Mavzu: KREDIT QOBILIYATI TAHLILINING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI
Kalit so'zlar: kredit, kredit qobiliyati, tahlil, konseptual yondashuvlar, baholash modellari,koeffitsiyentlar, sinflar, qo‘llash imkoniyatlari.
Maqolaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti va metodlari bayon qilinadi. Bulardan keyin mazkur masala bo‘yicha boshqa olimlar ishlarining natijalarini keltirish, qanday muammolar ilmiy yechimini topgan va nimalarni aniqlash lozimligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilsa maqola yanada mazmundor bo‘ladi. Bunda muammoga oid oldingi tadqiqotlarga iqtiboslar keltirish mumkin. Bular o‘quvchining mavzuga yanada «chuqurlashishi»ga yordam beradi.
Maqolaning asosiy qismini shakllantirish. Asosiy qism - ilmiy maqolaning eng muhim va batafsil qismi hisoblanadi. Unda tadqiqot jarayoni mantiqiy ketma-ketlikda yoritiladi va xulosa qilishga asos bo‘lgan fikr-mulohazalar bayon qilinadi. Agar maqola empirik tadqiqotlar natijalari asosida yozilgan bo‘lsa, o‘tkazilgan
eksperementlar, tajribalar yoki laboratoriya tahlillari batafsil bayon qilinishi, ularning bosqichlari va oraliq natijalari aks ettirilishi lozim. Agar qaysidir eksperimentlar muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, bu haqda ham ko‘rsatish zarur. Bunda muvaffaqiyatsizlik sabablari, shart-sharoitlari va kamchiliklarni bartaraf etish usullari ochib beriladi.
Maqolaning asosiy qismida tadqiqot natijalari imkon qadar ko‘rgazmali shaklda taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Bunday ko‘rgazmali materiallar ko‘rilayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqib, grafik, sxema, jadval, diagramma, grafik model, algoritm formula, rasm va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Jadval nomi uning yuqorisiga, rasmlar va boshqa shunga o‘xshash materiallar nomi esa pastki qismiga yozilishi kerak. Har bir ko‘rgazmali material maqola matni bilan bevosita aloqador bo‘lib, matnda unga havola qilinishi lozim.
Xulosa qismida muallifning erishgan asosiy yutuqlari tezis shaklida bayon qilinadi. Barcha xulosalar maqolaning asosiy qismidan kelib chiqadigan, obyektiv va ortiqcha izohlarsiz yozilishi lozim. Shunda o‘quvchilar olingan ilmiy natijalar sifatini baholashi va ularga asosan o‘zlarining fikr-mulohazalari hamda xulosalarini shakllantira oladi. Shuningdek, muallif olingan natijalar bo‘yicha o‘zining tahlilini va bajarilgan ishlarning ahamiyatiga shaxsiy munosabatini ham bildirishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxatida maqola matnidagi iqtibos qilingan manbalar (adabiyotlar) keltiriladi. Maqolaning dastlabki varianti tayyor
bo‘lganidan so‘ng uni ilmiy-adabiy tahrir qilish talab etiladi.
Maqola matnini ilmiy-adabiy uslubda bayon qilish. Buning uchun matn yaxlit, undagi fikrlar mantiqiy izchil bog‘langan va yakunlangan bo‘lishi lozim. Buni ta’minlash uchun fikrlarni bog‘laydigan quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin: «Darhaqiqat, ...», «Shu bilan birga, ... », «Albatta, .. », «Shuningdek, ... », «Shunday qilib, ... », «Aslida esa, ... », «Ta’kidlash joizki, ... », «Bundan tashqari, ... » va boshqalar. Bunday so‘zlarni matn mazmuniga qarab o‘rnida ishlatish zarur. Ilmiy-adabiy muhitda qaror topmagan, ilmga yot va tushunuksiz so‘zlardan foydalanmang.
Ilmiy maqolada bir tizimga keltirilgan, ishlov berilgan statistik ma’lumotlar va monografik tadqiqot obyektidan olingan ishonchli amaliy materiallar bo‘lishi zarur. Mavhum, tushunuksiz va har xil talqin qilinadigan fikrlar keltirilmasligi kerak. Shuningdek, hissiyotlarga berilish va o‘rinsiz jumlalar tuzishdan ham saqlaning. Maqolani yozishga kirishganingizda, uning kimlarga mo‘ljallanganligini ham e’tiborda tuting. Sizning o‘quvchilaringiz uchun murakkab, tushunishi qiyin bo‘lgan va xorijdan kirib kelgan atamalarni birinchi marta qo‘llaganingizda, albatta, ularga sharh bering. Lekin ushbu atamani
uning mazmun-mohiyatini ifodalamaydigan boshqa so‘zlar bilan almashtirmang. Shu bilan birga, hammaga ma’lum, oddiy
tushunchalarning izohiga chuqurlashib ham ketmaslik kerak.
Ilmiy maqolada umumqabul qilingan, ilmiy-adabiy va maxsus atamalar qo‘llaniladi. Butun maqola matnini mantiqiy izchil bayon qilish, har bir xulosani ilmiy qoidalar bilan dalillash va asoslash lozim. Asossiz, ortiqcha iqtiboslar keltirmang, fikringizni quvvatlash uchun zarur bo‘lganlarini esa manbasiga havola qilgan holda rasmiylashtiring.
Maqola matnini bayon qilinayotgan fikrlar mazmuni va oraliq xulosalarga qarab xatboshilarga bo‘laklash zarur. Agar maqola hajmi katta va ko‘rilgan masalalar keng qamrovli bo‘lsa, kichik sarlavhalar qo‘ying. Bunday kichik sarlavhalar maqola mavzusidan chotga chiqib ketmasligi va o‘zi qamrab olayotgan material mazmunini ifodalashi (sintezlashi) lozim.
Va nihoyat, maqola ham tayyor bo‘ldi. Lekin, uni nashriyotga jo‘natishga shoshilmang. Yana yuqorida aytilgan «pishitish qoidasi»ga rioya qilib, materialni bir necha kun chotga surib qo‘ying. So‘ngra yaxshi kayfiyat bilan qo‘lga qalam olib, yana 2-3 marta o‘qib chiqing. Bunda matnning mantiqiy izchilligi, so‘zlarning o‘rnida ishlatilganligi va mavzudan chiqib ketmaganligingizga, eng muhimi, olingan natijalarning ilmiy qiymatga ega ekanligiga ishonch hosil qiling!
Agar maqolangiz tarkiban 13.1-rasmdagi tuzilma va uning tarkibiy qismlari bo‘yicha berilgan tavsiyalarga javob bersa, qo‘rqmasdan nashrga topshirishingiz mumkin. Omad yor bo‘lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |