O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet16/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hisob-kitoblami amalga oshirishning texnik jihatdan qulayligi. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va bank xodim- lari mehnat sarfini kamaytiradi;

  • ikkinchidan, pul mablag‘lari harakatining tezligi, ya’ni to‘lov talabnomasiga nisbatan to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob- kitoblarda hujjatlarning aylanish harakati qisqaligi so‘zsiz xo‘jalik aylanma mablag‘lari aylanish tezligini oshiradi;

  • uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatining oldindan aniqlab olinishi hisob-kitoblar- ning bu shaklida to‘lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo‘lgani kabi bankka rad arizasi topshirilmaydi, chunki to‘lovchining o‘zi to‘lovni to‘lashga rozi bo‘lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;

  • to‘rtinchidan, to‘lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz ope- ratsiyalarda qo‘llanishi, bu esa ushbu shakl bo‘yicha hisob-kitob- larning ahamiyatini yanada yaqqol aks ettiradi.

    To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar afzalliklar bi­lan bir qatorda, kamchiliklarga ham ega. Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona uchun to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘la kafolatlanmagan. Chunki to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘lovchi korxonaning depozit hisobvarag‘idagi mablag‘lar miqdoriga bog‘liq. To‘lovning to‘liq o‘tkazilishiga yetarli pul mablag‘larining yetishmasligi pul ayla- nishini sekinlashtiradi va mahsulot jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘r- satuvchi korxonaning moliyaviy holatini yomonlashtiradi.

    Lekin ko‘rsatilgan kamchilik to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari oldidagi ahamiyatini kamaytirmaydi. Aksincha, hozirgi davrda xo‘jalik subyektlari o‘rtasida to‘lov topshiriqnomalarining qo‘llani- lish doirasi yanada kengayib bormoqda, chunki oldingi yillarda to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlar faqat mahsulot jo‘natil- gandan va xizmatlar ko‘rsatilgandan keyingina amalga oshirilar edi. Bunday holat bozor munosabatlari sharoitida o‘zini oqlamadi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining oshib ketishiga olib keldi, bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotda qarzdorlik zanjirini keltirib chiqardi.

    Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarning oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qaror va farmoyishlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-may- dagi «Korxona va tashkilotlar rahbarlarining xalq xo‘jaligidagi hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha javob- garligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga mu- vofiq, mulk shaklidan qat’i nazar, har bir xo‘jalik subyekti agar mol oluvchi korxona bo‘lsa, u, albatta, o‘sha mahsulot qiymati- ning kamida 15 % summasini oldindan to‘lashi talab etiladi. Tabiiyki, bu to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.

    Oldindan to‘lov o‘tkazish ilgari yoqilg‘i-moylash mahsulot- lari va boshqa ba’zi hollarda Davlat bankining ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Lekin hozirgi paytda xo‘jaliklar o‘zlari o‘zaro xo‘jalik shartnomalari orqali oldindan to‘lovlar o‘tkazishni kelishib oli- shadi. Yuqorida ko‘rsatilgan mexanizm esa, har ikki tomon o‘rtasida shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilishini oldindan nazorat qilishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 1996-yil 24-yanvardagi «Hisob-kitoblar tizimi hamda to‘lov intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida korxona va tashkilotlar tomonidan bankka topshiriladi- gan to‘lov topshiriqnomasida qat’iy ravishda shartnoma nomeri, to‘lov tartibi, 15 % dan kam bo‘lmagan avans to‘lovi miqdori ko‘rsatilishi shart qilib belgilandi. Demak, naqd pulsiz hisob- kitoblarning qoidasi shaklidan foydalanishdan qat’i nazar, xo‘- jaliklar, avvalo, to‘lov summasining 15 % dan kam bo‘lmagan miqdorini to‘lay oluvchi korxona hisobvarag‘iga aynan to‘lov top- shirig‘i yordamida o‘tkazadilar. Bu esa to‘lov topshirig‘ining iqti- sodiyotning hamma sohalarini qamrab olayotganidan dalolat beradi. Umuman, iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni kengayib, kichik va xususiy korxonalar sonining oshishi to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar hajmining kengayishiga yo‘l ochib beradi.


    Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish