9-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 13-§.
Jamoat birlashmalarimushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy belgilashlari natijasida vujudga kelgan tuzilmadir.
O‘zbekiston Respublikasida shunday jamoat tashkilotlari bor, jumladan, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro
jamg‘armasi, «Yoshlar ittifoqi», «Sen yolg‘iz emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, «Nuroniy» faxriylar Kengashi, «Mahalla»
jamg‘armasi va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy
partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 34-modda.
O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 56-modda.
JAMOAT BIRLASHMALARINI TUZISH VA FAOLIYATINI
YURITISH PRINSIPLARI
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini
va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 59-modda.
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab
yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 62-modda.
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib
qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi,
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qi luvchi, shu ningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 57-modda.
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi.
Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 67-modda.
Senzura – mafkuraviy jihatdan zararli hisoblangan maqolalarni
taqiqlash maqsadida gazetalar, jurnallar va boshqa nashrlarning chop
etish oldidan ko‘zdan kechirilishi.
Quyidagi hollarda axborot taqiqlanadi
Shuningdek, tergov va prokuratura organlarining ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish ham taqiqlanadi.
XULOSA Savol va topshiriqlar - 1. Jamoat birlashmalarining davlat organlaridan asosiy farqlarini aytin g.
- 2. O‘zbekiston Respublikasida mavjud jamoat birlashmalari turlarini sanang.
- 3. Jamoat birlashmalari qaysi prinsiplar asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi?
- 4. Davlat va jamoat birlashmalarining o‘zaro aloqalari qay tarzda amalga
- oshiriladi?
- 5. O‘zbekiston Respublikasida qanday partiyalar va jamoat birlashmalarini
- tashkil etish taqiqlanadi?
- 6. So‘z va matbuot erkinligi qay tarzda jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
- mumkin?
- 7. Qanday axborot vositalarini mustaqil deb hisoblash mumkin?
- 8.Gapni davom ettiring: «Men gazeta o‘qimayman, chunki ...».
Do'stlaringiz bilan baham: |