O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet50/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

A.P.Chexov




ILMIY MA’RUZA
TEZISLARINI TUZISH VA
CHOP ETISH

Ushbu bobni Organish natijasida Siz:
- ilmiy ma’ruza tezislari, ularning turlari, tarkibi va umumiy tuzilmasi tofgfrisida bilimlarga;

-ilmiy ma’ruza tezislarini tayyorlash uchun ”yo'l xaritasi" ishlab chiqish;

  • poster (ko'rgazmali) ma’ruza tayyorlash va uni taqdim etish ko'nikmalariga ega bo'lasiz.







  1. BOB. ILMIY MA’RUZA TEZISLARINI TUZISH VA

CHOP ETISH
1-§. Tezis nima? U qanday tuziladi va chop etiladi?
Qisqalik - talantning singlisidir.
A.P.Chexov
Ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar, professor- o‘qituvchilar va talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida tezis chop ettiradilar. Lekin ularning ayrimlari: Tezis nima? Uning ilmiy maqoladan farqlari qanday? Tezisning tarkibi va uni rasmiylashtirishga qanday talablar qo‘yiladi? - kabi savollarga javob bera olmaydi. Bu borada muallifning shaxsiy kuzatuvlari va tahlili shuni tasdiqlamoqdaki, ilmiy-amaliy konferensiyalarda chop etilayotgan materiallarning ko‘pchiligi ma’ruza tezislari uchun belgilangan talablarga javob bermaydi. Ularning ayrimlarida ilm ham yo‘q, amaliyot ham, ya’ni nazariy va empirik tadqiqotlar natijasi emas, faqatgina axborot tavsifiga ega material xolos.
Xo‘sh tezis o‘zi nima? Tezisning ilmiy maqoladan farqi qanday?
Tezis tushunchasi O‘zbek tili izohli lug‘atining 4 - jildida quyidagicha ta’riflangan: «Tezis (yun. thesis - qoida; isbot) 1 ilmiy asar, maqola, ma’ruza va shu kabilardagi asosiy g‘oyalarning qisqa va lo‘nda bayoni»108.
Bu tushuncha O‘zbekiston milliy entsiklopediyasining 8-jildida yanada batafsilroq tavsiflangan: «Tezis (yun. thesis - qoida; isbot) - 1) keng ma’noda - bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor ma’noda - asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza109. 103 104
Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, tezis emas, ilmiy ma’ruza tezislari!
Shunday qilib, ilmiy ma’ruza tezislari - ilmiy konferensiya (yoki simpozium) boshlanishidan oldin chop etilib, unda qilinadigan ilmiy ma’ruzaning asosiy va muhim jihatlari aks ettirilgan dastlabki material. Ilmiy ma’ruza tezislarining matni 1,5 intervalda hajmi 2-3 betdan oshmasligi lozim. Bunga erishish uchun muallif ilmiy ma’ruza (yoki maqola) tezisini tuzish qoidalarini bilishi kerak. Chunki o‘quvchilar tezislar sifati bo‘yicha muallifning ma’ruzasini eshitish va / yoki ma’ruza matni bilan to‘liq tanishish haqida qaror qabul qiladilar.
Ilmiy ma’ruza dolzarb mavzuga bag‘ishlangan va muvaffaqiyatli yozilgan bo‘lishiga qaramasdan, uning tezislari sifatsiz tuzilgan bo‘lsa, bu o‘quvchilar e’tiborini jalb qilmaydi. Aksincha, malakali tuzilgan tezislar o‘quvchilarning e’tiborini ma’ruzachiga ham, ilmiy materialga ham jalb qiladi. Albatta, tezislar sifati ilmiy ma’ruza (yoki maqola)ning haqiqiy mazmuni va yutug‘i bilan bog‘liq. Uni tezislar shaklida muvaffaqiyatli taqdim etish ham mumkin, buzib qo‘yish ham mumkin. Agar muallif ilmiy ma’ruzani va uning taqdimotini sifatli tayyorlagan, masalaga malakali yondashgan va ma’lum ilmiy natijalarga erishgan bo‘lsa, mazkur masalani yozma shaklda qisqa va lo‘nda taqdim etish uning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Buni uddalash uchun muallifdan ma’lum mehnat, tajriba va vaqt talab qilinadi. Lekin bu jarayonda bayon qilinayotgan material yoki masalani chuqurroq tushunsangiz, ko‘pincha yangi fikrlar paydo bo‘ladi va o‘z ishingizning mohiyatini boshqalarga yetkazib berish osonlashadi.
Ushbu vazifani samarali hal etish uchun yosh izlanuvchilar ma’lum qoidalarni bilishlari lozim. Ilmiy ma’ruza tezislari tuzish davriga ko‘ra:

  1. Tayyor ilmiy ma’ruza (yoki maqola) asosida tuziladigan tezislar;

  2. Ilmiy ma’ruza (yoki maqola) yozilishidan oldin tuziladigan tezislar.

Tayyor ilmiy ma’ruza (yoki maqola) asosida tezislar tuzishdagi murakkablik uning mazmunini buzmasdan, hajmini kichraytirish va sifatini oshirishdan iborat. Agar muallif ilmiy ma’ruza (yoki maqola) mazmunini chuqur tushunmasa, uni tezislarga aylantirishda qiynaladi, hatto mazmunini buzib qo‘yishi ham mumkin. Dastlab muallif materialni diqqat bilan 2-3 marta o‘qib chiqish va mazmuniga ko‘ra bir necha (5-6 va undan ko‘proq) parchalarga ajratishi tavsiya etiladi. So‘ngra har bir parchani diqqat bilan yana o‘qib, undagi muhim (kalit) so‘zlar va so‘z birikmalarini belgilash, uning mohiyatini uqib (!), yangidan («qisqa va lo‘nda») alohida gap (qoida) tuziladi. Mana shunga ilmiy ma’ruza tezisi deyiladi.
Hozirgi vaqtda ikkinchi toifaga kiradigan, ya’ni oldin biron-bir dolzarb masala ustida o‘ylab, shakllantirilgan g‘oya asosida ma’ruza tezislari tuzish holatlari ko‘proq uchraydi. Lekin, keyinchalik ularning ko‘pchiligi kengaytirilib (rivojlantirilib), ilmiy ma’ruza (maqola) darajasiga yetkazilmaydi. Buning asosiy sabablari: birinchidan,
tezislarni «nomiga» yoki «soniga» chop etish uchun mutlaqo yaroqsiz, g‘ayriilmiy matnni (so‘zlar yig‘indisini) to‘plamga kiritish; ikkinchidan, muallifning yozmoqchi bo‘lgan ilmiy g‘oyasini oxirigacha, puxta shakllantirmaganligi bo‘lishi mumkin. Ikkinchi sababi ilmiy
tadqiqotlarda «normal» holat hisoblanadi.
Bunda paydo bo‘lgan g‘oyalarni tezislar shaklida to‘g‘ri shakllantirish muhimdir. Albatta, dastlab, yozuv hajmi juda qisqa bo‘lishi mumkin. Chunki «qozonda bori cho‘michga chiqadi». Keyinchalik, ushbu g‘oyaning muhim jihatlari muallif tomonidan rivojlantirilib, o‘quvchi uchun tushunarli va qiziqarli tarzda bayon qilinadi. Ilmiy g‘oyaning ushbu barcha jihatlari ko‘pi bilan 2-3 betga joylashadi. Tezislar shu tarzda dunyoga keladi.
Keyinchalik esa muallif «hafsala» qilsa, muammo ustida izlanishni davom ettirsa, tezislardan yaxshi ilmiy ma’ruza (hatto bir nechta) chiqarishi mumkin.
2-§. Ilmiy ma’ruza tezislarining turlari, tarkibi va chop etish tartibi
Ilmiy ishlar tezislarini bunday «qisqa va lo‘nda» tuzishning yana bir murakkab jihati ularning tiplari bilan bog‘liq:
1. Ilmiy muammolar ilgari surilgan tezislar;

  1. Tadqiqot natijalari bayon qilingan tezislar;

  2. Yangi metodika yaratilgan tezislar.

Tezislarning har bir tipi tarkibiga ko‘ra ma’lum talablarga javob
berishi lozim.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish