O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi


Dag’al ozuqalarni yig’ishtirish, tayyorlash va saqlashni mexanizatsiyalashtirish



Download 34,91 Mb.
bet4/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

Dag’al ozuqalarni yig’ishtirish, tayyorlash va saqlashni mexanizatsiyalashtirish
Pichan tayyorlashii mexanizatsiyalash tirish. Chorvachilik fermalarida bahor, yoz va kuz oylarida hayvonlar uchun ko’k massa, qish mavsumi uchun esa pichan, somon, silos, senaj va boshqa turdagi ozuqalarni tayyorlash talab etiladi. Chorvachilik fermalarida tayyorlanadigan ozuqalar ichida pichan alohida urinni eg’allaydi. Hozirgi vaqtda pichan tayyorlashda qo’yidagi usullar ishlatiladi. Uyumli holda pichan tayyorlash. Bu usul eng ommaviy traditsion texnologiya bo’lib, qo’ydagi jarayonlarni uz ichiga oladi: o’rish-quritish- valik holatda yig’ishtirish, to’dalash, transport vositasiga yuklash, tashish va g’aramlash.
Bu texnologiyada quritish jarayonini tezlatish uchun ayrim hollarda o’simliklarning poyalari o’rish bilan bir vaqtda maxsus kosilkalari kosilka-plyushilkalar) ishlatilganda eziladi. Bu o’z navbatida ko’rish vaqtini kamaytiradi va o’simliklarning barglari va poyala- rining bir vaqtda ko’rishini ta’minlaydi. O’rilgan yoki valiklangan pichan massasi yomg’irda qolsa albatta ag’darib quritilishi va garamlangan pichanning namligi 17... 18% dan oshmasligi talab etiladi. Uyumli holda pichan tayyorlash texnologiyasi va ishlatiladigan texnika vositalari komplekti 2.1.2-jadvalda ko’rsatilgan. Hozirgi vaqtda uyumli holda pichan tayyorlashda yangi Shamollatish texnologiyasi ko’proq ishlatiladi. Bu usulda pichan tayyorlashda valiklangan pichan massasi 30...40% namlikda yig’ishtirib olinadi, fermada karamlanadi va ventilyatorli qurilmalar yordamida garam holda quritiladi. Bu texnologiya asosida pichan tayyorlashda UVS-16, UVS- 500, UVS-10, UDS-300 turg’un holda ishlatiladigan shamol. qurilmalari ishlatiladi. 2.1.4-rasmda UVS-10 rusumidagi picha! mollatish qurilmasi ko’satilgan bo’lib, u ventilyator 1, rama 4, l tarqatuvchi kanal 6 va boshqaruv mexanizmlaridan iborat.2.1,2-jadvalda; Uyumli holda pichan tayyorlash texnologiyasi va texnika vositalari plekti 2.1.5. Shirali ozuqalarni yig’ishtirish, tayyorlash va saqlashni mexanizatsiyalash tirish senaj tayyorlash va saqlashnn mexanizatsiyalash tirish. Senaj urilib maydalangan (o’lchamlari 3...4 sm) va 45...55% namlikgacha shamollatilgan ko’k massani zichlab, anaerobli muhitda saqlanadigan ozuqadir.
Senaj pichan tayyorlanadigan turli xil ozuqabop o’simliklardan tayyorlanadi. Mexanizatsiyalashtirilgan senaj tayyorlash texnologiyasi qo’yidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi: ozuqabop o’simliklarni o’rish va poyalarini ezish, ko’k massani yig’ishtirish, maydalash va transport vositasiga yuklash, maydalangan massani saqlash joyiga keltirish; transheyani tezda, 2 ...3 kun ichida massa bilan tuldirish, zichlash, plyonka bilan germetik yopish, plyonka ustini Tuproq qatlami (20...30 sm li qalinlikda) bilan yopish va somonli loy bilan suvoqlashdan iborat. Respublikamiz sharoitida asosan transheyali usulda senaj tayyorlash va saqlash texnologiyasi ishlatiladi. Bu texnologiya asosida senaj tayyorlash nisbatan arzon va oddiy bo’lib, katta hajmdagi kapital harajatlar va qo’shimcha texnika vositalari talab etmaydi. Ayniqsa kichik hajmdagi fermer xo’jaliklari sharoitida transheyali usul ancha samarador hisoblanadi. Transheyalar yer ustida, yarim ko’milgan va to’la yer ostida bo’lishi mumkin. Transheyalarning sirt yuzalari ya’ni pastki va yon devorlari nam va havo o’tkazmaydigan temirbeton, gisht yoki boshqa qattiq materialli qoplamalar bilan jihozlangan bo’lishi talab etiladi.
Senaj tayyorlashning mexanizatsiyalashtirilgan texnologiyasi, asosiy texnologik talablar va ishlatiladigan texnika tizimi 2.1.4- jadvalda ko’rsatilgan.
2.1,4-jadval
Transheyalarda senaj tayyorlash texnologiyasi va texnika tizimi

Havo tarqatish kanali pichan tarami pastki qismining o’rtasiga bo’ylama holda o’rnatiladi. Havo kanali metall panjarali bo’lib, uzunligi 10 m, eni pastki qismida 1,3 m, tepa qismida O,85 m va balandligi 1,7 metrni tashkil etadi. Pichan garamlari ferma va otarlarda turli o’lchamlarda bo’lishi mumkin.


2.1.4-rasm. UVS-10 pichan quritish qurilmasi:


1-ventilyator; 2-boshqarish shiti; 3- elektr dvigateli; 4-ventilyator ramasi; 5-havo kanali; b-.h avo kanalining karkasi; 7-richakli mexanizm.
Ularning soni va o’lchamlari ferma yoki otlar uchun tayyorlanadigan pichan miqdoriga bog’liq. Masalan 30...50 tonna pichan tayyorlaganda asosining eni 5-6 m (tepa qismi 4...5 m), balandligi 6-7 m, uzunligi 15...25 m bo’lishi tavsiya etiladi.
Presslangan holda pichan tayyorlash. Pichan tayyorlashdagi istiqbolli texnologiyalardan biri, uni presslangan holda tayyorlashdir. Bu usulda pichan tayyorlanganda isrofgarchilik kamayadi va uning sifatli bo’lishi ta’minlanadi, transport harajatlari va saqlash hajmi 2...2,5 marta kamayadi. Pichanni ayvonli binolarda saqlash imqoniyati yaratiladi. 2.1.3-jadvalda presslangan holda pichan tayyorlash texnologiyasi va texnik vositalari tizimi ko’rsatilgan.
Presslangan holdagi pichan tayyorlash texnologiyasi va texnik tizimi 2.1.3-jadval



t.b.

Texnologik jarayonlar

Asosiy texnologik talablar

Texnika vositalari

1

O’t o’rish

Urish balandligi 4...6 sm

KS-2,1; KRS-2,1; KOS-

2

Ezilgan holda o’t o’rish

Urish balandligi 4...6 sm

KPE-3,0; KPS-5G; Ma­ral-125

3

Valik holatga kelti- rish va agdarish

28...30% namlikda

GPN-6; GPP-6; GP-14

4

Yigishtirish va press- lash

namligi 20...22%

PS-1,6; PRP-1,6

5

Presslarni yigishti­rish va yuklash




GUT-25; PTN-40

6

Tashish




2PTS-4-793A;
2PTS-5-793D

7

Faramlash




PU-0,5, PF-0,75. PU-0,8

2.1.5-rasmda ishlab chiqarishda keng ishlatiladigan PS-1,6 presslagich ko’rsatilgan. PS-1,6 presslagich-yig’ishtirgich pichan, somon va boshqa turdagi valikli holdagi dag’al ozuqalarni iigishtirish va presslash uchun xizmat qiladi. Presslagichni turg’un holda ham ishlatish mumkin. PS-1,6 pressla- gich-yig’ishtirgich presslovchi kamera 1, krivoship-shatunli presslovchi mexanizm 7, boglash apparati 4, yig’ishtiruvchi ishchi mexanizmi 2, uzatish mexanizmi 6, presslagichga harakat uzatish




2.1.5-rasm. PS-1,6 yig’ishtirgich-presslagich:


1-presslash kamerasi; 2-iig’ishtiruvchi mexanizm; 3-yurish tsismi; 4-bog’lovchi apparat; 5-kutaruvchi mexanizm; 6-uzatuvchi mexanizm; 7-krivoship-shatunli mexanizm; 8-harakat uzatish mexanizmi.
Maydalangan holda pichan tayyorlash. Pichan tayyorlashda hozirgi vaqtda ishlatiladigan intensiv texnologiyalardan biri uni maydalangan holda tayyorlashdir. Bu usul iqtisodiy jihatdan eng samarali usul hisoblanadi.

2.1.6-rasm. Kir-1,5 ≪Umid≫ o’rgich-maydalagich:


1-maydalash barabani;
2-oldingi shit;
3-harakat uzatish mexanizmi;
4-yunaltiruvchi truba;
5-yuqori g’ilof;
6-deflektor.
Bu texnologiyaning o’zi ham ikki turga bo’linadi. Birinchi usulda texnologik jarayonlar qo’yidagi tartibda bajariladi: o’rish, ezish, quritish, ag’darish, valik holiga keltirish, yig’ishtirish, maydalash, tashish, saqlash, Shamollatish.Ikkinchi usulda bu jarayonlar qo’yidagi tartibda amalga oshiriladi: o’rish. maydalash, transport vositasiga yuklash, tashish, fermada quritish (17... 18% namlikgacha) va saqlash. Bu texnologiyada daladagi ko’k massani o’rish, maydalash va transport vositasiga yuklash jarayonlarini bir agregat yordamida amalga oshiriladi va dala bir vaqtning o’zida tozalanadi. Bu texnologiya Respublikamizda maydalangan beda pichani tayyorlashda keng ko’lamda qo’llaniladi. Buning uchun Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan KIR-1,5 ≪Umid≫ (2.1,6-rasm), KKU-2, KPK-2,4M rusumli unumli texnika vositalari ishlatiladi. Tayyorlangan pichanning sifat ko’rsatkichlari standart me’yorlari orqali baholanadi. Bu ko’rsatkichlarga pichanning tarkibi, namligi, undagi protein, karotin, kletchatka qismi, tarkibidagi mineral moddalar miqdori, Shuning dek zararli o’simlik lar miqdori asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. 2.1.4. Donli ekinlarni yig’ishtirish va somon tayyorlashni mexanizatsiyalashtirish Donli ekinlar odatda ikki usulda ya’ni bir fazali va ikki fazali usulda yig’ishtirilib olinadi. Bir fazali o’rish Respublikamiz sharoitida ishlatiladigan usul bo’lib, don kambaynlarining bir yurishida ekinlar o’rib olinadi, yanchiladi, tozalanadi, bunkerga yig’ishtiriladi va transport vositasiga yuklanadi. Ikki fazali usulda kambayn donli ekinni uning To’liq yetilishidan oldin o’rib, valik -holda tashlab ketadi. O’rilgan don tez yetiladi va kombaynning ikkinchi yurishida yig’ishtirilib yanchiladi, tozalanadi bunkerga to’dalanib transport vositasiga yuklanadi. Respublikamizda donli ekinlarni yig’ishtirishda chet davlatlardan keltirilgan zamonaviy kombaynlar ishlatilmoqda . Bu don kombaynlarining ishlash printsipi bir- birdan kam farqlanadi, fakat texnik jihatdan takomillashganlik darajasi, yanchish va tozalash mexanizmlari bilan farqlanadi. G’alla kombayni qo’yidagicha ishlaydi (2.1.7 - rasm). Kombayn yurganda motovilo plankalari poyani qirqish apparatiga yaqinlashtirib beradi.
Qirqilgan poya shnekga tushadi. Qirqilgan o’ng va chap spirallari hamda biter poyani yanchish barabaniga o’tkazadi. U yerda poya tez aylanuvchan yanchish barabani va ko’zgalmas panjali baraban ostidagi tirqishdan o’tib yanchiladi. Don va aralashmalar baraban osti teshiklaridan o’tib, tozalagichning silkitgich taxtasiga, qoldiq donlar poxol urgich biteriga tushib, poxol silkitgichga o’tadi. Silkitgichning ilgarilama harakati natijasida don, somon, qipiq lar klavishlarning ish yuzasidan o’tib, silkitgich taxtaga tushadi. Poxol esa klavishlar yuzasidan siljib somon ostidagi poxol zichlagichi vositasida kamera tomon yunaladi. Silkitgich taxtadagi don, somon, qipiq aralashmalari g’alvirlarga o’tadi. Yirik aralashmalari ham barmoqli panjarada maydalangach, tozalagich g’alvirlariga tushadi. U yerda qipiq somon va boshqalar ventilyatorning havo oqimi bilan olib ketiladi. G’alvirlardagi don havo oqimi yordamida aralashmalardan tozalanib, shnekga u yerdan elevator yordamida tepaga ko’tarilib, bunkerga tashlanadi. Ogir aralashma tepa g’alvirdan siljib, boshoq shnegiga to’qiladi. U yerdan boshoq elevatoriga uzatilib, shnek orqali urgich biteriga tashlanadi. Urgich boshoqni yana yanchish barabaniga uzatadi, sungra don kambaynining yanchish va tozalash jarayonidan o’tib, shnek va elevator orqali don bunkeriga tushadi. Bunker tulgandan so’ng don tukish shneki orqali transport vositalariga yuklanadi.

2.1.7-rasm. G’alla kombayni sxemasi:


I-motovilo; 2-qirqish apparati; 3-shnek; 4-barmoqlar; 5-oraliq biteri; 6-qiya transportyor; 7-baraban; 8-deka; 9-tebratuvchi taxta; 10-qaitaruvchi biter; 11-yuklovchi shnek; 12-bunker; 13-somon tebratgich; 14-somon zichlagich;
15-somonxona; 1 b-mayda somonni zichlagich; 17-uzaytirgich; 18-yuqori g’alvir; 19- boshoq shnegi; 20-pastki g’alvir; 21-don shnegi; 22-ventilyator.
Donli o’simliklar o’rib olinib, doni yanchilib, ajratilib olingandan keyin qolgan qismi - somon chorvachilikda dag’al ozuqa sifatida ishlatiladi. Fermalarda somon tayyorlash usullari ham pichanga gori asosan uch turga bo’linadi: somonni uyum holda tayyorlash texnologiyasi; presslangan holda somon tayyorlash texnologiyasi; maydalangan holda somon tayyorlash texnologiyasi. Birinchi usulda somon kombaynlarning (somonxonalari mavjud bo’lgan) somonxonalarida to’planadi va yerga to’dalangan holda agdarilib, tashlab ketiladi. Bu to’dalangan somon maxsus transport vositasiga yuklanib, fermalarga tashiladi va garamlanadi. Ikkinchi u sulda somon zamonaviy kombaynlardan uzluksiz valik holatda yerga tashlab ketiladi. Bu valiklar presslovchi yig’ishtirgichlar (PS-1,6, PRP-1,6) yordamida yig’ishtirilib, presslanadi, transport vositalariga yuklanib, fermalarga tashiladi, maxsus binolarda yoki ochik taram holatida saqlanadi. Uchinchi texnologiyada somon kombaynlarga o’rnatilgan maydalagichlar yordamida maydalanib, yerga to’kilmasdan potokli usulda maxsus yopik telejkalarga yuklanadi. Telejkalar traktor yordamida somonni fermaga tashiydi. Fermalarda somon maxsus omborxonalarda
saqlanadi. 2.1.8-rasmda maxsus somon maydalagich PUN-5 moslamasi va telejka bilan jihozlangan g’alla kombaynining sxemasi ko’rsatilgan.__


2.1.8-rasm. PUN-5 moslamasi yordamida somonni maydalab Iigishtirish sxemasi: 1-trubachi yo’lak; 2-avtopritsep. 3-telejka.







Texnologik jarayonlar

Asosiy texnologik talablar

Mashina va agre­gat
lar

1

O’rish va usimlik poyalarini ezish




KPRN-3; KKU-2; KPK-2,4M; KPS-5G; DON-680

2

Urilgan massani shamolla- tib ko’ritish

45...55% namlikgacha




3

Urilgan massani yigishti­rish, maydalash va transport vositasiga yuklash

2...4 sm li holda mayda­lash

KPK-2,4M; KKU-2; KUF-1,8

4

Maydalangan massani senaj tayyorlash joyiga tashish

Isrofgarchilik I<1,0%

2PTS-4-793A;
2PTS-5-793D;
2PTS-6-8526;
2PTS-4-E-31

5

Massani transheyaga joylashtirish , zichlash. plyonka- lar va tuproq bilan germe­tik holda yopish

Transheyani tuldirish vaqti 2...3 kundan osh masligi lozim, tuproq qalinligi 20...30 sm

PB-35
PE-0,8

6

Transheya ustini somonliloy bilan suvoqlash

Suvoq qalinligi 1 ...2 sm

Qo’lda

Senajni maxsus minorali qurilmalarda tayyorlash texnologik jarayonlarni to’la mexanizatsiyalash tirilgan usulda bajarish imqoniyatini beradi va senajning sifatli bo’lishini ta’minlaydi. 2.1.9-rasmda BS- 9,15 senaj minorasi ko’rsatilgan.


Maydalangan massa TZB-ZO transporgyori yordamida 900 tonna senaj sigimiga, diametri 9,15 m, balandligi 24 m bo’lgan minoraga yuklanadi.
RMB-9,15 taqsimlash qurilmasi yordamida to’ldirilgan minoradan senaj yuqoridan boshlab kerakli miqdorda chikarib olinadi. Ferma- larda tayyorlangan senaj sifati me’yoriy talablariga javob berishi lozim. Silos tayyorlash texnol ogiyasi. Silos (ispancha yanoya-don saqlash Chuqur i) tarkibida sut kislotasi bo’lgan 65...75% sharbatdan iborat maydalangan ko’k massani sut bakte riyalari yordamida tabiiy achitilgan holda anaerobli muhitda saqlanadigan Shirali ozuqadir.
Achigan sut bakteriyalari o’simlik sharbatidagi uglevodlar (shakar) bilan oziqlanganligi tufayli maydalangan ko’k massaning siloslanish (achish) darajasi, o’simlik tarkibidagi sharbatdagi shakar mivdoriga bog’liq. Shuning uchun silos tayyorlash uchun asosan makkajuxori, kungaboqar, sudan o’ti ishlatiladi. Silos tayyorlashdagi asosiy texnologik talablarga tarkibida shakar moddasi va namli- gi 65...75% bo’lgan 3...5 sm o’lchamda maydalangan ko’k massa, anaerobli (kislorodsiz) muhit va siloslangan massaning harorati doimo 25...30°S da bo’lishi kiradi. Senajni maxsus minorali qurilmalarda tayyorlash texnologik jarayonlarni to’la mexanizatsiyalash tirilgan usulda bajari imqoniyatini beradi



2.1.9-rasm. BS-9-15 senaj minorasi:
I-metall bandaj; 2-chig’ir; 3-tashlovchi yo’lak; 4-yuklovchi trubali yo’lak; 5-zinapoya 6-RBV-6 senaj tashlagichi; 7-tashlash tirqishi; 8-RMV-9-15 taqsimlagichi; 9-tashlagichning asosiy mexanizmi; 10-TEB-30 yuklagichi; 11-zan.jirli plan kali transportyor va senajning sifatli bo’lishini ta’minlaydi. 2.1.9-rasmda BS-9,15 senaj minorasi ko’rsatilgan. Maydalangan massa TZB-ZO transportyori yordamida 900 tonna senaj sigimiga, diametri 9,15 m, bapandligi 24 m bo’lgan minoraga yuklanadi. RMB-9,15 taksimlash qurilmasi yordamida to’ldirilgan minoradan senaj yuqoridan boshlab kerakli miqdorda chikarib olinadi. Fermalarda tayyorlangan senaj sifati me’yoriy talablariga javob berishi lozim. Silos tayyorlash texnologiyasi. Silos (ispancha yanoya-don saqlash Chuquri) tarkibida sut kislotasi bo’lgan 65...75% sharbatdan iborat maydalangan ko’k massani sut bakteriyalari yordamida tabiiy achitilgan holda anaerobli muhitda saqlanadigan Shirali ozuqadir. Achigan sut bakteriyalari o’simlik sharbatidagi uglevodlar (shakar) bilan oziqlanganligi tufayli maydalangan ko’k massaning siloslanish (achish) darajasi, o’simlik tarkibidagi sharbatdagi shakar miqdoriga bog’liq. Shuning uchun silos tayyorlash uchun asosan makkajuxori, kungabokar, sudan uti ishlatiladi. Silos tayyorlashdagi asosiy texnologik talablarga - tarkibida shakar moddasi va namligi 65...75% bo’lgan 3...5 sm o’lchamda maydalangan ko’k massa, anaerobli (kislorodsiz) muhit va siloslangan massaning harorati doimo 25...30°S da bo’lishi kiradi.
2.1.5-jadval Silos tayyorlash texnologiyasi va ishlatiladigan texnika tizimi




t.b.

Texnologik operatsiya

Texnika tizimi

transheyada

minorada

bunkerlarda

1

Usimlikni urish, mayda- lash va transport vosita­siga yuklash

KSK-100A; KUF-1,8; KSS-2,6; KSG-3,2; KG1K-2,4M; KKU-2

2

Kuk massani silos tayyor- lanadigan joyga tashish

2PTS-4-E31; 2PTS-4-887; 2PTS-6-8526; 2PTS-5-793D

3

Massani inshootlarga joylashtirish, kimyoviy konservantlar kushish va aralashtirish

PB-35;
PE-0,8

TZB-ZO; R MB-9,15

Maxsus
qurilmalar

4

Zichlash

PB-35

RBV-6

Briketlash
qurilma lari

5

Plyonka va tuprok bilan germetik yopish va suvoqlash

Qo’lda




Qadoqlash



Silos tayyorlashda hozirgi vaqtda asosan - transheyali, minorali, kerakli silos tayyorlash texnologiyalari ishlatiladi. Umumiy holda silos tayyorlash texnologiyasi qo’yidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: o’simlikni o’rish, maydalash, transport vositasiga yuklash; siloslanadini joyga tashish; inshootlarga (transheya yoki minora) ko’k massani joyishtirish; kimyoviy konservantlar qo’shib aralashtirish; zichlash; transhyali usulda plyonka bilan transheya ustini germetik yopish; plyonka usti 25...30 sm qalinlikda tuproq bilan zichlab yopish va tuproq ustini yo’li 1...2 sm qalinlikda loy shuvoqlash dan iborat (2.1.5-jadval). 2.1.10-rasmda fermalarda ishlatiladigan silos transheyalari ko’rsatilgan. Yer osti suvlari yer yuzasiga yakin bo’lgan joylarda yer usti transheyalar (2.1.10 a-rasm), yer osti suvlari Chuqur joylashgan joylarda yerga qisman va to’la ko’milgan transheyalari (2.1.10 b,v-rasm) ishlatiladi. Yer osti transheyalarini ishlatish eng qulay hisoblanadi, chunki bu transheyalarda harorat doimo bir xilda bo’lishi ta’minlanadi. Transheyaning o’lchamlari, uning o’rtacha kengligi V=6, 9, 12, 15, 18 m, chuqur ligi (balandligi) N=4,0 metrgacha, uzunligi 1 ,=60 metrgacha bo’lishi mumkin.




2.1.10-rasm. Silos transheyalari:


a-yerustida; b-yarim ko’milgan; v-ko’milgan; N-transheya balandligi; V-transheya kengligi Ferma uchun kerak bo’lgan silos saqlash inshootlarining to’la hajmi Qo’yidagi formula bilan aniqlanadi
Maxsus minoralarda silos tayyorlashda senaj tayyorlashda ishlatiladigan BS-9,15 minoralari ishlatiladi (2.1.9-rasm). Minora diametri 9,15 m, balandligi 24 m bo’lgan yigma temirbetondan yasalgan tsilindr shaklidagi germetik inshoot bo’lib, silos uchun 1000 tonna sigimga ega. Kh urilmada barcha ishlar mexanizatsiyalash tirilgan holda bajariladi. Maydalangan va kimyoviy konservantlar kushilgan ko’k massa TZB-ZO yoki TPP-3 pnevmatik transportyorlar yordamida yuklanadi. RMB-9,15 taqsimlagichi massani butun minora yuzasi bo’ylab tekis joylashtiradi. RBV-6 yuklagichi to’ldirilgan minoraning tepa qismidan boshlab silosni bir tekisda chiqarish yo’lagiga tashlab to’rish uchun xizmat qiladi. Silosning sifat ko’rsatkichlari zooveterinariya talablari bo’yicha aniqlanadi.



Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish