Naqdpulli aylanma — naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to‘lovlar yig‘indisi. Bu aylanma pul o‘zining to‘lov va muomala vositasi funksiyalarini bajarishida yuzaga keladi. Naqd pullar muomala vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o‘rtasida, aholi bilan aholi o‘rtasidagi tovarlar sotib olishda va sotishda qo‘llaniladi. Pul to‘lov vositasi sifatida ish haqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi qurilish uchun beriladigan kreditlar, sug‘urta to‘lovlarini to‘lashda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, naqd pullik aylanmaga:
kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;
maishiy xizmatlar uchun to‘lovlar;
sug‘urta tashkilotlariga paylarni to‘lash;
soliqning ba’zi turlarini to‘lash;
bank kreditini to‘lash;
matbuot ijtimoiy paylarini to‘lash;
aksiyadorlik jamiyatlari bilan a’zolari o‘rtasidagi to‘lovlar va boshqa to‘lovlar kiradi.
Ba’zi iqtisodchilar pul aylanmasini naqd pullik va naqd pulsiz aylanmalarga bo‘lib o‘rganishga zarurat yo‘q, deb hisoblashadi. Biz chet el iqtisodchilarining tadqiqotlarini olib qaraydigan bo‘lsak, albatta, ularda yuqoridagidek pul aylanmasini ikkiga bo‘lib o‘rganishmaydi. Buning asosiy sababi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda hisob-kitoblar, asosan, naqd pulsiz olib boriladi. Hisob-kitoblarni bu turlarda olib borish qulay va sharoitga mos keladi. Lekin, hali rivojlangan iqtisodga ega bo‘lmasdan turib, xorijiy davlatlarning hozirgi hisob-kitoblarining mavqeyi bilan o‘z hisob- kitob tizimimizni tenglashtira olmaymiz. Bundan tashqari, bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish, milliy pul birligini barqaror- lashtirish, muomaladagi pul massasini va pul emissiyasini kamaytirish masalalari dolzarb bo‘lib turgan bir sharoitda biz pul aylanmasini naqd pullik va naqd pulsiz aylanmalarga bo‘lib o‘rganishimiz, ularning tarkibini takomillashtirishimiz, samarali yo‘llarni qo‘llab jamiyatimizda to‘laqonli pul aylanmasini yara- tishimiz va uni jamiyat rivojlanishi uchun xizmat qildirishimiz zarur. Shundagina rivojlangan mamlakatlarga o‘xshab, pul aylanmasini tarkibiy qismlarga bo‘lmasdan tahlil qilishimiz mumkin. Shuni ta’- kidlash kerakki, pul aylanmasining ikki qismi bir-biri bilan uzviy bog‘liq, chunki pul naqd pul aylanmasidan naqd pulsiz aylanmaga o‘tadi va aksincha, aylanib doimiy harakatda bo‘lib, umumiy pul aylanmasini yuzaga keltiradi.
Korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobraqamidagi pul mablag‘lari quyidagi yo‘llar bilan naqd pulga aylanadi:
ishchi, xizmatchilarga ish haqi berish;
ko‘rsatilgan xizmatlar, mehnat uchun to‘lovlar;
nafaqalar to‘lash;
har xil mukofotlar;
aholidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tovarlar sotib olishda;
davlat zayomlari va lotereya biletlari bo‘yicha to‘lovlar;
aholi banklardan jamg‘armalarini olganda;
aholiga sug‘urta to‘lovlarini to‘laganda va h.k.
Naqd pullar cheklangan miqdorda muomalaga chiqariladi. Naqd pullarning muomalaga chiqarilishi ustidan bank nazorat olib boradi.
Naqd pullar quyidagi yo‘llar bilan naqd pulsiz aylanmaga tushadi:
uy-joy va kommunal xizmatlar uchun to‘laganda;
aloqa tashkilotlariga to‘laganda;
har xil soliqlar va paylar to‘laganda;
davlat zayomlari va lotereya biletlari sotib olingandagi tu- shumlar orqali;
yakka tartibdagi qurilish uchun olingan kreditlarni to‘la- ganda;
har xil bojlar va jarimalarni to‘laganda;
bolalar bog‘chalari va bog‘cha muassasalari uchun to‘laganda;
dam olish uylari va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalarining yo‘llanmalari uchun to‘laganda va boshqa hollarda.
Pulning naqd pulsiz aylanmaga o‘tganidan naqd pullik aylan- maga ko‘proq o‘tishi pul muomalasi uchun xatarliroq hisoblanadi. Shuning uchun ham pulning naqd pullik aylanmaga o‘tish ja- rayoni davlatning Markaziy banki tomonidan nazorat qilib bori- lishi kerak.
Pul aylanmasi bo‘limlari o‘rtasida yuzaga keladigan nomuta- nosiblik iqtisodiy choralar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan yo‘qotilishi kerak. Buning uchun muomalaga xalq ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va muassasalar sonini va xizmat turlarini yaxshilash naqd pullarning naqd pulsiz aylanmaga o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Bu, o‘z navbatida, bu mablag‘lar hisobidan ishlab chiqarish jarayonini kengaytirishga imkon beradi.
Ba’zi adabiyotlarda naqd pul aylanmasi va pul muomalasi tushunchalari bir xil mohiyatga ega kabi xato fikrlarni ham uchra- tish mumkin. Pul muomalasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to‘lovlarni amalga oshirishda ishlatilishi mumkin. Muomalada bo‘lgan naqd pul massasi ma’lum bir davr (oy, chorak, yil)da o‘zgarmas bo‘lib turgan holda naqd pul aylanmasi pul birligining aylanish tezligiga qarab, muomaladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko‘p bo‘lishi mumkin va aksincha.
O‘zbekistonda muomalaga pul Markaziy bank tomonidan chiqariladi. Aholi tomonidan ish haqi va boshqa to‘lovlar shaklida olingan pullarning bir qismi dehqon bozorlaridan tovarlar sotib olishga sarflanadi. Aholi bu pullarga savdo tashkilotlaridan tovarlar sotib oladi. Savdoga tushgan pullar savdo tushumi sifatida banklarga topshiriladi. Ko‘rinib turibdiki, bankdan chiqqan pullar bir necha to‘lovlarga ishlatiladi, naqd pul aylanmasining hajmi to‘lovlarni amalga oshirish uchun muomalaga chiqarilgan pullar miqdoridan
bir necha marta ko‘pdir. Naqd pul aylanmasi naqd pullar bilan amalga oshiriladigan to‘lovlar yig‘indisi bo‘lib, u sonlarda ifodalanadi.
Pul muomalasi — muomaladagi pul massasini, bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pullarning bankka qaytib kelishi tezligini ifodalaydi. Pul muomalasi qonuni
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli — pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo‘lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan, muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan pul miqdori aniqlanadi.
Metall pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muoma- ladan xazinaga oqib o‘tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Ke- yinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pul- ning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi.
Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z kuchiga ega.
Realizatsiya
qilinadigan
tovarlar narxi
summasi
Kreditga
sotilgan
tovarlar narxi
summasi
Majburiyatlar
bo‘yicha
to‘lovlar
summasi
Bir-birini
qoplaydigan
to‘lovlar
summasi Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul aylanishi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini quyidagicha ifodalash mumkin:
Pulning muomala va to‘lov vositasi sifatida o‘rtacha aylanish tezligi
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil, bu — tovarlar va xizmatlar bahosi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to‘g‘ri proporsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil, bu — pulning aylanish tezligi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular:
iste’mol kreditini rivojlantirish;
kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi;
naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi;
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshq.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzi- lishi pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflatsiya bo‘lishiga yoki pul tanqisligi (yetish- movchiligi)ga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart- sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta’siri bilan, ya’ni xojalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol — bu aylanmada xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga — pul xarid qobi- liyatining tushishiga olib keladi. Pul agregatlari va pulni tartibga solishning amaliyotda qoilanilishi
Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat tashkilot va muassasalariga tegishli xarid hamda to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davr uchun miqdoriy o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chi- qarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar (pul agregatlari)dan foydalaniladi.
Rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plami (guruhi)dan foydalaniladi: