15
BOB
Fariddin Attor
FAN, TA’LIM VA AMALIYOT
INTEGRASIY ALASHUVI
Ushbu bobni О rganish natijasida Siz:
fan, ta'lim va amaliyotning uzviy aloqadorligi;
akademik ilm-fan va oliy ta'lim hamkorligi hamda uni amalga oshirish to'g'risida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lasiz.
BOB. FAN, TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYALASHUVI
1-§. Fan, ta’lim va amaliyotning uzviy aloqadorligi
So‘nggi 15-20 yillar davomida ilmiy anjumanlar, davriy nashrlar va umuman ilm-fan va ta’lim jamoatchiligida «fan, ta’lim va amaliyot integratsiyalashuvi» keng ko‘lamda muhokama qilinmoqda. Lekin mazkur masalaning ayrim jihatlari hali ham mantiqiy poyoniga yetmagan.
Shu bois, bu borada qanday ishlar amalga oshirilishi zarurligi xususida fikr-mulohazalarimizni batafsilroq bayon qilmoqchimiz.
Avvalo, yuqoridagi atamalardan har birining lug‘aviy mazmuni va etimologik jihatlariga batafsilroq to‘xtalsak. O‘zbek tilining 5 jildlik izohli lug‘atida ushbu atamalarga quyidagicha ta’riflar berilgan:
«Fan (arabcha d - san’at, mahorat; erkin kasb; ilm, bilim; tarmoq) Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi»106.
Ta’lim tushunchasiga esa keng qamrovli tarzda to‘rtta izoh berilgan. «Ta’lim(arabcha -o‘rgatish, o‘qitish, ilm berish;
ma’lumot) 1 Bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. 2 Ilm-fan yoki kasb-hunar sohalari bo‘yicha egallanadigan, olinadigan ma’lumot va ko‘nikmalar majmui; bilim. 3 Tarbiya, odob-axloq. 4 Ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, o‘rgatuv»107.
«Amaliyot (arabcha 1 - amaliy masalalar) Amaliy ish, amaliy
jarayon, kundalik tajriba»108.
«Integratsiya (lot. integratio - tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish) Ayrim qismlarning, elementlarning bog‘liqlik holatini, ularni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha»109.
Ma’lumki, amaliyot, kengroq ma’noda hayot ko‘plab muammolarni vujudga keltiradi, ta’lim ushbu muammolarni hal etadigan malakali kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi. Har ikkalasining, ya’ni ta’lim va amaliyotning taraqqiyoti esa ilm-fan yutuqlariga bog‘liq. Demak, yuqorida keltirilgan birinchi uchta element o‘rtasida doimiy, sabab-oqibatli dialektik aloqadorlik bo‘lishi shart. Ta’bir joiz bo‘lsa, fan, ta’lim va amaliyot «et bilan tirnoqday», bir-
biridan ajralmaydigan tushunchalar, ularning orasiga «xitoy devori
15.1-rasm. Fan, ta’lim va amaliyotning uzviy aloqadorligi
qurish» esa taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi (15.1-rasm).
Bu oddiy haqiqatni ro‘yobga chiqarish uchun fanning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot sohasiga oid fanlar bo‘yicha soxtalikka barham berib, haqiqiy ilmiy-tadqiqotlarni kuchaytirish lozim.
Bu ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartlaridan biri - ilm-fan va ilmiy faoliyatga iqtidorli yoshlarni keng jalb_qilishdan iborat. Zero, «yoshlarni ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etish:
Do'stlaringiz bilan baham: |