O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


-mavzu. O‘zbekistonning Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasi bilan



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana15.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#552879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Жаҳон ҳамж

5-mavzu. O‘zbekistonning Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasi bilan 
aloqalarini yo‘lga qo‘yilishi 
Reja: 
1. O‘zbekiston va Yaponiya mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning
boshlanishi.
2. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlarning yo‘lga 
qo‘yilishi. 
3. O‘zbekiston – Yaponiyaning madaniy sohadagi aloqalar diplomatiyasi. 
4.O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniyat va ta'lim sohasidagi aloqalar. 
Tayanch tushunchalar: 
O'zbek-Yapon va Yapon-O'zbek iqtisodiy hamkorlik qo'mitalari; 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo 


tashkiloti (JETRO); “O'zbekiston-Yaponiya” do'stlik jamiyati; “Yaponiya-
O'zbekiston” do'stlik jamiyati; “Fukushima-O'zbekiston” madaniy-
iqtisodiy hamkorlik uyushmasi; “I.Xirayama madaniyat karvonsaroyi”;
O'zbek-yapon ilmiy-ijodiy markazi; 
O'zbekistonning Jahon hamjamiyatida faol ishtirok etishi va milliy 
manfaatlarimizga mos keladigan ko'p tomonlama siyosat yuritishi davlatimiz 
mustaqilligini mustahkamlashning muhim shartidir.
O'zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta‘minlash, o'zaro 
hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirishga harakat qilmoqda. Shu boisdan ham 
u Osiyo va Yevropa qit‘alari o'rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchilik, 
G'arb-u Sharq o'rtasidagi ko'prikni bog'lab turuvchilik vazifasini o'tay oladigan 
yagona davlat bo'lib maydonga chiqdi. O'zbekiston qisqa vaqt ichida dunyoning 
ko'plab mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda 
aloqalar o'rnatdi. Jumladan, Xitoy, Janubiy Koreya bilan bir qatorda Yaponiya 
bilan ham diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni ham yo'lga qo'ydi.
Yaponiya O'zbekistonni mustaqil davlat sifatida birinchilardan bo'lib 
1991 yil 28 dekabrdayoq tan olgan edi. Ko'p o'tmay, 1992 yilning boshidan ikki 
mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. O'zbekiston va Yaponiya 
o'rtasidagi hamkorlik 1994 yil 16-19 maydan boshlandi. 
Bu mamlakatimiz uchun Sharqda mustahkam hamkorlik demakdir. 
Ushbu aloqalar shunchaki ma‘lum muddatga tuzilgan bo'lmay, o'zaro ishonch 
asosida qurilgan hamda uzoq muddatni ko'zlagan strategik hamkorlikdir. 
1994 yilda tashkil qilingan O'zbek-Yapon va Yapon-O'zbek iqtisodiy 
hamkorlik qo'mitalari savdo va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim 
o'ringa ega. Ushbu qo'mitalarning 11-qo'shma yig'ilishi 2013 yil martda 
Toshkentda o'tkazildi. 2008 yilning avgustida “Investitsiyalarni erkinlashtirish, 
himoya qilish va rag'batlantirish” to'g'risida Hukumatlararo shartnoma imzolanib 
2009 yil 24 sentabrda kuchga kirdi. 
O'zbekistonda 11 ta qo'shma korxona mavjud bo'lib, shundan bittasi 100 foiz 
yapon sarmoyasi ishtirokida tuzilgan. 14 ta yapon kompaniyalarining 
vakolatxonalari akkreditatsiyaga ega. 2011 yil natijasiga ko'ra, o'zaro tovar 
aylanishi 162,7 million dollarga, 2012 yilda esa 214,7 million dollarga teng bo'ldi. 
Yaponiyaning O'zbekistonga ko'rsatgan moliya-texnikaviy yordami 2,3 milliard 
dollardan oshdi. Ushbu yordam tufayli O'zbekistonda sog'liqni saqlash, maorif, 
energetika, transport, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda qator ijtimoiy 
ahamiyatli va infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. 
1999 yildan boshlab O'zbekistonda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 
(JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) ning mintaqaviy 
vakolatxonalari, hamda O'zbek-Yapon markazi ochildi. 
Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida madaniy sohalarda ham ilmiy 
hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Yaponiyalik arxeologlar mamlakatimizga 
kelib hamkasabalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlarni boshlab yubordilar. 
Ayniqsa, ularni Dalvarzintepada topilgan budda haykali qiziqtirib qoldi. Bu 
boradagii tadqiqotlar yo‘llarini o‘rganish imkonini beradi, degan fikrlar 
aytilmoqda, Janubiy O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklari rangli albomini 


o‘zbek, yapon va ingliz tillarida chop etilishi ana shu imkoniyatning dastlabki 
samarasi bo‘ldi. O‘zbekiston madaniy-ma'rifiy aloqalar xalqaro uyushmasi 
amalga 
oshirayotgan 
ishlar 
ham 
diqqatga 
sazovardir. 
Turli 
soha 
mutaxassislarning, ilm-fan, madaniyat va san'at xodimlarining o‘zaro hamkorligi 
yaxshi an'anaga aylandi. Ilmiy kadrlarni ayirboshlash ishlari yaxshi yo‘lga 
qo‘yildi. 
Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida sport aloqalari ham yo‘lga 
qo‘yilgan. 1993 yil dekabrda Xirosimada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 
Vatanimiz terma jamoasi a'zolari 14 ta oltin medal bilan taqdirlanishdi. 1994 yil 
oktyabrda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 
sportchilar 10 ta oltin. 11 ta kumush, 19 ta bronza, jami 40 ta medal bilan 
qaytishdi. O‘zbekiston 42 mamlakat orasida umumkomanda hisobida beshinchi 
o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston futbol jamoasining Osiyo chempioni 
unvonini qo‘lga kiritish quvonarli bo‘ldi. 
Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ma'rifatli dunyo tan olgan 
qonun-koidalar asosida o‘rnatilgan iqtisodiy va madaniy aloqalar yaxshi natijalar 
bermoqda hamda kelajakda bu aloqalar yanada mustahkamlandi va ikki xalq 
manfaatlari uchun xizmt qildi. O‘zbekiston Respublikasining Osiyo va Tinch 
Okeani havzasi mamlakatlari bilan hamkorliklari yildan-yilga katta tarixiy sahifa 
bo‘lib tarixda qolmoqda. 
Yaponiyaning mashhur balet artistlari tez-tez O‘zbekistonda o‘z 
san'atlarini namoyish etib turdilar. Masalan, 1997 yil Yukako Ivata, 1999 yil Ella 
Xosimota, 2001 yil Miyako Yuka kabi balirinalari Toshkentda gostrolda bo‘ldi. 
1998 yil A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat akademik katta 
teatrida o‘tkazilgan. “Xumo” Xalqaro festivalida Yaponiyaning “Toyota Siti 
balet” truppasi “Shelkunchik”, “Lebedinoe ozero” spektakllarida ishtirok etdi. 
Opera va balet sohasida O‘zbekiston – Yaponiya hamkorligi nihoyatda 
samarali bo‘ldi. Dastlab 6 ta opera artisti, so‘ngra, 12 va 26 kishidan iborat ijodiy 
guruh Yaponiyada stajirovkada bo‘ldi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist 
Vadim Gellertov va Tamila Muhamedovalar Tayota Siti maktabida dars berdi. Bu 
ikki davlat balet ustalari birgalikda Tokio va Nagon shaharlarida “Shelkunchik”, 
“Jizel” spektakllarini namoyish etdilar Yaponiya imperatori Akixotoning qizi 
malika Sayako o‘zbekistonlik ijodkorlar faoliyatiga yuqori baho beradi 
2001 yil avgustda A.Navoiy opera va teatrida rejisser Tesuya Oguri 
rahbarligida “Yudzuru” operasi qo‘yildi. Yapon direjerlari Takito va Sigeo 
Genda, xonandalar Yuke Kamaxoro, Mayumi Yamamota Yasuxiko Idane kabilar 
o‘z mahoratlarini namoyish qildilar. 
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e‘tibor berdi. Ikki davlat o'rtasidagi 
do'stona munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishni o'z oldilariga maqsad 
qilib qo'yildi. Yaponiya - O'zbekiston bilan sheriklik o'rnatishdan manfaatdor 
ekanligini izhor etib, bu munosabatlarni Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng 
muhim va katta salohiyatli sheriklik deb baholadi. Ayniqsa, O'zbekiston – 
Yaponiya davlatlari o'rtasida iqtidorli yoshlarni tanlab olinib, ta‘lim olishga 
imkoniyatlar yaratilib berish haqida bitimlar imzolandi.


Madaniy-gumanitar 
sohadagi 
hamkorlik 
jadal 
rivojlanmoqda. 
O'zbekistonning janubiy hududida ilk buddizm yodgorliklarini o'rganishda taniqli 
yapon olimi, arxeolog K.Kato katta hissa qo'shdi. O'zaro aloqalarni yanada 
rivojlantirishga qo'shgan hissalari uchun K.Kato O'zbekiston Bank-moliyaviy 
akademiyasi sobiq birinchi prorektori T.Kitamura va Vaseda universitetining 
rektori T.Okushima “Do'stlik” ordenlari bilan taqdirlandilar. 2002 yilda 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vaseda va Soka universitetlarining 
“Faxriy doktori” unvoni berildi. 2004 yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida 
buyuk o'zbek mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal o'rnatildi. 
2000 yildan buyon Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining Toshkentdagi 
ofisi bilan hamkorlikda inson resurslarini rivojlantirish loyihasi asosida 236 
o'zbek talabalari Yaponiyada ta'lim oldi. 
O'zbekistonning 200 dan ziyod mutaxassisi JICA yo'nalishi bilan Yaponiyada 
amaliyot o'tadi. O'zbek-Yapon markazi kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa 
qo'shmoqda. Ushbu markazga 600 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. 
1999 yilda “O'zbekiston-Yaponiya” do'stlik jamiyatiga asos solindi. Uning 
asosiy hamkorlari “Yaponiya-O'zbekiston” do'stlik jamiyati va “Fukushima-
O'zbekiston” madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasi hisoblanadi. 2002 yili 
“I.Xirayama madaniyat karvonsaroyi” nomli o'zbek-yapon ilmiy-ijodiy markazi 
ochildi. 
1994 yil 17 mayda imzolangan O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi qo'shma 
bayonot va 2002 yil 29 iyulda O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida do'stlik, strategik 
hamkorlik to'g'risidagi qo'shma bayonot o'zaro hamkorlikning huquqiy asosini 
ta'minlovchi hujjatlar bo'ldi. 
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2011-yil 8-10 
fevralda Yaponiyaga rasmiy tashrifi paytida 22 ta ikki tomonlama hujjatlar 
imzolandi. 
“Yaponiya liberal-demokratik partiyasi - O'zbekiston” va “Yaponiya 
demokratik partiyasi - O'zbekiston” parlamentlararo do'stlik ligalarining turli 
forumlar o'tkazishi orqali parlament aloqalari rivojlanib bormoqda. 
2002 yildan boshlab ikki davlatning tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida doimiy 
ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazilib kelinmoqda. 2013-yil sentabrda 
siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi uchrashuvi o'tkazildi. 
Mintaqa bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 2004-yilda Tokio 
tashabbusi bilan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” dialogi o'zaro 
munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 2010-yil 7-avgustda 
Toshkentda Dialogning doirasida tashqi ishlar vazirlarining 3-kengashi o'tkazildi. 
Unda Yaponiya tashqi ishlar vaziri K.Okada ishtirok etdi. 
Yaponiyadagi ta‘lim tizimi 1947-yilda qabul qilingan “Ta‘lim to'g'risidagi 
asosiy qonun” va “Maktab ta‘limi to'g'risidagi qonun” negizida amalga oshiriladi. 
Majburiy ta‘limning birinchi bosqichi 6-12 yoshli bolalar uchun olti yillik 
boshlang'ich maktab hisoblanadi. Ikkinchi bosqichi uch yillik ta‘lim bo'lib, unda 
12-15 yoshgacha bo'lgan bolalar ta‘lim oladi. Shu bilan majburiy ta‘lim 
tugallanib, kelgusi bosqich ta‘lim jarayonlari ixtiyoriy ravishda kontrakt asosida 
pulli olib boriladi.


Mutaxassislar tayyorlashda davlat universitetlari yetakchi rol o'ynaydi. Eng 
yirik davlat universitetlari Tokio, Senday shahrida joylashgan Toxoku 
universiteti, Kioto, Osaka, Sanporo, Nage, Fukuoke, Senday universitetlari 
hisoblanadi. 
Yaponiya ta‘lim sohasining ko'p jihatlari O'zbekiston ta‘lim tizimiga yaqin 
bo'lib, ko'p holatlarda o'xshash tomonlarini ko'ramiz.
Yaponiya davlatining jahondagi eng ilg'or taraqqiyotga erishuviga sabab 
bo'lgan omillardan yana biri mamlakatda ilm-fanga bo'lgan katta e‘tibor 
hisoblanadi. Yaratilgan va yaratilayotgan g'aroyib ixtirolar, yapon mo'‘jizasi deb 
tan olingan kashfiyotlarning barchasi ilmga bo'lgan e‘tiborning natijasidir. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
Yaponiyaning eng nufuzli o'quv yurtlaridan biri bo'lgan Veseda universitetida 
bo'lib, u yerdagi uchrashuv chog'ida shu universitetning rektori janob Okumima 
Takayasu bilan suhbatda bo‘lgan. Shundan so'ng, Veseda univesiteti ilmiy 
kengashining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimovga mazkur oliy o'quv yurtining faxriy doktori unvoni beriladi.
Tashrif chog'ida I.Karimov Yaponiyada ta‘lim olayotgan o'zbekistonlik 70 ga 
yaqin talabalar bilan uchrashib, ular bilan mamlakatimiz uchun zamonaviy 
kadrlarni ahamiyati, bu borada mamlakatimizga Yaponiyaning ko'rsatayotgan 
yordami xususida suhbat o'tkazilgan edi.
O'zbekiston va Yaponiya hukumatlari o'rtasida 348 million iyon miqdorida 
yangi grant ajratish to'g'risida bitim ham imzolanadi. Bu bitimga muvofiq yana 
20 nafar o'zbekistonlik yigit-qizlarning Yaponiyada tahsil olishi uchun 
imkoniyatlar yaratilgan.
“Markaziy Osiyo – Yaponiya” muloqoti doirasida intellektual muloqot 
yo'nalishiga mos keladigan “Tokio muloqoti” “parallel yo'nalish” ko'rinishiga 
o'xshash bo'lib, eng muhimi, Yaponiya va Markaziy Osiyo olimlari va fan 
arboblari salohiyatiga tayangan holda o'tkaziladi. 2006-yil mart oyidagi birinchi 
“Tokio muloqoti” chog'ida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya 
istiqbollari” va “Markaziy Osiyoning boshqa davlatlar bilan aloqalari”, 2007-yil 
yanvaridagi ana shunday muloqotda “Markaziy Osiyo davlatlarining suv 
resurslari va elektr energiya sohasidagi mintaqaviy hamkorligi istiqbollari” va 
boshqa masalalar muhokama qilindi.
O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida va uning 
mintaqaviy mavqeini hisobga olib 2008-yil avgust oyida “Markaziy Osiyo – 
Yaponiya” muloqoti doirasida “O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida 
investitsiyalarni liberallashtirish, rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish 
to'g'risida bitim” imzolandi. Ushbu bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi 
O'zbekiston Respublikasi Qonuni ko'rib chiqildi va ma‘qullandi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
2002-yilda Yaponiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir Jun’itiro Koidzumi bilan 
uchrashuvida o‘zaro do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi 
Qo‘shma bayonot imzolandi. Ushbu bayonot tomonlarning hozirgi zamon 
xalqaro munosabatlardagi ko‘plab muammolar bo‘yicha qarashlari va 
munosabatlari o‘xshashligi, shuningdek, ularning ikki mamlakat ko‘p qirrali 


hamkorligini yanada kengaytirishga intilishlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat 
bo‘lib qoldi. 2004-yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o‘zbek
mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. O‘zbekiston Prezidentining
2011-yil fevralda Yaponiyaga qilgan navbatdagi rasmiy tashrifi davomida
yuqori texnologiyalar sohasida ixtisoslashgan yirik kompaniyalar bilan yapon
texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekistonning neft-gaz, kimyo,
energetika, mashinasozlik va to‘qimachilik sanoati kabi tez rivojlanayotgan
sohalariga jalb etishga qaratilgan qator bitimlar tuzishga erishildi. 2015-yil
oktabrda Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi
doirasida O‘zbekiston va Yaponiya umumiy qiymati 8,5 mlrd. dollardan
ko‘proqni tashkil qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib 
olindi. 
Osiyodagi eng yirik mamlakatlardan biri Xitoydir. O‘zbekiston mustaqilligini 
qo‘lga kiritgan dastlabki paytlaridayoq, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi 
o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, O‘zbekiston va Xitoy xalqlari 
o‘rtasidagi aloqalar bir necha ming yillik tarixga ega. O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday deydi: “Xitoy bilan yaxshi, teng 
huquqli munosabat o‘rnatmoqchimiz, buyuk qo‘shnimiz bilan hamjihatlikda 
erishmoq niyatidamiz. Uning foydali tajribasini o‘rganib, qabul qilmoqchimiz. 
Xitoy bilan o‘zaro munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochildi. Mazkur buyuk 
mamlakat bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi 
asos solindi”, - deb aytdi.
2
O'zbekiston va Xitoy xalqlari o'rtasidagi aloqalar bir necha ming yillik tarixga 
ega qudratli Xitoy davlatini Sharq va G'arbdagi ko'plab mamlakatlar bilan 
bog'lovchi “Buyuk ipak yo'li” bizning mamlakatimiz shaharlaridan o'tgan bo'lib, 
bu ipak yo'li orqali do'stlik va hamkorlik karvonlarimiz Xitoyga qatnagan. 
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining globallashuvi davrida iqtisodiy 
rivojlanishning 5 ta asosiy yo‘nalishi: moliyaviy globallashuv; global transmilliy 
korporatsiyalarning vujudga kelishi; iqtisodning mintaqalashuvi; jahon 
savdosining intensivlashuvi; konvertatsiya tendensiyasi bo‘lmoqda.
Iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o‘z e'tiborlarini qaratadilar 
va undagi quyidagi jarayonlarni ajratadilar: 

moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit 
mablag‘lari shakllantiriladi, kreditlar beriladi va foydalaniladi, shuningdek 
kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o‘rnatiladi; 

axborotlar ahamiyatining oshishi; 

global oligopoliyaning to‘xtovsiz kengayishi; 

transmilliy korporatsiya(TMK)lar sonining ortishi; 

transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat 
hokimiyatining globallashuvi. 
Hozirgi vaqtda Xitoy ushbu tendensiyalarni va jarayonlarni hisobga olgan 
holda tez rivojlanmoqda. Xitoy jahonning eng yirik mamlakatlaridan biri bo‘lib, 
uning yer maydoni 9,6 mln km.kv.ga yaqin, bu yer sharining 6,5 foizini tashkil 
2
“O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 1992 yil, 15 mart.


etadi. yer maydoni bo‘yicha Xitoy Rossiya va Kanadadan so‘ng uchinchi o‘rinda 
turadi. Xitoy aholisining soni bir milliard uch yuz million kishini tashkil etadi.
Xitoy Xalq Respublikasining 90-yillar oxirigacha iqtisodiy rivojlanish 
modelining xarakterli belgilari sifatida quyidagi ikkita muhim xususiyatini 
ko‘rsatish mumkin.
1.
Rivojlanishning yuqori sur'atlari. 
2.
Iqtisodiy o‘sishining ekstensiv xarakterining ustunligi. 
Xitoy dunyoning yirik agrar-industrial mamlakat bo‘lganligi uchun sanoat 
ishlab chiqarish darajasi bo‘yicha yuqori o‘rinlarga chiqib olish XXR uchun bosh 
strategik maqsadga aylandi. Qoloqlikni tugatish, yangi ichki mahsulotning 
umumiy hamda jon boshiga hajmi ko‘rsatkichini ko‘tarish uchun rivojlanishning 
yuqori sur'atlarini saqlab turish talab qilinadi. XX asrning 90-yillarida Xitoy 
iqtisodiyotining o‘rtacha o‘sish sur'atlari deyarli 10 foizga yetganligi bejiz emas. 
XXR iqtisodiyoti ayniqsa 1992-1995 yillarda yuqori o‘sishga (10-14%) erishgan.
Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy o‘sishining haralatlantiruvchi kuchi bo‘lib 
ichki iste'mol, ichki talab, mamlakat ulkan aholisining tez ko‘payishi xizmat 
qiladi. O‘sishning asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
mehnat resurslari; - tabiiy resurslar; - barqaror jamg‘arma – 
sarmoyaviy mexanizmni shakllantirish. Uning asosida jamg‘arish va 
sarmoyalashning yuqori me'yorlari yotadi (mamlakat yangi ichki mahsulot 
strukturasida sarmoyalar ulushi uchdan bir qismiga teng bo‘lib, AQShning shu 
ko‘rsatkichidan ikki marta ko‘p). 
XXR iqtisodiy o‘sishining yuqori sur'atlari butun iqtisodiy tizimning qayta 
qurilishi bilan birga kuzatiladi. Iqtisodiy islohatlar XXRda 1978-yil oxirida 
amalga oshirila boshlandi
3
. Xitoy iqtisodiy islohatlarining asosiy maqsadlaridan 
biri-an'anaviy byurokratik rejali tizimdan ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘tish 
hisoblanadi va ushbu islohatlar uchun quyidagilar xosdir: 
1. ijtimoiy mulkchilikning yetakchilik rolini saqlab qolgan holda ko‘p ukladli 
iqtisodiyotga o‘tish; 
2. natural va yarim natural iqtisodiyotni tovar-pul iqtisodiyotiga aylantirish; 
3. tovar va pul muomalasini, narx belgilashni, bank tizimini isloh qilish; 
Globallashuv sharoitida olib borilgan iqtisodiy islohotlar Xitoy tashqi 
iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Xitoyda 1978-yildan 
boshlab islohotlar va ochiqlik siyosatini amalga oshirish boshlandi. 1980-yildan 
boshlab maxsus iqtisodiy hududlar tashkil etila boshlandi. 1992-yilda sotsialistik 
bozor iqtisodiyotini qurishga kirishildi. 1979-2003-yillarda YaIMning o‘rtacha 
qo‘shimcha o‘sish sur'ati 9,4%ni tashkil etdi. 2004-yilda Xitoy YaIM 13,6 
trln.yuanni, solishtirma qo‘shimcha o‘sish 9,5%ni tashkil etdi. 1978-yilda 
Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi ulushi 1%dan kam edi, hozirda esa bu 
ko‘rsatkich 4 % ni tashkil etmoqda. Xitoy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha jahonda oltinchi mamlakat bo‘lib, 2004-yilda uning tovar aylanmasi 1, 
154 trln. AQSh dollarini (1978-yilda jami 20,6 mlrd.AQSh dollari), shu jumladan, 
3
Чень Эньфу. Экономические рефермы в Китае и России: цели, подходы и результаты. М, 
2000, 47-с.


eksport 593,36 mlrd.doll.ni, import 561,4 mlrd.doll. ni, savdo balansining ijobiy 
qoldig‘i 32,0 mlrd.doll.ni (bu 1999-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich) tashkil 
etdi

2004-yilda real bevosita xorijiy investitsiyalar hajmi 60,6 mlrd. doll.ni 
tashkil etdi. Dunyoning eng kuchli 500 ta korxonasidan 400 tasi Xitoyda o‘z 
korxonalarini ta'sis etdi. 27 yil ichida jalb etilgan Xitoy investitsiyalarining jami 
hajmi 545,6 mlrd. doll.ni, xorijiy valyutalar zaxirasi – 609,9 mlrd. AQSh doll.ni 
(1978 yilda atigi 167 mln. doll.) tashkil etdi, 2004 yilda iste'mol narxlar indeksi 
3,9% gacha ko‘tarildi. 
XXR iqtisodiyoti jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda va bu natijalar iqtisodiy 
islohotlarni o‘tkazish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Xitoy iqtisodiy 
modeli yaratilishi natijasida katta yutuqlarga erishildi, uning ijobiy jihatlari 
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
• ayni bir vaqtning o‘zida davlat va boshqa ko‘pgina mulkchilik shakllarini 
rivojlantirish mexanizmi yaratildi; 
• sotsialistik bozor iqtisodiyoti tizimi qurilmoqda; 
• har tomonlama, ko‘p darajali, keng tarmoqli ochiq iqtisodiyot modeli deyarli 
shakllantirildi. 
Xitoyda iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar deb 
belgilandi: 
- mamlakatning tashqi dunyoga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi; 
- isloh qilishning asosiy usuli sifatida iqtisodiyotning butunlay 
erkinlashtirilishi emas, balki bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich tajribaviy 
tekshiruvlar bilan o‘tilishi; 
- islohotlarni amalga oshirishda –mulkchilikning turli shaklidagi, ya'ni 
jamoat, shaxsiy, xususiy, qo‘shma (xorij ishtirokidagi) xo‘jaliklar rivojlantirildi; 
- Hukumat milliy va xorijiy tajribani o‘rganib, islohotni o‘zga ko‘rsatmalar 
bo‘yicha emas, balki mamlakat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga 
oshirish zarur, degan xulosaga keldi va «xitoycha xususiyatli sotsializmni qurish» 
yo‘liga qat'iy turib oldi.
Ammo Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishida turli qarama-qarshiliklar va 
muammolar ham mavjud. Muammolar takomillashmagan iqtisodiy tuzilma, 
iqtisodiy o‘sish shakllarining sekin o‘zgarishi, qishloq va shahar o‘rtasidagi 
rivojlanish darajasi bo‘yicha farqlarning o‘sishi kabi omillar bilan bog‘liq. 
XXRda iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda asosiy e'tibor mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining asosiy omili bo‘lgan yalpi talab o‘zgarishlariga 
qaratildi. 
Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda, Xitoy so‘nggi 20 yil 
ichida o‘zining tashqi savdo ko‘rsatkichlarini ham, iqtisodiy o‘sish 
ko‘rsatkichlarini ham yaxshilashga erishdi. Ko‘pchilik rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, ayniqsa savdo rejimlarini va kapital operatsiyalari hisobini keskin 
erkinlashtirishni amalga oshirgan mamlakatlarda tashqi savdo balansining holati 
yomonlashdi va iqtisodiy o‘sish sur'atlari pasaydi. Xitoy esa ayrim kichik 
mamlakatlar bilan birga umumiy tendensiyaga qarshi yo‘l tutib, importga nisbatan 
eksportni jadal kengaytirib bordi, xorijiy investitsiyalarga tayanmagan holda 
o‘sishni tezlashtirdi. USTga qo‘shilish arafasida Xitoyda tovarlar va xizmatlar 


savdosi o‘n yillik mobaynida o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan ikki baravardan 
ortiq sur'atlar bilan o‘sib bordi. Hozirgi vaqtda uning hissasiga jahon tovar 
eksportining qariyb 4 foizi va importning 3,5 foizi to‘g‘ri keladi. 
1992 yil 2-3 yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri 
Li Lanzin Toshkentda bo'ldi, shu kunlari ikki mamlakat o'rtasida diplomatik 
munosabatlar o'rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi.
1992 yil 12 martda Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov Xitoy 
Xalq Respublikasida rasmiy davlat tashrifi bilan ikki davlat o'rtasidagi 
hamkorlikka asos soldi. Safar chog'ida hamkorlikning turli sohalari bo'yicha 16 ta 
hujjat imzolandi. Ular orasida xalq xo'jaligini turli sohalari bo'yicha, ya‘ni ilmiy-
texnikaviy hamkorlik to'g'risida, qishloq xo'jaligi hamkorligi to'g'risida, 
sarmoyalarni rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish to'g'risida bitimlar 
imzolandi. 
O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida yangi qo‘shnichilik va 
xamkorligimizni bundan buyon ham barq urib gullab – yashnashi uchun 
mustahkam poydevor qo‘yilgan. Toshkent shahridagi “Zenit” zavodida xitoylik 
mutaxassislar bilan hamkorlikda “Zafar” markali televizorlar tayyorlash yo‘lga 
qo‘yildi. Xorazm viloyatidagi Urganch Ipak ishlab chiqarish birlashmasida 
Xitoyning mashhur “Su ju” firmasi bilan hamkorlik o‘rnatildi. Qashqadaryo 
viloyati Koson shahridagi 1-paxta tozalash korxonasi jamoasi xitoylik 
ishbilarmonlar bilan hamkorlikda har yili 5 ming tonnadan ziyod g‘o‘zapoyani 
qayta ishlab binokorlik materiallari tayyorlashga mo‘ljallangan qo‘shma korxona 
qurishdi. 1994 yilning apreliga kelib O‘zbekiston hududida 78 ta o‘zbek – xitoy 
qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Ularning 65 foizi xalq is'temol buyumlari 
ishlab chiqarmoqda. Qolgan 35 foizi esa savdo va xizmat ko‘rsatishga 
ixtisoslashtirilgan. Toshkent shahrida beshta Xitoy kompaniyasi vakolatxonasi 
joylashgan. Ayniqsa Urumchidagi korxona bilan “Toshtemir” birlashmasi ishlab 
chiqarayotgan ko‘rkam termoslar xalqimizga manzur bo‘lmoqda. 
O‘zbek xalqi xitoy adabiyoti va san'atiga qiziqish bilan qaraydi. Xitoy 
adabiyoti namoyondalarining asarlari 50-yillarda o‘zbek kitobxonlariga kelib 
tekkan edi. Lekin o‘rtada sobiq SSSR bilan kelishmovchiliklar natijasida, bu 
aloqalar to‘xtab qolgan edi. Bu sohada yangi bitimlarning tuzilishi ikki o‘rtadagi 
adabiyot va san'at aloqalarining rivojlanishiga yo‘l ochdi. Buning debochasi 
sifatida 1993 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida ilmiy-
madaniy aloqalarning kuchayishida alohida katta hissa qo‘shganligi uchun 
xitoylik olim Turg‘un Olmosga “Xunnlarning qisqacha tarixi” “Uyg‘urlar” va 
boshqa asarlari uchun Xalqaro Qoshg‘ariy mukofati berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning Xitoy Xalq 
Respublikasiga tashrifi davrida imzolangan “O‘zbekiston va Xitoy Xalq 
Respublikasi o‘rtasidagi madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash, turizm va sport 
sohalarida hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim u ikki mamlakat ilmu – toliblari uchun 
yorqin ufqlar ochdi. Bu shartnoma o‘qituvchi – stajyorlar, talabalar almashishga 
keng yo‘l ochib berdi. Masalan, Pekin tillar inatituti bilan O‘zbekiston Milliy 
universiteti va Sharqshunoslik instituti, Sian tillar pedagogika instituti hamda 


Samarqand Davlat universiteti kabi jamoalar o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar, 
stajyorlar hamda darsliklar, adabiyotlar almashinuvi yaxshi yo‘lga qo‘yildi. 
Xitoy va O‘zbekiston siyosatida ham uyg‘un jihatlar ko‘p. Osiyoda tinchlik 
va barqarorlikni ta'minlash, tinch-totuv yashashning besh muhim jihatiga amal 
qilish, tinchliksivar tashqi siyosat yurgizish barcha mamlakatlar bilan o‘zaro 
manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish Xitoy tashqi siyosatining asosiy 
yo‘nalishlaridir. Shu sababli Xitoyning Tinch okeani mintaqasida va jahonda 
katta obro‘si bordir. Ayniqsa uning keyingi 10 yilda xalq xo‘jaligida erishgan 
muvaffaqiyat, yutuqlarini o‘rgansa arziydigan o‘zgarishlardir. 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning Xitoyga safari va Li Penning 
O‘zbekistonga kelishi Xitoy darvozalarining keng ochilishiga imkon yaratdi 
hamda ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni 
yangi pog‘onaga ko‘tardi. 1994 yil bahorda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro 
madaniy-ma'rifiy aloqalar milliy assotsiyasi delegatsiyasi Xitoy Xalq 
Respublikasida bo‘ldi. Delegatsiya tarkibida assotsiyasiya raisi N.G‘oibov, Jaxon 
tillar universiteti rektori, “O‘zbekiston – Xitoy do‘stlik jamiyati”ning raisi 
N.Buranov, assotsiyasiyaning Hindi – Xitoy, Tinch okean mintaqasi va Sharqiy 
yevropa mamlakatlari bo‘limi boshlig‘i B.Rozboqiev va O‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan madaniyat xodimi T.Obidovlar bor edi. Delegatsiyaning Pekinga 
borishdan asosiy maqsadi O‘zbekiston bilan Xitoy xalqlari o‘rtasida do‘stona 
munosabatlarni mustahkamlash, Xitoy – O‘zbekiston jamiyatini tuzish va kelajak 
dasturini tasdiqlashdan iborat edi. O‘zbekistonliklarning Xitoyga safari chog‘ida 
muhim hujjat Xitoy xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati raisining muovini 
Chen Xao Su va professor Naim G‘aibovlar boshchiligida 1994-1998 yilga 
mo‘ljallangan dastur imzolangan edi. Albatta bu hujjat ikki xalq o‘rtasida do‘stlik 
aloqalarining yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladi. 
O'zbekiston – Xitoy o'rtasidagi aloqalar o'zaro manfaatdorlik, hurmat va 
ishonch tamoyillari asosida rivojlanib bormoqda. Mamlakatimiz o'rtasida savdo 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy aloqalar faol rivojlanmoqda. 2008 yilda o'zaro savdo 
hajmi qariyb 50 foiz o'sib, 1 milliard 296 mln AQSH dollarini tashkil qildi. Yengil 
sanoat, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xizmat ko'rsatish kabi 
sohalarda ish yurituvchi 247 ta O'zbekiston – Xitoy qo'shma korxonasi faoliyat 
ko'rsatmoqda. Ularning soni yildan-yilga ko'paymoqda. Qashqadaryoda 
“Temurchin”, Farg'onada “FarBaytexnoteks” qo'shma korxonalari ishga tushdi.
2013-yil 8-10-sentabr kunlari XXR raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga 
uyushtirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabalarning rivojidagi tarixiy 
voqea bo‘ldi. Tomonlar Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Ikki 
tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish 
haqidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Si Szinpinning O‘zbekistonga ilk 
tashrifi chog‘ida jami qiymati 15 milliard AQSh dollariga teng 31 ta hujjat 
imzolandi.
2013-yil 28-29-noyabr kunlari O‘zbekistonga uyushtirilgan Xitoy Xalq 
Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyannning rasmiy tashrifi 
davomida tomonlar o‘rtasida idoralararo, investitsion va madaniy aloqalarni 
mustahkamlashga doir 7 ta hujjat imzolandi. 


2014-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashning 
Shanxay shahrida o‘tkazilgan IV sammiti yig‘ilishidagi ishtiroki davomida Xitoy 
Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2014-yil 19-20-
avgust kunlari XXRga qilgan davlat tashrifi o‘zbek-xitoy munosabatlari 
rivojining muhim bosqichi bo‘ldi va tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari 
tomonidan 2014-2018-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy 
Xalq Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish 
Dasturi qabul qilindi. 
Shuningdek, 2015-yil 27-29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat 
tashrifi doirasida qo‘shma deklaratsiya hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va 
moliyaviy-texnik hamkorlik sohasida umumiy qiymati 7,7 milliard AQSh 
dollariga teng bo‘lgan 60 ta kelishuv va shartnomalar imzolandi.
2017-yil 11–13-may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoy 
Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini 
yangi bosqichga ko‘tardi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si
Szinpin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi
Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boʻlgan tashrifi
davomida umumiy qiymati 23 mlrd. dollar boʻlgan 105 ta ikki tomonlama 
hujjatlar imzolandi. 
O'zbekiston – XXR o'rtasida fan, ta‘lim va madaniy aloqalar ham rivojlanib 
bormoqda. “O'zbekiston – Xitoy do'stlik jamiyati”, “Xitoy madaniy markazi” va 
“Konfutsiya markazi” ning Toshkentda ochilishi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi 
va XXR ijtimoiy Fanlar akademiyasi o'rtasida imzolangan bitimlar, tomonlar 
orasida talabalar, stajerlar, aspirantlar va mutaxassislar almashish ishlari bunga 
yaqqol misol bo'la oladi.
Qadimgi Buyuk ipak yo'li hozirgi sharoitda to'la quvvat bilan “ishlasa” ya‘ni 
avtomobil yo'li va temir yo'l qurilib yo ta‘mirlanib ishga tushsa, dunyo 
iqtisodiyotida katta o'zgarishlar bo'ladi. Masalan, eksportchi davlat sanaluvchi 
Xitoy uchun Qora dengiz, Kaspiy dengizi, Fors ko'rfaziga yo'l ochiladi. 
O'zbekiston ham Yevropa Ittifoqi davlatlaridan to Xitoyning olis portlarigacha 
yetadigan oson va arzon transport yo'liga ega bo'ladi. Umuman Buyuk ipak yo'lini 
to'la ishga tushirilsa, uning bo'yida joylashgan barcha mamlakatlar foyda ko'radi. 
Xitoy - O'zbekiston aloqalari puxta o'ylab, uzoqni ko'zlab, o'zaro manfaatdorlik 
asosida qurilgan aloqalardir. 2017-yilning o‘zida xorijiy mamlakatlar bilan 60
mlrd. dollarlik shartnomalar imzolangan bo‘lsa, shuning 35 foizi, ya’ni 23 mlrd. 
dollari Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish