2-mavzu. Mahsulot sifatini nazorati qilish tizimi



Download 3,82 Mb.
bet1/48
Sana07.04.2022
Hajmi3,82 Mb.
#534157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48



2-MAVZU. MAHSULOT SIFATINI NAZORATI QILISH TIZIMI.


2.1 Mahsulot sifatini nazorati qilish tizimi


2.2 Mahsulot sifatini nazorat qilishning umumiy qoidalari
2.3 Texnik nazorat ob’ekti va sub’ektlari. Sifat nazorati xizmatlari


2.1 Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi
Mahsulot sifatini boshqarishda sifat nazorati alohida o’rin egallaydi. Aynan sifat nazorati belgilangan maqsadlarga erishishning samarali vosita-laridan biri va boshqaruvning eng muhim funktsiyasi sifatida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun ob’ektiv ravishda mavjud bo’lgan, shuningdek inson tomonidan yaratilgan shart-sharoitlardan to’g’ri foydalanishga yordam beradi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi va mahsulot sifatini boshqarishda texnik nazoratga haqli ravishda katta ahamiyat beriladi. Umuman ishlab chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan sifat nazoratining takomillashganlik darajasi, uning texnik jihozlanganligi va tashkil etilishiga bog’liq.
Nazorat jarayonida sifat sohasida erishilgan haqiqiy natijalar rejalashtirilgan ko’rsatkichlar bilan qiyoslanadi.
Mahsulot sifatini nazorat qilishning kam xarajatlar bilan sifat ko’rsatkichlarining yuqori darajada barqaror bo’lishiga erishish imkonini beradigan zamonaviy usullari tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi bir-biri bilan o’zaro bog’liq nazorat ob’ektlari va sub’ektlari, mahsulot hayot tsiklining turli bosqichlarida va sifatni boshqarishning barcha darajalarida buyumlar sifatini baholash va brakning oldini olishning foydalaniladigan turlari, usullari va vositalari majmuidan iborat.
Samarali nazorat tizimi ko’p hollarda ishlab chiqariladigan mahsulotning sifat darajasiga o’z vaqtida va maqsadli ta’sir qilish, ishdagi yuz berishi mumkin bo’lgan barcha to’xtab qolishlar va kamchiliklarning oldini olish, ularni tezkor aniqlash va resurslarni imkon qadar kamroq sarflab bartaraf etish imkonini beradi.
Sifatni amaliy nazorat qilishning ijobiy natijalarini mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, uning muomalada bo’lish, ishlatish (iste’mol qilish) va qayta tiklash (ta’mirlash) bosqichlarida ko’rish va ko’p hollarda esa miqdoriy jihatdan ham aniqlash mumkin.
Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimining asosiy elementlari bir qator umumiy kichik tizimlardan iborat bo’lib, ularning qatoriga, eng avvalo, quyidagi kichik tizimlar kiradi:

  • rejalashtirish;

  • inspektsiya nazorati;

  • sifat nazorati sub’ektlarini rag’batlantirish va ularning javobgarligi.

Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimining qo’shimcha elementlari bir qator maxsus va ta’minlovchi kichik tizimlardan iboratdir. Bunda quyidagi maxsus kichik tizimlar ajratib ko’rsatiladi:



  • mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayonida brak va past sifatning oldini olish;

  • mahsulotni sinash;

  • mahsulot, ishlar, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqarishni;

  • texnologik jarayonlar, ish joylari va ishlab chiqarish operatsiyalarining bajaruvchilarini attestatsiyadan o’tkazish;

  • standartlarning joriy etilishi va ularga rioya qilinishi, ishlab chiqarishning metrologik ta’minlanishi va talab etiladigan sifatdagi mahsulot ishlab chiqarishning boshqa shartlari va omillari ustidan davlat nazorati;

  • ishlab chiqarishda (asosiy va yordamchi ishchilar, brigadalar, uchastkalar, tsexlar) o’z-o’zini nazorat;

  • mahsulot sifatini nazorat qilish usullari va vositalarini standartlash;

  • sifatni (buyurtmachi, sotuvchi va iste’molchilar tomonidan) nazorat qilishning idoradan tashqari shakllaridan foydalanish.

Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimining samaradorligi ko’p hollarda buyumning hayot tsikli bosqichlari va boshqarishning turli darajalarida sifatni nazorat qilish vazifalarining to’g’ri va o’z vaqtida hal qilinishini ta’minlovchi kichik tizimlarning ishlash samaradorligi bilan belgilanadi. Bunday kichik tizimlar tarkibida sifat nazoratini metodologik, moddiy-texnik, texnologik, kadrlar, axborot, metrologik, matematik, huquqiy, moliyaviy va tashkiliy ta’minlashning kichik tizimlarini alohida ko’rsatish zarur.
Sifat nazoratining asosiy turlari
Sifatni nazorat qilishning asosiy turlarini quyidagi belgilari bo’yicha yiriklashtirilgan holda tasniflash mumkin:

  • nazorat ob’ektlari;

  • nazorat sub’ektlari;

  • mahsulot hayot tsiklining nazorat qilinadigan bosqichlari;

  • nazoratning ierarxik darajalari;

  • ishlab chiqarish jarayonida sifat nazoratining o’rni;

  • mahsulotning nazorat qilinadigan xossalari va parametrlari xarakteri;

  • mahsulotning nazorat qilinadigan xossalari va parametrlarini aniqlash usuli;

  • nazorat qilinadigan mahsulotngni qamrab olinish darajasi;

  • nazoratning texnik vositalaridan foydalanish darajasi;

  • nazorat jarayonlarining texnik jihozlanganlik darajasi;

  • nazorat qilinadigan mahsulotga ta’sir etish xarakteri;

  • nazoratning mahsulot sifati shakllanish jarayoniga va nuqsonlarning yuzaga kelishiga ta’sir etish xarakteri.

Nazorat jarayonlarining texnik jihozlanganligi darajasiga ko’ra mahsulot sifati nazoratining: mexanizatsiyalashmagan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan, faol turlari farqlanadi.
Nazorat qilinadigan mahsulotga ta’sir etish xarakteri bo’yicha mahsulotni buzmaydigan va buzadigan nazorat turlari farqlanadi.
Nazoratning mahsulot sifatining shakllanish jarayoni va nuqsonlarning yuzaga kelishiga ta’sir etish xarakteriga bog’liq holda profilaktik (oldini olish) va keyingi (qayd etuvchi) nazorat farqlanadi.
Nazorat ob’ektlariga bog’liq holda: predmetlar, vositalar, mehnat sharoitlari, mehnat va mehnat natijalari sifatining nazorati farqlanadi.
Sifat nazorati sub’ektlariga bog’liq holda nazoratning: umumdavlat, idoraviy, idoralararo, jamoat nazorati turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Mahsulot hayot tsiklining nazorat qilinadigan bosqichlari belgisi sifat nazoratining: yangi mahsulot ishlab chiqish, mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi, mahsulotning muomala sohasidagi, mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) jarayonidagi, mahsulotni ta’mirlash (tiklash)dagi nazorat kabi turlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Nazoratning ierarxik darajasiga bog’liq holda sifatni ijro hokimiyatining respublika organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorati, korxona va tashkilotlar, ishlab chiqarish birliklarida tarmoq nazorati, ishlab chiqarish uchastkalarida tsex nazorati, brigada nazorati, yakka nazorat turlari farqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida egallaydigan o’rniga ko’ra kooperatsiya bo’yicha olinadigan mahsulot sifatining kirish nazorati, detallar, bo’g’inlar va zagotovkalarning operatsiyalararo nazorati, tayyor mahsulotni qabul qilishdagi nazorat, inspektsiya nazorati kabi turlari farqlanadi.
Mahsulotning nazorat qilinadigan xossalari xarakteri va parametrlariga ko’ra mahsulotning fizik xossalari nazorati, kimyoviy va mexanik xossalari nazorati, shuningdek geometrik va funktsional parametrlari nazorati farqlanadi.
Mahsulotning nazorat qilinadigan xossalari va parametrlarini aniqlash usuli texnik nazoratning jami turlari orasidan uning kontaktli, kontaktsiz, uzluksiz, davriy, bir lahzalik, bevosita baholashdagi sifat nazorati, qiyoslash usuli bilan nazorat qilish kabi turlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Nazorat qilinadigan mahsulotni qamrab olish darajasi degan tasniflash belgisi bo’yicha: yoppasiga, oddiy tanlab va statistik tanlab nazorat qilish farqlanadi.
Nazoratning texnik vositalaridan foydalanish darajasiga ko’ra nazoratning organoleptik, ya’ni qo’l bilan ushlab va ko’rib nazorat qilish, ro’yxatga olish, o’lchab, shuningdek namuna (etalon) bo’yicha nazorat qilish usullari ajratib ko’rsatiladi.



Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish