Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi Zarafshon vodiysida qurilgan irrigatsion inshootlarning voha landshaftlarini shakillanishidagi va barqaror rivojlanishidagi rolini tahlil qilish va asoslab byerish.
Mazkur maqsadga yerishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Zarafshon vodiysini tabiiy geografik sharoitini va relefini irrigatsion inshootlarning qurilishi uchun qulayligini baholash;
- Zarafshon vodiysida irrigatsiyaning rivojlanish tarixini tahlil qilish;
- Zarafshon daryosining to‘yinishini va gidrografik rejimini madaniy ekinlarning vegetatsiya davri bilan bog‘liqligini o‘rganish;
- Zarafshon vodiysida barpo etilgan magistral kanallar va suv omborlarining voha landshaftlarini barqaror rivojlanishidagi rolini baholash;
- Zarafshon vodiysidagi yirik voha landshaftlariga tavsif byerish.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti.Magistrlik dissyertatsiya ishining ob’ekti bo‘lib Zarafshon vodiysida barpo etilgan irrigatsion inshootlar va ularning ta’sirida barqaror rivojlangan voha landshaftlari xizmat qiladi. Dissyertatsiyaning predmeti Zarafshon vodiysining tabiiy sharoiti va yer usti tuzilishining irrigatsion inshootlarni rivojlantirishga qulayligi, irrigatsiyaning rivojlanish tarixini tahlil qilish, magistral kanallar va suv omborlarini yoritish, landshaftlarini shakillanishiga va areallarining kengayishiga irrigatsion inshootlarning bevosita ta’sirina izohlash hamma voha landshaftlariga kompleks tavsif byerishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati.Zarafshon vodiysidagi suv resurslarini Zarafshon daryosining va uning irmoqlarining suvlari tashkil qiladi. Mavjud bo‘lgan suv resurslaridan har yili o‘rta hisobda 1024 mln. m3 suv vodiydagi sug‘oriladigan ekin maydonlariga, elektr enyergiyasini ishlab chiqarishiga va sanoat korxonalarini suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga sarf qilinadi.
Zarafshon vodiysida ob’ektiv mavjud bo‘lgan suv resurslarini iste’molchilarga etkazib byerish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish, nazorat qilishni tashkil etish, suv xo‘jaligi irrigatsion inshootlarini doimiy ravishda ishchi holatida bo‘lishini ta’minlash va boshqa masalalar dissyertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyatini kattaligidan dalolat byeradi.
Tadqiqot natijalarini sinalganligi.Magistyerlik dissyertatsiya ishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari Samarqand davlat univyersiteti magistrlarining ilmiy ishlarini yillik hisobotiga bag‘ishlangan XII va XIII ilmiy konfyerensiyalarida (Samarqand, 2012, 2013), O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konfyerensiyada (Samarqand, 2013) ma’ruza qilingan.