o'zaro manfaatli
aloqalarni yo'lga qo'yish va tobora chuqurlashtirish alohida o'rin tutadi. 1996-yil
21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi
o'rtasidagi „Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim", uning 1999-yil 1-iyulda
kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro
munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi
mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar
aloqalari yildan-yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. 1995–2002-yilladga
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ning firma va kompaniyalari respublikamizda
umumiy qiymati qariyb 8 mlrd AQSH dollarlik yirik sarmoyaviy loyihalarni
amalga oshirishda qatnashdi. 2002-yilda O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi
mamlakatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd 65,8 mln AQSH
dollarini, 2003-yilda esa 1,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqining a'zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-
texnikaviy salohiyatga ega bo'lgan Germaniya bilan o'zaro manfaatli aloqalari
kengayib bormoqda.
O'zbekiston Prezidentining Germaniyaga 1993-yil 28-aprel
kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O'zbekiston bilan
Germaniya o'rtasida munosabatlarni yo'lga qo'yishda muhim ahamiyatga egadir.
Ayni paytda bu safar respublikamizga Yevropa sari katta yo'lni ochdi. I. Karimov
GFR Federal prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kansleri Gelmut Kol
bilan samimiy, o'zaro tenglik asosida, ishonch va qat'iyat bilan suhbatlashdi. Ikki
davlat o'rtasida madaniy hamkorlik to'g'risida, sarmoyalar qo'yishni amalga
oshirish va o'zaro himoya qilishga ko'maklashish to'g'risida, ilmiy tadqiqotlar va
mutaxassislar fondini tashkil etish to'g'risida bitimlar imzolandi. O'zbekiston
delegatsiyasi Germaniya sanoatini o'rganishga katta e'tibor berishdi. Safar
samarali bo'ldi, jiddiy va istiqbolli munosabatlar o'rnatishga, bo'lajak hamkorlik
imoratiga poydevor qo'yildi. „Doyche-bank", „Mercedes-Benz" va „Simens"
kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'ldi, ular bilan hamkorlik
qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko'ra O'zbekiston Germaniya
hamkorligi masalalari bo'yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki
tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi.
1994-yil 1-sentabrda GFR poytaxti Bonnda O'zbekiston Respublikasining
Yevropada
birinchi
elchixonasi
ochildi.
Hozirgi
paytda
elchixona
Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. „Toshkent-
Frankfurt" havo yo'li yo'lga qo'yildi, O'zbekistonda „Doyche-bank"ning bo'limi
faoliyat ko'rsatmoqda.
1995-yil aprelda Germaniya Federal Prezidenti Roman Gersogning
O'zbekistonda bo'lishi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada
mustahkamladi. Roman Gersog O'zbekistonda istiqomat qilayotgan 50 mingdan
ortiqroq nemis millatiga mansub O'zbekiston fuqarolarining hayoti bilan tanishib,
ular uchun teng imkoniyatlar yaratilganidan mamnun bo'ldi. Germaniyaning
„Geydelberg" firmasi O'zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik
qilayotgan yirik kompaniyadir. „Geydelberg" firmasi asbob-uskunalari bilan
Yangiyo'l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari,
Samarqanddagi „Tong" nashriyoti qayta jihozlandi. O'zbekistondagi „Rastr" va
„Groteks" nashriyotlari „Geydelberg" firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda.
Natijada maktablar uchun darslik, o'quv qo'llanmalari va boshqa turdagi nashriyot
mahsulotlari ishlab chiqarish anchayaxshilandi. 2001-yilda O'zbekiston-
Germaniya-Rossiya hamkorligidagi „Namangan qog'oz" qo'shma korxonasi
qurilib ishga tushirildi. O'zbekistonning Germaniya bilan hamkorligi boshqa
sohalarda ham kengayib bormoqda.
O'zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2001-yil 2-5-aprel kunlari
Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard
Shryoderning 2002-yil 9-10-may kunlari O'zbekistonga qilgan rasmiy safarlari
O'zbekiston-Germaniya o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga
ko'tardi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o'rtasida aloqalar kengayib
bormoqda. 1997-yilda O'zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining
vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo'lsa, 2001-yilda bu ko'rsatkich 80 taga yetdi.
Ularning eng yiriklari „Xobas TAPO", „Xiva Karpet" va boshqalardir. 2003-yilda
germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq
xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa
sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko'rsatdi, ulardan 40 tasi yuz
foizlik Germaniya kapitaliga ega. O'zbekistonga kiritilayotgan Germaniya
sarmoyalari hajmi 2001-yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Ikki mamlakat
o'rtasidagi savdo aylanmasi 2001-yilda 283,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Germaniya Federativ Respublikasi O'zbekistonning Yevropadagi eng yirik
iqtisodiy hamkoridir.
1994-yil 9-12-iyun kunlari O'zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya
(Gollandiya)da bo'ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig'i bosh vazir Rudolf
Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to'g'risida suhbatlar bo'ldi. O'zbekiston
delegatsiyasi a'zolari kun davomida dehqonlar va chorvadorlar xo'jaligida bo'ldi,
ular bilan suhbatlashdi, ko'p narsalarni o'rganishdi. Safar natijasida O'zbekiston
va Gollandiya o'rtasida davlatlararo munosabatlar prinsiplari haqida bayonot va
savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agrar xo'jaligi
texnologiyasi, urug' va nasllari, mehnat usullaridan O'zbekistonda foydalanishga
kelishildi. Bugungi kunda O'zbekistonda Gollandiya kartoshka urug'lari ekilib
mo'l hosil yetishtirilmoqda.
O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish
muhim
ahamiyatga
ega.
1993-yil
28–30-oktabr
kunlari
O'zbekiston
delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikka
asos soldi. Birinchi Prezident I. Karimov Fransiya Prezidenti F. Mitteran,
Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do'stona suhbat
va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so'zlab:
„Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o'rinni egallab turgan
mustaqil O'zbekiston Sharq bilan G'arb o'rtasida ishonchli ko'prik bo'lishi
mumkin. Ko'p asrlik tarix teran an'analarga ega bo'lgan, insoniyatning faxriga
aylangan allomalarni yetkazib bergan O'zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini
tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki,
mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo'lib qoldi", deb ta'kidladi. Bu Vatanimiz
to'g'risida, uning shon-shuhratini ulug'lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan
bahodir. Safar natijasida Parijda „O'zbekiston Respublikasi va Fransiya Respub-
likasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma", madaniyat, ilmiy-
texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitim, sarmoyalarni
o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida bitim imzolandi.
Mamlakat rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respublikamizda
demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O'zbekistonning Yevropa va
boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim
ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik „Kredit
Kommersial de Frans" banki o'rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda
Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta'minlash ko'zda
tutildi. Taniqli „Elf-akiten" neft-kimyo konserni, „Texnip" firmasi va boshqa
kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi.
Fransiya va O'zbekiston o'rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta'minlab turgan
„Kredit kommersial de Frans" banki zavod qurilishini ham mablag' bilan
ta'minladi. O'zbekiston bu bankka mablag' qo'ydi, u hamkorlik uchun kafolat
bo'lib turibdi. Ana shu hamkorlik va hujjatlar qatoriga 1994-yil 25–27-aprel
kunlari Fransiya Prezidenti F.Mitteranning O'zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi
chog'ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik
to'g'risida, O'zbekiston va Fransiya o'rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi
bitimlar, shuningdek havo transporti sohasida hamkorlik to'g'risidagi
deklaratsiyalar qo'shildi. 1996-yil aprel oyida O'zbekiston Prezidenti
boshchiligidagi davlat delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi chog'ida ikki
mamlakat o'rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to'g'risida konvensiya hamda
moliyaviy protokol imzolandi. O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida iqtisodiy,
ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini
qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda
hamkorlik qilinmoqda.
O'zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo'lgan Buyuk
Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 17-19-iyul kunlari Buyuk
Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O'zbekistonda bo'lib, mamlakatimiz
bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o'lmas
tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993-yil 15-oktabr kuni Buyuk
Britaniya tashqi ishlar va hamdo'stlik ishlari bo'yicha davlat vaziri Daglas
Xogning O'zbekistonga safari chog'ida ikki davlat o'rtasida madaniyat va ta'lim
sohasidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik to'g'risida bitimlar imzolandi.
1993-yil 22–25-noyabr kunlari O'zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov
boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk
Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo'lishi ikki mamlakat
o'rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo'ldi. Mamlakat rahbarini qirolicha
Yelizaveta II, bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq, o'zaro manfaatli
suhbatlari, muzokaralari bo'lib o'tdi. Safar samarali bo'ldi. O'zbekiston
Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o'rtasida o'zaro iqtisodiy aloqalar
to'g'risida shartnoma, sarmo-yalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash
to'g'risida bitim, havo yo'llarini ochish to'g'risida bitim, ikki mamlakat hududida
fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. Mashhur Rotshildlar
banki hamda Yevropa tiklash va taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuvlar
bo'ldi, ular bilan o'zaro hamkorlik haqida bitimlar tuzildi. Yevropa qayta tiklash
va taraqqiyot banki O'zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish uchun 150
mln AQSH dollari ajratishga qaror qildi. O'zbekiston va „Lonro" kompaniyasi
o'rtasida imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo'ldi. Bu
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Liverpul paxta assotsiatsiyasi rahbarlari bilan
O'zbekiston paxta tolasini jahon bozorida sotish masalalari bo'yicha muzokaralar
bo'ldi. „Toshkent-London" havo yo'lida samolyot qatnovining yo'lga qo'yilishi
aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1996-yilning boshlarida
O'zbekistonda Britaniya Kengashi bo'limining ish boshlashi hamkorlikni
mustahkamlash va kengaytirish yo'lidagi yangi qadam bo'ldi. O'zbekistonning
Finlandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha,
Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari
bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o'rnatildi va kengayib
bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O'zbekiston Savdo uyining
ochilishi muhim voqea bo'ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo'lib
qolmay, O'zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi
hisoblanadigan mamlakat – Shveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995-
yil oktabrda Jenevada „O'zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun
imkoniyatlar" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi. Shu yil noyabr oyida esa
Londonda o'tgan „O'zbekistonda biznes" konferensiyasida iqtisodiy
islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi. Shtut-gartda bo'lib o'tgan „Buyuk
ipak yo'li merosi: O'zbekiston" ko'rgazmasi O'zbekistonning aql-ziyo sohasida
jahonda tutgan o'rniga va salohiyatiga berilgan katta baho bo'ldi. O'zbekiston
Birinchi Prezidentining Davosda har yili o'tadigan jahon iqtisodiy anjumanida
ishtirok etishi va anjumanda so'zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va
hukumat boshliqlarini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va
kompaniyalarning rahbarlarini, qolaversa jahon biznesmenlarini O'zbekiston
bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi, O'zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb
qilishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston tashqi siyosatining jo'g'rofiyasi
uzluksiz kengayib bormoqda. U mustaqillikni mustahkamlashga, xalq
farovonligini va xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan. O'zbek diplomatiyasi
xorijiy mamlakatlardan sadaqa so'rashga emas, ikki tomonlama manfaatdorlikka,
insonparvarlikning yuksak va oliyjanob prinsiplariga tayanadi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro
munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar
amalga oshirildi. O'zbekiston o'zining tinchliksevar, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro
foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi,
jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, uning mavqeyi yildan
yilga mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |