O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/34
Sana17.04.2020
Hajmi1.65 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
 
 
 
 
Ro‘yxatga olindi 
№ 3111801 
 
 
“TASDIQLANDI” 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2017 yil «24»  avgustdagi 603sonli 
buyrug‘i 
 
 
 
 
KASB-HUNAR KOLLEJLARINING 
  
3111801 – Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi  
kasbi bo‘yicha 
O‘QUV DASTURLARI TO‘PLAMI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2017 
 
 

 
 
 
 
 
 
“MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI” 
FAN  DASTURI 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar: 
Tadjieva Muxabbat 
Xaydaraliyevna   
  Toshkent  pedagogika  kolleji  direktori, 
pedagogika fanlari nomzodi 
 
 
 
 
 
Abdullaeva Guli 
Bahodirovna 
 
Fayziyeva Xolida 
Kabulovna 
–  Toshkent  pedagogika  kolleji,  yetakchi 
o’qituvchisi 
 
 
–  Toshkent  pedagogika  kolleji,  bosh  
o’qituvchisi 
 
 
 
 
Taqrizchilar:   
Sodiqova Shoista 
Akbarovna 
 
–  TDPU „Pedagogika“ fakulteti 
„Maktabgacha ta’lim metodikasi“ kafedrasi 
o’qituvchisi p.f.n. dotsent                                          
 
 
 
 
 
Abitova Ziyoda  
Nasritdinovna 
 
–  Toshkent shaxar Chilonzor tumaniga 
qarashli 294- MTM mudirasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fan dasturi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash 
xizmati huzuridagi “O‘quv-metodik birlashmalari”ning 2017 yil ” 31”yiundagi  3-sonli yig‘ilish 
bayonnomasi  hamda  Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi  kengashning  2017  yil    “18”  avgustdagi  4-sonli  majlis  bayoni  bilan 
ma’qullangan. 
 
 

Kirish 
Maktabgacha 
ta’lim 
muassasalari 
uchun 
tarbiyachi 
tayyorlashda 
“Maktabgacha  ta’lim  pedagogikasi”  fanining  o’qitilishi  muhim  o’rin  tutadi. 
Maktabgacha  ta’lim  pеdagogikasi  fani  bo’lajak  tarbiyachilarni  maktabgacha  ta’lim 
muassasalarida  tarbiyachilik  faoliyatiga  tayyorlaydi.  Ushbu  fanni  o`rgatish 
jarayonida  o`quvchilarda  kasbga  nisbatan  qat'iy  barqaror  qiziqish  va  muhabbatni 
uyg`otish,  bolalarga  g`amxo`rlik  bilan  munosabatda  bo`lishlarini,  bolalar  bilan 
ishlashda    pеdagogik    bilim  va  tushunchalariga  ega  bo`lishini  ta'minlaydi,  bunda 
bo’lajak tarbiyachilar MTM tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha ta’limga qo’yilgan 
Davlat  talablari”,  “Bolajon”  tayanch  dasturi,  "Bola  huquqlari  to’g’risidagi 
konvensiya” asosida shaxsga yo’naltirilgan ta’limga muvofiq  bilim berib boradilar. 
Dasturning  maqsadi  dolzarb  pеdagogik  muammolarning  nazariy  asoslarini  ochib 
bеrish  va  bo`lajak  tarbiyachi  va  oila  tarbiyachilarini  turli  faoliyat  jarayonida  bola 
shaxsini  rivojlantirishga  erishish,  jismoniy,  ruhiy  sog`liqlarini  saqlash  va 
mustahkamlashga, 
pеdagogik 
jarayon 
tamoyillari 
va 
maqsadlarini 
insonparvarlashtirish, dеmokratlashtirishga qaratilgan.   
 
O’quv fanning maqsad va vazifalari 
Fanning  maqsadi:  Maktabgacha  ta’lim  pedagogikasi  fanining  maqsadi: 
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish, ularni har tomonlama 
rivojlantirish,  sog’lom,  yetuk  shaxs  qilib  tarbiyalash  qonuniyatlarini  o`quvchilarga 
o’rgatish  uchun  xizmat  qiladi.  Shu  bilan  birga  u  bo’lajak  maktabgacha  ta’lim 
muassasalari  tarbiyachilari  va  oila  tarbiyachilari  uchun  maktabgacha  pedagogika 
fanining  nazariy  va  amaliy  masalalarini  yoritib  berib,  o’quvchilarda  pedagogik 
kasbga nisbatan qiziqishlarini shakllantiradi.  
Fanning  vazifasi:  Maktabgacha  ta’lim  sohasidagi  pedagogik  muammolarni 
hal qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, maktabga borish 
hissiyotini  shakllantirish,  bolalar  tarbiyasida  mustaqil  fikrlashga  o’rgatuvchi  ilg’or 
metodlarni  qollash,  yuksak  odob,  ma’naviy-  axloqiy  tushunchalarni  mentalitetimiz 
asosida o’rgatishdan iborat. 
Maktabgacha  yoshidagi  bolalarga  ta’lim  berish  jarayonini  takomillashtirish, 
bolajak  tarbiyachining  ilmiy  va  uslubiy  taminlanganligini,  uning  kasbiy 
tayyorgarligini oshirish. 
 
O’quv fanning o’zlashtirish natijasiga qo’yiladigan  talablar. 
      Fanni o’zlashtirish natijasida o’quvchi: 
- Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani,uning maqsad va vazifalarini; 
- Ozbеkiston  Rеspublikasining  «Ta'lim  to`g`risida»gi  Qonuni  va  «Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi»,”Maktabgacha  ta'limga  qoyilgan  davlat  talablari”,  "Bola 
huquqlari  to’g’risidagi  konvensiya”    va  ”Maktabgacha  ta’lim  muassasalarining 
tayanch dasturi”ni; 
- Har  bir  yosh  davr    boyicha  belgilangan  davlat  talablari  va  tayanch  dasturi 
asosida ishlashni; 
- Bola  shaxsiga  yo’naltirilgan  ta’lim,bola  shaxsini  so’lom  yetuk  qilib 
tarbiyalashni;                                                                  
- МТМda va oilada kun tartibini to’gri rejalashtirishni; 
- Ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish,tarbiyachining ish xujjatlarini; 
-  Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ta’lim – tarbiya 
ishlarini;   
- Maktabgacha ta'lim muassasasining oila bilan hamkorlik shakllarini; 
- Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab o’rtasidagi hamkorlik shakllarini;  

- Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarni  har  tomonlama  tarbiyalashni, 
bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga tayyorlashni bilishi. 
-O’quvchilar  pedagogik  bilimlarga  ega  bo’lishlari  va  ularni  amalda  qo`llay 
bilishlari;  
-Maktabgacha  ta'limga  qoyiladigan  davlat  talablari  ва  maktabgacha  ta’lim 
muassasalarining tayanch dasturi asosida ta’lim tarbiyaviy ishlarni olib borish; 
-  Bola  shaxsiga  yonaltirilgan  ta’lim  asosida  ta’lim-tarbiya  jarayonini  tashkil 
etish, bola huquqlarini himoya qilishni; 
- Kun tartibi asosida ishlarni rejalashtirish va olib borish; 
- Mujassamlashgan, noan’anaviy  mashg’ulot  ishlanmalarini tuzish; 
- Bolalar bilan ishlashni rejalashtirish; 
- Ish hujjatlarini yurita olish; 
-  Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalar  bilan  ishlashda  ta’lim  metodlardan 
foydalanish;                 
 -  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  va  oilada  ota  –  onalar  va  bolalar  bilan 
hamkorlikda ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;  
 
O’quv soatlar miqdori va taqsimoti 
t/r 
Fanning bo’limlari va mavzular nomi 
H
am
m
as

Umumiy yuklama, soat 
М
u
st
aq
il
  
ta’
li
m
 
Dars turi bo’yicha soatlar taqsimoti 
(Аuditoriya yuklamasi) 
Ja’
m

N
az
ar
iy 
(m
a’
ru
za)
 
A
m
al
iy
 
L
ab
or
at
or
iya
 
S
em
in
ar
 
K
u
rs
 i
sh

(l
oyi
h
as
i)
 
                             I-bo’lim  Mutaxassislikka   kirish 

Pedagoglik 
kasbining 
ma’naviy 
axloqiy 
negizlari  va  uning  demokratik  jamiyatda  tutgan 
o’rni 



 
 
 
 
 

Zamonaviy  pedagogning kasbiy 
kompitensiyalari. 



 
 
 
 
 

O`zbеkiston Rеspublikasida  ta'lim tizimi 



 
 
 
 
 
II-bo’lim. Maktabgacha ta’lim  pedagogikasining asosiy bo’limlari 

Maktabgacha ta’limva  tarbiya nazariyasini  
rivojlanishi  tendensiyalari 



 
 
 
 


Maktabgacha ta’lim pedagogikasi prеdmеti va 
uning vazifalari 




 
 
 


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning 
rivojlanishi, tarbiyasi va kamoloti 
12 


 
 
 
 


Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi va 
oila tarbiyachisi 



 
 
 
 


Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya 




 
 
 


O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim 
muassasalari to’g’risida Nizom  




 
 
 
 
10 
Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat 
talablari 



 
 
 
 
 
11 
Maktabgacha ta'lim muassasalarining tayanch 
dasturi 
10 



 
 
 

 
12 
Maktabgacha ta'lim muassasasida va oilada  
ta'lim tarbiya ishlarini rеjalashtirish  
12 


 
 
 
 


 
13 
O`yin -  bolalarning yеtakchi faoliyati 
20 
16 
12 

 

 

III-bo’lim. Maktabgacha yoshdagi bola tarbiyasining tarkibiy qismlari 
14 
Maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada 
bolalarni jismoniy tarbiyalash 
10 



 
 
 

15 
 Maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada 
bolalarga aqliy tarbiya berish 
16 
12 
10 

 
 
 

16 
Maktabgacha ta'lim muassasasida va oilada 
bolalarga ekologik tarbiya berish 
10 



 
 
 

 
17 
Maktabgacha ta'lim muassasasida va oilada 
bolalarga iqtisodiy tarbiya berish.  




 
 
 

18 
Maktabgacha ta'lim muassasasida va oilada 
bolalarni axloqiy tarbiyalash 
14 
10 


 

 

19 
Maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada 
bolalar mеhnatining mazmuni. 
12 



 

 

20 
 Maktabgacha ta'lim muassasasida va oilada 
bolalarga estetik tarbiya berish. 
14 
10 


 
 
 

IV-bo’lim.  Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamkorlik ishlari.  
21 
Maktabgacha ta'lim muassasasi va oila 
o’rtasidagi hamkorlik  
14 
10 

 
 

 

22 
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab 
ishidagi hamkorlik.  
12 



 

 

 
Jami : 
212 
150 
110 
30 
 
10 
 
62 
 
 
O’quv fani mavzularining mazmuni. 
 
I-bo’lim.  Mutaxasislikka  kirish. 
1.Pedagoglik  kasbining    ma’naviy    axloqiy    negizlari    va  uning  demokratik  
jamiyatda tutgan o’rni.  
Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri,  jamiyatda pedagog faoliyatining o’rni va 
zaruriyati.Pedagog shaxsiga nisbatdan kasbiy talablar.Pedagoglik kasbi haqida sharq 
va g’arb  mutafakkirlarining fikrlari. 
2.  Zamonaviy  pedagogning  kasbiy  kompitensiyalari.  Pedagogik  mahorat  
uning  zaruriyati  va  mohiyati.  Pedagogik  qobiliyatlar  pedagogik  mahoratga 
erishishning  zaminidir  Pedagogik  mahorat  komponentlari.  Pedagogik  muomala  va 
uni tartibga solish metodlari, pedagogik muomala qilish uslubi.  
 3. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi.  
O`zbеkistonda  uzluksiz  ta'lim  tizimi.Ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosati.  Ta’lim 
turlari.      
  Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich turi. 
Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalari. Maktabgacha ta’lim turlari. 
 
O`zbеkiston Rеspublika
sining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. 
Ta`lim    to`g`risidagi  qonunning  maqsadi,  umumiy  qoidalar.  Ta`lim  tizimi  va 
turlari.  Ta`lim  tizimida  qatnashuvchilarini  ijtimoiy  himoya  qilish.  Ta`lim  tizimini 
boshqarish, yakunlovchi hulosalar. 
O`zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar  tayyorlash milliy dasturi. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  maqsad  va  vazifalari.  Bosqichma  –
bosqich amalga oshirish shartlari. Kadrlar tayyorlash dasturining milliy modeli. 
 
II-bo’lim. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining asosiy bo’limlari. 

 4. 
Maktabgacha 
ta’lim 
va 
tarbiya 
nazariyasini 
 
rivojlanishi 
tendensiyalari.  
Jamiyat 
hayotida 
ijtimoiy 
maktabgacha 
tarbiyani 
mohiyati 
va 
vazifasi.Maktabgacha 
tarbiya 
nazariyasining 
rivojlanish 
tendensiyalari. 
O’zbekistonda maktabgacha ta’limni paydo bo’lishi va rivojlanishi.  
Turli  mamlakatlarda  maktabgacha  muassasasalarning  rivojlanishi.                   
Evropada  birinchi  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  paydo  bo’lishi.  Rossiyada 
va boshqa mamlakatlarda maktabgacha muassasalarining rivojlanishi. 
5. Maktabgacha ta’lim pеdagogikasining prеdmeti va uning vazifalari.                
Pеdagogika  fani  va  uning  asosiy  tushunchalari.  Maktabgacha  ta’lim 
pedagogikasining  maqsadi  va  vazifalari.Maktabgacha  ta’lim  pеdagogikasining 
boshqa fanlar bilan bog`liqligi. Pеdagogikaning ilmiy-tadqiqot mеtodlari. 
Amaliy  mashg’ulot.  O’zbek  mutafakkirlarining  maktabgacha  ta’lim 
pedagogikasiga qo’shgan hissalari.  
XV asr boshlarida ijod etgan o’zbek mutafakkirlarining pedagogikaga 
qo’shgan hissalari. 
M. Behbudiyning, A.Avloniy, M. Abdurashidxonovning pedagogik qarashlari. 
6. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi   va   
kamoloti.  
Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha, shaxsning shakllanishiga tasir etuvchi 
omillar,  bola  shaxsini  rivojlantirishda  tarbiyaning  o’rni,bolani  tarbiyalash  va 
rivojlantirishda faoliyatning roli.  
Yangi  yondashuvga  kirish.  Bola  shaxsiga  yo’naltirilgan  ta’lim. 
Bоlaga 
yo’naltirilgan 
ta’limning 
asoslari. 
Bolaga 
shaxs 
sifatida 
yondoshuv.Bola  shaxsiga  yo’naltirilgan  ta’limda  rivojlantiruvchi  muhitning 
ahamiyati. 
 
Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi.  
Ilk  bolalak  davri  xususiyatlari,ilk  yoshdagi  bolalarni  rivojlanishi.Tarbiya 
ishining  mazmuni.Ilk  yoshdagi  bolalarning  birinchi  kundan  boshlab  tarbiyalashning 
zarurligi. 
Shaxsning  kelajakdagi  muvaffaqiyati  uchun  ilk  bolalik  davrining      
ahamiyati.  
Ilk  davr  bolaning  intelektual  shaxs  sifatida  va  ijtimoyi  rivojlanishiga  ta’sir 
qilishi. Ilk bolalik ta’limining ahamiyati.Rivojlanish bosqichida bolalar talabi. 
7. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi va oila tarbiyachisi.                        
Maktabgacha  ta'lim  muassasasi  tarbiyachisi  va  oila  tarbiyachisining 
asosiy  vazifalari.  Tarbiyachi  shaxsiga  qo’yilgan  talablar.Tarbiyachi  shaxsini 
shakllantirish. 
8. Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya. 
 “Bola  huquqlari  to’g’risidagi  konvensiya”ning  maqsad  va  vazifasi. 
Konvensiya huquqlarini toifalash.Konvensiyaning tamoyillari. 
Amaliy 
mashg’ulot. 
“Bola 
huquqlari 
to’g’risidagi 
konvensiya”ning 
moddalarini organish va tahlil qilish.  
Amaliy mashg’ulot. “Bola huquqlarining  kafolatlari  to’g’risida” O’zbekiston  
Respublikasi Qonunini o’rganish va tahlil qilish.  
9.  O`zbеkiston  Rеspublikasida  davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi 
to`g`risida Nizom. 
O`zbеkiston  Rеspublikasida  davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  to`g`risida 
Nizomning bo’lim va moddalari. Umumiy qoidalar. 
Amaliy mashg’ulot. O`zbеkiston Rеspublikasida nodavlat  maktabgacha ta'lim 
muassasalari to`g`risidagi Nizomni o’rganish  va  tahlil qilish 

10. Maktabgacha  ta’limga qo`yiladigan  davlat     talablari.  
 Maktabgacha  ta’limga qo`yiladigan  davlat talablari  majburiy  bo`lgan davlat 
hujjatidir.  Davlat  talablarining  maqsadi  va  vazifalari.  Davlat  talablarida  berilgan 
asosiy tushuncha- atamalar va yosh guruhlar taqsimoti. 
Maktabgacha      ta’limga  qo`yiladigan    davlat  talablarining    rivojlanish  
sohalari.  Jismoniy    rivojlanish  va    madaniy  gigiyenik  ko’nikmalarni  shakllantirish.  
Ijtimoiy  kommunikativ      rivojlanish.  Nutqni  rivojlantirish,  savod,o’qish  va  chet 
tillarini  o’rganishga  tayyorlash.Bilish  jarayonini  rivojlantirish.Badiiy  adabiyot  bilan 
tanishtirish va badiiy estetik rivojlanish. 
11. Maktabgacha ta'lim muassasalarining tayanch dasturi 
Maktabgacha  ta’lim  dasturining  yaratilish  tarixi.Bolalarni  yеtuk,  komil  inson 
qilib tarbiyalashda dasturning ahamiyati. “Maktabgachab ta`lim” tayanch dasturining 
mazmuni va tamoyillari. Tayanch dasturining maqsad va vazifalari. 
“Maktabgacha  ta`lim”  tayanch  dasturida  ta’lim-tarbiya  mazmunining 
asosiyyo’nalishlari.  
Mazmun 
jihatdan 
dastur 
tarkibi. 
Bolaning 
rivojlanishiga 
aloqador 
sohalar.Rivojlanish xarakteristikalari. 
Amaliy mashg’ulot. “Maktabgachab ta`lim” tayanch dasturidagi  har bir yosh 
guruhlar bilimlarini o’ziga hos   xususiyatrini aniqlash. 
Amaliy mashg’ulot. “Maktabgachab ta`lim”  tayanch dasturidagi  har bir yosh 
guruhlar bilimlarini o’ziga hos   xususiyatrini  solishtirish va tahlil qilish. 
12. Maktabgacha ta'lim muassasasida va oilada  ta'lim tarbiya ishlarini 
rеjalashtirish 
 
Pedagogik  ishlarni    rejalashtirish.MTM  da  reja  turlari.  Maktabgacha  ta'lim 
muassasalarining  tayanch  dasturi  ta’lim-tarbiya  ishlarini  rejalashtirishning  asosi 
ekanligi.  
Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish shakllari.  
Maktabgacha ta’lim muassasasining yillik rejasi.Tarbiyachining oylik rejasi va 
kunlik  rejaning tuzilishi .  
Maktabgacha  ta’lim muassasasi tarbiyachisining ish xujjatlari.  
Tabel,  filtr  va  patranaj  daftari  .Ota-onalar  haqida  ma’lumot  ,guruh  ota-onalar 
yig’ilishi  bayonnomasi  daftari.O’z  ustida  ishlash,metodik  uyushmaga  qatnashish, 
mashg’ulotlarni    o’zaro    kuzatish  daftari.  Davlat  talablari  asosida    bolalarning 
rivojlanish  ko’rsatkichlarini  tahlil qilish,bolalar bilan yakka ishlash daftari. 
Maktabgacha  ta’limga  qo’yiladigan  davlat  talablari  asosida  bolalarni 
rivojlanish ko’rsatkich mezonlarini o’rganish. 
Maktabgacha    ta’limga  qo’yiladigan  davlat  talablari  asosida  bolalarni 
rivojlanish  ko’rsatkich  mezonlari  haqida  tushuncha.  Guruh  bolalarining  dastur 
asosidagi  bilim,  ko`nikma  va  malakalarini  aniqlash  uchun  mezonlar  ishlab  chiqish. 
Bolalarning rivojlanish ko`rsatkichlarini baholash tartibi. 
13. O’yin bolalarning yеtakchi faoliyati.  
O’yin  bola  tarbiyasining  muhim  vositasi.  Pеdagogik  jarayonda  o`yinning 
tutgan    o`rni.O’yin    texnologiyalarining  nazariyasoslari.    Bolalar  o`yiniga 
tarbiyachining rahbarlik qilishi. 
O`yin turlari.  
Ijodiy va qoidali o’yinlar.Ijodiy va qoidali o’yinlarning o’ziga xosligi. 
 
Didaktik o’yinlar. 
Didaktik o’yinlarning mazmuni va turlari. Didaktik o’yinlarni o’tkazish uchun 
zarur bo’lgan   jihozlar va o’yinchoqlar. Didaktik o’yinlarga rahbarlik qilish. 

Milliy  xalq  o’yinlari.  Milliy  harakatli    va  milliy  xalq  o’yinlarining 
mazmuni.Xalq  milliy  o’yinlarini  tashkil  etish    vazifalari.Xalq  harakatli  o’yinlarini 
tashkil etishga qo’yilgan talablar. 
Qurilish  o’yinlari.  Qurilish  o’yinlarining  mazmuni  .Qurilish  o’yinlari  uchun 
sharoit  yaratish.Qurish-yasashga  o’rgatishning  asosiy  usullari.Qurilish  o’yinlariga 
rahbarlik qilish. 
Sahnalashtirish o’yinlari. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan 
sahnalashtirish  o’yinlarining  ahamiyati.Sahnalashtirish  oyinlarining    o’tkazilish 
tartibi  va ularga rahbarlik qilish. 
Amaliy mashg’ulot.Sahnalashtirish o’yinlarini tashkil etish va o’tkazish.                  
Seminar mashg’ulot. O’yinchoqning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati.  
III-bo’lim. Maktabgacha yoshdagi bola tarbiyasining  tarkibiy qismlari. 
14.Maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada bolalarni jismoniy 
tarbiyalash.  
Maktabgacha  ta'lim  yoshdagi  bolalarni  jismoniy  tomondan  sog`lom  qilib 
tarbiyalashning  ahamiyati.  Jismoniy  tarbiya  mazmuni  va  asosiy  tushunchalari. 
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya shartlari. 
Jismoniy tarbiya vositalari.  
Bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi. Bolalar hayotida kun tartibi va 
uning  pеdagogik  jarayonidagi  ahamiyati.  Maktabgacha  ta'lim  yoshdagi  bolalarni 
egallashi lozim bo’lgan madaniy-gigiyеnik ko`nikmalar. Chiniqtirish ishlarini tashkil 
etish.  

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar