REJA:
KIRISH.
LANDSHAFT HAQIDAGI TUSHUNCHALAR
LANDSHAFTNING KOMPONENTLARI VA LANDSHAFT HOSIL QILUVCHI OMILLAR
LANDSHAFTLARNING MORFOLOGIK QISMLARI VA ICHKI ALOQADORLIKLARI
LANDSHAFTLARNING DINAMIKASI
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
XX asrning ikkinchi yarmi Er tarixida, insoniyat tarixida o‘ziga hos alohida davrni tashkil qiladi. Bu davrda Er yuzasida
aholi sonining tez sur’atlar bilan ortib borishi, sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, insonning kuchli texnika vositalaridan mexnat quroli sifatida foydalanishi va fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi insonning tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini orttirib yubordi. U tabiiy resurslardan faol foydalana boshladi va erga, tuproqqa, suvga, havoga, o‘simlikka va hayvonot dunyosiga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. Natijada, inson tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan kamayib ketishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiat komponentlari orasidaga mutanosiblikning buzilishiga, qolaversa o‘zining salomatligiga va hayoti uchun xavfli bo‘lgan salbiy oqibatlarning yuzaga chiqishiga ham sababchi bo‘lib qolmoqda. Bularning hammasi turli hil va murakkab tabiiy, sotsial-iqtisodiy va ekologik muammolarni, shu jumladan inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorliklar bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni keskinlashtirib yubordi. Bu muammo serqirra, murakkab va har doim dolzarb muammodir. Uning ijobiy echimi ko‘pchilik olimlarni ham, jamoatchilikni ham qiziqtirmay qolmaydi. Bu muammoning turli jabhalari bilan bir qator tabiiy, ijtimoiy va texnika fanlari o‘z tadqiqot predmeti doirasida shug‘ullanishi mumkin. Ammo ularning birontasi bu muammoni to‘laligicha qamrab olaolmaydi. U fanlar aro muammodir. Unga ta’luqli ayrim masalalarni o‘rganish, ularning echimini ilmiy asoslab berishda geobotanika, biogeotsenologiya, tuproqshunoslik, ekologiya kabi fanlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bu borada tabiiy geografiyaning va ayniqsa landshaftshunoslikning o‘rni va ahamiyati o‘ziga hosdir. CHunki tabiiy geografiya va uning bir qismi bo‘lgan landshaftshunoslik inson yashaydigan va o‘z ho‘jalikdagi faoliyatini olib boradigan hududlarning tabiiy sharoitini, tabiiy komponentlari orasidagi o‘zaro aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sirlarni, shu jumladan inson faoliyatining ta’sirini ham o‘rganadigan fandir. SHuning uchun ham tabiat bilan jamiyat o‘rtasida ro‘y beradigan o‘zaro aloqadorlikni tartibga solib turish, sozlab turish masalalari geografik asosda hal qilinishi lozim.
Hozirgi kunda tabiiy geografiya fani hal etishi lozim bo‘lgan
muammolarning ko‘pchiligi, asosan uning o‘rganish ob’ekti va predmetining murakkabligi, o‘ziga hos hususiyatlari bilan, uni tadqiq qilishda qo‘llanilayotgan tadqiqot metodlarining o‘ziga hosligi bilan va fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida halq ho‘jaligi qo‘yayotgan vazifalarning serqirra va murakkabligi bilan bog‘liqdir. SHunday muammoli masalalarning ayrimlari kichik hududlar tabiiy geografiyasi yoki landshaftshunoslikka taaluqlidir.
Landshaftshunoslik fani kishilik jamiyatining amaliy talablariga bog‘liq holda shakllandi va rivojlanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda bu fan inson bilan tabiat orasidagi o‘zaro aloqalar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish va rosmana madaniy landshaftlarni barpo qilishning muhim qoida va usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda.
Landshaft haqidagi ta’limot esa geografiya fanining eng muhim nazariy fikrlar majmuasi sifatida, uning eng asosiy qismi sifatida tabiiy geografiyaning amaliy hayotga kirib borishiga sharoit yaratib berdi, hamda ilmiy nazariy asos bo‘lib hizmat qilmoqda.
Tabiiy geografiya va landshaftshunoslikka taaluqli ko‘pgina
muammolar hanuzgacha o‘zining murakkabligi va munozaraliligi bilan ajralib turibdi. Jumladan, landshaftshunoslikning nazariy metodologik masalalari, landshaftning strukturasi, dinamikasi, rivojlanishi, yoshi, tashqi ta’sirlarga barqarorligi, landshaftlarni modellashtirish, eksperimental landshaftshunoslik masalalari hali puxta ishlab chiqilmagan. Mavjud adabiyotda bu masalalarning ayrimlari yuzaki taxlil qilinganligi yoki ayrimlari o‘quvchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan darajada o‘zaro zid, birini ikkinchisi inkor etuvchi fikrlar bilan yoritilganligini inobatga olib ushbu kitobcha tavsiya etilmoqda.
Kitobchaning, garchi unda ko‘rilgan mavzular universitetlarda geografiya mutahassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar o‘quv dasturi asosida tanlab olingan bo‘lsa ham, landshaftshunoslikning hozirgi zamon muammolari bilan qiziquvchi aspirantlar va yosh izlanuvchi olimlar uchun ham yordami tegishi mumkin. SHu maqsadda u yoki bu mavzuni yoritishda imkoniyati boricha mavjud adabiyotlarni keng jalb qilishga harakat qilindi va ja’mi____ dan ortiq nomdagi turli ilmiy maqola, risola, kitoblardan foydalanildi).
Do'stlaringiz bilan baham: |