O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet25/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Pul nazariyalari — pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalar. Bu nazariyalar kapi- talistik ishlab chiqarish usuligacha bo‘lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabat- lari xo‘jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrda- gina pul nazariyasi keng tarqaldi.

Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosabat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Xul- las, iqtisodchilarning pul mohiyati, uning funksiyalari va pul muo- malasiga bo‘lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.

Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik naza- riyalarni keltirish mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o‘zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi.

Hozirgi kunda monetarizm va iqtisodiyotni pul-kredit muno- sabatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiq qilib kelinmoqda. Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab, ishlab chiqarish taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashining oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi.

Qo‘l mehnatidan manufakturaga, manufakturadan sanoat ish­lab chiqarishiga o‘tilishi bilan xalq xo‘jaligida mehnatning integra- tsiyalashuvi ham kuchaydi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar orasidagi pulli munosabatlar ham murakkablasha bosh- ladi. Feodalizmgacha bo‘lgan naqd pullik munosabatlar bu davr talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Yevropadagi XV asr- dagi «pul tanqisligi»dan ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab, pul nazariyalari to‘g‘risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o‘sha davrdagi muammolarni yechishda o‘rni be- qiyos bo‘ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari — bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi.

Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki dav- rida taraqqiy etdi va moneta tarkibini buzish (monetaning og‘irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda muhim rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib chiqishdi. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmi eng rivojlangan Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U. Stefford (1554—1612) edi. U o‘z qarashlarini Londonda 1581-yili chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571—1641), D. Nors (1641—1691), Fransiyada bu ta’limotni A. Monkreten (1575—1621), Italiyada F. Tamani (1728— 1787) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha, barqaror metall valuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biri- dir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi iqtisodchi- larning boylik manbayini o‘rganishlariga sabab bo‘ladi. Bu manba- ni ular savdodan izlashdi. Olimlarning e’tirof etishicha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funk- siyalarini bajaradi, deb hisoblashgan. Ilk metallik nazariya taraf- dorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:

  • ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almash- tirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetishmadi;

  • ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muo- malasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushu- nishmadi;

  • ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘arishni tushundilar va «bunday boylik manbayi savdodir» degan noo‘rin fikrga kelishdi.

Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy qadriyatlar yig‘indisi ekanligini tushuna olishmadi. Ilk metallik nazariya targ‘ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edi.

XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib, sanoat burjuaziyasi manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‘z mavqeyini yo‘qotdi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib,

nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis (1821—1898) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘oyaning qayta tiklanishiga 1871—1873-yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo‘ldi. K. Knis targ‘iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. K. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e’tirof etdi. Bu paytga kelib, xo‘jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‘la boshladi va u oltin monetalar bilan birga muomalada bo‘lib, ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknota- larni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog‘oz pullar xuddi «qog‘oz bulka» kabi ma’nosiz narsa. K. Knis- ning ta’kidlashicha, oltin o‘z tabiatiga ko‘ra puldir.

I Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z naza- riyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqishdi.


  1. Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish