Zar sochuvchi daryo


Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi



Download 6,13 Mb.
bet4/29
Sana17.07.2022
Hajmi6,13 Mb.
#811378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Ирода МД

Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Magistrlik dissyertatsiya mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlarning natijalari “Geografiya va landshaft ekologiyasi” ilmiy to‘plamida (Samarqand 2012) va “O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb misollari” ga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konfyerensiya matyeriallari to‘plamida (Samarqand, 2013) chop etilgan.
Dissyertatsiyaning hajmi va strukturasi. Magistrlik dissyertatsiyasining umumiy hajmi 75 sahifadan iborat. Uning strukturasi tadqiqotning ketma-ket bajarilishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kirish, 3 bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tarkib topgan.
Dissyertatsiyaning birinchi bobi Zarafshon vodiysining tabiiy sharoiti va yer-suv resurslariga bag‘ishlangan. Unda tadqiqot ob’ektining geografik o‘rni va chegaralari, geologik tuzilishi va to‘rtlamchi davr yotqiziqlari, Zarafshon vodiysi relefini qishloq xo‘jaligi uchun baholash va geomorfologik rayonlashtirish, iqlim sharoiti va tyermik resurslarining madaniy ekinlarni etishtirish uchun qulayligi, daryo va soy suv resurslarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi roli kabi masalalar yoritilgan.
Ikkinchi bob Zarafshon vodiysida irrigatsion inshootlarning barpo etilishi va rivojlanishi deb nomlangan. Bu bobda irrigatsion inshootlarning rivojlanish tarixi, magistral kanallar va ularning tarmoqlarini suv rejimi, suv omborlari va ularning gidrologik rejimi, irrigatsion sistemalarning gidrografik tavsifi o‘z ifodasini topgan.
Uchinchi bob Zarafshon vodiysida voha landshaftlarining vujudga kelishi va barqaror rivojlanishida irrigatsiyaning roliga bag‘ishlangan. Bu bobda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro va Qorako‘l vohalari va ularni suv bilan ta’minlovchi irrigatsion inshootlar batafsil yoritilgan.
I BOB. VOHA LANDSHAFTLARI: TASNIF VA DINAMIKA



    1. Voha landshaftlari tushunchasini aniqlashga oid fikrlar tahlili

Keyingi davrlarda tabiiy geografiyada ,,madaniy landshaft”, ,,meliorativ landshaft”, ,,sug‘oriladigan (irrigatsion) landshaft”, ,,o‘zlashtirilgan (osvoyenniy) landshaft”, ,,agrolandshaft”, ,,qishloq xo‘jalik landshafti”, ,,antropogen landshaft”, ,,voha landshafti” va boshqa shunga o‘xshash vohalar geotizimlarini ifodalashga yaqin terminlar keng tarqaldi. Insonning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘p landshaftlar o‘zlarining birlamchi qiyofalarini yo‘qotdilar hamda ularni azaldan madaniy landshaftlar, deb e’tirof etila boshlandi. N.Krebson 1923 yildayoq inson faoliyati tufayli o‘zgargan landshaftlarni ,,madaniy landshaftlar”, deb atashni taklif etgan.


Ushbu terminni ko‘proq qo‘llovchi qator olimlar (Yu.G.Saushkin, 1946,1951; D.B.Bogdanov, 1951; A.G.Isachenko, 1965, 1979, 1991; X.Payker, 1987 va b.) insoniyat mehnati tufayli tabiatdagi hodisa va predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgargan, natijada landshaft o‘zining avvalgi tabiiy holatiga nisbatan sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega bo‘lishini (Saushkin, 1951, 289-b.) ta’kidlaydilar.
D.B.Bogdanov (1951) bo‘yicha ko‘plab tabiiy aloqalari inson tomonidan o‘zgartirilgan, inson ta’sirida faol bunyod etilgan harakterdagi landshaftlar madaniy landshaftlar, deb tushunilgan.
,,Landshaftlarni muhofaza qilish: Izohli lug‘at” (1982) (,,Oxrana landshaftov: Tolkoviy slovar”, M.,1982) da: madaniy landshaft – inson ehtiyojlarini qondirish, shu bilan birga sog‘lom muhit yaratish vazifasini ham bajarish qobiliyatiga ega, inson tomonidan doimo qo‘llab turiladigan, uning xo‘jalik faoliyati tufayli ongli tarzda o‘zgartirilgan landshaftlarga nisbatan qo‘llanilganligi ta’kidlangan (112-b.).
A.G.Isachenko jamiyat qiziqishlari tufayli tabiiy aloqalari ilmiy asosda oqilona o‘zgartirilgan landshaftlarni madaniy landshaftlar, deb ataydi. Bunday landshaftlar kelajakka ta’luqli va u alohida mavzu ekanligini qayd etadi (1979, 167-b.). Keyinroq A.G.Isachenko (1991) o‘z g‘oyasini to‘ldirgan holda, ,,madaniy landshaftlar” mumkin bo‘lgan nomaqbul tabiiy hamda texnik genezisdagi turli jarayonlar (eroziya, botqoqlanish, suv toshqinlari, sel, suv, havo, tuproqlarning ifloslanishi va b.) dan holi bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu o‘z o‘rnida tabiiy resurslarni asrash va hayot muhiti sifatini yaxshilashga mos tushadi (349-b.). U madaniy landshaftlarning ikkita muhim sifatini ajratadi:
1) yuksak iqtisodiy salohiyat va 2) yuqori sifatli inson yashash muhiti.
X.Payker (1987) bo‘yicha madaniy landshaft dam oladigan joy bo‘lib, u ma’lum bezatuvga muhtojdir (39-b.).
Biroq, ,,madaniy landshaft” termini inson xo‘jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan landshaftlardagi barcha rang-baranglikni o‘zida namoyon eta olmaydi, qaysiki ko‘pincha landshaftlarning yomonlashuvi, buzilishi va degradatsiyasiga ham sabab bo‘ladi. Shu tufayli ,,madaniy landshaft” tushunchasini voha landshaftlariga nisbatan qo‘llanilishi biroz noo‘rin. Chunki vohalardagi sho‘rlangan, botqoqlashgan, eroziyaga uchragan, tabiat komponentlarining ko‘pchiligi turli darajalarda ifloslangan bo‘la turib, ularni ,,madaniy landaftlar”, deb atash mantiqan to‘g‘ri emas. Vohalar tarkibidagi ayrim qishloq xo‘jalik landshaftlari (yoki agrolandshaftlar), rekreatsiya mintaqalari kabilarning ayrim qismlarinigina ,,madaniy landshaftlar”, deb atash mumkindir, lekin butun bir voha uchun qo‘llanilishiga hali bor chog‘i (Xodjimatov, 2015, 133-135-b.).
,,Meliorativ landshaft” deyilganda (termin ko‘proq A.M.Shulgin, V.B.Mixno, Ye.A.Vostokova ishlarida ko‘p uchraydi) iqtisodiyot maqsadlari uchun mahsuldorligi oshirilgan, landshaft majmualari xususiyatlari tubdan yaxshilangan landshaftlar tushuniladi. Arid mintaqalarda yaxshilangan landshaftlar eng avvalo sug‘orish, ko‘chma qumlar va tuproq sho‘rlanishi bilan kurashishga asoslanadi.
,,Sug‘oriladigan landshaftlar” termini (terminni L.I.Kurakova, Ye.V.Milanovalar qo‘llashadi) ko‘proq eng kuchli o‘zgartirilgan landshaftlar, ya’ni meliorativ landshaftlar guruhiga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning chegarasi, tashqi ko‘rinishi, ichki tuzilma (struktura)sining va barcha tabiiy geografik jarayonlar yo‘nalishi nafaqat zonallik xususiyatlari, balki sug‘orishning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Agrolandshaftlar (agrolandshaft tizimlari, agrotizimlar) yoki qishloq xo‘jalik landshaftlari (terminlarni V.A.Nikolayev, L.I.Kurakova, F.N.Milkovlar ko‘p qo‘llaydilar) tabiiy ishlab chiqarish geotizimlari hisoblanib: asosan tabiat va qishloq xo‘jaligi kabi qismlarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllangan va faoliyat yuritadi. Ularning asosiy maqsadi – qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishdir (Nikolayev, 1979, 114-b.).
F.N.Milkov bo‘yicha voha landshaftlari qishloq xo‘jalik landshaftlarining dala turi tarkibiga kiradi.
L.I.Kurakova (1976) sug‘orma va sug‘orilmaydigan dehqonchilik hududlaridagi hamda chorva yaylovlarini ham agrolandshaftlar, deb hisoblaydi (95-b.).
Bizning fikrimizcha cho‘l va chala cho‘llardagi voha landshaftlari ,,meliorativ”, ,,sug‘oriladigan”, ,,qishloq xo‘jalik” va ,,agrolandshaft” terminlariga nisbatan ancha keng mazmunga ega. Ushbu turli antropogen landshaft turlari u yoki bu tabiat mintaqalarida eng avvalo inson ta’sirining aniq umumiy ko‘rinishi (sug‘orish, melioratsiya va b.) yoki tabiiy muhitga xo‘jalik faoliyatining umumiy ta’siri natijasi (agrolandshaftlar, qishloq xo‘jalik landshaftlari va b.) dir.
Voha landshaftlari esa nafaqat muntazam sug‘oriladigan yerlarni (paxtazor, sholipoya va h.k.), mevali bog‘larni ham o‘z ichiga oladi, uning tarkibiga yana barcha sug‘orish va melioratsiya tarmoqlari, gidrotexnik inshootlar, aholi manzillari (shaharlar, qishloqlar, ovullar va b.), ihota o‘rmonlari, yo‘llar, shuningdek qayta sho‘rlangan yerlar, tashlama suvlardan hosil bo‘lgan ko‘llar, turli yaroqsiz va bo‘z yerlar ham kiradi. Shuning uchun voha geotizimlari tuzilma(struktura)si o‘ta murakkab va hamisha aniq bo‘lmagan, makonda tez o‘zgaruvchan, genetik jihatdan o‘ziga xosdir (Xodjimatov, 1993, 64-b.). Shundan kelib chiqib, bizningcha voha geotizimlarini na sug‘orma (irrigatsion), na meliorativ, na madaniy tabiiy majmualar, deb atab bo‘lmaydi; voha geotizimlari deb atalgani maqsadga muvofiqdir.
Inson xo‘jalik faoliyati jarayonida shakllangan landshaftlarni ,,antropogen landshaft” deb atash ommalashganiga ancha bo‘ldi. Ko‘pchilik olimlar (A.Abdulqosimov, M.I.Axtirseva, V.S.Jekulin, Sh.S.Zokirov, A.G.Isachenko, N.G.Iogansen, L.I.Kurakova, F.N.Milkov, V.I.Prokayev, V.A.Popov, A.M.Ryabchikov, D.V.Ukleba va b.) o‘z ilmiy faoliyatlarini ushbu landshaftlarni o‘rganishga qaratdilar.
A.M.Ryabchikov (1972) antropogen landshaftlar deyilganda, ,,... tabiiy muvozanati muntazam inson tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tabiiy-hududiy majmualar” ni tushunadi.
,,Antropogen landshaft” termini F.N.Milkovning qator nashr ettirgan ishlaridan so‘ng juda ommaviylashib ketdi. Ayniqsa, ular ichida ,,Inson va landshaftlar” (,,Chelovek i landshafti”, 1973) monografiyasi hamda ,,Geografiya masalalari” (,,Voprosi geografiya”) nomli to‘plam (,,Landshaftlarga inson ta’siri”, 1977, 106-son) chop etilishi alohida o‘rin egallaydi. F.N.Milkov ta’kidlaganidek, antropogen landshaftlar tabiiy-mahalliy (lokal) geomajmualar ichida o‘ziga xos genetik qatorni tashkil qiladi. Uning fikricha, insonning xo‘jalik faoliyati natijasida yangidan bunyod bo‘lgan landshaftlar ham, inson ta’sirida bironta komponenti, hayvonot olami bilan o‘simlik qoplami tubdan o‘zgargan (qayta qurilgan) tabiiy majmualar ham antropogen landshaftlar hisoblanadi. Birgina tabiiy landshaft chegarasida undan foydalanishning xususiyatlaridan kelib chiqib, bir qancha antropogen landshaftlarning turi vujudga kelishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan, ya’ni madaniy, meliorativ, sug‘orma (irrigatsion), agrolandshaft, qishloq xo‘jalik landshaftlari kabilarning barchasi antropogen landshaftlardir. Ular juda xilma-xil (sanoat, qishloq xo‘jalik, suv, o‘rmon, seliteb, yo‘l, rekreatsion, belligrativ (Milkov, 1984) va Yer shari bo‘yicha tarqalgan (Arktikadan Antarktidagacha, yer yuzasi botiqlaridan baland tog‘largacha).
Vohalar, qaysiki o‘zlashtirilishi va vujudga kelishida inson faol ishtirok etgan landshaftlar bo‘lib, keng ma’noda u ham antropogen landshaft bo‘lsada, antropogen genezisdagi murakkab tur va bir qancha antropogen landshaftlar turlarini birlashtiradi (qishloq xo‘jalik, seliteb, sanoat, yo‘l, suv va b.). Shu bois voha landshaftlarini tabiiy-antropogen landshaftlar, deb atash yoki bir qancha turdagi antropogen landshaftlar mujassamlashgan ,,guldasta” (buklet), deb tushunmoq o‘rinlidir.
Geografiyaga oid mavjud izohli lug‘atlar va boshqa manbalarda ,,Voha (lotincha oasis - Liviya cho‘llaridagi bir necha aholi manzillarining dastlabki nomlari) cho‘l va chala cho‘llardagi, ba’zan buta va boshqa o‘simliklar o‘suvchi daraxtzorlardan iborat hudud, maydonlar (KE, M., 1955, 30-jild, 289-b.)ga nisbatan qo‘llaniladigan xalq terminlari asosida shakllangan ilmiy tushunchadir. Biroq, antropogen voha landshaftlarining tarkib topishida sun’iy sug‘orish tufayli shakllangan namlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat o‘z navbatida grunt suvlari sathining yuqorilashishiga, ba’zan buloqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Demak, cho‘l va chala cho‘llardagi haqiqiy voha landshaftlarining vujudga kelishidagi asosiy omillar: suv (sug‘orma dehqonchilik) hamda inson mehnati, ,,... voha landshafti – inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida shakllangan va uning boshqaruvida bo‘lgan agrobiotsenozlar bilan qoplangan, sug‘orma hamda lalmikor dehqonchilik keng rivojlangan, turli xil zonallikka ega antropogen landshaftlar majmuasidir” (Abdulqosimov, 1972, 106-b.); ,,voha cho‘l va chala cho‘llarda suv chiqarib obod qilingan yer” (Qorayev va b., 1979, 33-b.) yoki ,,... uzoq yillar mobaynida dehqonchilikning taraqqiyoti vohalarni tarkib topishiga olib keldi” (Baratov va b.,2002, 149-b.).
Ko‘rinib turibdiki, haqiqiy antropogen voha landshaftlari faqat arid hududlar uchun harakterlidir. Biroq, bundan tashqari yana o‘rmon tundra mintaqasida, Antarktidada, hatto okeanlarda ham ,,vohalar” ni uchratish mumkin.
O‘rmon tundrada yozgi harorat yig‘indisi ochiq gruntda kartoshka, karom, piyoz kabi sabzavotlarning tezpishar navlarini o‘stirish (yetishtirish)ga imkon beradi va u yerlarda o‘ziga xos ,,vohalar” vujudga keladi.
Antarktidada ,,voha” deyilganda faqat muz bilan qoplanmagan maydonlar, yil davomida tagigacha muzlamaydigan, yetarli darajada chuqur ko‘llar tushuniladi(Aleksandrov, Simonov, 1971).
Okeanlarda okean tubidagi tektonik yoriqlardan chiqadigan issiq gidrotermal manbalar atrofida hayot qaynagan holda, jonzotlarga boy ,,vohalar” tashkil topadi(Lyusen Lobe, 1990).
E.P.Korovin (1962) ta’biricha, vohalar cho‘ldan sug‘orish tufayli tortib olingan, to‘q sariq cho‘l bag‘rida yashil tusi bilan keskin ajralib turadi. Unga cho‘l tarafdan yaqinlashganda ular baland terak, zich qayrag‘och, tol bilan o‘ralgan tik devorni eslatadi(401-b.).Vohalar cho‘llarning ,,kindigi”(Soliyev,2013,176-b.).
Voha landshaftlari O‘zbekiston hududida keng tarqalgan antropogen geosistemalarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, ular respublika iqtisodiyotida, ayniqsa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda 4,2 mln. gektar maydonni egallab yotgan agrolandshaftlar yetakchi rol o‘ynaydi. Voha landshaftlarining unumdorligi muayyan regionning tabiiy geografik sharoitiga, bu yerda yashaydigan aholining salomatligi esa voha landshaftlarining ekologik holatiga bog‘liq (Abdulqosimov, Abduraxmonova, Davronov, 2017).
Respublikamiz aholisining 90% vohalarda yashaydi, ya’ni yashaydigan «makoni-uyi» hisoblanadi. Bu «uy»dagi ekologik vaziyat butun respublikamiz aholisi hayoti, faoliyati, salomatligini belgilab beradigan asosiy mezondir. Vohalardagi ekologik vaziyatni chuqur o‘rganish va doimiy kuzatish maqsadida bir nechta “voha monitoring maydonchalari” ni tashkil qilinishi lozim deb hisoblaymiz. Bularning asosiy vazifasi - qadimdan o‘zlashtirilgan yerlar tabiatida o‘zgarish darajasi, modda va energiyaning komponentlar o‘rtasida aylanish mexanizmi, qo‘shni hududlar bilan moddalar almashinuvi, mikroorganizmlar o‘rtasida muvozanatning o‘zgarganlik holati, dastlabki tabiiy holatga nisbatan ularning tiklanish dinamikasi va boshqalarni tadqiq etishdan iborat. Ular doimo o‘lchash va kuzatish ishlari olib boriladigan statsionar ilmiy laboratoriya bo‘lib qolishi lozim (Raxmatullayev, 2018).
Voha landshaftlari antropogen landshaftlarning zonal bir ko‘rinishi bo‘lib, ular arid va yarimarid iqlimli o‘lkalarda keng tarqalgan, o‘zining shakllanish tarixi bilan antropogen landshaftlar alohida bir turi bo‘lib, antropogen landshaftlar bilan birga alohida landshaftlarni genetik qatorni, ya’ni, antropogen landshaftlar qatorini tashkil etadi. Shuning uchun ham voha landshaftlarini antropogen voha landshaftlari deb aytish mumkin bo‘ladi.
Voha landshaftlari tarkibiga faqat doimiy ravishda sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlari – paxta plantatsiyalari, sholi plantatsiyalari, mevali bog‘lar, tutzorlar, ihotazorlar va poliz ekinlari emas, balki irrigatsion inshootlar – kanallar, suv omborlari, ariqlar, shahar va qishloq seliteb landshaftlari, qayta sho‘rlangan va botqoqlangan yerlar, tashlandiq suvlar hisobiga hosil bo‘lgan ko‘llar va boshqa antropogen landshaft elementlari kiradi. Bular o‘z navbatida antropogen voha landshaftlari sistemasini vujudga keltiradi (Abdulqosimov, Abduraxmonova, Davronov, 2017).
O‘zbekiston vohalarini bir butun, funksional dinamik tizim sifatida tadqiq etish masalalari A.Abdulqosimov (1983, 2004), A.Rafiqov (2001), L.Alibekov (2004), A.Abdulqosimov, Yu.Abdurahmonova (2005), N.I.Sabitova, O.Sh.Ro‘ziqulova (2006), A.O‘razboyev (2004), Yu.Sultonov, A.Jabbarov, A.Nazarov (2002), S.Abdullayev, I.Usmonov (2004), A.Raxmatullayev (2003, 2004, 2006, 2013, 2015, 2018), I.Nazarov (1992), A.Abdulqosimov, Q.S.Yarashev, B.A.Meliyev (2015), A.A.Abdulqosimov, Q.S.Yarashev, E.B.Ulug‘murodov (2021) va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan.
Haqiqatdan ham O‘zbekistonning vohalari atrofdagi cho‘l landshaftlaridan barcha tabiiy majmualari va sharoitlari bilan tubdan farq qiladi. U eng avvalo yerlarning sug‘orilishi, qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirilishi, sug‘orish-melioratsiya inshootlari, sun’iy o‘rmon mintaqalari, aholining zich joylashganligi kabilar bilan ajralib turadi.
Vohalarda havo namligi qo‘shni hududlarga nisbatan ko‘p, yer osti suvlari yuza joylashgan bo‘ladi. Vohalar asosan daryolar, kanallar, suv omborlari va quduqlar hisobiga hayot kechiradi.
Vohalar inson tomonidan boshqariladigan, o‘zlashtirilgan landshaftlar hisoblanib, landshaft unsurlarining deyarli hammasi (geologik zamindan tashqari) uning nazoratida bo‘ladi.Yer haydaladi, ekin ekiladi, tuproq mineral va organik o‘g‘itlar bilan ishlanadi, sug‘orish tarmoqlari barpo etiladi. O‘zbekistondagi vohalar cho‘l va chala cho‘l mintaqalarida joylashgan. Cho‘l mintaqasida Quyi Amudaryo (Xorazm va Qoraqalpoq), Buxoro, Qorako‘l, Qarshi, Sherobod va Markaziy Farg‘ona vohalari joylashgan bo‘lib, ular uchun cho‘l iqlimiga xos bo‘lgan keskin kontinental iqlim harakterlidir. Lekin vohalar iqlim xususiyatlari bo‘yicha atrofdagi cho‘llardan havo haroratidagi tafovutlari bilan farq qiladi. Yozda vohalarda harorat atrofdagi cho‘llarga nisbatan 2-30 gacha salqin. Qishda esa 2-40 iliq bo‘ladi (Borisov, 1975,189-b.). Cho‘llarda quyosh energiyasi yer yuzasini isitishga sarflansa, vohalarda esa uning ko‘p qismi bug‘lanishga sarf bo‘ladi. Vohalarda namlikning ortishi va shamolning kuchsizlanishi bug‘lanishning kamayishiga ta’sir etadi (1-jadval).

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish