Texnika asoslari. Reja


Ijtimoiy sohada moddiy resurslarning tarkibi



Download 32,71 Kb.
bet3/8
Sana16.01.2022
Hajmi32,71 Kb.
#378316
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Ijtimoiy sohada moddiy resurslarning tarkibi
Moddiy-texnika asosining qat’iy holda o‘sishi soha uchun xarakterlidir. U asosiy fondlar qiymatining doimiy o‘sib borishi bilan ifodalanadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarishdagiga nisbatan sekin o‘smoqda. Buning turli sabablari bor:

Birinchidan, ijtimoiy sohada bevosita insonga xizmat ko‘rsatiladi, bunda mashinalarni qo‘llash chegaralaniladi va mehnat buyumlashmaydi. Bu noishlab chiqarish asosiy fondlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi uchun asosiy omil degan ma’noni bermaydi. Ikkinchidan noishlab chiqarish asosiy fondlarining ko‘payishi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, asosiy kapital sig‘imining o‘sishi va fond dinamikasiga bog‘liq. 4

Noishlab chiqarish asosiy fondlarining ahamiyati bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham mukammalashadi. Ular, birinchi navbatda, fan va texnikani yangi yutuqlari asosida ta’minlanadi. Masalan, davlat boshqaruvi xodimlari faoliyatida axborotlarni yig‘ish, saqlash ishlari kompyuter yordamida amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasida lazer va boshqa murakkab texnika qurilmalaridan foydalanilmoqda. Transport va yo‘lovchi tashish transporti vositalari doimiy yangilanilmoqda.

Asosiy fondlar dinamikasining qiymat shaklidagi ko‘rinishi quyidagi omillar ta’siri ostida iqtisodiy imkoniyatning, moddiy ishlab chiqarishning o‘sishi, sohalarda moddiy resursga bo‘lgan iste’mol fondlarining sifat jihatidan mukammalashuvi va ularning ishlab chiqarishga xarajatlarning o‘zgarishi natijasida shakllanadi. YUqoridagi omillarning o‘zaro bog‘liqligi ijtimoiy soha asosiy fondlarining doimiy o‘sishiga olib keladi.

Xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy fondlari tarkibi barcha tarmoqlarda ham bir xil emas. Masalan: yo‘lovchilar tashish transportida transport vositalari ulushi yuqori, uy-joy kommunal xizmatida uzatuvchi qurilmalarning ahamiyati ko‘proq bo‘ladi. Asosiy fondlar orasida binolar va inshoatlar etakchi o‘rinni egallaydi. Bu ko‘p jihatdan shu sohalardan mehnatning buyumlashmasligidan, mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish chegaranlanganligidan kelib chiqadi.

Sog‘liqni saqlash tarmog‘i moddiy-texnika bazasining o‘sishi o‘rni sonining o‘sishiga bog‘liq. Mamlakatimizdagi barcha dorixonalar xo‘jalik hisobida ish yuritishmoqda. Sotib olish bilan sotish bahosi o‘rtasidagi farq dorixonalarning daromadi bo‘lib, davlat byudjetiga soliqlar to‘lagandan keyin qolgan qismi foyda hisoblanadi va u moddiy-texnika bazasining mustahkamlashga va ijtimoiy-madaniy tadbirlarga sarflanadi.

Inson salomatligini mustahkamlash va uni har tomonlama jismonan barkamol bo‘lishini ta’minlash jismoniy tarbiya va sportning asosiy vazifasidir. Ana shu maqsadda sport muassasalari korxona va tashkilotlar ishchi xodimlari o‘rtasida, maktablarda, oliygohlarda va aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni tashviqot qilib, bepul musobaqalar o‘tkazmoqdalar. Sport tomoshaxonalarida xo‘jalik aloqalari chegaralangan. Buning asosiy sababi, sport tomoshalarining ko‘p hollarda bepul ko‘rsatilishidir, ularga ketadigan xarajatlar davlat byudjeti, kasaba uyushmalari hisobidan va har bir vazirliklar tomonidan qoplanmoqda.5

SHu bilan birga, shaharlarda joylashgan yirik sport kompleks-larida xo‘jalik hisobida ish yuritilmoqda, chunki ular baquvvat moddiy bazaga, moliyaviy resurslarga va tajribali xodimlar jamoasiga egadir. Bu esa jismoniy tarbiya va sportni aholi hamda tashkilotlar o‘rtasida samarali yo‘lga qo‘yishga, sport inshoatining moddiy ta’minotini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish maqsadida tegishli muassasalar davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlardan ozod qilinadilar. Soliqlar uchun olinadigan mablag‘ muassasa moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflanadi.



Download 32,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish