KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Zarafshon daryosining nomi o‘ziga juda ham monand bo‘lib, u “Zar sochuvchi daryo” degan ma’noni anglatadi. Zarafshon daryosi O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning eng yirik daryolaridan biri hisoblanadi. U kattaligi, syersuvligi va uzunligiga nisbatan Sirdaryo va Amudaryodan keyin uchinchi o‘rinda turadi. SHuningdek, Zarafshon daryosi o‘zining geografik joylashishiga ko‘ra transchegaraviy daryo vazifasini bajaradi. Uning abadiy qor va muzliklaridan boshlanadigan yuqori baland tog‘li qismi Tojikiston Respublikasiga, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun katta miqdorda suv talab qiladigan va sarflanadigan O‘rta Zarafshon tog‘oralgi botiq qismi hamda Quyi Zarafshon tekislik qismi O‘zbekiston Respublikasiga qaraydi.
Zarafshon vodiysi O‘rta Osiyoning va O‘zbekistonning qadimdan rivojlangan sivilizatsiyaning, ya’ni tyuksak darajada rivojlangan madaniyatning markazi bo‘lib kelgan. Sug‘orma dehqonchilikning vujudga kelishi va shakillanishi aholining ko‘chmanchilikdan o‘troq holda yashab, hayot kechirish tarzi bilan, irrigatsion inshootlarning dastlabki elementlarini paydo bo‘lishi esa bevosita sug‘orma dehqonchilikning tarkib topishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq.
Zarafshon vodiysidagi barcha suv ob’ektlarida sodir bo‘ladigan gidrologik va gidrogeologik jarayonlar, daryo va soy suv rejimining yil davomida o‘zgarishi, suv sarflarining maksimal darajagacha tushib qolishi abadiy qor va muzliklardan to‘yinishi murakkab tabiiy geografik sharoitlarga bog‘liq. SHuning uchun Zarafshon vodiysida mavjud bo‘lgan suv resurslarini o‘rganish, ularning geografik tarqalishini tahlil qilish, uzoq yillar davomida barpo etilgan suv omborlari va magistral kanallar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plpsh natijasida irrigatsion inshootlarning voha landshaftlarini shakillanishidagi va barqaror rivojlanishidagi rolini asoslab byerish katta ahamiyat kasb etadi.
Xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror rivojlanib borishi ko‘p jixatdan suv resurslariga va ulardan oqilona foydalanishga bog‘liq. Ayniqsa qishloq xo‘jalik ekinlaridan ko‘plab mahsulotlar olish, ularning mahsuldorligini oshirish katta miqdorda suv sarf qilishni talab etadi.
SHunday ekan, xalq xo‘jaligini rivojlana borishi bilan birga suvga bo‘lgan talab ham tobora orta boradi. Bunday talabni qondirish uchun irrigatsion inshootlarning areallarini kengaytirish, ya’ni suv omborlari sonini ko‘paytirish, magistral kanallarning to‘rini rivojlantirish, suv zahiralarini mumkin qadar ko‘proq to‘plash, sug‘orish agrotexnikasini takomillashtirish, sug‘orish jarayonida suvni tejamkorlik bilan sarflash, tomchilab sug‘orish texnologiyasini keng joriy qilish, irrigatsion inshootlarning voha landshaftlarini vujudga kelishidagi va rivoj topishidagi rolini baholash kabi bir qator muammolarni echishni topish hozirgi zamon dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Binobarin, Zarafshon vodiysida mavjud bo‘lgan barcha voha landshaftlarining vujudga kelishi va barqaror rivojlanishi inson xo‘jalik faoliyati tufayli barpo etilgan irrigatsion inshootlar bilan chambarchas bog‘liq. Bularni har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |