakolatxonalari tomonidan izchil faoliyat amalga oshirilmoqda. 
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda inson huquqlari va qonun 
ustuvorligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. 
Respublikamiz Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib adliya, ichki ishlar, 
inson huquqlari va aloqador masalalar boʻyicha Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi 
quyi qoʻmitasi doirasida “Inson huquqlari boʻyicha muloqot”ni tashkil etdi. 
Bugungi kunga qadar tomonlar oʻrtasida 12 raund muloqot boʻlib oʻtdi. 
Harakatlar strategiyasi doirasida koʻp qirrali islohotlar boshlangan paytdan 
buyon yevropalik hamkorlarimiz jamiyatni demokratlashtirish, qonun 
ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati, soʻz erkinligi va inson huquqlari 
sohasidagi chuqur oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqdalar. 
Oʻzbekistonning majburiy mehnatga barham berish, sud islohotlari, 
qiynoqlarning oldini olish va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan bogʻliq 
muammolarni hal etish borasidagi yutuqlarini Yevropa tomoni alohida 
taʼkidlaydi. 
Ushbu sohalardagi sezilarli yutuqlar tufayli 2019-yilda Yevropa Ittifoqi 
“individual holatlar” deb nomlanuvchi roʻyxatni birinchi marta taqdim etmadi. 
Albatta, bu mamlakatimizda mazkur sohalarda olib borilayotgan islohotlardagi 
sezilarli oʻzgarishlardan dalolat beradi. 
Maʼlumot uchun: “Oʻzbekiston-YEI” quyi qoʻmitasining adliya, ichki ishlar, 
inson huquqlari va aloqador masalalar boʻyicha yigʻilishlari doirasida Yevropa 
tomoni qamoqdan ozod qilish talabi bilan “siyosiy mahbuslar” deb ataluvchi 10-
15 kishining roʻyxatini anʼanaviy tarzda taqdim etar edi. 
Bundan tashqari, Yevropa tomonining taʼkidlashicha, 2019-2020-yillarda 
oqlanganlarning oʻtgan yillarga nisbatan juda koʻpligi Oʻzbekiston sud tizimidagi 
islohotlar amalda ijobiy natijalarni koʻrsatayotganidan dalolat beradi. 
Oʻzbekistonning ushbu sohada erishgan ijobiy natijalari Yevropa Ittifoqining 
dunyoda inson huquqlari va demokratiya boʻyicha yillik hisobotida (2020-yil iyun 
oyida eʼlon qilingan) ham yuqori baholandi. Hujjatda 2016-yildan boshlab 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekistonda jamiyatni 
bosqichma-bosqich liberallashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan keng 
qamrovli islohotlar dasturi, shu jumladan, siyosiy dasturlar amalga 
oshirilayotgani taʼkidlangan. 
Alohida qayd etilishicha, bu yoʻnalishda jiddiy yutuqlarga 2019-yilda va 
uning yakunida (22-dekabr) boʻlib oʻtgan parlament saylovida erishildi. Bu esa, 
oʻz navbatida, respublikamiz rahbariyatining tub oʻzgarishlarni amalga oshirishga 
boʻlgan intilishlarini yaqqol namoyish etdi. 
Bundan tashqari, YEI hisobotida soʻz erkinligi sohasida erishilgan ijobiy 
oʻzgarishlarga eʼtibor qaratilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi turli davlat 
idoralari bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelgan oʻzbekistonlik jurnalistlarga 
jiddiy yordam koʻrsatgani qayd etilgan. 


Shu bilan birga, Oʻzbekiston 2019-yilda “Chegarasiz OAV” tasnifiga koʻra, 
“qora hudud”dan chiqarildi. 
Respublikaning inson huquqlarini taʼminlash borasidagi yutuqlarini inobatga 
olgan holda, YEI va unga aʼzo davlatlarning aksariyati Oʻzbekistonning global 
siyosiy jarayonlar, jumladan, BMTning Inson huquqlari kengashiga aʼzo 
boʻlishidagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlamoqda. 
Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, yurtimizga chet ellik 
sayyohlarni jalb qilish, umuman, mamlakatimizning turistik salohiyatini 
kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarimiz BMTning 
Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda. 
Respublikamiz vakillari YUNVTO shafeligida tashkil etiladigan yirik va 
nufuzli turistik yarmarkalar — FITUR, ITB, JATA, World Travel Market, Top 
Resa va shunga oʻxshash qator xalqaro tadbirlarda hamda ular doirasida 
oʻtkaziladigan vazirlar darajasidagi anjumanlarda doimiy ravishda faol ishtirok 
etib kelmoqdalar. Bu esa hozirgi kunda turizm sohasidagi muhim masalalar 
yuzasidan xalqaro hamkorlar bilan fikr almashish imkonini bermoqda. 
Tashkilot Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslarini har 
tomonlama va keng qoʻllab-quvvatlamoqda. Jumladan, mamlakatimiz tashabbusi 
bilan joriy yilning 1-iyun kuni Jahon sayyohlik tashkilotining “Tiklanish yoʻli” 
mavzusidagi xalqaro anjumani tashkil etildi. Ushbu onlayn muloqot jarayonida 
SAFE 
TRAVEL 
GUARANTEED 
tashabbusi, yaʼni 
Oʻzbekistonda 
koronavirusga qarshi kurashish, xavfsiz turizmni joriy etish, yurtimizda xorijiy 
sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqidagi yangilik tashkilot aʼzo 
davlatlari oʻrtasida ilgari surildi. 
Bundan tashqari, 2020-yilning 25-iyun kuni Oʻzbekiston raisligida 
YUNVTOning Yevropa mintaqaviy komissiyasining navbatdagi 65-sessiyasi 
videomuloqot tarzida tashkil etildi. Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi 
Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz 
Abduhakimov 
2023-yilda 
BMT 
Jahon sayyohlik tashkilotining 
Ijroiya 
kengashiga 2021-2023-yillar uchun va Bosh assambleyasining 25-sessiyasini 
oʻtkazishga Oʻzbekiston nomzodini ilgari surish tashabbusini eʼlon qildi hamda 
bu aʼzo davlatlar tomonidan iliq kutib olindi. 
Yevropa 
O'zbekistan 
Respublikasining 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish