O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana15.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#552879
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Жаҳон ҳамж



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS 
 TA’LIM VAZIRLIGI 
 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
JAHON TARIXI KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
JAHON HAMJAMIYATI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
FANIDAN 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
QARSHI-2021 
 
 
 


1-mavzu. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan aloqalarining 
boshlanishi. Dastlabki hamkorlik asoslari. 
 
Reja: 
1. Mustaqil O‘zbekiston davlatining paydo bo‘lishi. 
2. Xalqaro aloqalarda yangi yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 
3. O’zbekistonning xalqaro maydondagi hamkorligining asoslari va 
yo’nalishlari. 
4. Mustaqillikdan so’ng Respublikaning mintaqada xavfsizlik va barqaror 
tinchlik uchun olib borgan siyosati 
Tayanch tushunchalar: 
O’zbekiston Respublikasi, Mustaqillik deklaratsiyasi; Mustaqillik 
asoslari to’g’risidagi Qonun; Tashqi siyosat konsepsiyasi; O‘zbekiston SSR 
Oliy Kengashining Rayosati;
Yevropa Ittifoqi komissiyasi texnik yordami 
muvofiqlashtirish byurosi; 
 
XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi uchun 
butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish hodisasini 
boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi yillari va mustaqil 
taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida o‘zining mazmuni, 
mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning shiddatliligi bilan 
alohida ajralib turadi. Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, 
yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, 
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining 
shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, 
ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar 
imkon qadar o‘z ifodasini topgan. Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan 
va o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh 
bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim 
ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, 
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar 
O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha 
turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan 
aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. 
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum iskanjasidan 
chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi 
g‘oyatda tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi.
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi. 1990-yil 20-iyun kuni 
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining II sessiyasida O‘zbekiston SSRning 
Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasidagi 
“O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, 
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya 


prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligini e’lon qiladi” 
degan satrlar mustaqillik uchun tashlangan dastlabki qadamni anglatar edi. Ushbu 
Deklaratsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillik uchun kurashining 
yangi bosqichini boshlab berdi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Kengashi deputatlari faollik 
ko‘rsatdilar. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-
modda, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan 
kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida 
qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy 
tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
1991-yilning 19–21-avgustida Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishi sodir etildi. 
Mamlakatda mavjud siyosiy hokimiyat ag‘darilib, favqulodda holat joriy etildi va 
hokimiyat Favqulodda holat davlat komiteti (GKChP – Государственный 
комитет по чрезвычайному положению) qo‘liga o‘tdi. Ularning maqsadlari 
Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga 
yo‘l qo‘ymaslik edi. Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 
Rayosati, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston 
SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 21-avgustda qo‘shma 
majlis o‘tkazib, unda “SSSR GKChPning O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va 
qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston hududida amal qilmaydi”, degan qaror 
qabul qildi. 1991-yil 25-avgust kuni esa O‘zbekiston SSR Prezidenti 
mamlakatimizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal toshini qo‘ygan yana bir 
muhim farmonni e’lon qiladi. Farmonda jumladan, shunday deyiladi: 
“Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi 
komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinsin. Respublika hududida 
joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston 
SSR Prezidentiga bo‘ysundirilsin. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga 
juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun 
loyihasini tayyorlash va uni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan 
tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin”. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning davlat 
mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy 
Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy 
Komiteti va Markaziy nazorat qo‘mitasining 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma 
Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini 
to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy 
organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ana shunday vaziyatda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 
navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. Unda 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi masala kun 
tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekistonning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz 
bergan ijtimoiysiyosiy voqealar oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston 
taqdiriga bevosita daxldor ekanligini asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan 


holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni 
“Mustaqillik 
asoslari 
to‘g‘risida”gi 
Konstitutsiyaviy 
qonun 
bilan 
mustahkamlashni taklif qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda 
muhokamadan so‘ng, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra “O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun 
g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy 
holati tubdan o‘zgardi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Vatanimiz tarixi sahifalariga 
oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha kunlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayni 
o‘sha paytda yosh, mustaqil O‘zbekiston hukumati mamlakatimizning siyosiy-
ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab 
muhim hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda 
imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni 
deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va boshqa 
muhim siyosiy hujjatlar shular jumlasidandir. 
1991 yil 1 sentabrdan boshlab jahon haritasida yangi mustaqil O‘zbekiston 
davlati paydo bo‘lib, xalqaro maydonda ham o‘z mustaqil siyosatini yurita 
boshladi. Bu siyosatning asosiy mazmuni va yo‘nalishlari boshqa davlatlar bilan 
hamkorlikni turli taraflama samarali tashkil etish va uni izchil ravishda olib borish 
hamda rivojlantirish, umumiy xavfsizlik va barqarorlik tinchlik uchun doimo 
qat’iy kurash olib borish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, 
xalqaro anjumanlarda, kengashlarda faol qatnashish, teng huquqli suverenitetni 
hurmat qilish qoidalariga amal qilish, xalqaro maydonda ma’rifatli dunyo tan 
olgan huquq normalariga rioya qilishdan iboratdir. Bu sohada O‘zbekiston 
rahbariyati olib borgan qat’iy va izchil siyosat ko‘pgina boshqa davlatlarni 
hurmatiga va e’tirofiga sazavor bo‘ldi hamda xorijiy davlatlar bilan 
munosabatlarimiz kundan-kunga mustahkamlanib bordi.
Mustaqillika erishgandan keyin xalqaro aloqalarda butunlay yangi 
yo‘nalishlar paydo bo‘ldi va u endi suveren davlat sifatida faoliyat ko‘rsata 
boshladi. Mustaqillik e’lon qilingandan keyin oradan 30 kun o‘tgach, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo‘lib 
o‘tdi va unda Latviya. Litva, Estoniya respublikalarining mustaqilligi e’tirof 
etildi. 1991 yil 10 oktabrda Gruziya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining 
mustaqilligini tan oldi. Bu yosh mustaqil davlatning ikkinchi bir yosh mustaqil 
davlat tomonidan birinchi bor tan olinishi edi. Albatta SSSR deb atalgan imperiya 
ham rasman tarqatilgan bir sharoitda yosh mustaqil davlatlarning bu qadami katta 
jasorat edi. Oktabr va noyabr oylarida Ozarbayjon va Belarus respublikalari bilan 
davlatlararo munosabatlar asoslari to‘g‘risida shartnomani imzolanishi 
Respublikamiz tashqi siyosatida katta qadam bo‘ldi va Markaziy Osiyo davlatlari 
bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi. Ashxabod uchrashuvi 
samarali tugallandi. Dunyo davlatlari ichida xalqaro maydonda katta obro‘ga ega 
bo‘ldi. Turkiya respublikasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligini tan olinishi 


xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlanishi mamlakatimiz tashqi siyosatidagi 
muhim yutuqlaridan biridir.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonimizga dunyo eshiklari birma-bir 
ochila 
boshladi. 
Respublikamizda 
nufuzli 
xalqaro 
tashkilotlarning 
vakolatxonalari ishlay boshladi. Yevropa Ittifoqi komissiyasining vakolatxonasi 
shulardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi xukumati bilan Yevropa Ittifoqining 
ijroiya organi Yevropa Ittifoqi komissiyasi YEIK o‘rtasida O‘zbekistonda bozor 
munosabatlariga o‘tish va iqtisodiy islohatlar jarayoniga texnik yordam ko‘rsatish 
yuzasidan 1992-yilning aprelida memorandum imzolandi. YEIK mamlakatimizga 
ko‘rsatilgan texnik yordami muvofiqlashtirish loyihalarini baholab va moliyaviy 
so‘rovnomalar tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yevropa Ittifoqi komissiyasi texnik 
yordami muvofiqlashtirish byurosi (O‘ZBYURO YEIK) tuzildi. Byuro janob
Olivye Alla boshchiligidagi YEIK missiyasi bilan hamkorlikda unumli 
ishlamoqda. Toshkentda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonlik bank 
mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha tahsil markazi ochilishi,energetika va 
gaz o‘lchagichlar o‘rnatish dasturlarining amalga tadbiq etila boshlashi shu 
hamkorlik mahsulidir. 
Xorijiy 
mamlakatlar 
bilan 
aloqalarning 
rivojlanishi 
O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga katta 
tasir qildi. 
Chunki 
ishlab 
chiqarish kuchlarini 
rivojlantirishning bir necha omili bor. Birinchisi, bu korxonalarni ishlab chiqarish 
mablag‘i hisobidan rivojlantirishni kuchaytirish, ikkinchidan esa davlat budjeti 
hisobidan yangi korxonalarni bunyod etishdir. Uchinchidan, kredit resurslaridan 
foydalanib korxonalar qurish, tashqi kredit resurslar, shuningdek tashqi 
sarmoyalar hisobiga ishlab chiqishni rivojlantirishdir. 
Xulosa qilib aytganda, bularning barchasi O’zbekistonning keyingi 
taraqqiyotida muhim rol o’ynab, barqaror rivojlanishiga bevosita sabab 
bo’lmoqda.
Jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish va O‘zbekistonning milliy 
manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama siyosat yuritish- davlatimiz 
mustaqilligini mustahkamlashning muhim shartidir. O‘zbekiston Respublikasi bir 
qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy 
tashkilotlar-Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro valyuta 
jamg‘armasi, Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat 
tashkiloti, Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, elektr 
aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro 
avtomobillar ittifoqi, Xalqaro olimpiada ittifoqi, Osiyo va Tinch okeani xavzasi 
bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy Komissiya, Shimoliy Atlantika Hamkorligi 
Kengashi, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik Tashkiloti, Atom 
energiyasi bo‘yicha agentlik, yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki, BMT 
ning talim, fan va madaniyat bo‘yicha qo‘mitasi (YuNeSKO) va tashkilotlarning 
azosidir. 
O‘zbekiston Mustaqil davlat sifatida xalqaro Konvensiyalarga va BMT
NeXXT, XMT kabilarning qarorlariga ham qo‘shildi. 


O‘zbekiston davlat Mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab jahondagi 
nufuzli mamlakatlar bilan davlatlararo aloqalar o‘rnatish va uni rivojlantirish 
yo‘llarini tutdi, tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi. 
O‘zbekiston Yaqin va O‘rta Sharq hamda Arab mamlakatlari bilan 
davlatlararo munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshliq davlat delegatsiyasi 
rasimiy tashrif bilan Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, 
Misrda bo‘lib, ular bilan hamkorlik munosabatlarining asoslari to‘g‘risida 
shartnomalar, iqtisodiy ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlarini tuzdi. 
Bu tuzilgan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarini yanada rivojlantirishga 
xizmat qilmoqda. 1992 yil 28 noyabrda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya 
tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga azo bo‘lib kirdi. 1992 yil 10 
mayda Ashxabodda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, 
Trans Osiyo temir yo‘lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraks-Mashxad 
Temir yo‘li qurish haqidagi bitimini, bojxona hizmatini tashkil etish, shu soha 
uchun mutaxassislar tayyorlash haqidagi hujjatlarini imzoladilar. Uzunligi 305 
km bo‘lgan mazkur temir yo‘lni qurish uchun 547 mln. AQSh dollari sarflashga 
kelishgandi. Ana shu yo‘l orqali O‘zbekiston o‘z maxsulotini Anqaragacha yoki 
Fors ko‘rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagicha yetkazishi mumkin 
bo‘ldi. 
O‘zbekiston butun duyoda o‘zini tashqi siyosiy va madaniy aloqalarini boy 
tarixiga ega bo‘lgan va mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni 
amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon etmoqda. 
Xalqaro huquqi jihatidan O‘zbekiston uchun asrlar osha buyuk bo‘lib kelgan 
davlatlar ham, davlatchilik tarixi bab-barobardir. O‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek: “Mustaqillikka erishgandan 
keyin O‘zbekistonning xalqaro jamiyatda ishtirok etishi uchun katta imkoniyatlar 
ochildi. Siyosatimizning asosiy maqsadi-dunyoga eshik ochish, jahon maydoniga, 
taraqqiy etgan davlatlar qatoriga sobit qadamlik bilan kirib borishdir, o‘zaro 
iqtisodiy, madaniy, ilmiy, savdo va boshqa sohalarda qizg‘in hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yishdir”. 
Jaxon amaliyotida iqtisodiy hamkorlikning yigirmadan ortiq asosiy shakllari 
ma'lumdir, shu bilan birga ko‘p shakllar yakka o‘zi emas, balki boshqa shakllar 
bilan birgalikda qo‘llaniladi. Har bir shakl o‘zining iqtisodiy va tashkiliy 
xususiyatlariga ega bo‘lib, ulardan mohirona foydalanish eng ko‘p samarani 
kafolatlashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari 
quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
2. Tashqi savdo faoliyati;
3. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
4. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida investitsiya faoliyati.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik - ishlab chiqarish, moliya, bank va 
sug‘urta faoliyati, ta'lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog‘liqni saqlash, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun 


hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy 
faoliyat sub'ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, 
shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishi va 
kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, xizmatlar (ishlar) va intellektual mulk 
savdosi sohasidagi bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir.
Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import 
qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib 
kirish to‘g‘risidagi majburiyatisiz olib chiqilishi, agar qonun hujjatlarida 
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksporti hisoblanadi.
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib 
chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatisiz olib kirilishi tovarlar importi 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy 
davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar 
ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat'i nazar ishlar (xizmatlar) 
eksporti hisoblanadi.
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar 
ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat'i nazar, ishlar (xizmatlar) 
importi hisoblanadi.
Intellektual mulk tashqi savdosi – bu O‘zbekiston Respublikasi yuridik yoki 
jismoniy shaxslariga xorijiy shaxs tomonidan yoki buning aksi holatida 
intellektual mulk ob'ektiga bo‘lgan alohida huquqlarni topshirilishi yoki 
intellektual mulk ob'ektlaridan foydalanish huquqini taqdim etilishidir.
So‘nggi vaqtlarda xorijiy hamkorlar bilan investitsion hamkorlik qilish, ya'ni 
xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi juda dolzarb hisoblanadi.
Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga hamda 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan 
moddiy va nomoddiy ne'matlarning barcha turlari hamda ularga bo‘lgan huquqlar, 
shu jumladan, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, hamda chet el 
investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish 
shakllari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tashqi iqtisodiy faoliyat 
sub'ektlarining tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob'ektlariga moddiy va nomoddiy 
ne'matlarni hamda ularga bo‘lgan huquqlarni kiritish bilan bog‘liq harakatlarining 
yig‘indisi O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb 
e'tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi 
mumkin:


ulushbay asosda ishtirok etish, shu jumladan, mol-mulk va aksiyalar sotib olish 
yo‘li bilan qatnashish;
mustaqil bo‘linmalar ta'sis etish;
ezidentlari 
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini sotib olish;
qazib olish yoki ulardan foydalanishga mo‘ljallangan konsessiyalarni xarid qilish;
k yerga hamda boshqa tabiiy boyliklarga egalik 
qilish va ulardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy 
davlatning qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning xilma-xil mazmuni davlat boshqaruvining 
tegishli organlari, ixtisoslashgan tashqi iqtisodiy tashkilotlar, sohaga oid ishlab 
chiqarish birlashmalari va korxonalarning tuzilmalari, vazifalari va amaliy ish 
faoliyatida o‘z aksini topdi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha turdagi resurslar, halq xo‘jaligining 
barcha tarmoqlarda va sohalarida yaratilayotgan tovarlar va xizmatlar, qimmatli 
qog‘ozlar, ilmiy-texnikaviy mahsulotlar, intellektual va boshqa mulk tashqi 
iqtisodiy faoliyat ob'ekti hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanish taqiqlangan ob'ektlar bundan 
mustasno. 
O‘z mulkchilik shaklidan qat'i nazar har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, 
shu jumladan respublika hududida yoki undan tashqarida faoliyat yuritayotgan va 
tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasida 
ro‘yhatdan o‘tgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasida 
tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari bo‘lishi mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatning 
barcha sub'ektlari mulkchilik shakli va tashqi iqtisodiy faoliyat turlaridan qatiy 
nazar bunday faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlidirlar. Tashqi iqtisodiy 
faoliyat sub'ektlari qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda 
qatnashish usuli, shakllari va yo‘nalishlarini mustaqil belgilashlari, tashqi 
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga ko‘ra boshqa yuridik va 
jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilishlari 
mumkin. Har bir tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ekti tashqi iqtisodiy faoliyat 
natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi daromadga egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf etishga haqli.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari majburdirlar:
xalqaro tan olingan norma va qoidalarga rioya qilish;


ishtirokchisi sifatida belgilangan tartibda 
ro‘yhatdan o‘tish, buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etish;
loyihalarning sanitariya-gigiena, ekologiya va boshqa talablarga muvofiqligi 
to‘g‘risidagi ekspertiza xulosalarini olish, tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida 
turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi (ruxsatnoma) litsenziyaga ega bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda 
quyidagilarga amal qiladi: 17
bilan hamkorlik olib borishda o‘zaro manfaatdorlik prinsipi;
riga 
aralashmaslik prinsipi;
qabul qilingan o‘zaro majburiyatlarni bajarish prinsipi;
shartlarni bajarish prinsipi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ekti sifatida 
quyidagilarni idora qiladi:
takomillashtirish;
-kredit siyosatini ishlab 
chiqish va tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi valyuta fondini shakllantirish 
va undan foydalanish;
oshirish;
publikasi, uning yuridik shaxslari 
va fuqarolarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
kafolatlarni o‘rnatish;
va boshqa vakolatlar.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va alohida fuqarolari 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirish, shu jumladan yuridik shaxs maqomiga ega korxonalarni tuzish, hamda 
filiallar, vakolatxonalar va boshqa mustaqil bo‘linmalar ochishga haqlidirlar. 
O‘zbekiston Respublikasi, uning yuridik shaxslari va fuqarolarining manfaatlari 
va huquqlarini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bevosita o‘zaro 
manfaatdor munosabatlarni o‘rnatish maqsadida xorijiy davlatlarda, xalqaro 
tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining savdo va boshqa vakolatxonalari 
ta'sis etilishi mumkin.
O‘zbekiston hududida uning qonunchiligiga muvofiq holda chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yaratilishi, O‘zbekiston Respublikasi va 
xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida xalqaro iqtisodiy 
va moliyaviy tashkilotlar tashkil etilishi mumkin. Xorijiy davlatlar, firmalar, 


banklar, xalqaro tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar O‘zbekiston 
Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zining 
vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini ta'sis etishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalar yaratilishi mumkin. 
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi – qatnashchi mamlakatlarning 
ixtiyoriyligiga va ular tomonidan iqtisodiy ittifoqning qulayligi hamda zrurligi 
anglab yetilishiga asoslangan evolyusion jarayondir. Ushbu ittifoq qatnashchi 
mamlakatlarga iqtisodiyotlarning qo‘shimcha qiyosiy ustunliklariga ega bo‘lish 
va dinamik iqtisodiy o‘sish traektoriyasiga kirish imkonini beradi. Bunday 
ittifoqning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- mineral, qishloq xo‘jaligi va energetika xom ashyosining barcha turlari bilan 
mintaqaning to‘liq o‘zini-o‘zi ta'minlashi;
- birgalikdagi qudratli eksport salohiyati;
- kooperatsiya va qo‘shma investitsiyalar asosida raqobatbardoshli mahsulot 
ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beruvchi jami ishlab chiqarish salohiyati;
- ta'lim darajasining yuqoriligi va ish kuchining past qiymati bilan 
xarakterlanadigan mehnat rusrslari;
- bir tomondan, Rossiya va Yevropa bilan, ikkinchi tomondan, Sharq 
mamlakatlari o‘rtasidagi qulay jug‘rofiy-siyosiy mavqei;
- suv va boshqa tabiiy resurslardan birgalikda oqilona foydalanish, ekologik 
xavfsizlikka erishish imkoniyati;
- ilmiy-texnik salohiyatning yetarlicha yuqoriligi.
2001 yil 28 dekabrda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va 
O‘zbekistonning davlat boshliqlari Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati 
Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaganligini 
ta'kidlagan holda, MOIHni “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotiga aylantirish 
haqidagi qarorga imzo chekdilar.
Ushbu loyihaning tashabbuskorlari davlatlar o‘rtasidagi siyosat, savdo-
iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalardagi integratsion jarayonlarni 
rivojlantirish maqsadida hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun, 
davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash xalqaro terrorizm, 
diniy ekstremizm, narkobiznes va jinoyatchilikni har qanday ko‘rinishlariga 
qarshi birgalikda kurashish masalalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning 
muhimligidan kelib chiqqan holda, ushbu yo‘lni tanlashdi. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish