O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Hikoyat mazmunini o‘zbek tilida qisqacha so‘zlab bering



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

Hikoyat mazmunini o‘zbek tilida qisqacha so‘zlab bering.
 
Ibn Sino qishloqda yashab, tabiblik qilar ekan. Kunlardan bir kun shu qishloqlik
bir yigit bilan bir qiz turmush qurishibdi. Ular yaxshi hayot kechirishibdi, oradan to‘qqiz
oy-u to‘qqiz kun, to‘qqiz soat-u to‘qqiz daqiqa o‘tgach, farzand ko‘rishibdi. Ular bir oz 
vaqtdan so‘ng birbiriga maslahat qilishibdi: – Bolamizni qanday tarbiya qilamiz? Uni
shunday tarbiya qilaylikki, katta bo‘lganida el-yurtga foydasi tegadigan chin inson bo‘lsin, – 
debdi eri.
– To‘g‘ri aytasiz, – debdi xotini, – men ham shuni o‘ylab o‘tirgan edim.
– Yaxshisi, Ibn Sinodan so‘rabqo‘yaylik. Bu gap eriga ma’qul tushibdi.


115 
Er-xotin bolani ko‘tarib, Abu Ali ibn Sinonikiga kelishibdi. U bir kichik,tor
kulbada yashar, shunday bo‘lsa-da, dong‘i olamga ketgan olim ekan.
Abu Ali ibn Sino er-xotinni yaxshi kutib olibdi. Nima ish bilan kelganliklarini so‘rabdi.
– Bolamizning tarbiyasi haqida bizga maslahat bersangiz. Toki katta bo‘lgach, el-
yurtga foydasi tegadigan bo‘lsin, – debdi eri.
– Qachon tug‘ildi? – deb so‘rabdi Ibn Sino.
– Erta bilan tug‘ildi, erining o‘rniga xotini javob beribdi. 
– E ... аzizlar, – debdi Ibn Sino, bola erta tongda tug‘ilgan ekan, hozir
choshgoh bo‘ldi, kechikibsizlar. Bola tug‘ilishi bilan uning tarbiyasi haqida qayg‘urish kerak. 
”Niholni boshdan, bolani yoshdan” – deb, bekorga aytishmagan, axir.
“Allomalar ibrati” Malik Murodov. 
 
GRAMMATIKA: REPORTAJ TAYYORLASH SIRLARI 
Reja: 
1. Jurnalistlik kasbi haqida. 
2. Lavhani tushunish. 
3.Asosiy faktlarni tanlash. 
 
Jurnalistlik kasbi yoza olish mahoratidan boshlanadi. Agar u risoladagidek yoza olmasa, 
demak, voqealarni tomoshabinga tushunarli tarzda yoritib bera olmaydi. Qachonki yozishni 
o‘rganganda esa nima haqida yozishni bilish muhim. Tasvir uchun matn yozishning ikki usuli 
mavjud. Birinchisi mutaхassislar talqinida «amerikacha usul» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, 
jurnalist avval matn yozadi, keyin esa unga mos tasvirni topadi. Ikkinchi usul ham borki, buni 
mutaхassislar professional usul deb bilishadi. Bu usulga ko‘ra, dastlab kadrlar teriladi, montaj 
qilinadi va shundan keyingina matn yozishga kirishiladi. Natijada birinchi usulga nisbatan 
mukammal, professional matnga ega bo‘lish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Birinchi uslubda 
matnga moslab montaj qilingan videoga nisbatan ikkinchi uslubdagi tasvirlar tomoshabin 
e’tiborini ko‘proq jalb qiladi. Sabab esa televideniyeda tasvirning birlamchiligiga borib 
taqaladi. 
Tomoshabin e’tiborini jalb qilish uchun videoyozuvga «to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etish» 
mumkin. Masalan, «mana bu» so‘z birikmasini qo‘llash barobarida biror-bir narsaga 
tomoshabin e’tiborini qaratsa bo‘ladi: «O‘z bilimiga ishonmaydigan ba’zi abituriyentlardan 
mana bunday “shpargalka”lar imtihon boshlanishidan oldin olib qo‘yildi». Bu kabi 
videotasmaga bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat tomoshabinni tasvirdagi eng muhim 
elementga e’tibor qaratishga chaqiradi. Jurnalist o‘z materiali ustida ishlayotganda albatta 
uning asari «o‘tkinchi» bo‘lmasligiga, shunchaki efir vaqtini to‘ldirish uchungina kerak 
bo‘lmasligiga umid qiladi, uni tomoshabinlar, hamkasblari baholashini, u odamlarning esida 
qolishini, ularning fikrlari, qarashlari, faoliyatlariga ta’sir etishini хohlaydi. Lekin negadir ba’zi 
ko‘rsatuvlar, dasturlarni tomoshabin shunchaki tasodifan ko‘radi va shu zahotiyoq unutadi, 
yana qaysilarinidir biroz e’tibor bilan ko‘radi, uchinchilarini esa diqqat bilan kuzatadi, o‘ylaydi 
va o‘z tanishlari bilan ham muhokama qiladi. Bu esa jurnalistning qay tarzda yoza olishi, 
mahoratiga borib taqaladi. 
Jurnalist telematn yozish davomida bir qancha bosqichlardan o‘tishi lozim. Quyida axborot 
dasturlari uchun yoziladigan telematn tayyorlash bosqichlarini ko‘rib chiqamiz: 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish