Magnit separatorlari magnit juftligi yoki soni yoki magnitning ishchi yuzasi uzunligi bilan farqlanadi.
Magnitli separatorlarda donni tozalash sifatini ta’minlashda magnit tarnovga uzatilganda, qalinligi maydalangan mahsulot uchun 5–6 mm va don uchun 8–10 mm dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Tosh ajratgachlar lavlagi va kartoshkadan toshni ajratish uchun xizmat qiladi. Toshning hajmiy zichligi lavlagi va kartoshka va suvning zichligidan yuqori, shu sababli ular suv to‘ldirilgan moslamaga solinganda, tosh moslama tubiga cho‘kadi, kartoshka va lavlagi esa suvdan qalqib chiqadi.
– tosh va boshqa aralashmalarni ajrata olishligi;
– Yuklash va chiqarib olishni mexanik holda bajarilishi;
– Yuvish qoldig‘i loyqani tozalab olish imqoniyati;
– Yuvish sifatini sozlanishi.
Konstruksiyasi bo‘yicha ozuqa yuvish mashinasi qo’lachokli, barabanli, diskali va Shnekli bo‘ladi (40chizma).
1–kovshli elevator; 2–Yuvilgan lavlagilarni chiqarib yuborish kurakchasi; 3–to‘siqcha; 4–tosh ajratgich; 5–loy tushirish tuynugi; 6–tosh tushirish tuynugi; 7–qopqoq; 8–vanna;
9–panjarali tub.
Diskli ozuqayuvgich baquvvat yuvishishchi diski bilan disk esa sirtiga kavsharlangan burtlar bilan ta’minlangan. Lavlagilar aylanayotgan disk bo‘rtig‘iga tegib, disk bilan aylanib hamda siltanib, harakatga keladi. Aylanma suv ta’minlagich lavlagini to‘la yuvilishini ta’minlaydi.
Shnekli ozuqayuvgich vannaga o‘rnatilgan shnek holatida bo‘ladi. Shnek quvur ichiga joylashib, gorizontalga nisbatan 25–90° holda bo‘ladi. Quvurning pastki qismi suvli bunker ichida joylashib, panjara shaklida bo‘ladi. Shnek aylanganda uning o‘rami lavlagini qamrab olib shnek bo‘ylab yuqoriga yo‘naltiradi. Lavlagiga qaramaqarshi yo‘nalishda, unga vanna tindirgichidan suv yuboriladi. Loyqa vannaning tubiga cho‘kadi va vaqtivaqti bilan maxsus darcha orqali tozalab turiladi.
Ildiz mevalarni maydalash mashinalarining tuzilishi va ishlash tartibiIldizmevalar – maydalash va issiqlik bilan ishlov berishdan avval tuproq, tosh va kesaklardan tozalanadi. Zootexnik talablarga ko‘ra tozalangan ildizmevalarning iflosligi 3 foizdan, suv sarfi oqar suvda yuvilganda – 1 tonnasiga 200 l, aylantirilib yuvganda 100 litrdan ko‘p bo‘lmasligi shart. Lavlagilarni saqlashdagi buzilish kuzatilishi va bug’‘lantirib ishlov berilishi bilan darhol oziqlantirishga uzatiladi. Aks holda uning tarkibidagi nitratlar hayvonlar uchun zararli nitritlarga aylanadi.Dukkakli va boshoqli ekinlar donlari cho‘chqa, qo’y va qoramollarga parchaparcha qilib, ezg‘ilab berish oldidan bug’bilan ishlov beriladi. Donlar 0,06–0,07 MPa bosim ostida tonnasiga 200 kg bug’ishlatib pishiriladi. Pishirilgan don bilan cho‘chqa va parrandalar oziqlantiriladi. Yosh qoramollar uchun dondan omixta yem tayyorlashda don infraqizil nur issiqligi bilan ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |