O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet51/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

L«Ilmiy muammolar ilgari surilgan tezislar» tarkibi quyidagicha:



Tarkibi

Mazmuni

1

Mavzuning
dolzarbligi




2

Tadqiqot maqsadi




3

Vazifalar
(muammolar)




4

Muammoga mavjud yondashuvlar




5

Muallifning fikrlari (yondashuvlari)




6

Rejalashtirila-yotgan
tadqiqotlar




7

Xulosa(istiqboli)









2. «Tadqiqot natijalari bayon qilinadigan tezislar» tarkibi quyidagi
qismlarga bo‘linadi:



Tarkibi

Mazmuni

1

Mavzuning dolzarb­ligi (qisqacha)




2

Tadqiqot maqsadi




3

Tadqiqotning tayanch qoidalari yoki gipo- tezasi (eksperimental tadqiqotlarda)




4

Tadqiqot metodlari




5

Tanlash o ‘Ichamlari




6

Oraliq natijalar (zarurat bo ‘Iganda)




7

Asosiy natijalar




8

Natijalar talqini va xulosa











3. Yangi metodika yaratilgan tezislar» tayyorlashda quyidagi
qismlarga bo‘linadi:



Tarkibi

Mazmuni

1

Tadqiqot maqsadi (qandaydir yangi metodika yaratish)




2

Mavjud metodikalar bayoni




3

Yangi metodika bayoni




4

Yangi metodikani qo ‘llash natijalari




5

Yangi metodikaning afzalliklari va kamchiliklari




6

Xulosalar







Ilmiy ma’ruza tezislarining umumiy-mantiqiy tuzilmasini quyidagicha taqdim etish mumkin (14.1 - rasm).


Tezis nomi (mavzusi)

Dalillar

Asosnomasi

Argumentlar

Natija (nimaga erishilgan?)

Istiqboli qanday?

Endi ilmiy ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish xususida Har qanday ilmiy-tadqiqot natijasi bo‘yicha ilmiy ma’ruza tezislari quyidagi talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi:
- yuqoridan o‘ng burchakda muallif(lar)ning familiyasi va ismi- sharifining bosh harflari hamda u haqda ma’lumotlar keltiriladi;

- ilmiy ma’ruza tezislarining nomi (mavzusi) uning asosiy g‘oyasini, mazmunini va muhim jihatlarini ifodalaydigan 2-5 ta so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin.


Odatda, tezislarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar konfrensiyaning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan axborot xatida belgilanadi va barcha kutilayotgan qatnashchilar e’tiboriga yetkaziladi. Ushbu talablarga qat’iy rioya qilish lozim. Aks holda ilmiy ma’ruzalar tezislarining to‘plamini shakllantirishda muammolar kelib chiqishi va taqdim qilingan materiallar tashkiliy qo‘mita tomonidan rad etilishi mumkin.
Ilmiy ma’ruza tezislar shaklida taqdim etilganda, odatda manbalarni sharhlash, iqtiboslar va ko‘rgazmali materiallar (rasm, jadval, diagramma, grafiklar va b.) keltirish tavsiya etilmaydi.
Har bir tezis yangi xatboshidan boshlanadi va bitta yoki bir nechta gapdan iborat bo‘lib, alohida mazmunga ega bo‘ladi.
Tezislar hajmi kichkina bo‘lganligi uchun uning ahamiyati ilmiy maqoladan pastroq degan noto‘g‘ri fikrlar ham uchraydi. Aslida tezislar mukammal ilmiy g‘oyaning yoki keng qamrovli tadqiqot natijalarining qisqacha bayoni hisoblanadi. Shu bois, fikrimizcha, so‘nggi holat uchun tezislarni tayyorlashda dissertatsiyaning bobi bo‘yicha olingan xulosalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ilmiy ma’ruzada esa bobdagi asosiy tahlillar, ko‘rgazmali materiallar va olingan natijalar batafsil taqdim qilinishi mumkin.
Shunday qilib, bayon qilingan fikr-mulohazalarni umumlashtirish asosida ilmiy ma’ruza tezislarini tayyorlashning «yo‘l xaritasi»ni quyidagicha shakllantiramiz:

  • avvalo, sizning tayyorlayotgan ma’ruza tezislaringiz yuqorida keltirilgan 3 ta tipdan qaysi biriga tegishliligini aniqlashtiring va uning tuzilmasini aniqlashtiring;

  • tadqiqotingizning asosiy natijasi yoki xulosasi qanday bo‘lishini aniq tasavvur qiling;

  • tezislaringizga birlamchi mavzu shakllantiring. Ayni vaqtda quyidagilarni e’tiborda tuting: tezislaringizning qaysi tipga mansubligi;

olingan asosiy natija (xulosa) va uning tezislardagi bayoni; taqdim qilinayotgan konferensiya (uning sektsiyasi) nomi;

  • tezislaringiz tarkibiy bodimlarim Siz tanlagan tipdagi tuzilma bo‘limlari bilan mos tarzda tuzing. Har bir bo‘limda nima haqda so‘z yuritilishi ustida chuqur o‘ylang va uning asosiy g‘oyasi (tezisi)ni har bir bo‘limning to‘g‘risiga bitta jumla (gap) bilan yozing. Odatda, tezislar matnida bitta bo‘limga bitta xatboshi to‘g‘ri keladi. Agar sizda bitta bo‘limga bir nechta g‘oyalar to‘g‘ri kelsa, demak, bu bo‘lim bir nechta xatboshidan iborat bo‘ladi. Shu tarzda tezislaringizning dastlabki «skeleti» paydo bo‘ladi;

  • yozilganlarni diqqat bilan o‘qing, ushbu bo‘limlar va xatboshilar mavzu mazmunini to‘liq ochib berish uchun yetarliligini tekshiring. «Kemtik» joylarini to‘ldiring va tahrir qiling. Zarur bo‘lsa mavzuga ham o‘zgartirish kiritishingiz mumkin;

  • tezislarni rasmiylashtirish qoidalarini diqqat bilan o‘qib chiqing va bunda ularning hajmiga e’tibor bering. Uni talab qilinayotgan shrift bo‘yicha qatorlar soniga aylantiring, ushbu hajmni bo‘limlar va xatboshilar o‘rtasida taqsimlang. Shunday qilib, tezislaringizning batafsil rejasiga ega bo‘lasiz. Endi uni yozishga kirishishingiz mumkin;

  • tarkib bo‘yicha birinchi xat boshidan boshlab, navbat bilan o‘z (!) fikrlaringizni bayon qiling va bunda ajratilgan hajmga rioya qiling. Albatta ketma-ketlikni buzmang, birinchi xatboshini yozganingizdan keyin ikkinchisiga o‘ting va h.k.;

  • hosil bo‘lgan matnni to‘lig‘icha o‘qib chiqing. Har bir xatboshini va bitta xatboshidan keyingisiga o‘tish (bog‘lanish) joylarini tahrir qiling. Tezislarni tayyorlash jarayonida yangi fikrlar paydo bo‘lish ehtimoli juda yuqori. Agar yangi fikr matnga kiritilishini lozim deb hisoblasangiz, ularni tegishli joylarga kiriting va qayta ko‘rib chiqing. Bular natijasida ayrim xatboshilar hajmi oshishi mumkin, muhimi tezislar sifati yaxshilanishi va xulosalar kuchayishi;

  • tezislarning konferensiya «Axborot xati»da ko‘rsatilgan hajmga mos kelishini tekshiring. Agar hajmi biroz oshib ketgan bo‘lsa, ikkinchi darajali joylarini qisqartiring va mazmunini buzib qo‘ymasdan, tahrir qiling;

  • tezislarni tashkiliy qo‘mita tomonidan qo‘yilgan barcha talablarga muvofiq rasmiylashtiring;

  • tayyorlangan tezislarni ilmiy rahbaringiz va malakali hamkasblaringizga ko‘rsating, ishning mazmuni, saviyasi va asoslanganligi bo‘yicha ularning ham fikrlarini eshiting;

  • va nihoyat, tayyor tezislaringizni konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga jo‘natishingiz mumkin.

Umumiy xulosa shundan iboratki, ilmiy ma’ruza tezislari, uning asosiy g‘oyalari mantiqan izchil, qisqa va lo‘nda bayon qilingan hamda malakali o‘quvchilarga muhokamasiga yo‘llangan material hisoblanadi.

  1. §. Poster shaklidagi (ko‘rgazmali) ilmiy ma’ruzani tayyorlash

va taqdim etish
So‘nggi yillarda ilmiy-amaliy konferensiyalardagi ilmiy ma’ruzalar poster shaklida ham taqdim etilmoqda. Lekin ayrim izlanuvchilar tomonidan poster shaklidagi ma’ruza deganda, oddiy afisha yoki plakatni tushunilib, u qancha rang-barang, chiroyli bo‘lsa, ma’ruza shuncha nufuzli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri tushunchalar paydo bo‘lmoqda.
Poster tushunchasining etimologiyasi inglizcha bo‘lib, aynan tarjimasi «Poster-afisha, e’lon, plakat»n° degan ma’noni bildiradi hamda har xil maqsadlar (reklama, e’lon va b.) uchun qodlanilgan.
Shu bois, ilmiy ma’ruzaga nisbatan poster tushunchasinining qo‘llanilishini aniqlashtirish zarur.
Poster shaklidagi ma’ruza ilmiy ma’ruza materiallarini poster (plakat, afisha) yordamida tez va samarali taqdim etish usulidir.
Poster shaklidagi ilmiy ma’ruza ham ilmiy maqola kabi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 105

  1. Mavzu va muallif(lar): muallif(lar)ning familiyasi, ismi-sharifi va ketma-ketligi ularning ulushiga qarab aniqlanadi; tashkilot, shahar, mamlakat nomi keltiriladi.

  2. Annotatsiya asosiy mavzuning tavsifini, obyektning muammolarini, ishning maqsadi va natijalarini o‘z ichiga oladi. Annotatsiyada mazkur ma’ruzaning boshqa shunga o‘xshash ma’ruzalar, ularda qo‘yilgan maqsad va olingan natijalardan farqli jihatlari ko‘rinib turishi lozim.

Kirish qismida tadqiqot qilingan muammoning bayoni yoki ilmiy kontekstning o‘rnatilishi (establishing a context) keltiriladi. Tadqiqot bilan bog‘liq adabiyotlar sharhi (reviewing the literature) hal etilmagan (dolzarb) muammolar (establishing a research gap) bayoni.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari (stating the purpose) shakllantiriladi. Tadqiqotning zarurati (evaluating the study) baholanadi.

  1. Metodlar va materiallar qismida eksperimentning umumiy sxemasi (overview of the experiment). Populyatsiyalari namunalari (population/sample). Tadqiqot obyektining joylashuvi (location of sample plot). Cheklovlar (restriction/limiting conditions). Namunalarni tanlash metodikasi (sampling technique). Namunalarga ishlov berish/tayyorlash (procedures). Materiallar (materials). O‘zgaruvchan miqdorlar va o‘lchovlar (variables and measurements). Statistik ishlov (statistical treatment) kabilar keltiriladi.

  2. Natijalar va muhokama (results and discussion) qismida natijalar ishlov berilgan: jadvallar, grafiklar, tashkiliy va tuzilmaviy diagrammalar, tenglamalar, fotografiyalar, rasmlar va h. ko‘rinishida taqdim etiladi.

Muhokamada olingan faktlar to‘g‘risida g‘oyalar va taxminlar keltiriladi, olingan natijalarni boshqa mualliflarning natijalari bilan taqqoslanadi.

  1. Xulosa (Conclusion) aniq ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar hamda kelgusida tadqiqotni davom ettirish yo‘nalishlari keltiriladi.

  2. Adabiyotlar ro‘yxatida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.

8. Kontaktlar qismda mualliflar bilan bog‘lanish uchun kontaktlar keltiriladi.
Poster(ko‘rgazma)li shakldagi ma’ruza tadqiqotning faqat asosiy natijalarini aks ettirishi lozim. Ya’ni, katta hajmda (10-15 bet) yozilgan material qisqa va mazmunli tarzda taqdim etiladi.
Poster (ko‘rgazma)li ma’ruzani yuqorida bayon etilgan tuzilma va bo‘limlarining tavsifiga muvofiq aniq mavzu bo‘yicha taqdim etamiz ( - betda).
Poster shaklidagi ma’ruza tayyorlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni qo‘shimcha qilish mumkin:
-posterni bir qancha gorizontal va vertikal seksiyalarga bo‘laklash, mantiqiy qismlarni ajratib (bo‘rttirib) ko‘rsatish maqsadga muvofiq;
-poster element (qism)larini chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga tomon mantiqiy izchil joylashtirish hisobiga ma’ruzaning yaxshi qabul qilinishini ta’minlash zarur;
-bo‘limlar nomi va asosiy jihatlarini ajratib (boshqa rangda) ko‘rsatish tavsiya etiladi. Lekin, ranglar sonini ko‘paytirib (3-4 va undan oshirib) yuborish ma’ruza mazmunini qabul qilishni qiyinlashtiradi;
-A1 formatdagi Posterning kichraytirilgan (Masalan, A4 formatdagi) variantini ko‘paytirib, ilova qilish ham mumkin. Bu ayrim o‘quvchilar uchun bo‘sh vaqtlarida ma’ruza bilan batafsiliroq tanishishga imkon yaratadi. Bayon qilinganlarni umumlashtirib aytganda, poster shaklidagi ma’ruza muallifning ilmiy-badiiy saviyasini, didini aks ettiradi va tadqiqotning nufuzini oshiradi. Shuning uchun ilmiy ma’ruzani poster shaklida tayyorlovchi mualliflar uchun quyidagilar tavsiya etiladi: materiallar posterda mantiqan izchil, qisqa va lo‘nda bayon qilinishi; tadqiqot maqsadi uning natijalariga mos kelishi lozim; tadqiqot natijalari ko‘rgazmali ifodalanishi; konferensiyaning boshqa ishtirokchilarinikiga qaraganda malakali, xatolarsiz, mujassam, ko‘rish orqali yaxshi qabul qilinishi va tadqiqotingiz natijalarini aniq ifoda etishi lozim.
Poster shaklidagi ma’ruzani taqdim etish: ilmiy ma’lumotlar poster (plakat, afisha) devorga yoki maxsus moslamaga osib qo‘yiladi; ma’lum vaqt oralig‘ida muallif uni sharhlab beradi. Buning uchun posterda ma’ruzani qisqacha og‘zaki taqdim etish vaqti ko‘rsatilgan axborot keltiriladi.
q Mushohada uchun savollar

  1. Ilmiy ma’ruza tezislari nima? Uning ilmiy maqolalardan farqi qanday?

  2. Ilmiy ma’ruza tezislari qanday tuziladi?

  3. Ilmiy ma’ruza tezislari tuzish davriga ko‘ra qanday turkumlanadi?

  4. Ilmiy ma’ruza tezislarining tiplarini tavsiflang:

  1. ilmiy muammolar ilgari surilgan tezislar;

  2. tadqiqot natijalari bayon qilingan tezislar; d) yangi metodika yaratilgan tezislar.

  1. Ilmiy ma’ruza tezislarining tarkibi va rasmiylashtirish tartibi.

  2. Ilmiy ma’ruza tezislarini chop etish qanday amalga oshiriladi?

  3. Ilmiy ma’ruza tezislarini tuzishning “yo‘l xaritasi” nima?

  4. Poster shaklidagi (ko‘rgazmali) ilmiy ma’ruza nima? U qanday tuziladi va taqdim etiladi?

Ilm agar bo‘lsayu yo‘qsa amal ul, Senga ul ilmu donishdan ne hosil?


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish