Naqd pulsiz hisob-kitoblarning amaldagi shakllari. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning iqtisodiy asosi, bu — moddiy ishlab chiqarish. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida jo‘natilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, korxona va tashkilotlarning budjet bilan hisob- kitoblar, davlat, ijtimoiy sug‘urta muassasalari, sud, arbitraj idora- lari bilan ham hisob-kitoblari yuritiladi. Yuqoridagi hisob-kitoblar- ning asosiy qismi naqd pulsiz hisob-kitoblar asosini tashkil etadi.
Naqd pulsiz pul aylanishi pulli munosabatlar ishtirokchilari- ning hududiy joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shahar- lararo pul aylanishiga bo‘linadi. Bir shahar ichidagi bir yoki turli banklar xizmatidan foydalanadigan korxona va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan naqdsiz pul aylanishi bir shahar ichidagi naqd pul aylanishi deyiladi. Turli shaharlarda joylashgan banklarning xizmatidan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga kela- digan pul aylanishi shaharlararo naqdsiz pul aylanishi deyiladi.
Tovar operatsiyalari hamda notovar operatsiyalari bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar naqd pulsiz hisob-kitoblarning turli shakllari yordamida amalga oshiriladi. Bu shakllarning har bin hujjatlar aylanishi, mazmuni jihatdan alohida xususiyatlarga ega. O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, ishlab chiqilgan va 2002-yil 15-aprelda 1122-raqam bilan O‘zbekiston Respub- likasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respubli- kasi Markaziy banki boshqaruvining 2002-yil 12-yanvardagi 1/4-qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi naqd pul- siz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi Nizom (yangi tahriri)ga muvofiq, xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyi- dagi shakllari asosida amalga oshiriladi:
to‘lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitoblar;
akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar;
inkassa bo‘yicha hisob-kitoblar;
cheklar bilan hisob-kitoblar.
Ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi:
memorial order;
to‘lov topshiriqnomasi;
to‘lov talabnomasi;
inkassa topshiriqnomasi;
akkreditivga ariza;
tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalar- dan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
To‘lovchi va mablag‘ oluvchi tomonlar orasidagi hisob-kitob qilish uchun tanlangan shakl xo‘jalik shartnomasi asosida belgila- nadi. Hisob-kitob shakllari bu huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutil- gan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mab- lag‘larni mol sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkazish va yozish usuli bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlaridir.
Naqd pulsiz hisob-kitob hujjatlarining har biri belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandagina bank tomonidan ijro uchun qa- bul qilinadi. Har bir hujjat shakli talablarga javob beradigan holda rasmiylashtirilib, unda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart:
hisob-kitob hujjatining nomi;
hujjatning nomeri va rasmiylashtirilgan sana;
to‘lovchi korxonaning nomi, bankdagi hisobvaraq raqami, unga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank kodi;
pul oluvchi korxona yoki tashkilot nomi, uning bankdagi hisobvaraq raqami, unga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank kodi;
to‘lov summasi;
to‘lov maqsadi.
Hujjatlar korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan im- zolangan va korxona muhri tushirilgan bo‘lishi shart. Hujjatlar bank tomonidan bank operatsion kuni davomida ijro uchun qabul qilinadi va shu kuni balansdan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |