O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


«TADBIRKORLIK VA ISHGA JOYLASHTIRISH TEXNOLOGIYaSI ASOSLARI»



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/34
Sana17.04.2020
Hajmi1,65 Mb.
#45576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
3111801-НУД (2)


 
«TADBIRKORLIK VA ISHGA JOYLASHTIRISH TEXNOLOGIYaSI ASOSLARI» 
fanidan 
 
 
 
O’ Q U V  D A S T U R I 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar: 
 
Xudoyberdiev Z.Ya. i.f.d.        - O’MKHT Markazi direktorining 
o’rinbosari, i.f.d., professor 
 
Xomitov K.Z.  i.f.d.                 - Toshkent moliya instituti «Baholash ishi va 
investitsiyalar» kafedrasi dotsenti, i.f.d. 
 
Ko’paysinova L.K.                     - Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji 
«Moliya» kafedrasi mudiri 
 

Navotniy A.                               - Mehnat vazirligi “ Mehnatga haq to’lash 
metodologiyasi” boshqarmasi boshlig’i 
 
 
Taqrizchilar: 
 
Tursunov R.T.                               - TDIU “Kichik biznes va tadbirkorlik” 
kafedrasi professori 
 
Suyumov A.G’.                                  - AT «Mikrokreditbank», Kreditlash 
departamenti direktori 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fan dasturi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash 
xizmati huzuridagi “O‘quv-metodik birlashmalari”ning 2017 yil ” 31”yiundagi  3-sonli yig‘ilish 
bayonnomasi  hamda  Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi  kengashning  2017  yil    “18”  avgustdagi  4-sonli  majlis  bayoni  bilan 
ma’qullangan. 
 
 
 
 
 
1. UMUMIY QOIDALAR 
 
Kirish 
 
Iqtisodiyotni  modernizatsiyalashtirish  va  ishlab  chiqarishni  diversifikatsiyalashtirish 
sharoitida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  va  uning  asosida  aholini, 
ayniqsa  yoshlarni  ish  bilan  bandligini  ta’minlash,  ularning  mehnat  qilish  huquqlarini  amalga 
oshirishlari va iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ishlab 
chiqarish  kuchlarini  joylashtirish  va  yangi  ish  o’rinlarini  yaratish,  ishga  joylashishga 
ko’maklashishni  tashkil  etish,  kasbga  tayyorlash  va  yo’naltirish  tizimini  joriy  etish  hamda 
kadrlar  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohatlarning  dolzarb  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  masala  O’zbekiston  hukumatining 
ijtimoiy-iqtisodiy  sohasida  amalga  oshirayotgan  islohatlarida  eng  ustivor,  davlat  siyosati 
darajasida  ko’tarilgan  masalalardan  biri  bo’lib,  bu  xususda  mamlakatimiz  Prezidenti  I.A. 
Karimov  izohlab  berganidek:  “...xususiy  tadbirkorlikni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  bu 
sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf 
etish  eng  muhim  ustuvor  vazifadir”.  SHu  bilan  birga  Prezidentimiz  ta’kidlaganidek  “Aholi 
bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv  yurtlari  bitiruvchilarini  ishga 

joylashtirish  bo’yicha  zarur  sharoitlar  yaratish  ijtimoiy  siyosatimizning  eng  muhim  ustuvor 
yo’nalishi bo’lib qoladi
1
”. 
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar 
hal etilishi nazarda tutiladi. 
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va 
xizmatlar  bilan  to’ldiradigan,  iqtisodiyotning  tarkibiy  negizini  belgilab  beradigan  eng  muhim 
sektor  hisoblanadi,  shuningdek,  aholini,  ayniqsa  yoshlarni  ish  bilan  ta’minlashda,  ularning 
iqtisodiy  mustaqillikka erishishlari  va  hayotda o’z o’rinlarini topib ketishlarida eng asosiy omil 
va manba bo’lib xizmat qiladi. 
Ikkinchidan,  hozirgi  sharoitda  jahon  va  mintaqaviy  bozorlarda  raqobat  keskinlashib 
borayotgani  hammaga  ayon.  Aynan  kichik  biznes  o’zining  harakatchanligi,  kam  sarmoya  talab 
qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot  turlarini  yangilash  imkoniyatiga  ega  ekani  va  shu  tariqa  bozor  kon’yunkturasining 
o’zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e’tiborlidir. 
Uchinchidan,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  o’sishi  bilan  mamlakat  tayanchi  va 
suyanchi  bo’lgan  mulkdorlar  o’rta  sinfini  shakllantirish  vazifasi  bevosita  hal  etiladi.  Umuman 
aytganda,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  bugungi  kunda  aholi  bandligini  ta’minlaydigan 
va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bug’in hisoblanmoqda. 
Zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida,  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari 
faoliyatining  asosiy  faoliyat  yo’nalishlari  bo’lib,  bitiruvchilarning  shaxsiy  barkamolligini 
shakllantirish,  ularning  o’z  ustida  ishlashlari  va  samarali  mehnat  faoliyatini  olib  borishlariga 
ko’maklashish,  shuningdek,  tadbirkorlik  va  biznes  bo’yicha  bilim  va  ko’nikmalarini 
shakllantirish,  ularga  ishbilamonlik  ruhini  singdirish,  yoshlarning  ishga  joylashishi  va  mehnat 
bozoriga moslashishi uchun yordam berish hisoblanadi. 
Xo’sh,  qanday  tuzilmada  ishlash  har  tomonlama  qulay  hisoblanadi?  Qaerda  yuqori 
lavozimlarga va moddiy farovonlikka erishish imkoniyatlari yuqori? Ushbu savollar har bir yosh 
mutaxassisni  mehnat  faoliyatini  boshlash  oldidan  xavotirga  soladi.  SHu  sababli  ishga 
joylashtirish  jarayoni  juda  muhim  va  har  bir  inson  hayoti  davomida  o’ziga  xos  xodisa  bo’lib, 
ulardan o’z kasbining bilimdoni va omadli bo’lishini talab etadi. 
«Tadbirkorlik  va  ishga  joylashtirish  texnologiyasi  asoslari»  o’quv  kursi  kasb-hunar 
kollejlari  va  akademik  litseylar  o’quvchilarining  tadbirkorlik  va  biznes  sohasida  bilimli 
bo’lishiga,  amaliy  ko’nikmalarga  va  mehnat  bozorida  muvaffaqiyatga  erishishishiga,    o’z 
shaxsiy biznesini ochishda yoki yollanma xodim sifatida ish beruvchi bilan bo’ladigan suhbatda 
o’z  imkoniyatlarini  ko’rsatib  bera  olishiga,  yangi  ish  joyiga  muvaffaqiyat  bilan  moslashishini 
ta’minlashga yo’naltirilgan. 
Bitituvchilarni  doimiy  va  samarali  ish  bilan  ta’minlash  va  ularning  yaxshi  xizmat 
lavozimlarda  ishlashlari  eng  asosiy  sifat  ko’rsatkichi  bo’lib,  ta’lim  muassasasining  mavqeini 
aniqlab beradi. 
Bo’lajak  bitiruvchi-tadbirkorlarimiz  oldilariga  qo’ygan  yuksak  maqsadlariga  erishishda 
bir  qator  muammolarga  duch  kelmoqdaki,  bu  -  qonuniyatlari  darajasida  to’la  anglamaslik, 
biznesni  tashkil  etish,  rejalashtirish,  moliyalashtirish,  soliqqa  tortish  va  boshqarishda  kerakli 
bilim  hamda  ko’nikmaga  ega  emaslik,  mehnat  bozori  va  unda  ish  izlash,  ishga  joylashish,  ish 
beruvchi  bilan  bo’ladigan  suhbatda  o’z  imkoniyatlarini  ko’rsatib  bera  olishlarida  namoyon 
bo’lmoqda.  Bu  esa  o’z  navbatida,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bitiruvchilarini  ishga 
joylashtirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanish  qarorini  berish 
jarayonlarining sust amalga oshayotganligini asosiy sabablaridan biridir. 
                                                        
1
  2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng 
yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir.
 Prezident I.Karimovning 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilda  iqtisodiy  islohatlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  ustuvor 
yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi  ma’ruzasi.  «Xalq  so’zi»  gazetasi,  17  yanvar, 
2015 yil. 

Yuqoridagi  muammolarni  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  (XMT)  va  uning  bir  guruh 
mutaxassislari  tomonidan  tayyorlangan,  SHarqiy  Yevropa,  Keniya  va  Mustaqil  Hamdo’stlik 
Mamlakatlarining  (MDH)  bir  qator  respublikalarida  aprobatsiyadan  o’tgan    «Biznes  bilan 
tanishuv»  nomli  modullar  ketma-ketligi,  O’zbekiston-SHveytsariya  “Kasbiy  ko’nikmalarni 
rivojlantirish”  loyihasiga  asoslangan  va  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  bilan 
hamkorlikda  ishlab  chiqilgan  «Tadbirkorlik  va  ishga  joylashtirish  texnologiyasi  asoslari»  fani 
doirasida  hal  etishga  e’tibor  qaratilgan.  Ushbu  fan  doirasida  biznes  va  tadbirkorlik,  bunday 
faoliyatni  tashkil  etish,  uning  turlari,  ish  faoliyatini  rejalashtirilishi,  moliyalashtirish,  soliqqa 
tortish va korxonani boshqarish, biznes-rejalar tuzish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish tizimini 
rivojlantirish  va  ularni  mehnat  bozoriga  moslashtirish,  ishga  joylashtirishda  va  kasbiy 
muvaffaqiyatlarga  erishishda  o’quvchilarning  shaxsiy  bilim,  ko’nikma  hamda  malakasini 
shakllantirishga  oid  bilimlar,  ish  o’yinlari,  keys-stadilar,  sxemalar  va  interfaol  kabi  o’qitish 
usullari qamrab olingan. 
 
 
Fanning maqsadi va vazifalari 
 
Fanning  maqsadi  –  bozor  munosabatlari  sharoitida  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
o’quvchilariga  tadbirkorlik  asoslari,  bitiruvchilarni  ishga  joylashtirish  tizimini  rivojlantirish  va 
ularni  mehnat  bozoriga  moslashtirish,  ishga  joylashtirishda  va  kasbiy  muvaffaqiyatlarga 
erishishda  o’quvchilarning  shaxsiy  bilim,  ko’nikma  hamda  malakasini  shakllantirish, 
bitiruvchilarning  mehnat  bozoridagi  vakolatlarini  bilishi,  o’z  kasbi  va  mutaxassisligi  bo’yicha 
raqobatbardosh  hodim  sifatida  tayyorlash,  muzokaralar  olib  borishni  o’rgatish  ko’nikmalarini 
o’rganishlari uchun amaliy bilimlar majmuasini berishdan iboratdir. 
 
Fanning asosiy vazifalari: 
 
talabalarning  tadbirkorlik  sohasidagi  ma’naviyatini  shakllantirish  va  huquqiy 
tarbiyasini tarkib toptirish, ko’nikmalarini o’rgatish; 
 
tadbirkorlikni  rivojlantirish,  rag’batlantirish,  unga  keng  yo’l  berish,  tadbirkorlik 
faoliyatini  kafolatlash  to’g’risidagi  ko’pgina  qonun  va  farmonlarni,  ya’ni  tadbirkorlikning 
huquqiy, me’yoriy va tashkiliy asoslarini; 
 
kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  korxonalarini  tashkil  etish  jarayonlarini, 
biznesni  amalga  oshirish  bosqichlari,  biznesdagi  axloq  madaniyati,  biznes-rejani  tuzish 
qoidalarini mukammal bilish; 
 
tadbirkorlik  sub’ektlarini  soliqqa  tortish  tartibi,  soliqlarning  iqtisodiy  mohiti  va 
amal qilish xususiyatlari, soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi; 
 
inson  resurslarini  boshqarish  tizimi  jarayonida  ishga  joylashtirishning  zamonaviy 
usul va texnologiyalarini o’rgatish; 
 
bitiruvchilarning yuqori darajada raqobatbardoshligini ta’minlash, ularning kasbiy 
salohiyatini oshirish; 
 
kelgusidagi kasbini rejalashtirishni o’rgatish, ish izlashda aniq maqsad va rejalarni 
belgilay olishi; 
 
axborot  izlash  ko’nikmalarini;  ish  beruvchi  bilan  bo’ladigan  suhbatda  o’z 
imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishiga; tarjimai xol va yo’llanma xatlarni yaratishga o’rgatish; 
 
suhbat  davomida  yaxshi  taasurot  qoldirish,  ish  joyiga  muvaffaqiyatli  joylashish 
bilan bog’liq psixologik usullarni o’rgatish; 
 
jahon andozalari darajasida olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay bilish va 
boshqalar. 
 
Fanni o’rganishga qo’yiladigan talablar 
Bitiruvchilarga fanni o’qitishda quyidagi talablarni shakllantirish ko’zda tutilgan: 
- tadbirkorlik va biznes faoliyatini mohiyatini anglay olishi; 

- tadbirkorlikka xos xarakter qirralarini shakllantirishi; 
- tadbirkorlik va biznes faoliyati bilan shug’ullanish qarorini qabul qilishga tayyorlash; 
- mehnat jamoasi bilash ishlashga tayyorlash; 
- kelgusidagi kasbining ijtimoiy ahamiyatini anglay olishi; 
- kasbiy faoliyatini olib borish uchun yuqori darajadagi ishtiyoqning mavjudligi. 
 
O’quvchilar quyidagilarni bilishi kerak
  tadbirkorlik va biznes bo’yicha boshlang’ich bilimlarga ega bo’lish; 
  tadbirkorlik  va  biznes  faoliyatida  sodir  bo’layotgan  jarayonlarni  muhim  belgilari 
bo’yicha o’rganish; 
  tadbirkorlik  va  biznes  faoliyatiga  daxldor  ma’lumotlar  bilan  ishlash,  ularni  tashkil 
qilish asosida xulosa chiqarish usullarini o’zlariga singdirish. 
  mehnat bozori kon’yunkturasini va ish izlash usullarni; 
  o’zining kelgusidagi kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini; 
  ish  beruvchi  tomonidan  ishchiga  qo’yiladigan  odatiy  va  o’ziga  xos  talablarni  va  ish 
beruvchi tomonidan o’tkaziladigan suhbat usullari va qoidalarini; 
  taqdimotning eng maqbul uslublarini tanlay olish; test o’tkazish usullari; 
  shaxsiy tarjimai xol, yo’llanma xat shakllarini va uni yozish qoidalarini bilish, suhbat 
jarayonida kerak bo’lishi mumkin bo’lgan hujjatlarni (original va nusxalari)  tayyorlay olishi; 
  ijobiy imidj hosil qilish qoidalari va usullarini bilishi. 
 
O’quvchilar quyidagilarni bajara olishi kerak: 
  barcha mulk shakllariga mansub bo’lgan tadbirkorlik va biznes faoliyatlarini bilish; 
  tadbirkorlik  va  biznesning  mablag’laridan  to’la  va  unumli  foydalanish,  undagi 
mulkning  butligini  ta’minlash,  iqtisodiy  rivojlantirish  kabi  dolzarb  masalalarni  hal  eta  olish 
salohiyatiga ega bo’lish; 
  ishbilarmonlik faoliyatining asosi bo’lmish tovar va xizmatlar bozorida yuqori foyda 
olishga yo’naltirilgan maqsadga erishish uchun bilimga ega bo’lish; 
  tadbirkorlik  va  biznesni  to’liq  qoniqtiradigan  moliyaviy  axborotlarni  tayyorlash  va 
taqdim qilish bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lish. 
  o’z hayotiy maqsadi va kelgusidagi kasbini belgilay olishi; 
  ish izlash rejasini tuza olishi; 
  axborot  manbalarini  topa  olishi  va  ishga  joylashishdagi  muammolarning  yechimi 
bilan bog’liq zaruriy axborotlarni tanlay olishi. 
  ish  beruvchi  bilan  suhbatlasha  olishi,  vaziyatni  tahlil  qila  olishi,  dalil  va  isbotlarni 
keltira olishi; 
  shaxsiy  tarjimai  xol  va  boshqa  zaruriy  hujjatlarni  tayyorlashi,  yangi  mehnat 
jamoasiga ko’nika olishi. 
 
Ishtirokchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak
  fanning mazmun-mohiyatini ta’riflay olish; 
  tadbirkorlik  va  biznesda  sodir  bo’layotgan  jarayonlar  bo’yicha  ma’lumotlarni 
o’rganish; 
  tadbirkorlik  va  biznesning  moliyaviy-iqtisodiy  ko’rsatkichlarni  o’rganish  bo’yicha 
ko’nikmalarga ega bo’lish; 
  kelgusidagi kasbini rejalashtira olishi; 
  ish izlay olishi va ishga joylashishda o’zini-o’zi namoyish qila olishi. 
  axborotlar izlay olishi; 
  suhbatdan o’ta olishi; 
  o’z uslubini yarata olishi. 
 

Fanlararo bog’liqlik 
«Tadbirkorlik  va  ishga  joylashtirish  texnologiyasi  asoslari»  o’quv  fani  “Iqtisodiy  bilim 
asoslari”,  “Pul  moamalasi  va  kredit”,  “Moliya”,  “Buxgalteriya  hisobi  va  audit”,  “Soliq  tizimi”, 
“Mikroiqtisodiyot”,  “Huquqshunoslik”,  “Mehnat  va  texnika  xavfsizligi  muxofazasi”, 
“Marketing”, “Menejment” va boshqa fanlar bilan bevosita bog’liq. 
 
Fanni o’zlashtirishda qo’llniladigan usullar 
Dasturni  o’zlashtirish  jarayonida  turli  xil  elektron  resurslar,  individual  va  guruhli 
loyihalar,  psixologik  treninglar,  muhokama  qilish  hamda  auditoriyadan  tashqari  ishlash 
shakllarini  qo’llagan  holda  mashg’ulot  o’tkazishning  aktiv,  passiv  va  interaktiv  usullaridan 
foydalaniladi. 

NAMUNAVIY MAVZULAR REJASI 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
Фanning bo’limlari va mavzular nomi
 
 
Umumiy yuklama, soat 
H
am
m
as

Darslar  turi  bo’yicha  soatlar 
taqsimoti 
M
u
st
aq
il
 i
sh
 
Jаm

N
аz
аr
iy
 
(m
а’
ru
za)
 
A
m
al
iy
 
L
ab
or
at
or
iya
 
S
em
in
ar
 
K
u
rs
 i
sh

(l
oyi
xas
i)
 









10 
 
Kirish 



 
 
 
 
 
1. 
Nima uchun aynan tadbirkorlik? 
10 



 
 
 

1.1 
Biznes  nima  va  odamlar  nima  uchun 
biznes bilan shug’ullanadilar? 




 
 
 

1.2 
Tadbirkorlik sifatlari va ko’nikmalari 




 
 
 

1.3 
O’z-o’zini band qilish 




 
 
 

2. 
Biznes g’oya - biznes asosi 




 
 
 

2.1 
Biznes  g’oya  –  biznes  asosi.  G’oyalar 
generatsiyasi 




 
 
 

2.2 
Biznes kontseptsiyasi. Biznes g’oyalarni 
izlash va tanlash manbalari 




 
 
 

2.3. 
Tadbirkorlik  salohiyatini  baholash  va 
qobiliyatlarini rivojlantirish 




 
 
 

3. 
Biznesni  tashkil  etishning  tashkiliy-
huquqiy shakllari 




 
 
 

3.1 
Biznesni 
tashkil 
etish 
shakllari: 
afzalliklari va kamchiliklari 




 
 
 

3.2 
Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkor-lik 
va  uni  O’zbekistonda  tashkil  etishning 
o’ziga xos xususiyatlari 




 
 
 

4. 
Biznesni  yo’lga  qo’yish  bosqichlari, 
texnik-iqtisodiy asoslash 
12 



 
 
 

4.1. 
Mos  keluvchi  bozor  va  korxona  yerini 
tanlash 




 
 
 

4.2. 
Texnik-iqtisodiy asosnoma nima? 




 
 
 

4.3. 
Biznes-reja – ishning boshi 




 
 
 

4.4. 
Xususiy ish tashkil etishning bosqichlari 
va amaliy qadamlar 




 
 
 

5. 
Biznesni 
boshqarish 
va 
moliyalashtirish 




 
 
 

5.1. 
Kadrlar  va  ishlab  chiqarish  jarayonini 
boshqarish 




 
 
 

5.2. 
Boshlang’ich kapital va uning manbalari  2 



 
 
 

5.3. 
O’zbekistonda  tadbirkorlik  sub’ektlarini 
moliyalashtirishning 
o’ziga 
xos 
xususiyatlari 




 
 
 

6. 
Biznesni  moliyaviy  rejalashtirish  va 
sug’urta 




 
 
 

6.1 
Moliyaviy  rejalashtirish:  daromad  va  2 



 
 
 


xarajatlar rejasi 
6.2 
Buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobi 
tizimining uch xil turi 




 
 
 

6.3 
Sug’urtalash 




 
 
 

7. 
Tadbirkorlik  sub’ektlarini  soliqqa 
tortish asoslari 
16 
12 


 
 
 

7.1 
Soliqlarning  iqtisodiy  mohiyati  va  amal 
qilish xususiyatlari 




 
 
 

7.2 
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va 
uning tarkibiy tuzilishi 




 
 
 

7.3. 
Yuridik    va  jismoniy  shaxslarni  soliqqa 
tortish tartibi 




 
 
 

7.4. 
Yagona soliq to’lovi 




 
 
 

7.5. 
Soliqqa  oid  qonunbuzarliklar  va  ularga 
nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari 




 
 
 

8. 
Tadbirkorlik faoliyatida marketing 
10 



 
 
 

8.1 
Marketing saboqlari 




 
 
 

8.2 
Tadbirkorlik  faoliyatida  ishlatila-digan 
marketing strategiyalari 




 
 
 

8.3. 
Marketing bo’yicha reja tuzish 




 
 
 

9. 
Ishga joylashtirish texnologiyasi 
28 
20 

12   
Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish