Texnika asoslari. Reja



Download 32,71 Kb.
bet1/8
Sana16.01.2022
Hajmi32,71 Kb.
#378316
  1   2   3   4   5   6   7   8




MAVZU:

Ijtimoiy sohaning moddiy-texnika asoslari.


Reja:

  1. Ijtimoiy sohada moddiy texnika asosi va uning tarkibi haqida

tushuncha.

  1. Sarmoya qo‘yilmalari .

  2. Ijtimoiy sohada moddiy resurslarning tarkibi .

  3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat resurslarning bandligi

  4. Ijtimoiy sohada mehnat resurslarining shakllanishi

  5. Ijtimoiy samaradorlik

  6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy sohada sifat ko‘rsatkichlari

1. Ijtimoiy sohada moddiy texnika asosi va uning

tarkibi haqida tushuncha

Ijtimoiy soha moddiy-texnika asosining shakllanishi ishlab chiqarish tizimi aloqalari ta’sirida amalga oshadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sohaning moddiy-texnika asosini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil qilish va rivojlantirish, mamlakatning ijtimoiy siyosati oldiga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirish shartlarini ta’minlab, xalq faravonligini oshirib jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va rivojlantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining moddiy-texnika ta’minoti xizmat hajmini oshiribgina qolmay, balki yordamchi ishchilar va malakali xodimlarning mehnat samaradorligini, xizmat madaniyati va sifatini oshirish uchun ham xizmat qiladi. Sog‘liqni saqlash, uy-joy xo‘jaligi, ta’lim sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish yo‘li orqaligina hal qilish mumkin.

Ilm-fan, ijtimoiy sug‘urta, kreditlash, davlat boshqarishi kabi sohalarda moddiy-texnika ta’minotining sifat darajasi jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy boshqarishni mukammallashtirishda yangi laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, iqtisodiy matematik usullardan foydalanish orqali progressiv texnologiyaga o‘tishda asos bo‘ladi.1

Shunday qilib, xizmat ko‘rsatish sohalarining moddiy-texnika asosini mukammallashtirish ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallash-tirishning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya tarkibini yaxshilash, ilm va texnikaning eng yaxshi yutuqlaridan keng miqiyosda samarali foydalanish, ilmiy-texnik taraqqiyoti orqali boshqarishning o‘sishini ta’millash kabilar bu ishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Mehnat jarayonida qisqa muddatlarda to‘laligicha iste’mol qilinadigan moddiy-texnika unsurlari joriy iste’mol moddiy resurslari deb ataladi. Ularga elektr quvvati, dori-darmonlar, bolalar muasassalari va davolash muasassalarida ovqatlanish, o‘quv qo‘llanmalari, o‘qishning texnik vositalari va jihozlar kabilar kiradi.2

Xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy fondlari jismoniy va ma’naviy jihatdan eskiradi. Jismoniy eskirish - bu asosiy fondlarning mehnat jarayoni mobaynida tabiiy iqlim sharoitida iste’mol qiymatini yo‘qotishdir. Jismoniy eskirish darajasi ko‘pgina omillardan iborat bo‘ladi. Bulardan biri - tashqi eskirish, ya’ni binolar tashqi qismining ob-havo ta’sirida eskirishi, ichki eskirish, ya’ni asosiy fondlarning foydalanish darajasi natijasida ro‘y beradi. Tashqi eskirish ko‘p hollarda qurilish-montaj ishlarining va foydalanilgan materiallarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki eskirish ish vaqti tartibiga, xodimlar malakasiga, texnik xizmatga, foydalanish sur’atiga, ish hajmi darajasi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.

Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi - bu texnika taraqqiyotining bazasi yaratilishi natijasida mehnat xarajatlarini pasaytiruvchi, aholiga xizmat darajasini ko‘taruvchi, asosiy fondlarning sifat me’yorlari darajasiga bo‘lgan talabni o‘zgartiruvchi yangi fondlarning joriy qilinishi natijasida ro‘y beradi. Texnika taraqqiyoti ta’sirida jamiyat uchun jismoniy yangi, lekin ma’naviy eskirgan asosiy fondlardan foydalanish samarasiz bo‘ladi.3


Download 32,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish