Hozirgi zamon monetarizmi. Monetarizm pul nazariyasi o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtasida paydo bo‘lgan. Bu oqimning ko‘zga ko‘ringan namoyandasi M. Fridman hisoblanadi, u Chikago uni- versitetining professori, iqtisod sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi. Bu oqimga M. Fridmandan tashqari, K. Brunner, A. Mol- ser, D. Leydler, F. Keygen va boshqa iqtisodchilar kiradi.
Pul nazariyasida katta muvaffaqiyat qozongan g‘oya — Frid- manning pulning miqdoriy nazariyasi bo‘lib, u muomaladagi pul miqdori o‘zgarishi bilan tovar baholari o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni, monetar siyosat nazariyasi, ya’ni jamiyatda bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar pul massasining o‘zgarishi tufayli bo‘lishi, pulning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri kabilarni yoqlab chiqadi. Hozirgi zamon monetarizmiga bir guruh iqtisodchilar qalamiga mansub «Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» (1956) deb nomlangan asar bilan asos solindi. Uning bosh g‘oyasi iqtisodiy o‘sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi, bu mexanizmning asosiy vositasi pul hisoblanadi, degan xulosadan iborat. Monetarizm pulni olqishlovchi nazariyadir. Monetaristlar iqtisodiy o‘sish- ning eng muhim sharti inflatsiyani daf etish va pulni sog‘lom- lashtirish, pulni xo‘jalik muomalasi vositasiga aylantirish, deb qarashadi. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiyotga aralashishi pul muomalasini tartibga solish bilan cheklanishi kerak.
Monetaristlar ilgaridan ma’lum bo‘lgan pulning miqdoriy nazariyasiga borib tutashadigan «barqaror pul» nazariyasini olg‘a surishadi. Ular pul va iqtisodiy faollik o‘rtasida uzviy bog‘lanish borligini qayd qilib, iqtisodiy krizislarning sababini pul muoma- lasidagi buzilishlardan axtarishdi. Pulning yetishmay qolishi iqtisodiy o‘sishni susaytira borib, turg‘unlik holatini keltirib chiqa- radi, bu esa avval yuzaroq tanglikka, so‘ngra esa chuqur iqtisodiy tanglikka olib keladi. Binobarin, iqtisodiy sikl pul miqdoriga bog‘liq, bu, o‘z navbatida, pul emitenti bo‘lgan Markaziy bank faoliyatiga bog‘liq. Pul-kredit siyosatini o‘zgartirib, tanglikdan chiqish va iqtisodni rivojlantirish mumkin. Monetaristlar iqtisodiyotda bosh masala ishlab chiqarish va pul massasining tengligi bo‘lib, shu orqali makroiqtisodiy muvozanat hosil etish mumkin, deb hisoblashadi.
M. Fridman kassa qoldig‘i talabi milliy daromad, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar bahosining o‘sishi va boshqa omillar- ga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi va uni quyidagicha ifodalaydi:
Ms = f (Y • X),
bu yerda, Ms — rejalashtirilayotgan kassa qoldig‘i; f — Y, X lar- ning o‘zgaruvchan funksiyasi; Y — milliy daromad; X — yuqorida keltirilgan jami omillari (formulada keltirilganidan tashqari, boshqa ta’sir etuvchi omillar ham bo‘lishi mumkin).
Faqat monetarizm emas, balki boshqa nazariyalar ham pul massasi bilan ishlab chiqarish o‘rtasida bog‘lanish mavjudligini tan oladi. Farqi shundaki, monetarizm bu bog‘lanishni bosh masala, deb qaraydi. Uning namoyandalari pul massasiga ta’sir etuvchi chora-tadbirlar davlat investitsiyasidan farqliroq, darhol iqti- sodiy vaziyatga ta’sir etadi, deb qaraydilar.
Monetaristlar iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib, pul massasini yiliga o‘rtacha 3 % oshirishni tavsiya etishadi. Ammo monetaristlar keyingi paytlarda iqtisodiyotda yuz bergan o‘zgarish- larni inobatga olib, pul massasini doimiy ravishda va bir me’yorda olib borishni ma’qul deb bildilar. Bu me’yor shundayki, pul miqdorining o‘sishi mehnat unumdorligi o‘sishi sur’atiga nisbatan 1—2 % yuqori bo‘lishi kerak. Buning bir me’yorda o‘sib borishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va davriy tebranishlarni cheklashga imkon beradi. Monetaristlar tavsiyalariga binoan bir qator mamla- katlarda qonun yo‘li bilan pul massasi aniq belgilanadi yoki yuqori, quyi chegarasi ko‘rsatiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
Monetarizm uchun bosh masala antiinflatsion siyosatni asoslashdir. Monetarizm tavsiyasiga asoslangan ba’zi mamlakatlarda pul miqdori ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, inflatsiyaning oldini olish iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
bob. INFLATSIYA VA PUL MUOMALASINI BARQARORLASHTIRISH USULLARI
Inflatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari
Inflatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib, «ish», «bo‘rtish», «ko‘pchish» ma’nolarini anglatadi. Bu so‘z XIX asming o‘rtalaridan boshlab, iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar, u tibbiyotda xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan.
Tarix haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflatsiya so‘zining iqtisodiy o‘girmasi — muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish ma’nosini anglatadi.
Iqtisodiyotda inflatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘si- shiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishiga olib keladi. Odatda, inflatsiyaning bu turi klassik inflatsiya, deb yuritiladi.
Inflatsiya so‘zi AQSHning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘rta- sida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda (450 mln grin bek) qog‘oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 % gacha tushib ketgan. Agar tarixga e’tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi inflatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflatsiya XIX asrning boshida Napoleon urushi davrida, Fransiyada — fransuz inqilobi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflatsiya 1923-yilda bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvin-trillion markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar shuni ko‘rsatadiki, inflatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan jarayondir.
Hozirgi davr inflatsiyasi, o‘tgan davr inflatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular, odatda, urush vaqtida harbiy xarajatlami qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab chiqarish va tovar aylanma sur’atlarini oshir- masdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomo- nidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo‘llaridan bin qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya’ni haqiqatda pul birligi o‘zida ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorini ifoda qila boshlagan.
Oldingi inflatsiyalaming yana bir xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflatsiyasi esa, odatda, doimiy (xronik) xarakterga ega bo‘lib, xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Oxirgi yillarda inflatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan, pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflatsiyasining asosiy sababi, tovar kamyobligigina bo‘lib qolmas- dan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflatsiyasi, birinchidan, pul talabi- ning tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonuni buzi- lishi, ikkinchidan, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘i- ning o‘sishi natijasida tovarlar bahosi oshishi va shu sababli pul massasi ortib borishi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |