O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet32/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:

  • ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi, baholaming oshib bo- rishi ishlab chiqarish istiqbollariga to‘g‘anoq bo‘ladi;

  • kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muo- mala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o‘tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko‘ra savdo sohasidagi kapital tezroq va ko‘proq foyda keltiradi;

  • baholaming o‘zgarib turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, ar- zon vaqtida olib, qimmat bo‘lganda sotish jarayoni, tovar zaxira- larini yashirish jarayonlari avj oladi;

  • kredit berish jarayonlari cheklangan bo‘ladi. Qarz oluvchilar ko‘payadi-yu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin;

  • davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.

  1. Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy jihatdan ahvoli yomonlashadi. Ularning real daromadlari kamayadi. Nomi­nal daromadning baholar o‘sishidan tushib ketishi natijasida aho­lining hayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilot- laridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. In- flatsiya aholi jamg‘armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Ba’zida inflatsiya aholi ba’zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.

Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maq- sadida daromad va soliqlarni indeksatsiya qilib boradi.

  1. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflatsiyani bartaraf qilish yo‘llari

Inflatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ij­timoiy va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari in- flatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi. Har davlatda pul muomalasi ma’lum qonun-qoidalar asosida tartibga solib turiladi.

Avvalgi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va xarajatlarini davlat tomonidan muvofiq- lashtirib turilgan. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda, davlat o‘z vakolati doirasida narxlami o‘zgartirish va islohot yo‘li bilan pul muoma- lasini tartibga solib kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib turiladi. Pul muomalasini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:

  1. Majburiy zaxira stavkasi normasini belgilash.

  2. Tijorat banklarining ochiq bozorda qatnashishi.

  3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stav- kasini o‘rnatish.

«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qo- nunga ko‘ra, Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy zaxira bo‘yicha mablag‘larni maxsus schotda saqlab turish maj- buriyatini yuklash huquqiga ega. Bunday zaxiralar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab bel- gilanadi. Bu mexanizm, asosan, tijorat banklarining likvid mab- lag‘lari hajmini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.

Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berish qobiliyatiga ta’sir etiladi. Kredit, ma’lumki, o‘z navbatida, pul massasining ko‘payishiga, baholarning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun majburiy norma tez-tez o‘zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasining tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Majburiy zaxira ajratmalari foizlari oldingi yillarda quyidagicha belgilangan:

  1. yildan - 15 %;

  1. yildan - 20 %;

  1. yildan - 30 %;

  1. yildan - 25 %;

  1. yildan - 25 %;

  1. yildan - 20 %;

02.02.2005-yildan - 15 %;

  1. yildan - 13 %;

  1. yildan - 15 %;

  1. yildan - 15 %x;

01.01.2013-yildan - 15 %.

2012-yilda inflatsiya va pul massasining maqsadli parametr- laridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida, majburiy zaxiralar 1

me’yori, yuridik shaxslaming talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo‘lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun 15 %, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun 12 %, 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlar uchun 10,5 % miqdorida o‘zgartirilmasdan qoldirildi. 2012-yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralari hajmi 443 mlrd so‘mga teng bo‘lib, yil boshiga nisbatan 31,8 % ga ko‘paydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy rezervlar bo‘yicha me’yorlarini yuridik shaxslaming depozit- larining muddatlariga qarab, ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u depo­zitlar muddatiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin (2-jadval).

Markaziy bank tijorat banklariga kreditlar bo‘yicha qayta mo- liyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat bank- lari beradigan kreditning bahosini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat banklarining boshqa manbalaridan mablag‘lar jalb qilishiga ta’sir etmaydi. Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o‘rnatib, tijorat banklarining likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotning hal qiluvchi bo‘- g‘inlarini kreditlash va undan ratsional foydalanishga qaratilgan qayta moliyalashtirish stavkasi oldingi yillarda quyidagicha bel- gilangan:


  1. yildan

  1. yildan

  1. yildan

  1. yildan

  1. yildan

  1. yildan

  1. yildan

  2. yildan

  1. yildan

  1. yildan

  1. yildan

  1. yildan 15.06.2006-yildan 2009-yildan 2011-yildan 2013-yil
40 % (oyiga 3,3 %); 225 % (oyiga 18,7 %); 300 % (oyiga 10 %); 120 % (oyiga 10 %); 84 % (oyiga 7 %);

60 % (oyiga 5 %);

48 % (oyiga 4 %);

39,6 % (oyiga 3,3 %); 24 % (oyiga 2 %);

20 % (oyiga 1,66 %); 18 % (oyiga 1,5 %);

16 % (oyiga 1,33 %); 14 % (oyiga 1,167 %); 14 % (oyiga 1,167 %); 12 % (oyiga 1 %);

12 % (oyiga 1 %).


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish