2-mavzu. Mahsulot sifatini nazorati qilish tizimi


Mahsulotlar sifati ko’rsatkichlarini aniqlash usullari



Download 3,82 Mb.
bet8/48
Sana07.04.2022
Hajmi3,82 Mb.
#534157
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48

3.2 Mahsulotlar sifati ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.


Mahsulotlar sifatini tekshirish – mahsulotlarning sifat va morfologik ko’rsatgichlarini me’yoriy-texnik hujjatlarga to’g’ri kelishiga aytiladi.


Mahsulotlar ishlab chiqishidan oluvchiga yetib borguncha bir necha bor tekshiriladi: operatsion, qabul, daromad tekshiruvlari mavjud.
Operatsion – har bir bosqichdan keyin tekshiriladi.
Qabul tekshiruvi – ishlab chiqarishni oxirida bajariladi. Sifatni boshqarish bo’limi tamg’asi bosilishi mahsulotni sifatliligini bildiradi.
Daromad tekshiruvi – sanoat korxonalariga kelgan xom-ashyolarni va savdoga kelgan mahsulotlarni sifati bo’yicha qabul qilish jarayoniga aytiladi.
Mahsulotlar sifatini tekshirishi yoppasiga va tanlanma asosida tekshirish turlari bo’ladi. Ko’proq tanlanma asosida tekshirish ishlatiladi, chunki bu usul kamroq vaqt talab qiladi. Elektr lampalarini har biri nominal darajadan 15% oshiqroq kuchlanishdagi elektr tokka 10 sekund bardosh bera olishi sinab ko’rilishi kerak. SHunda 15-200 Vt li lampalar ichida kuygani 1,5 % dan oshmasligi kerak, shunda ular qabul qilinadi. Aks holda dalolatnoma tuzib ishlab chiqarishga qaytarilib yuboriladi.
Mahsulotlarni sifat va morfologik ko’rsatgichlari ko’pligi uchun tekshirishlarda hammasini tahlil qilishi qiyin. SHu sababli standartlarini “Qabul qilish qoidalari“ bo’limida tekshirishini dasturiga qarab har xil sinovlar ko’rsatiladi:
Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari.
Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni me’yoriy hujjat talablariga yoppasiga ba’zi ko’rsatgichlar bo’yicha texnik nazorat bo’limi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qo’shib jo’natiladigan hujjatlarda belgi qo’yiladi.
Sanoat korxonalarida sifatni barqarorligini ta’minlash uchun davriy tekshiruv o’tkazilib turiladi.
Bir andozadagi (namunali) sinovlar. Bunda har 2-3 yilda o’tkaziladigan sinovlar (mustahkamligini sinash uchun);
Ta’mirlashga yaroqliligini aniqlash uchun 5 yilda bir marta sinaladi.
Mahsulotlar 3 ta belgi bo’yicha (sifat, miqdor, muqobil) sifat guruhlarga bo’linadi.
Mahsulotni sifat belgisi bo’yicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza oynalari oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar esa 2 navga bo’linadi.
Nuqsonlar namoyon bo’lishiga qarab yaqqol ko’rinib turadigan va pinxona (yashirin) turlarga bo’linadi.
Yana nuqsonlar katta-kichikligi bo’yicha jiddiy, yirik va nojiddiy turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish bo’yicha hom-ashyo, konstruktsiya, texnologiya va pardozlash nuqsonlariga bo’linadi.
Mahsulotlarni miqdor belgisi bo’yicha qabul qilish. Bunda mahsulotning sifat ko’rsatgichlarini miqdori aniqlanib, me’yoriy-texnik hujjatlar talabiga solishtirish ko’zda tutiladi. Masalan, tsementning sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun tsementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yo’li bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar tsement pishiqligining yarmini bildiradi. 28 kundan keyin to’la pishiqligi ko’rinadi bunda natijalarda 5% ortiq farq bo’lmasligi kerak. Ko’p farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha bo’lsa, 200 va 380 kg/sm gacha bo’lsa – 300 markali deb hisoblanadi.
Mahsulotlarni muqobil belgisi bo’yicha tekshirish savdoda keng qo’llaniladi, mahsulotlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga bo’linadi.


Mahsulotning texnologik sifatining ko’rsatkichlari
Mahsulotning texnologiklik ko’rsatkichi buyumlarni tayyorlash va ta’mirlashda yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktorlik-texnologik yechimlarining samaradorligini tavsiflaydi.
Mahsulotning texnologiklik ko’rsatkichlarini quyidagi belgilar bo’yicha tasniflash mumkin:

  • texnologiklik xossalari miqdori (yagona, kompleks);

  • aniqlash bosqichi (loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish);

  • tahlil sohasi (texnik, texnik-iqtisodiy);

  • baholash tizimi (bazaviy, ishlab chiqilayotgan konstruktsiyani, nisbiy);

  • ahamiyati (asosiy, qo’shimcha).

Mahsulot texnologikligining asosiy ko’rsat-kichlariga quyidagilar kiradi:

  • tayyorlash sermehnatligi (mahsulotni tayyorlash texnologik jarayonlarining jami sermehnatligi bilan aniqlanadi, canoat mahsuloti uchun norma-soatlarda ifodalanadi);

  • texnologik tannarxi (sotib olinadigan buyumlarni hisobga olmagan holda mahsulot birligini tayyorlash xarajatlari summasi bilan aniqlanadi);

  • tayyorlash sermehnatligi bo’yicha konstruktsiyaning texnologiklik darajasi (ko’rib chiqilayotgan buyumni tayyorlash sermehnatligining bazaviy sermehnatlilik ko’rsatkichiga nisbati bilan aniqlanadi);

  • tayyorlash tannarxi bo’yicha konstruktsiyaning texnologiklik darajasi (ko’rib chiqilayotgan buyumni tayyorlash tannarxining bazaviy tannarx ko’rsatkichiga nisbati bilan aniqlanadi);

Sanoat mahsuloti texnologikligining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

  • buyumning yig’iluvchanlik (bloklilik) koeffitsienti;

  • ratsional materiallardan foydalanish koeffitsienti;

  • solishtirma mehnat sarfi;

  • solishtirma material sarfi va boshqalar.

Mahsulot texnologikligining qo’shimcha texnik-iqtisodiy mezonlari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:

  • buyumni ishlatishga tayyorlashning nisbiy va solishtirma sermehnatligi;

  • buyumga profilaktik xizmat ko’rsatishning nisbiy va solishtirma sermehnatligi;

  • buyumni ta’mirlashning nisbiy va solishtirma sermehnatligi;

  • buyumni ishlatishga tayyorlashning nisbiy va solishtirma tannarxi;

  • buyumga profilaktik xizmat ko’rsatishning nisbiy va solishtirma tannarxi;

  • buyumni ta’mirlashning nisbiy va solishtirma tannarxi.



Mahsulotni standartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari
Mahsulotni standartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari muayyan buyumda standartlashtirilgan detallar, yig’ma birliklar, bloklar va boshqa tarkibiy elementlardan foydalanish darajasini, shuningdek buyum tarkibiy qismlarining unifikatsiya (standartlashtirilgan, unifikatsiya-langan va orginal) darajasini tavsiflaydi.
Bu ko’rsatkichlar buyumning konstruktsiya jihatdan bir xillik darajasini aniqlash imkonini beradi. Ular mahsulot sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadlarida buyum tarkibiy qismlari tip o’lchamlarining eng kichik zaruriy miqdorlarini qo’llanish imkoniyatidan dalolat beradi.
Buyumning xalqaro, davlat va tarmoq standartlari bo’yicha ishlab chiqariladigan tarkibiy qismlari standartlashti-rilganlikka kiradi.
Unifikatsiyalanganlikka esa buyumning quyidagi tarkibiy qismlari kiradi, ular:

  • tarmoqda bosh korxona hisoblanadigan korxona standartlari bo’yicha tayyorlanadi va ushbu yoki qo’shni korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlarning kamida ikki tip o’lchamlarida yoki ikkita turida foydalaniladi;

  • korxona seriyali ishlab chiqarishda bo’lgan butlovchi tarkibiy qism sifatida tayyor holda oladi;

  • muayyan buyum uchun original sifatida loyihalanadi va so’ngra buyumlarning kamida ikki tip o’lchamlarida va turlarida qo’llaniladi.



Original tarkibiy qismlarga faqat shu buyum uchungina ishlab chiqilgan tarkibiy qismlar kiradi.
Standartlashtirish va unifikatsiyalashning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • tip o’lchamlari bo’yicha qo’llanuvchanlik koeffitsienti;

  • buyumning tarkibiy qismlari bo’yicha qo’llanuvchanlik koeffitsienti;

  • takrorlanuvchanlik koeffitsienti;

  • qo’llanuvchanligining qiymat koeffitsienti.

Mahsulotning standartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari qatorida shuningdek buyumlar guruhini loyihalararo unifikatsiyalash koeffitsientidan ham foydalanish mumkin.
Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlash ham mahsulotning sifat darajasini baholash, ham standartlashtirish va unifikatsiyalash bo’yicha rejalashtiriladigan tadbirlarning samaradorligini asoslash uchun zarur.


Mahsulot sifatining ergonomik ko’rsatkichlari
Mahsulot sifatining ergonomik ko’rsatkichlari buyumning turli ergonomik talablarga muvofiqligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Bu talablar buyumning o’lchamlariga, funktsional tavsiflariga, konstruktsiyasining ayrim elementlariga va ularning o’zaro joylashishiga qo’yilishi mumkin.
Buyumning ergonomik ko’rsatkichlarga muvofiqligi ekspert-ergonomistlar tomonidan maxsus ishlab chiqilgan baholar shkalasi bo’yicha ballarda aniqlanadi. Ergonomik ko’rsatkichlar interer va ish joylari uskunalarini, boshqaruv va nazorat pultlarini, turli priborlar va signal beruvchilarni, mashinalarning boshqaruv organlarini, ishlab chiqarish va maishiy maqsadlarga mo’ljallangan mebellarni ishlab chiqish va yaratishda foydalaniladi.
Quyidagi ergonomik ko’rsatkichlar alohida kichik guruhlarga birlashadi:

  • gigienik;

  • antropometrik;

  • fiziologik;

  • psixofiziologik;

  • psixologik.

Gigienik ko’rsatkichlar buyumning sanitariya-gigiena me’yorlariga va tavsiyanomalariga muvofiqligini tavsiflaydi. Gigienik ko’rsatkichlar tarkibiga harorat, bosim, namlik, changlanganlik, shamollatilish, yoritilganlik, radiatsiya, zaharlilik, magnit va elektr maydonlarining kuchlanganlik, vibratsiya, shovqin darajalari, shuningdek gravitatsion yuklanish va tezlanishlar kiradi.
Antropometrik ko’rsatkichlar buyumning inson tanasi va uning qismlari shakli hamda o’lchamlariga mosligini tavsiflaydi. Antropometrik ko’rsatkichlar tarkibiga buyumning inson o’lchamlariga, tanasining o’lchamlariga, tana vaznining taqsimlanishiga mosligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi.
Fiziologik ko’rsatkichlar buyum konstruktsiyasi va ayrim elementlarining inson fiziologik xossalariga mosligini tavsiflaydi. Fiziologik ko’rsatkichlar tarkibiga buyumning insonning kuchi, tezlik va energetik imkoniyatlariga mosligi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Psixofiziologik ko’rsatkichlar buyum va uning alohida elementlari konstruktsiyasining inson sezgi organlarining o’ziga xosliklari va imkoniyatlariga mosligini tavsiflaydi. Psixofiziologik ko’rsatkichlar qatoriga insonning ko’rish, eshitish, sezish (taktil), tam bilish, hid bilish kabi imkoniyatlariga buyumning mosligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiritilgan.


Psixologik ko’rsatkichlar buyumning insonning o’ziga xos xususiyatlari va psixologik imkoniyatlariga mosligini tavsiflaydi. Bu ko’rsatkichlar tarkibiga insonning o’zida shakllangan va yangidan shakllanayotgan malaka va ko’nikmalariga, shuningdek insonning axborotni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlariga buyumning mos kelishi kabi mezonlar kirishi mumkin.
Buyumlarning konstruktsiyasi murakkablashishi va mashina va uskunalar ishining jadalligi oshishi munosabati bilan hozirgi vaqtda sifatning ergonomik ko’rsatkichlariga borgan sari ko’proq ahamiyat berilmoqda.


Mahsulotning estetik ko’rsatkichlari
Estetik ko’rsatkichlar mahsulotning turli-tuman estetik xossalarini tavsiflaydi: jozibaliylik, ta’sirchanlik, uyg’unlik, yaxlitlik, muhit va uslubga muvofiqlik, ranglarning uyg’unligi va hokazo. Estetik ko’rsatkichlarni, umuman olganda, tayyorlangan buyumning ijtimoiy qimmatini aks ettiradigan ijtimoiy ko’rsatkichlar qatoriga kiritish mumkin.
Jami estetik ko’rsatkichlar orasidan quyidagi kichik guruhlarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • shaklning ratsionallik ko’rsatkichlari;

  • axborotning ta’sirchanlik ko’rsatkichlari;

  • kompozitsiyaning yaxlitlik ko’rsatkichlari;

  • ishlab chiqarish ijrosining mukammalik ko’rsatkichlari.

SHaklning ratsionalligi maqsadga muvofiqlikvafunktsional-konstruktiv moslashganlik bilan ifodalanadi. Maqsadga muvofiqlik ko’rsatkichi bilan insonning buyum bilan ishlashining o’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi va u buyumni ishlatish usuli va qulayligini tavsiflaydi. Funktsional-konstruktiv moslashganlik ko’rsatkichlari buyum shaklida uning asosiy funktsiyalari, konstruktiv yechimlar, qo’llanilgan materiallar va buyumni tayyorlash texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari aks etganligini tavsiflaydi.


Axborot ta’sirchanlik ko’rsatkichi buyumning shakli bilan aniqlanadi va sifatning quyidagi yakka ko’rsatkichlari bilan tavsiflanishi mumkin:

  • originalligi;

  • tanish belgisi;

  • modaga mosligi;

  • uslubiy mosligi.

Kompozitsiyaning yaxlitligi shunday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanishi mumkin:

  • hajmiy-fazoviy strukturaning tashkillashtirilganligi;

  • plastikligi;

  • shakl va elementlarning grafik jihatdan aniq chizilganligi;

  • ranglarning uyg’unligi.

Buyumlarni ishlab chiqarish ijrosining mukammalligi quyidagi sifat ko’rsatkichlari bilan baholanishi mumkin:

  • buyumning alohida qismlarini birlashtirishning aniq va sof bajarilganligi;

  • yuzalarning qoplamasi va bezaklari puxtaligi;

  • firma belgilari, muvofiqlik belgilari va ilova qilinadigan hujjatlarning aniq bajarilganligi.

Muayyan estetik ko’rsatkichlar mahsulotning har bir aniq turiga nisbatan ishlab chiqiladi va sifat bo’yicha tarmoq standartlari va tarmoqda foydalaniladigan boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarda qayd etiladi. Estetik ko’rsatkichlar ekspertiza o’tkazish yo’li bilan va organoleptik usul bilan aniqlanadi hamda ballarda baholanadi.


Mahsulot sifatining patent-huquqiy ko’rsatkichlari
Mahsulot sifatining patent-huquqiy ko’rsat-kichlari buyumning O’zbekiston Respublikasi va xorijda patentlar bilan himoyalanganlik darajasi, shuningdek buyumning patent sofligi darajasini tavsiflaydi.
Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha buyumning patentlar bilan huquqiy himoyalanganlik darajasi aniqlanadi, u patent himoyasi va patent sofligining o’lchamsiz ko’rsatkichlari asosida hisoblab chiqiladi.
Buyumning patent bilan himoyalanganlik ko’rsat-kichi mamlakatda patentlar va guvohnomalar bilan himoyalangan buyumning tarkibiy qismlari miqdorining ushbu buyumning tarkibiy qismlari umumiy miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Bunda aniq bir buyumning vazifasi va xarakteriga bog’liq holda uning barcha tarkibiy qismlari bir nechta muhimlik guruhlariga bo’linishi va buyumning har bir tarkibiy qismiga salmoqlilik koeffitsienti berilishi mumkin.
Buyumning patent sofligi ko’rsatkichi buyumning patent bilan himoyalanganlik ko’rsatkichining birligi va erishilgan qiymati o’rtasidagi farq shaklida aniqlanadi. Bu ko’rsatkich buyumni mamlakat ichida va xorijda hech bir to’siqsiz sotish mumkinmi yoki yo’qmi degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Buyumning biror-bir mamlakatga nisbatan patent sofligi shunday aniqlanadi, agar buyumda ushbu mamlakatda ro’yxatga olingan patentlar, ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari va tovar belgilariga alohida huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalar bilan himoyalangan texnik yechimlar qo’llanilmagan bo’lsa, buyum shu mamlakatga nisbatan patent sofligiga ega bo’ladi.
Buyumning patent sofligini tekshirish, odatda, buyum eksport qilinishi mo’ljallanayotgan mamlakatlarga va bu buyumni ishlab chiqaradigan yetakchi davlatlarga nisbatan o’tkaziladi. Patentning amal qilishi hududiy xarakterga ega ekanligi munosabati bilan ko’rib chiqilayotgan ko’rsatkich O’zR uchun alohida va eksport qilinishi mo’ljallanayotgan har bir mamlakat uchun alohida aniqlanadi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlarga qo’shimcha ravishda yana ushbu buyumning patent jihatdan sofligininghududiy tarqalish ko’rsatkichidan ham foydalaniladi, u buyum patent sofligiga ega bo’lgan mamlakatlar sonining buyumni eksport qilish yoki litsenziyalarni sotish mo’ljallanayotgan mamlakatlar soniga nisbati shaklida aniqlanadi.


Mahsulotning iqtisodiy ko’rsatkichlari
Iqtisodiy ko’rsatkichlar buyumning sifatini emas, balki buyum parametrlarini yaxshilash bilan bog’liq uni ishlab chiqish va tayyorlash xarajatlarini tavsiflaydi. Ular shuningdek buyumni ishlatishning iqtisodiy samaradorligini tavsiflaydi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar tarkibiga, xususan, quyidagilar kiritiladi: mahsulot birligining yoki sifati yaxshilangan buyum (mashina) yordamida bajariladigan ishning tannarxi, ishlatish xarajatlarining ayrim moddalari (xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi, iste’mol qilinadigan energiya tannarxi, amortizatsiya ajratmalari summasi va hokazo).
Ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlar buyum hayot tsiklining barcha bosqichlarida, jumladan buyumni ishlab chiqish, tayyorlash, muomalaga chiqarish va sotish, ishlatish yoki iste’mol qilish, shuningdek tiklash (ta’mirlash) bosqichlarida uning iqtisodiy bahosini berish imkonini beradi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlarning umumiy jamidan odatda buyumlarning sifatini rejalashtirish va baholashda eng ko’p foydalaniladigan quyidagi ko’rsatkichlar ajratib ko’rsatiladi:

  • mahsulotning tannarxi;

  • mahsulot bahosi;

  • mahsulot birligiga keltirilgan xarajatlar;

  • mahsulot sifatining nisbiy iqtisodiy ko’rsatkichi, u bazaviy namuna xarajatlarining baholanayotgan mahsulotning tegishli xarajatlariga nisbati bilan aniqlanadi.

Mahsulot sifatini baholashda iqtisodiy ko’rsat-kichlarni ko’rsatkichlarning alohida bir turi sifatida qarash zarur, chunki ular ko’rsatkichlarning deyarli barcha tasnif guruhlari bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar sifatning kompleks (integral) ko’rsatkichlarini (masalan, buyumning asosiy parametri birligiga to’g’ri keladigan tannarxi yoki bahosi) aniqlashda hisobga olinadi. Buyum hayot tsiklining turli bosqichlarida uning sifatini ta’minlash xarajatlarini aniqlashda va mufassal tahlil qilishda iqtisodiy ko’rsatkichlarga muhim rol ajratiladi. Iqtisodiy ko’rsatkichlardan shuningdek sifati muayyan darajada bo’lgan mahsulotning bahosi darajasini asoslashda, shu jumladan mahsulot sifatini oshirish, ta’minlash va saqlab turishning turli variantlari iqtisodiy samaradorligini baholashda foydalaniladi.
Mahsulot sifatining qo’shimcha ko’rsatkichlari
Hozirgi vaqtda mahsulotni iste’mol qilish yoki ishlatish vaqtida uning xavfsizligini, ekologik me’yorlar va talablarga mosligini, ishlatmasdan yoki iste’mol qilmasdan transportda tashishga moslashganligini aks ettiruvchi mahsulotning sifat ko’rsatkichlari, shuningdek mahsulotning bir jinslilik ko’rsatkichlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu ko’rsatkichlar mahsulot sifatini rejalashtirish va baholashda ikkinchi darajali deb hisoblanmaydi va faqat oldin ko’rib chiqilgan tegishli davlat standartlari bilan reglamentlangan ko’rsatkichlar guruhidan birmuncha keyinroq o’rganilib hamda ishlab chiqila boshlanganligi uchun ham qo’shimcha ko’rsatkichlar deb ataladi.
Xavfsizlik ko’rsatkichlarimahsulotning uni ishlab chiqarish, muomalada bo’lish, iste’mol qilish (ishlatish) va qayta tiklash (ta’mirlash)ning xavfsiz sharoitlarini ta’minlash bilan bog’liq o’ziga xos ko’rsatkichlarini tavsiflaydi.
Quyidagilar xavfsizlik ko’rsatkichlari qatoriga kiritilishi mumkin:

  • avariyali holatlarning yuzaga kelish ehtimoli;

  • himoya qurilmalarining ishga tushish vaqti;

  • mahsulotning tok o’tkazuvchi qismlari izolyatsiyasining elektr qarshiligi;

  • soxtalashtirishdan himoyalanganlik darajalari miqdori va boshqalar.

Ekologik ko’rsatkichlar ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan (ishlatilayotgan) mahsulotning atrof muhitga zararli ta’siri darajasini tavsiflaydi.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • atrof muhitga zararli aralashmalarni chiqarish ehtimoli;

  • havoga, suvga, yerga chiqarib tashlanadigan zararli aralashmalar miqdori (kontsentratsiyasi);

  • mahsulotni tayyorlash, saqlash, transportda tashish va iste’mol qilish (ishlatish)da radiatsion nurlanish darajasi va h.k.

Mahsulotning transportda tashishga yaroqlilik ko’rsatkichlaritransportning turli xillari (avtomobil, temir yo’l, suv, havo) yordamida mahsulotning makonda (ishlatmay yoki iste’mol etmay) bir joydan boshqasiga ko’chish imkoniyatini tavsiflaydi.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • transportda tashishda yo’l qo’yiladigan (ruxsat etiladigan) temperatura;

  • transportda tashishda yo’l qo’yiladigan namlik;

  • transportda tashishda yo’l qo’yiladigan bosim;

  • transportda tashishning yo’l qo’yiladigan vaqti;

  • transportda tashishda yo’l qo’yiladigan vibratsiya darajasi;

  • mahsulotni transportda tashishda mahsulot birligiga sarflanadigan moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar miqdori;

  • buyum massasi;

  • buyumning gabarit o’lchamlari.

Yoppasiga, yirik seriyalab yoki seriyalab ishlab chiqarishda erishilgan bir jinsli mahsulotning sifat ko’rsatkichlari qiymati uning asosiy statistik parametrlari majmui bilan belgilanadi. Mahsulotning asosiy parametrlari barqarorligi ushbu holda ular tarqalishining miqdoriy kattaliklari bilan baholanadi.
Mahsulot sifati ko’rsatkichlari tarqalishini tavsiflash uchun quyidagi bir jinslilik ko’rsatkich-laridan foydalaniladi:

  • o’rtacha kvadratik og’ishish;

  • ko’lami;

  • dispersiya;

  • variatsiya (o’zgaruvchanlik) koeffitsienti.




Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish