Texnika asoslari. Reja



Download 32,71 Kb.
bet6/8
Sana16.01.2022
Hajmi32,71 Kb.
#378316
1   2   3   4   5   6   7   8
6. Ijtimoiy samaradorlik
Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti bu xo‘jalik amaliyotida bo‘lgan ishlab chiqarishning sifat va samaradorligini oshirishdan iboratdir. Bu muammo to‘la xolda xalq xo‘jaligining ijtimoiy sohasiga ham ta’luqlidir.

Xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning samaradorligiga baho berishda, birinchi navbatda, butun xalq xo‘jaligining xolati hisobga olinadi. Jumladan, asosiy e’tibor, bu sohaning ishlab-chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishiga, xalq farovonligining o‘sishiga va shaxsning kamol topishiga sharoit yaratishga qaratiladi.

Moddiy ishlab chiqarishning intensivlashuviga ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: sog‘liqni saqlash tizimidagi yutuqlarning o‘lim va kasallikning kamayishiga ta’siri natijasida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar kamayadi, bu esa mehnat samaradorligini oshiradi.

Ijtimoiy samaradorlik va uning ta’minlanish shartlari ijtimoiy iqtisodiy tizim bilan aniqlanadi. Asosiy iqtisodiy qonuniyat pirovard natija hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soxada xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi shaxsning jismoniy va ma’naviy mukammal-lashuvida, inson hayot tarzini va ijtimoiy aloqalarning mujassamlashuvida ko‘rinadi. Ijtimoiy samaradorlikka erishish natijalariga misol tariqasida sog‘liqni saqlash soxasidagi muvaffaqiyatlar, aholining madaniy darajasi, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish, insonlar tafakkurining o‘sishini ko‘rsatishimiz mumkin. Tushunarliroq qilib aytganda, ijtimoiy soxaning ta’siri ijtimoiy samaradorlik ijtimoiy hayotda shaxsning to‘la kamol topishdagi o‘zgarishlarda ko‘rinadi.

Xizmat ko‘rsatish soxalarida iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik barcha tarmoqlardagi aniq mexnat jarayonlariga bog‘langan xolda ko‘rib chiqiladi. Masalan: tibbiyot soxasida sog‘liqni saqlash samaradorligi, xalq ta’limida pedagogika samaradorligi va x.k.

Xalq ta’limi tarmog‘idagi samaradorlik ular tayyorlagan kadrlarning ma’lumoti va malakasi darajalarini taqqoslash orqali aniqlanadi. Misol uchun ikki guruh ishchilarni to‘liq o‘rta ma’lumotli va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli ishchilar ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rsatkichlarini yoki maxsus hunar texnika o‘kuv yurtini bitirgan ishchi bilan bevosita ishlab chiqarishda etishgan ishchining ko‘rsatkichlarini solishtirish orqali aniqlash mumkin. Sog‘liqni saklash bilan bog‘liq xarajatlarning samaradorligi kasal bo‘lish darajasining pasayishi oqibatida iqtisodiy yo‘qotishlarning pasayishi orqali aniqlanadi.

Kasallikning pasayishi tufayli erishilgan iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun, birinchi navbatda, kasalning qanday turiga qarshi olib borilgan muvaffaqiyali kurash orqali ish vaqti yo‘qotilishining oldi olinganligini aniqlash lozim. Bartaraf etilgan vaqt yo‘qotishlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ko‘paytirish orqali qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, kasallikni davolash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarning miqdoriga e’tibor berish lozim. Ularni taqqoslash orqali sog‘liqni saqlashdan olinadigan iqtisodiy samaradorlikni baholash mumkin.



Download 32,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish