To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar
To‘lov topshiriqnomasi, bu — to‘lovchi korxonaning uning bankdagi hisobvarag‘idan pul mablag‘larining ma’lum bir sum- masini boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka bergan yozma topshirig‘i. To‘lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankda to‘lovchi tomonidan rasmiylashtirilib, bankka topshiriladi. To‘lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi:
tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
notovar operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar;
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘l- sa, bank ssudalari unga qo‘shilgan foizlarni qoplash uchun mab- lag‘ o‘tkazish;
hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to‘lovlari.
Ilgari to‘lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab, 10 kun ichida bankka topshirilishi mumkin bo‘lib, shu davr ichida haqiqiy hisoblanar edi. Hozir esa topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo‘lishi kerak, mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. Lekin budjet va budjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno.
To‘lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to‘lovchi va mablag‘ oluvchilar qaysi bankda joylashganligiga bog‘liq. To‘lovchi va mahsulot sotuvchi korxonalar bir bank bo‘limi xizma- tidan foydalanishsa, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi. Topshiriqnoma nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi:
birinchi nusxasi to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhri tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
ikkinchi nusxasi to‘lovni oluvchining hisobvarag‘iga ilova sifa- tida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhri tushirilgan holda to‘lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi;
uchinchi nusxasi operatsiya bajarilgandan so‘ng, bank bo‘li- mining to‘rtburchak muhri tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovchi korxona vakiliga ularning depozit hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi.
Lekin har doim ham bir-biri bilan munosabatda bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar. Agar to‘lovchi va mablag‘ oluvchi korxonalarga bir hudud ichidagi yoki boshqa hududda joylashgan turli bank bo‘limlari tomonidan xiz- mat ko‘rsatilsa, to‘lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi:
birinchi nusxasi to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin, bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning muhri tushirilgan, qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan hol- da kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |