O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet30/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Sudraluvchi inflatsiya. Baholarning o‘rtacha yillik o‘sishi 5—10 % dan oshmaydi. Inflatsiyaning bu turi ko‘proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3—4 % atrofida ham bo‘lishi mumkin. Bu inflatsiya aksincha, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o‘zgarish sezilmasligi mumkin.

  • Shiddatli inflatsiya. Baholarning o‘rta yillik o‘sishi 10—100 % (ba’zida 200 % gacha) bo‘lishi mumkin. Inflatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi.

  • Giperinflatsiya. Baholarning o‘sish sur’atlari yiliga 200 % dan oshib ketadi. Bu inflatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Hozirgi davrda XVF baholar oyiga 50 % dan oshgan vaqtda bu giperinflatsiya, deb qabul qilgan. Giperinflatsiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish haqi o‘rtasidagi farq juda yuqori bo‘ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo‘jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashtirish avj oladi.

    Inflatsiyaning kelib chiqish sabablariga ko‘ra, uning ikki toifasini ko‘rsatish mumkin: talab inflatsiyasiva ishlab chiqarish bilan bog‘liq inflatsiya (taklif inflatsiyasi).

    Talab inflatsiyasi. Inflatsiyaning bu an’anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to‘la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o‘sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko‘p pul massasi to‘g‘ri keladi. Talab inflatsiyasining yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:

    a) harbiy xarajatlarning o‘sishi va iqtisodning harbiylashuvi. Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar muomalaga keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi;

    b) davlat qarzlarining o‘sishi va budjet defitsitining mavjudligi. Budjet defitsiti, odatda, zayomlar chiqarish yoki banknotalarni emissiya qilish yo‘li bilan qoplanadi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha muomala vositalari bo‘lishiga, qo‘shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O‘zbekistonda budjet defitsitini qoplash yuqorilarda- gidan tashqari, 1996-yildan boshlab davlat qisqa muddatli obli- gatsiyalarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda;

    1. xalq xo‘jaligiga ortiqcha kreditlar chiqarish natijasida muo- malada kredit bilan bog‘liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshiradi;

    2. chet el valutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el valutasining qadri oshadi;

    3. xalq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash ham aylanmaga qo‘shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.

    Shunday qilib, talab inflatsiyasi umumiy talabning o‘sishi nati­jasida baholar o‘sishi bilan namoyon bo‘ladi.


    Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish