O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet9/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Pul jamg‘arma vositasi. Pulning bu funksiyasi sotish va sotib olish jarayoniga zarurat bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul muomala va to‘lov aylanmasidan chetlashadi. Yig‘ilgan pullar jamg‘arma vositasi funksiyasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg‘arishga imkoniyat yaratadi. Jamg‘arma ikki yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin: maqsadli jamg‘arish yoki umuman jamg‘arish. Shunday jamg‘armalar borki, aniq bir mo‘ljal bo‘lmagan holda yig‘ib boriladi, maqsadli jamg‘armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy-joy sotib olish yoki boshqa ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag‘ jamg‘aradilar.

Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi pulning pul aylanmasidan chiqib ketishiga olib keladi. Jamg‘armada pul pul aylanmasining qaysidir kanallarida turib qoladi va natijada u mavjud aylanmadan ajralib, ma’lum vaqtgacha aylanmaga qaytib tushmasligi mumkin.

Pulning jamg‘arma va boylik to‘plash vositasi funksiyasi pul muomalasini stixiyali ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘zgarib turishi pul massasining doimiy o‘zgarib turishiga olib keladi. Qimmatbaho metallar, buyumlarning muomalaga kelib-ketib turishi, pul massasining hajmini ushlab turishi, pul muomalasi kanallarida pul oqimi ko‘payib ketishining oldini olishi mumkin. Pulning muomala vositasidan chiqib jamg‘armaga aylanishi va jamg‘armaning muo­mala vositasiga aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab tu- ruvchi zaruriy shart hisoblanadi.

Pulni jamg‘arishga undaydigan omil — uning maxsus tovar, umumiy ekvivalentligi, ya’ni boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda almashtirish mumkinligida. Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning sifati, soni bor. Pulning sifati cheksiz bo‘lishi, ya’ni pulni zarur bo‘lganda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o‘lchansa, son jihatdan, albatta, pul summasi cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan cheklanmaganligi o‘rtasida qarama-qarshilik bor. Mana shu qarama-qarshilik pulni jamg‘arishga, pul qancha ko‘p bo‘lsa, uni yanada ko‘paytirishga intilishga olib keladi. Jamg‘arma funksiyasi pul muomalasida asosiy bo‘lmasa-da, uni olib borishda katta ahamiyatga ega.

Jamg‘arish, xazina to‘plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina to‘plash vositasi rolini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho metallar, toshlar o‘ynab kelgan va hozirgi kunda ham shu tovarlar boylik (pul) sifatida jamg‘arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa qimmatbaho metall, toshlarning roli rivojlangan mamlakatlarda deyarli yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lsa, pulni biror qimmatbaho metallga qo‘yib qotirib qo‘ygandan ko‘ra, unga davlat yoki korporatsiya- laming qimmatli qog‘ozlarini sotib olib, ulardan har yili daromad ko‘rgan ancha qulay hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 100 ishbilarmondan faqat 4 nafari o‘z pulini to‘g‘ri jamg‘arib boyib ketar ekan. Qolganlari bo‘lsa pulni topadi, lekin qanday jamg‘arish yo‘lini bilmasdan uni yo‘qotarkan.

Bozor iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mab- lag‘ini quyidagi aktivlarga qo‘yish afzal hisoblanadi. Birinchidan, davlatning qimmatbaho qog‘ozlari, ya’ni uzoq muddatli obli- gatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo‘yish. Davlatning qim­matli qog‘ozlari kafolatlangan bo‘ladi va ularning bahosi kamdan kam hollarda o‘zgaradi. O‘zgarganda ham sezilarsiz miqdorda o‘z- garadi. Shuning uchun ham davlat qimmatli qog‘ozlari yuqori lik- vidlikka ega bo‘ladi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish