O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/34
Sana17.04.2020
Hajmi1,65 Mb.
#45576
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
3111801-НУД (2)


8 hafta – 6 soat.  
Ertalabki soatda bolalarga 2-3 ta bo`lib o`ynash uchun yangi didaktik o`yinni 
o`rgatish. 
Didaktik  o`yinni  mazmuni,  qoidalarga  rioya  qilishga  o`rgatish;  nonushta  o`tkazish 
jarayonida  bolalar  madaniy-gigienik  ko`nikmalarga  rioya  qilishni  o`rgatib  borishni  davom 
ettirish;  mujassam  mashg`ulot  o`tkazish  (ona  tili  va  tasviriy  faoliyat)  –  “Ertaklar  olamiga 
sayohat”  va  ertaklar  qahramoni  “uchar  gilam”  rasmini  solib  hikoya  qilish;  sayrda  bolalar  bilan 
olaqarg`ani  kuzatish.  Milliy  harakatli  o`yinlar  o`tkazish.Ota-onalarga  Toshkent  shahrini 
“Mustaqillik” maydoni, milliy bog’ va boshqa yirik majmualar bilan tanishtirishni tavsiya etish. 
9 hafta – 6 soat.  
Ertalabki soatda qurish - yasash o`yinlarini uyushtirish. 
 Ularni  kichik  guruhlarga  bo`linib  o`ynash.  Badan  tarbiya  mashqlarni  musiqa  bilan 
o`tkazish.Jismoniy  tarbiya  uslubiyatidan  ochiq  mashg`ulotlarni  turli  yosh  guruhlarda  o`tkazish; 
tahlilda  qatnashish;  Sayrda  olaqarg`ani  kuzatishni  davom  etish.  Uning  xususiyailari,  qishloq 
xo`jaligiga foyda keltirishini tushuntirib berish. Uyda olaqarg`ani rasmini chizib  kelish. Oilada 
bolalarni  maktabga  tayyorlash  bo’yicha  ishlar  olib  borishni  tavsiya  etish:  kichik  yoshdagi 
bolalarni  qalambilan  rasm    chizish,  katta  (5-6)  yoshdagi  bolalarga  qiziqarli  matematikadan 
rebuslar, qog’ozlardan geometrik shakllarni yasashga o’rgatish. 
10 hafta – 6 soat.  
Ertalabki soatda bolalarga ixtiyoriy rasm chizish uchun qog`oz va qalam berish. 
Bolalarga  ertalabki  soatda  ixtiyoriy  rasm  chizish  uchun  qog`oz  va  qalam  berish.Bolalar 
bilan  yakkama-yakka  ish  olib  borishni  davom  ettirish  (she'r  yodlatish).Tabiat  uslubiyatidan 
hamma guruhlarda  bolalarga suvning  hususiyatlari  bilan tanishtirish. Sayrda  bolalarni oltin kuz 
fasli bilan tanishtirishni davom ettirish va barglarni solishtirish. Milliy o`yinlardan “Zag`izg`on”, 
“Ona tovuq va jo`jalar”ni o’tkazish. 
11 hafta – 6 soat.  
Kunning 1- yarmini mustaqil o’tkazish. Bolalarni paxta haqida bilimini aniqlash. 
 Qanday  ekiladi,  o`sishi,  gullashi,  hosili);  tasviriy  san'at  bo`yicha  mashg`ulot  o`tkazish  - 
qirqish  yopishtirish  “paxtadalasi”  mavzusida.  Sayrda  bolalarni  kuz  faslini  oxirgi  oyi  noyabr 
ekanligini,  sovuq  tushganini  qaldirg`ochlar  uchib  ketganini  qarg`alar  uchib  kelganini  eslatib 
o`tish;  milliy  o`yinlardan  “Zag`izg`on”,  “zim-ziyo”,  “tekis  doira  bo`ylab”  kabi  o`yinlardan 
foydalaniladi. 
Tarbiyachining  asosiy  vazifasi  bolalarning  tegishli  dasturlarda  qayd  etilgan  bilim  va 
ko`nikmalarga  o`rgatishdan  ibort  bo`ladi.  Bu  vazifalar  aqliy,  axloqiy,  jismoniy  va  mehnat 
tarbiyasi  bo`yicha  o`quv  mashg`ulotlarida  amalg  oshirilib  tarbiyachi  xar  –  bir  bolaning  nutqiy 
tuzatish tarbiyasi bilan bog`liq xoldagi nutq imkoniyatlarini inobatga oladi. Bunday bolalar bilan 
tarbiyachi harakatli, musiqiy-harakatli, ritmik, musiqa jo`rligisiz nutqli xarakatli  –  nutqli mashq 
va o`yinlar o`tkazadi.  

12 hafta – 6 soat. 
Bolalar bilan hosil bayrami haqida suhbat o’tkazish.  
Dehqonlarni  mehnati  bilan  tanishtirish.  Bolalar  bilan  yakkama-yakka  ishlash.  Katta  va 
tayyorlov  guruhlar  uchun  “Hosil  bayrami”  konsertini  uyushtirish.  Oilada  kuz  fasli,  hovlilarda 
daraxtlar barg to’kishi, mevalar pishishi haqida so’zlab berish. 
13 hafta – 6 soat.  
Ertalabki soatlarni mustaqil o`tkazish.Mashg`ulotda bolalarning iqtisodga oid ilk 
tushunchalarini kengaytirish; 
Bolalarni  pul  haqidagi  tushunchalarnini  rivojlantirish.  “Bog`cha  bozori”  degan  didaktik 
o`yinni  o`tkazish;  sayrda  tabiatni  kuzatish  ishlari  olib  borish;  Daraxtlar  bargini  to`kkanligiga 
e'tibor berish, uning sababini aytish; harakatli o`yinlarni o`tkazish: “Ayyor tulki”, “Ona tovuq va 
jo`jalar”,  “Choriy  chambar”.  Ota-onalarga  uy  sharoitida  bolalargaiqtisodga  doir  tushunchalarni 
berishni tavsiya etish. 
14 hafta – 6 soat.  
Ertalabki soatlarni mustaqil tashkil etish vamujassam mashg`ulot o`tkazish. 
Nonushta  o`tkazishda  bolalarni  ovqatlanish  madaniyatiga  e'tibor  berish.  Mujassam 
mashg`ulot  o`tkazish  (matematika,  nutq  o`stirish,  loy  ishi)  qishki  kiyimlarni  tasvirlash;  sayr 
tabiat  kalendariga  ob-havoni  tasvirlash  (yomg`ir,  shamol,  quyosh),  bog`chada  yashaydigan 
mushukni  kuzatish;  bolalarni  syujetli  –  rolli  o`yinlar  uchun  o`yinchoqlarni  olib  chiqish.    Ota-
onalarga  uy  sharoitida  bolalarni  to’g’ri  qaddi-qomatni  shakllantirish  bo’yicha  maslahatlar 
o’tkazish.  Foto-  gazeta  chiqarish.Dislaliyalibolalar  bilan  ish  olib  borish.  Masalan  bolani  to`g`ri 
gapirtirishga o`rgatish jumladan bo`g`in tuzishga bo`g`inlar orqali so`z tuzishga o`rgatish.  
15 hafta – 6 soat.  
Kunning 1-yarmini mustaqil tashkil etish.Bolalar bilan stol ustida o`ynaydigan 
didaktik o`yinlarni o’tkazish. 
“Lego”,  “Dendi”,  kubiklar,  mayda  qurilish  materiallar  yakkama-yakka  ishlash,  bolalarni 
qish fasli haqidagi bilimlarni aniqlash. 
Hamma  guruhlar  uchun  –  O`zbekiston  Konstitutsiyaga  bag`ishlab  (8  dekabr)  –  bayram 
kontsertni uyushtirish; pochta hodimlarni mehnati bilan tanishtirish. 
16 hafta – 6 soat. Kunning 1-yarmini mustaqil o’tkazish.Bolalar bilan “Yangi yil” 
bayrami haqida suhbatlashish va birgalikda archaga osish uchun qog`ozdan o`yinchoqlar 
yasash. 
Nutq  o’stirish  mashg’ulotidan  she'rni  yod  olish  mashg`ulotini  o`tkazish:  K.Turdieva  “Oq 
parcha”,  X.Yakubov  “Qor”,  N.Orifjonov  “Qishda”.Bolalar  bilan  “Yangi  yil”  bayrami  haqida 
suhbatlashish va birgalikda archaga osish uchun qog`ozdan o`yinchoqlar yasash. 
17 hafta – 6 soat.  
Ertalabki soatda bolalar tarbiyachi bilan xonalarni yasagan o`yinchoqlar bilan 
bezash.Badan tarbiyani musiqa ostida o`tkazish. 
Barcha guruhlarda “Yangi yil” bayrami mavzusida ixtiyoriy rasm chizish. Gurux xonalarini  
yasagan o`yinchoqlar bilan bezash. 
18 hafta – 6 soat. 
Kun tartibini mustaqil o`tkazish. Bolalarda madaniy-gigienik ko`nikmalarni 
shakllantirishni davom ettirish. 
Shaxsiy  gigiena  (qo`lni  sovun  bilan  yuvish,  tirnoqlarni  tozalash,  iflos  qo`l  bilan 
ovqatlanmaslik, qo`l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash, kiyimlarni toza 
saqlash);  nonushtani  mustaqil  o`tkazish;  bolalarni  stol  atrofida  to`g`ri  o`tirish,  ovqatlanish 
madaniyatiga o`rgatish (qoshiq, vilka, piyoladan to`g`ri foydalanish va oqizmasdan, sochmasdan 
ovqatlanish);  Sayrda  bolalar  bilan  milliy  o`yin  o`tkazish;  tabiat  hodisalari  bilan  tanishtirishni 
davom  ettirish,  qish  fasli  bilan  tanishtirish  (qishda  kunlar  sovuq  bo`lishi,  quyoshni  kamroq 
isitishi).  Oilada  bayramlarni  nishonlash  va ularni bolalar tarbiyasiga ta’sir etishi  haqida suhbat 
o’tkazish.  ( Tug’ilgan kunlar, yangi yil, Navro’z, Hayit va boshqalar) 
19 hafta – 6 soat.  

Bolalarda kattalar mehnatiga qiziqish va hurmat hissini shakllantirish. 
Turli guruhlarda kattalar mehnati bilan tanishtiriladigan ochiq mashg`ulotlarni o`tkazish. 
Oshpaz,  o`qituvchi,  haydovchi  va  h.k.Kattalar  mehnati  bilan  tanishtiriladigan  ochiq 
mashg`ulotlarni  o`tkazish  vamashg`ulotni  tahlil  qilinishida  qatnashish;  Sayrda  ham 
kattalarmehnatini kuzatish. 
20 hafta – 6 soat.  
Biriktirilgan guruhda mustaqil ravishda ertalabki soatlarini o`tkazish. 
Bir guruh bolalardan uyda bajaradigan ishlarni so`rab aniqlanadi va bolalarga stol ustidagi 
“loto”  o`yinlarni  o`ynashni  taklif  etiladi.Turli  guruhlarda  mashhur  sarkardalarga  bag`ishlangan   
vatanimiz himoyachilari haqida bolalarga to`liq tushuncha beriladi. 
 
Diplom oldi amaliyotida bajariladugan 
ishlar mazmuni 6-soat 2 hafta 
Korreksion amaliyot  72 - soat 
 
1. Maktabgacha ta'lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega  bolalarning  shaxsiy hujjatlari va nutq 
kartalari  bilan  tanishish,  mashg’ulotlar    jadvali    va  korreksion-logopedik    mashg’ulotlarni 
o’rganish - 6 soat 
2.  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  nutq  nuqsoniga  ega  bolalarda  tovushlar  talaffuzi 
kamchiligini bartaraf etishda artikulyatsion gimnastika mashqlarini amalga oshirish – 6 soat 
3.  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  nutq  nuqsoniga  ega  bolalar  bilan  eshituv  idrokini 
shakllantirish va nutqda nafas olib nafas chiqarishni rivojlantirish bo'yicha korreksion-logopedik 
mashg'ulotlarni tashkil etish – 6 soat 
4.  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  nutq  nuqsoniga  ega  bolalar  bilan  nutqni  rivojlantirish 
bo'yicha guruhli mashg'ulotlarni tashkil etish - 6 soat  
5.  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  nutq  nuqsoniga  ega  bolalar  bilan  nutqni  rivojlantirish 
bo'yicha - logopedik o'yinlarni tashkil etish - 6 soat  
6. Maktabgacha ta'lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolalar bilan didaktik va syujetli -rolli 
o'yinlarni tashkil etish– 6 soat 
7.  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  nutqi  to'liq  rivojlanmagan  bolalar  bilan  logopedik-
korreksion  ishlarni tashkil etish – 6 soat 
8.  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  nutqi  to'liq  rivojlanmagan  bolalarda  nutq  nuqsonini  
bartaraf etishda  tarbiyachi olib boriladigan ishlar – 6 soat 
9. Maktabgacha ta'lim yoshidagi fonetik-fonematik nutq buzilishiga ega  bolalar bilan olib 
boriladigan korreksion-logopedik mashg’ulotlarni  tashkil etish – 6 soat 
10. Maktabgacha ta'lim yoshidagi fonetik-fonematik nutq buzilishiga ega  bolalar bilan olib 
boriladigan  tarbiyachining mashg’ulotlari – 6 soat 
11.  Duduqlanuvchi  bolalar  bilan  olib  boriladigan  korreksion  –  logopedik  ishlarni  tashkil 
etish – 6 soat 
12.Duduqlanuvchi bolalar bilan tovushlar talaffuzi kamchiligini va duduqlanishni  bartaraf  
etishda  nafas mashqlarini amalga oshirish – 6 soat 
 
 
Diplom oldi amaliyotida bajariladugan 
ishlar mazmuni 6-soat 4 hafta 
MTM da amaliyot  144 - soat 
 
1. 
Istiqbol reja asosida  mashg’ulot  ishlanmalar tuzish. 6 -  soat 
2. 
Mustaqil ravishda  kun tartibni o’tkazish. 6 - soat 
3. 
Bolalar  bilan  kunning  I-  yarmida  syujetli    o’yinchoq  yasash    ularni    bezash    va 
o’yinda  qo’llash 6 - soat 

4. 
Tasviriy      faoliyatdan  (rasm,  qurish-yasash,  loy  ishi,  applikasiya)ochiq  mashg’ulot 
o’tkazish. 6 - soat 
5. 
Bola  shaxsini    tarbiyalashda  o’zbek  xalq  ertaklaridan,    hadis  va  rivoyatdan  
foydalanish6  - soat 
6. 
 Bolalar  bilan  Amir  Temur    hayoti  va  ijodini  o’rganish  va  mujassam  mashg’ulot 
o’tkazish 6- soat 
7. 
Maktabgacha ta’lim muassasida  ertalabki  badan tarbiya  mashqlarini  musiqa bilan      
o’tkazish  6 - soat 
8. 
Nutq  o’stirish mashg’ulotidan  ochiq mashg’ulot  tashkil etish va o’tkazish 6 - soat 
9. 
 Jismoniy tarbiya mashg’ulotini tashkil qilish, o’tkazish va tahlil qilish. 6 - soat 
10.  Ilk  matematik  tasavvurlarini  shakllantirish  bo’yicha  mashg’ulotlarini  tashkil  qilish, 
o’tkazish va tahlil qilish.    6 - soat 
11.  Bolalarda  kattalar  mehnatiga  qiziqish  va  hurmat  qilish  hissini  shakillantirish;  turli 
guruhlarda kattalar mehnati  bilan tanishtiradigan ochiq mashg’ulotlar o’tkazish6 -  soat 
12.  Tabiat bilan tanishtirish ochiq mashg’ulot o’tkazish. 6 - soat 
13.  Ilk  matematik  tassavurlarini  shakllantirish    mashg’ulotlarini    tashkil  qilish  o’tkazish 
va tahlil qilish.    6 - soat 
14.  Biriktirilgan    guruhda  mustaqil  bolalarni  ertalabki  soatini  o’tkazish.Bolaning  
kundalik  hayoti  davomida  o’tkaziladigan    ta’limiy    rivojlantiruvchi    o’yinlar  didaktik  
o’yinlarning  mazmunini o’rganish6 - soat 
15.  Kun  tartibini  mustaqil  o’tkazish;  bolalarda  madaniy-gigienik    ko’nikmalarni  
shakllantirishni    davom  etirish.  Tasviriy      faoliyatidan  (rasm,  qurish-yasash,  ioy  ishi, 
applikasiya)mashg’ulot o’tkazish 6 - soat 
16.  Bolalarda kattalar mehnatiga  qiziqish va hurmat hissini  shakillantirish6 - soat 
17.   Guruhlarda  ertalabki    gimnastikani    o’tkazish.  Bolalarning    (individual)  yakka  
ishlash  daftarini yuritish. 6 - soat 
18.   Biriktirilgan    guruhda  mustaqil  bolalarni  ertalabki  soatini  o’tkazish.Bolaning  
kundalik  hayoti  davomida  o’tkaziladigan    ta’limiy    rivojlantiruvchi    o’yinlar  didaktik  
o’yinlarning  mazmunini o’rganish6 - soat 
19.  O’zbekiston mening  vatanim  mavzusidagi  mashg’ulotlar o’tkazish.6- soat  
20.  Maktabgacha  ta’lim  muassasa  er  maydonchasida    bolalar  bialn    birgalikda  ishlash. 
Bolaning    kundalik  hayoti    davomida  –  o’yin,  mehnat,  maishiy    faoliyat    va  sayr    vaqtlarida 
nutqni o’stirish.6 - soat 
21.   Maktabgacha  ta’lim  muassasi  er  maydonchasida    bolalar  bialn    birgalikda  ishlash. 
Bolaning    kundalik  hayoti    davomida  –  o’yin,  mehnat,  maishiy    faoliyat    va  sayr    vaqtlarida 
nutqni o’stirish.6 - soat 
22.   Nutq    o’stirish  mashg’ilotidan    na’munali    ochiq  mashg’ilot    tashkil  etish  va 
o’tkazish 6 - soat. 
23.  Jismoniy tarbiyadan mashg’ulot tashkil qilish, o’tkazish va tahlil qilish. 6 - soat 
24.   Amaliyotni yakunlash va ish  hujjatlarini ko’rib chiqish. 6 - soat 
 
 
 
 
 
 
Foydalanilgan  adabiyotlar ro’yxati 
 
 
1.  I.A. Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent. O’zbekiston-1998. 
2.  I.A. Karimov. Barkamol avlod-O’zbekiston  taraqqiyotining poydevori. Toshkent-
Sharq.1997 y. 

3.  O’zbekiston Resbublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi  Qonun. “Ma’rifat” gazetasi .-1997 y. 
4.  O’zbekiston Resbublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi” T 1997 y. 
5.  “Maktabgacha yoshdagi  bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari” O’zRXTB. 
MMXQTMORO’MM.2017 y. 
6.  “Bolajon” tayanch dasturi. Toshkent. O’zRXTB. MMXQTMORO’MM 2016 
7.  O.Xasanboyeva “Maktabgacha  ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-
2006 y. 
8.  Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini  o’qitish uchun semenar 
mo’dullari.Toshkent 2010 y. 
 
 
 
 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish