Reja: 1. Bog'lovchi moddalarning sinflanishi 2. Bog'lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo va qo'shimchalar 3. Qurilishda bog'lovchi moddalarni qo'llash
Anorganik bog‘lovchilarni
ishlatilishiga va xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit;
2) Gidravlik bog‘lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega.
Masalan, portlandsement, shlakli portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar
3) Kislotalarga chidamli bog‘lovchilar. Bunday bog‘lovchilarninig qotish
protsessidan keyingi mustaxkamligining ortishi kislotalar tasirida ham davom
etaveradi. Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha asosida
olinadigan sementlar va qorishmalar misol bo‘la oladi.
Bog‘lovchi moddalar sanoatida malum turdagi xom ashyo materiallargina
ishlatiladi. Lekin ana shu materiallardan har xil miqdorlarda foydalanish va muayyan
ishlash texnologik usullarini qo‘llanish yo‘li bilan xossalari har xil bog‘lovchilar
tayyorlanadi. Tog‘ jinslari va sanoat chiqindilaridan iborat ikkilamchi xom ashyo
hisoblanadi.Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tog‘ jinslaridan asosan quyidagilari
ishlatiladi. Gips tog‘ jinslar; ikki molekula suvli gips, gips tosh yoki asosan suvsiz
kalsiy sulfatidan iborat angidrit.
Qurilishlarda buyum xossalarini o‘zgartish va bog‘lovchi materallarni tejash
maqsadida quyidagi maxsus qo‘shilmalar xam ishlatiladi:
1) Bog‘lovchi materiallarni chuchuk hamda sulfat tuzlariga to‘yingan tuzlar
tasirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki aktiv mineral
qo‘shilmalar -trepal,opoka, diatomit, trasslar,pemza, vulqon kuli va tufi, aktiv kremniy
yaiqindilari, pishirilgan gil, gliej, kuygan jinslar va shlaklar;
2) Bog‘lovchi materiallarni tejash uchun to‘ldirgichlar sifatida mayda qilib
qo‘yilgan qum, shlak va boshqalar;
3) Sementlarning tiklashuvini tezlatuvchi va susaytiruvchi materiallar:
tezlatuvchilar-kalsiy xlorid (SaSl2), natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota, eruvchan
shisha (Na2SiF), soda; susaytiruvchilar – gips, sulfat kislota, sulfit oksidli temir va
boshqalar;
4) Sementning qotishini tezlatuvchi va mustahkamligini oshiruvchi
qo‘shilmalar – xlorli kalsiy va xlorid kislota;
5) Beton va qotishmaning sovuqqa chidamliligi, plastikligini oshirish uchun
ishlatiladigan organik va anorganik qo‘shilmalar, sulfit spirt bardasi (SSB), etmak
(ko‘pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit,trepel va boshqalar.
Qurilish gipsidan turli gips va gips-beton mahsulotlari tayyorlanadi, bo‘lar
quruq suvoq, devor plitalari va panellar, qavatlar orasiga qo‘yiladigan detallar,
arxitektura-binokorlik mahsulotlari, ventilyasiya qutilari, termoizolyasiya plitalari va
boshqalardir.
Qurilish gipsining rangi oq bo‘lganligi uchun u sun’iy marmar va ba’zi xil
bo‘yoq hamda bo‘r tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek, ko‘zgu va optik
shishalar ishlab chiqarishda ham gips ishlatiladi. Gips asbest va boshqa materiallar
bilan aralashma holida issiqlikni o‘tkazmaydigan buyumlar tayyorlashda keng
qo‘llaniladi.
Binokorlik qorishmalari angdrit sementdan tayyorlangan bo‘lsa, 15 martagacha
muzlab erigan holda ham sezilarli darajada buzilmaydi. Uyning choksiz to‘shalmasi,
linoleum osti to‘shalmasi hosil qilish, turli xil suvoq va oraliq qorishmalar, organik,
anorganik to‘ldiruvchili engil betonlar, og‘ir betonlar ishlab chiqarish shuningdek, sun’iy marmar tayyorlashda angidrit sementdan foydalaniladi. Angidrit sementdan ishlangan konstruksiya va buyumlarni havo namligi 60...70% dan yuqori bo‘lgan erlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
N.A.Maxmudova “Bog‘lovchi moddalar”. Darslik. /Toshkent arxitektura-qurilish
instituti.
Do'stlaringiz bilan baham: |