2.2 Mahsulot sifati nazorati va texnikaviy nazorat. Mahsulot sifatini nazorat qilish turlarining sinflanishi
Mahsulot sifati nazorati va texnikaviy nazorat
Boshqarilayotgan ob’ekt to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida sifatni nazorat qilishning zaruriyligi GOST 15467-79 da ko’rsatilgan: «Mahsulot sifatini boshqarish – mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya yoki iste’mol sohasida mahsulot sifatida muntazam nazorat qilish va sifatga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadga yo’naltirilgan ravishda boshqarish orqali zaruriy sifat darajasini o’rnatish, ta’minlash va saqlab turishdan iboratdir».
Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda mahsulotning holati to’g’risida ma’lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari to’g’risida); olingan ma’lumotlarni oldindan o’rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni ikkilamchi ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko’rsatkich, normativ shartlarga mos kelmagan hollarda nazorat ob’ektiga normativ shartlardan cheilanishni yo’qotish maqsadida boshqaruv ta’sirini amalga oshiriladi.
Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko’rsatilgan. Nazorat turlarining klassifikatsiyasi 1.10-rasmda keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab qiladi. 1.11-rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining funktsiyalari keltirilgan.
Sifatni rejalashtirish mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida uning ishonchlilik tavsiflarini rejalashtirishni taqozo etadi. Bundan tashqari nazorat vositalarini qo’llash va nazoratga tayyorgarlik ishlarini ham amalga oshirish kerak. Bunda sifatni boshqarish sistemasi o’zining ishlab chiqarish korxonasi bilan bir qatorda ta’minotchilar uchun ham ishlab chiqilishi kerak. Buning uchun sifat va uni ta’minlash bo’yicha xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlab, tahlil qilish analitik ishlarini amalga oshirish zarurdir.
Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish sistemasiga mahsulotni ishonchlilik ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni tekshirish bo’linmalari kiradi.
Sifatni nazorat qilish ishlarini ajralmas qismi sotib olingan narsalarning nazorati, ishlab chiqarishdagi barcha texnologik o’timlar, uchastkalardagi kirish nazorati, operativ nazorat, hamda tayyor mahsulotning yakuniy nazorati hisoblanadi.
Nazorat funktsiyalariga bevosita o’lchov vositalaridan, elektron, komp’yuter qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan, ularning holatini nazorat qiladigan ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash ham qo’shilib ketadi.
Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish, ularni motivlashtirish va rag’batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli echilishi uchun zarurdir. Har bir korxona ham sifatni boshqarish sifatlarini to’liq imkoniyatiga ega emas. Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining xizmatidan foydalanadilar, sifat bo’yicha muhandis bo’lishi bilan cheklanadilar.
Nazorat turlari
10-rasm. Mahsulot sifatini nazorat qilish turlarining klassifikatsiyasi
Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo’lib matematika-statistik uslublar hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta’minlanishi mumkin: mahsulotni yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo’li bilan. Ko’pdan beri nazorat usullari mahsulotni yakuniy bosqichda murakkab tekshirish orqali yaroqsiz mahsulotni tahlil qilishga olib ukelardi. Ommaviy ishlab chiqarishda bunday nazorat qimmatga tushadi. Shuning uchun yoppasiga nazoratdan naijalarga statistik usullardan foydalanib ishlov berishga asoslangan tanlanma nazoratga o’tish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |