tabiat, doim, ilm
B)
unga, achchiq, issiq
C)
qadr, do‘st, g‘isht
D)
go‘sht, yozdir, iliq
101. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko‘ra Is’hoq so‘zida ishlatiladigan tutuq belgisi
qanday vazifa bajaradi?
A) unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalaydi
190
B) unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi
C) oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi
D) so‘z urg‘usini ifodalaydi
102. Berilgan qaysi so‘zda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan?
A) ma’sul B) ma’sum C) ma’mur D) ma’qul
103. 1) kav... sh; 2) kib... r; 3) kir... m; 4) lut... f; 5) moy... l
Imlo qoidasiga ko‘ra nuqtalar o‘rnida i unlisi qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 4, 5C) 3, 5 D) 1, 4
104. Berilgan so‘zlarning qaysilarida nuqtalar o‘rnida u unlisi yoziladi?
1) junj... kish; 2) juld... r; 3) zo‘g‘... m; 4) ibratom...z;
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3C) 2, 4 D) 1, 4
105. Ayrim paytlarda ko‘nglim onamni qo‘msaydi-da, qanotim qayrilganini sezib, nafasim
bo‘g‘zimga tiqiladi. Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 taD) 4 ta
106. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Nuroniy jamg‘armasi
B) Buxoro viloyati hokimligi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Quvasoy sement zavodi C) Oliy
xo‘jalik sudi, Toshkent agrar
universiteti, «Lazzat» oshxonasi D) Vazirlar Mahkamasi, «Sharq gullari» firmasi
107. Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim
sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar soni nechta?
A) 4 ta B) 2 taC) 3 ta D) 5 ta
108. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping.
A) ma’yus B) ma’zur C) ma’sumD) ma’sud
109. 1) yig‘lamoq; 2) taranmoq; 3) chorlamoq; 4) anglamoq; 5) chanqamoq; 6) qaynoqroq
Berilgan so‘zlarning qaysi biri fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 2, 3, 4, 5, 6B) 1, 4, 6 C) 3, 4, 6 D) 4, 5, 6
110. 1) taroqqa 2) buloqqa 3) so‘roqqa 4) ilikka 5) kurakka 6) terakka
Jo‘nalish kelishigidagi ushbu so‘zlarning qaysi birida so‘zning ham o‘zak, ham qo‘shimcha
qismida tovush o‘zgarishi yuz bergan?
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5C) 1, 3 D) barchasida faqat qo‘shimchada o‘zgarish yuz bergan
111. Qaysi qatordagi so‘zlarda qo‘sh undosh qo‘llanishi kerak?
A) has ... os, qo‘sh ... aB) ud ... aburon, tasad ... uq
C) hij ... alamoq, uv ... at D) mut ... asil, jiz ... illamoq
112. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘z to‘g‘ri yozilgan?
A) uzurB) mumiyo C) mayil D) makir
113. So‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z tarkibida qanday fonetik
o‘zgarish yuz berishi mumkin?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi va almashishi
D) tovush almashishi va tushishi
114. Talaffuzda tovush orttirilishi yuz bergan so‘zlar qatorini toping.
A) tabiat, doim, ilm B) unga, achchiq, issiq
C) qadr, do‘st, g‘isht D) go‘sht, yozdir, iliq
115. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping.
A) hasharotB) zalvorli C) qaynana D) qat’i nazar
116. Bo‘g‘in ko‘chirish haqida aytilgan qaysi qoida noto‘g‘ri?
A) Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chiriladi.
B) o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga
birgalikda ko‘chiriladi.
C) v. b. (va boshqalar), sh. k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar oldingi so‘zdan ajratib
ko‘chirilmaydi.
191
D) O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi
satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi.
117. Quyida berilgan juft so‘zning qaysi biri imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan?
A) yaroq-aslaha B) yaroq-aslaxa
C) yarog‘-aslaha D) yarog‘-aslaxa
118. 1) ekmoq; 2) ko‘rmoq; 3) chiqmoq; 4) osmoq
Ushbu fe’llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biri morfologik (yozuv) qoida
asosida yoziladi?
A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 1
119. 1) ekmoq; 2) ko‘rmoq; 3) chiqmoq; 4) osmoq
Ushbu fe’llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biri fonetik (yozuv) qoida asosida
yoziladi?
A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4C) 1, 3 D) 1
120. Qaysi qatorda juft sifatlar yangi imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan?
A) yakkam-dukkamB) kattayu kichik
C) yakka-yu yagona D) sarg‘ish-qo‘ng‘ir
121. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri ajratib
yoziladi?
A) kelintushdi, tokqaychi B) so‘zboshi, achchiqtosh
C) qirg‘iyko‘z, oyboltaD) dardibedavo, timqora
122. Quyidagi talaffuz xususiyatlarining qaysilari yozuvda ham aks etadi?
1) k undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda k undoshining g ga
o‘zgarishi; 2) q undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda q
undoshining g‘ ga o‘zgarishi; 3) g‘ undoshi bilan tugagan otlarga jo‘nalish kelishigi
qo‘shimchasi qo‘shilganda g‘ undoshining q undoshiga o‘zgarishi; 4) a unlisi bilan tugagan
fe’llarga shaxs oti yasovchi -vchi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisining o ga o‘zgarishi
A) 1, 2, 3, 4B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2
123. Berilgan so‘zlarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
1) taqiqlamoq; 2) tahqiqlamoq; 3) ta’qiqlamoq
A) 1, 2 B) 3 C) 1 D) 2, 3
124. 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.
Berilgan ushbu so‘zlarning qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismda fonetik
o‘zgarish bo‘ladi?
A) 1, 2, 3, 4B) 2, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 5
125. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi. Berilgan gapda necha so‘z fonetik
qoida asosida yozilgan?
A) 1 ta B) 2 taC) 3 ta D) 4 ta
126. Qoyalar bag‘ridan o‘ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag‘ishlardi. Ushbu
gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 taD) 4 ta
127. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri xato
yozilgan?
A) parvoyim B) obro‘yim C) avzoyimD) orzuyim
128. Nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz tovushi yoziladigan so‘zlarni toping.
1) xayr ... ohlik; 2) xayr- e... son; 3) hoyu... avas; 4) mav ... um; 5) ma ... fiy
A) 1, 2, 3, 4, 5B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 4
129. Juft so‘z imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan qatorni toping.
A) sa’yi-harakat B) sayi-harakat
C) saiy-harakatD) sa’y-harakat
130. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo‘ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun
borlig‘ini qamrab oldi.
Ushbu gapda nechta so‘z fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
192
A) 2B) 3 C) 4 D) 5
131. 1) boqmoq; 2) bukmoq; 3) sog‘moq; 4) egmoq
Ushbu fe’llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biri fonetik yozuv qoidasi asosida
yoziladi?
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4C) 1, 2 D) 1
132. Qaysi qatordagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) Toshkent viloyati hokimligi, Guliston Davlat Universiteti
B) Quvasoy sement zavodi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi
C) «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
D) Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Oliy Kengashi
133. Qaysi javobda imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori berilgan?
A) xijil, hijjalamoq, xaspo‘shlamoq
B) hijil, xijjalamoq, haspo‘shlamoq
C) hijil, hijjalamoq, haspo‘shlamoq
D) xijil, xijjalamoq, xaspo‘shlamoq
134. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlarni aniqlang.
A) sazavor, mulaqot B) sazovar, muloqat
C) sazovor, muloqot D) sazovor, muloqat
135. Qaytar bo‘lsam quruq qo‘l ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib o‘lja, ulovdan,
Qarzga botar bo‘lsam birovdan,
Taskin berib Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. (To‘ra Sulaymon)
Ushbu she’riy parchada fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar necha o‘rinda qo‘llangan?
A) 2 B) 3 C) 4D) 5
136. Qaysi javobda nom to‘g‘ri yozilgan?
A) Osiyo Taraqqiyot Banki B) Osiyo “Taraqqiyot” Banki
C) “Osiyo” taraqqiyot banki D) Osiyo taraqqiyot banki
137. hokandoz, nomoyish, jaholat, tamosha, tadbiq, mabodo, mojora, tag‘dimot, ma’shum
Ushbu so‘zlardan nechtasi noto‘g‘ri yozilgan?
A) 5 tasiB) 7 tasi C) hammasi to‘g‘ri yozilgan D) 6 tasi
138. Qaysi so‘zlarda
u
unlisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
1) unutmoq; 2) unumli; 3) unub-o‘smoq; 4) umumiylik; 5) umum; 6) umurguzaron
A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6C) 3, 6 D) 2, 3, 5
139. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga sirg‘aluvchi, jarangsiz, lab undoshi yoziladi?
1) a...zal; 2) a...tomobil; 3) sha...qat; 4) sa...do; 5) a...g‘on; 6) mu...affaqiyat
A) 1, 2, 3, 5B) 1, 3, 5 C) 4, 5 D) 1, 2, 3, 5, 6
140. Imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni aniqlang.
1) sazavor; 2) talofat; 3) rahmat; 4) xoxlamoq; 5) taqdim; 6) tag‘dir
A) 3, 4B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2 D) 1, 2, 3, 6
141. “voqeaga guvoh bo‘lganlarning so‘ziga ko‘ra, “muxbirimizning xabar berishicha” kabi
iboralar qaysi uslubda qo‘llaniladi?
A) publitsistik uslub B) badiiy uslub
C) ilmiy uslub D) rasmiy islub
142. Ilmiy uslubning xususiyatlari haqida berilgan qaysi hukm(lar) noto‘g‘ri?
1) sof ilmiy uslubda fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi;
2) ilmiy-ommabop uslubda ma’lum fan sohasiga doir atamalar qo‘llansa ham, lekin bu atamalar
xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun izohlanadi;
3) tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq turadi;
4) ilmiy-ommabop uslubda eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish orqali ilmiy xulosalarni
bayon qilish kuchli bo‘ladi.
193
A) 1, 4 B) 4 C) 2, 3 D) 1
143. Ilmiy uslubning xususiyatlari haqida berilgan qaysi hukm(lar) to‘g‘ri?
1) sof ilmiy uslubda fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi;
2) ilmiy-ommabop uslubda ma’lum fan sohasiga doir atamalar qo‘llansa ham, lekin bu atamalar
xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun izohlanadi;
3) tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq turadi;
4) ilmiy-ommabop uslubda eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish orqali ilmiy xulosalarni
bayon qilish kuchli bo‘ladi.
A) 4 B) 1, 4 C) 1, 2D) 2, 3
144. Atamalar faqat bir ma’noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini
ko‘rsatishga xizmat qiladigan uslubni aniqlang.
A) rasmiy uslub B) ommabop uslub
C) badiiy uslubD) ilmiy uslub
145. Qaysi javobda rasmiy uslubga xos xususiyatlar ko‘rsatilgan?
1) uslubning belgisi qisqalik, soddalik, aniqlikdir;
2) atamalar, ta’riflar, qoidalar asosida ish ko‘radi;
3) fan va texnika tili sanaladi;
4) ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi;
5) so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 4C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5
146. “Muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi”, “voqeaga guvoh bo‘lganlarning
so‘ziga ko‘ra”, “muxbirimizning xabar berishicha” kabi iboralar qaysi uslubda qo‘llaniladi?
A) publitsistik uslub B) rasmiy uslub
C) badiiy uslub D) ilmiy uslub
147. Qaysi qatordagi uslubiy xato paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq?
A) Tambalga ish buyursang, otangdan yaxshi maslahat beradi.
B) Dugonajon, bugun menikiga tashrif buyurarsan?
C) Yarog‘ tuta oladigan qari-yu yosh jangga shay turardi.
D) O‘zak va qo‘shimcha qanday aytilishidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi.
148. Qaysi javobda publitsistik uslubga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) atamalarga tayanib, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub
B) ish yuritish qog‘ozlari uslubi
C) voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalash uslubi
D) ommaviy axborot vositalari uslubi
149. ”Shaxsiy yoki mulkiy sug‘urta shartnomasi, zarurat tug‘ilganda sug‘irtachiga qarshi da’vo
qo‘zg‘atib zararni undirish uchun sudga taqdim etiladigan rasmiy hujjat”.
Ushbu izoh qaysi so‘zga tegishli?
A) lizing B) aksiyaC) polis D) invistetsiya
150. Quyidagi hujjatlarning qaysi biri rasmiy uslubning diplomatik uslub turida yoziladi?
A) bildirgi B) jinoiy aktlarC) konvensiya
D) qonun
151. Quyidagi hujjatlarning qaysi birida da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi?
A) buyruq B) bildirgi
C) ishonchnoma D) ma’lumotnoma
152. Quyidagilardan qaysilari publitsistik uslubning yozma shakliga mansub?
1) ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar; 2) felyetonlar; 3) pamfletlar;
4) murojaatnomalar; 5) ilmiy xulosalar;
6) deklaratsiyalar; 7) chaqiriqlar
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4
153. Qaysi uslublar ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega?
1) publitsistik uslub; 2) badiiy uslub; 3) rasmiy uslub; 4) ilmiy uslub; 5) so‘zlashuv uslubi
194
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 С) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
154. Nutq uslublariga xos xususiyatlar aks etgan javoblar mosligini belgilang.
1) badiiy uslub; 2) ilmiy uslub; 3) publitsistik uslub; 4) so‘zlashuv uslubi;
a) ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lishlik; b) axborot uchun eng kerakli so‘zlarni
ishlatish, nutqiy vositalarni tejash va ortiqcha qo‘llashga intilish; c) axborot berishdan tashqari,
estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajarish; d) fan yutuqlarini keng ommaga yetgazish.
A) 1 - b; 2 - d; 3 - a; 4 - c
B) 1 - c; 2 - d; 3 - a; 4 - b
C) 1 - c; 2 - d; 3 - b; 4 - a
D) 1 - d; 2 - d; 3 - b; 4 - b
155. Qaysi qatorda ilmiy uslubga xos gap berilgan?
A) Saxiylik va olijanoblik ulug‘vor fazilatdir.
B) Ega va kesim gapning grammatik asosi hisoblanadi.
C) Seni hur va ozod kuylaymen.
D) Nedin g‘amnok ko‘rinasiz!
156. Badiiy uslubning kommunikativ vazifasi deganda nima tushuniladi?
A) muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lishlik
B) ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish
C) tasviriy ifodalarni qo‘llash
D) o‘quvchiga ta’sir qilish
157. Qaysi uslubda atamalar hamda deyiladi, ataladi, kifoya, zarur kabi so‘zlar, mazmunan
aniq, ravshan, qat’iy iboralar ishlatiladi?
A) badiiy uslub B) ommabop uslub
C) ilmiy uslub D) rasmiy uslub
158. Qaysi javobda badiiy uslub namunasi berilgan?
A) Ikkinchi darajali bo‘laklar fikrni to‘laroq va mukammalroq ifodalash uchun xizmat qiladi.
B) Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishga va himoya qilishga
da’yat etilgandir, uning bosh vazifasi ham shudir.
C) Dalalarning keng quchoqlaridan uchishib kelgan mayin shabadalar qiz og‘zidan chiqqan
unlarni o‘z qanotlariga mindirib, allaqayerlarga, olislarga olib ketardilar.
D) Ushbu ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi G.Mo‘minov, haqiqatan ham, O‘zbekiston Milliy
universitetining matematika fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.
159. Quyidagi qaysi gap badiiy uslubga xos?
A) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor.
B) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.
C) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.
D) Sen menga "ovqating undog‘, ovqating bundog‘" degan gapni qilaverma.
160. Uslubiy xoslangan so‘zni belgilang.
A) so‘zlamoq B) uyC) nigoh D) ovqat
161. “Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan
taqdirda yotoqxonadan chiqariladi”.
Ushbu gap nutq uslublarining qaysi turiga mansub?
A) rasmiy-idoraviy B) badiiy
C) publitsistik D) so‘zlashuv
162. Ommaviy axborot vositalari uslubi qanday uslub sanaladi?
A) publitsistik uslub B) ilmiy uslub
C) rasmiy uslub D) badiiy uslub
163. Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga
xoslangan ko‘rinishi ...
A) nutq uslubi hisoblanadi
B) adabiy til hisoblanadi
C) sohaviy uslub hisoblanadi
195
D) adabiy so‘zlashuv uslubi hisoblanadi
164. Uslubiy betaraf so‘zlarni belgilang.
A) futbol, kurash, shaxmat
B) ega, gap, undoshC) go‘sht, gap, choyxona
D) traktor, plug, mufta
165. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar qanday nomlanadi?
A) maxsus so‘zlar B) atamalar
C) uslubiy xoslangan so‘zlar
D) uslubiy betaraf so‘zlar
166. Nutq a‘zolari vositasida hosil qilinadigan, ma‘no ifodalaydigan so‘zlarni shakllantirishda
xizmat qiladigan tovushlarga nima deyiladi?
A) Nutq organlari В) Ovoz tebranishlari
C) Tovush kuchi D) Nutq tovushlari
167. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a‘zolarining jamiga?
A) Nutq formulasi deyiladi
B) Nutq apparati deyiladi
C) Faol nutq a‘zolari deyiladi
D) Nutq artikulyatsiyasi deyiladi
168. Tovush hosil qilish yoki lingvistik xussusiyatiga ko‘ra nutq apparatini nechaga bo‘lish
mumkin?
A)3 ga B)4 ga C)6 ga D)2 ga
169. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan faol organni ko‘rsating.
A) Bo‘g‘iz B) Tanglay C) Lab D) Tish
170. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra q hamda g‘ undosh fonemalariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni
toping.
A) q - til undoshi, chuqur til orqa; g‘ - til undoshi, chuqur til orqa
B) q va g‘ - bo‘g‘iz undoshlari
C) g‘ - jarangli undosh; q - jarangsiz undosh
D) q portlovchi undosh; g‘ - sirg‘aluvchi undosh.
171. Qorishiq undosh fonemalar berilgan qatorni toping.
A) m, n, ng B) dj, sh, f C) ch, j(dj), D) ng, r, l.
172. X undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
A) chuqur til opqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema
B) bo‘g‘iz, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema
C) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh fonema
D) chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh fonema.
173. Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra sh hamda j undosh fonemalariga to‘g‘ri tavsif
berilgan qatorni toping.
A) sh - til undoshi, til oldi; j - til undoshi, til oldi
B) j- jarangli undoshning jarangsiz jufti sh undosh
C) sh - til undoshi, til orqa; j - til undoshi, til oldi
D) sh - til unlisi, til orqa; j - til undoshi, til oldi
174. Tambur - tanbur, manba - mamba, o‘n besh - o‘mbesh, sunbul - sumbul kabi so‘zlarning
talaffuzi va imlosiga tegishli bo‘lgan qanday fonetik hodisa yuz bergan?
A) tovush orttirilishi B) tovush tushishi
C) tovush almashinishi D) tovush moslashishi.
175. Qaysi so‘z talaffuz qilinganda, undagi ikki o‘xshash fonemadan biri noo‘xshash fonemaga
almashishi mumkin?
A) tuzsiz B) yigitcha C) bojxona D) zarur.
176. Urg‘u orqali so‘z ma’nolarini farqlash mumkin bo‘lgan qatorni toping.
A) yangi, yigitcha, qishloqcha B) surma, kitob, hovli C) fizik, chog‘lar, mudir D) olma, anjir,
muhit.
196
177. Urg‘u nechaga ajaraladi?
A) 3 B) 2 C) 4 D) 5
178. Qaysi urg‘uda zarb emas ohang kuchli bo‘ladi?
A) Mantiqiy urg‘u B) So‘z urg‘usi C) Musiqiy urg‘u D) Ikkinchi darajali urg‘u
179. Unli va jarangli undoshlardan hosil bo‘lgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) mashq, kitob, so‘z B) paxta, xalq, choynak
C) maydon, dor, gul D) maktab, sabab, maqol.
180. Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
A) yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘z keyingi yo‘lga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi
B) birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish ham bo‘g‘inga asoslanadi
C) she’riy misralarda bo‘g‘inlar sonining teng bo‘lishi e’tiborga olinadi
D) A, B, C.
181. O‘zbek tilida quyidagi shakllardan qaysi biri bo‘g‘in sifatida uchramaydi?
A) faqat bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar
B) bir unli va bir undoshdan tuzilgan bo‘g‘inlar
C) bir unli va ikki undoshdan hosil bo‘lgan bo‘g‘inlar
D) bir undosh va ikki unlidan iborat bo‘g‘inlar.
182. Son-sana, yurak-yurakka, shahar-shahri, men-mening kabi o‘zak va qo‘shimchalarning
qo‘shilishida fonetik o‘zgarishlarining qaysi turlari vujudga kelgan?
A) tovush almashishi
B) tovush tushishi
C) tovush almashishi va tovush orttirilishi
D) tovush almashishi va tushishi.
183. Sirg‘aluvchi j fonemaini ifoda etuvchi so‘zlar qatorini toping.
A) jimjit, g‘ijjak B) jo‘yak, ajdod
C) vijdon, garaj D) jumla, janob.
184. Pasay, susay leksemalariga o‘zak va qo‘shimchalarning qo‘shilishidan qanday fonetik
o‘zgarish vujudga keldi?
A) unli fonemalar almashishi B) undosh fonemalar almashishi
C) unli fonemalar tushishi D) undosh fonemalar tushishi
185. Quyidagi so‘zlarning qaysi qatorida qo‘shimcha qo‘shilishi bilan fonetik o‘zgarish sodir
bo‘ladi?
A) o‘lcham, to‘plam, o‘ymakor B) shirinlik, ko‘pchilik, bog‘lam
C) ko‘ylakchan, ko‘klam, o‘lguncha D) gulduros, yuragi, shahri.
186. Unli va jarangli undosh fonemalardan hosil bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
A) bolalar, gul, ozod
B) maktab, sabab, maqol
C) mashq, kitob, so‘z
D) paxta, xalq, choynak.
187. Til o‘rta undoshlarini ko‘rsating.
A) k,g,ng B) l C) y D) h, x, q
188. Qaysi savol noto‘g‘ri tuzilgan?
A) Nutq tovushlarini hosil qilishda nutq organlaridan qaysilari ishtirok etadi?
B) Nutq tovushlarini hosil qilishda qaysi nutq organlari faol ishtirok etadi.
C) Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida tovush (un) paychalarining qanday ahamiyati bor? D)
qaysi unli fonemalarni talaffuz qilganda havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida ayrim to‘siqlarga
uchraydi?
189. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar qaysilarga ajraladi?
A) Portlovchilar-sirg‘aluvchilar
B) Qorishqlar
C) Jarangli-jaragsizlar
D) Shovqinlilar-sonorlar
197
190. Tarkibida shovqinga nisbatan ovoz kuchliroq bo‘lgan undoshlarga…
A) Shovqinlar kiradi
B) Jaranglilar
C) Qorishiqlar
D) Sonorlar
191. Qaysi leksemalar faqat jarangli undoshlardan iborat? 1) ko‘ylak; 2) maydon; 3) jadval; 4)
va’zxon; 5) ko‘llar: 6) vijdon; 7) sog‘lom; 8) doimiy; 9) darslik; 10) osmon.
A) 2, 3, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 8, 10
C) 1, 2, 4, 5, 8, 9 D) 1, 4, 5, 7, 9
192. Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan so‘zlarni belgilang.
1) tortma; 2) akademik; 3) o‘quvchimiz; 4) tok; 5) etik; 6) ko‘zlar; 7) changi; 8) tort.
A) Barcha so‘zlarda urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan.
B) 1, 2, 3, 4, 6, 7
C) 1, 2, 3, 5, 6, 7
D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8.
193. Buyrug‘ingiz so‘zida fonetik o‘zgarishlarining qaysi turi mavjud?
A) tovush tushishi va orttirilishi B) tovush orttirilishi va almashishi C) tovush almashishi D)
tovush tushishi va almashishi.
194. Tilning so‘z ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan fonetik birligi?
A) Tovush B) Amplituda
C) Ovoz D) Fonema
195. Ijtimoiy hayotda ro‘y beradigan o‘zgarishlar, avvalo, tilshunoslikning qaysi bo‘limida
o‘z aksini topadi?
A) fonetikada B) frazeologiyada
C) leksikologiyada D) morfologiyada
196. So‘z boyligi, asosiy lug‘at tarkibi, ularning ma‘no turlari, so‘z ma‘nolarining
ifodalanish yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim tilshunoslikning qaysi bo‘limi?
A) Leksikografiya B) Orfografiya C) Orfoepiya D) Leksikologiya
197. Gaplarda ajratilgan so‘zlarning qaysi biri metaforik ma’noga ega?
A) Qalin do‘stim paxta terishar edi.
B) U ikki bor turmushga chiqdi, biroq tirnoq, yuzini ko‘rmadi.
C) Uning sochlari yelkasiga tushgan edi.
D) Men kelsam, direksiyada bo‘lim boshliqlari yig‘ilgan ekan.
198. Uxlamoq, talamoq fe’llarining sinonimlari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) tunamoq – uxlamoq, to‘namoq – talamoq: bu o‘rinda tunamoq leksemasining ikki
ma’nosi berilgan B) tunamoq – uxlamoq, to‘namoq – talamoq: bu o‘rinda tunamoq, to‘namoq
leksemalari omonim leksemalar
C) tunamoq – uxlamoq, to‘namoq – talamoq: bu o‘rinda tunamoq va to‘namoq so‘zlari
paronim leksemalar D) tunamoq leksemasi uxlamoq va talamoq leksemalariga sinonim bo‘lib,
bu leksema ba’zan ikki xil variantda: tunamoq va to‘namoq tarzida yoziladi.
199. Ikki yoki undan ortiq so‘zning shakliy munosabati va talaffuziga ko‘ra o‘zaro birlik
hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos?
A) sinonimlar uchun xos B) antonimlar va ko‘p ma’nolilik uchun xos
C) omonimlar uchun xos D) paronimlar uchun xos.
200. Leksikografiya tilshunoslikning qanday bo‘limi?
A) So‘z ma‘nolarini o‘rganuvchi bo‘lim B) So‘z qatlamlarini o‘rganuvchi bo‘lim
C) Lug‘at tuzish ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim
D) Lingvistik terminlar tuzish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |