O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II-bob. 2-qism. O’zbekistonda ma’naviyat nazariyasining ishlab



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

II-bob. 2-qism. O’zbekistonda ma’naviyat nazariyasining ishlab 
chiqilishi va sohadagi muammolar.
 
Insoniyat tarixida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan barcha omillarga 
katta e’tibor berilib, bunday omillardan foydalanib kelganlar.
Jamiyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadigan shunday omillardan biri 
ma’naviy omildir.
Ma’naviyatning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o’rni va ahamiyati tarixda 
bo’ladigan o’zgarishlar davrida yaqqolroq seziladi. Buning o’ziga xos bo’lgan 
sabablari bor. Xar qanday mamlakatning kelajagini, uning kuch qudratini, 
mamlakat va millat taqdirini ma’naviyat, jamiyat a’zolarining aql zakovati hal 
etadi. Zero ma’naviyatni yuksaltirishga e’tibor pasayib, ilm-fan ma’rifat 
rivojlanmasa jamiyatning kelajagini tasavvur etish qiyin.
Ma’naviy yuksalishni jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni haqida gapirib 
Prezidentimiz I.A. Karimov quyidagi fikrlarni bildirib o’tadilar : ,,Bugungi kunda 
mamlakatimizda yangi hayot , yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin 
fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga 
ega”.
113
Biz uchun muqaddas bo’lgan mustaqillikni faqat iqtisodiy va siyosiy 
islohotlarga asoslanib, jamiyat a’zolarining turmush sharoitlarini yaxshilash 
bilangina ta’minlab, mustahkamlab bo’lmaydi. Jamiyatni yuksalishiga xizmat 
qiladigan barcha omillarni ma’naviy va ma’rifiy omillar bilan bog’lagan 
taqdirdagina oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishish mumkin.
Jamiyat taraqqiyotini belgilab berishda o’zining alohida o’rniga ega bo’lgan 
ma’naviyatni yuksaltirishga bo’lgan e’tibor O’zbekistonning o’z oldiga qo’ygan 
maqsadi, tanlab olgan yo’li bilan izohlanadi.
Jamiyat hayotini yuksaltirishda faqatgina iqtisodiy va siyosiy choralarga 
suyanishgina orqali oldimizga qo’yilgan maqsadlarga erisha olmasligimizni 
113
I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008-yil, 76-bet.


65 
Prezidentimiz I.A Karimov o’z asarlarida nazariy jihatdan asoslab berib 
kelmoqdalar.
Ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviyatning ahamiyati juda katta ekanligi, uni 
jamiyat hayotidagi boshqa barcha omillar bilan, shu jumladan moddiy omillar 
bilan bog’liqligi taraqqiyotning mustahkam mezoni bo’lishi muqarrar ekanligi 
haqida Prezidentimiz I.A Karimov quyidagi fikrlarni bildirib o’tadilar: ,,Biz 
istiqlolning dastlabki yillaridan boshlaboq xalqimizning asrlar davomida intilib 
kelgan orzu-maqsadlari va zamon talablarini, dunyoviy taraqqiyot mezonlarini 
hisobga olgan xolda, jamiyatimiz hayotida ana shu ikki omilning uyg’un tarzda 
rivojlanishiga alohida e’tibor qaratdik. Mustaqillik biz uchun nafaqat iqtisodiy, 
balki beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanini anglab, mamlakatimizning 
ichki va tashqi siyosatini, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarini aynan shu 
asosda tashkil etishga ustivor ahamiyat berdik”
114

Mamlakatimiz rahbari jamiyatimiz taraqqiyoti O’zbekiston xalqlarining boy 
ma’naviy madaniyatiga, uning noyob tarixiy o’tmishiga, tarixiy tajribasi, 
millatimizning yuksak g’oyalariga mos bo’lib tushishi zarurligini doimo ta’kidlab 
kelmoqdalar.
Ma’naviyatni yuksaltirmay, jamiyat a’zolari ongida ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlarni rivojlantirmay va mustahkamlamay turib jamiyatni yangilab 
bo’lmasligi o’z o’zidan aniqdir.
Tarix asoslab berganidek xalqi ma’naviy pok, vijdonli, pok, diyonatli 
bo’lgan mamlakat va jamiyat o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erisha oladi. 
Ma’naviyat xar bir xalq va millat uchun buyuk ne’matdir.
Ma’naviy jihatdan barkamollashib borayotgan har bir inson qalban va 
vijdonan mehnat qiladi, aql idroki va tafakkurini ishga solib mamlakatni obod 
qiladi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi. Hech bir jamiyatda inson 
ma’naviyatsiz yashay olmaydi va shu bilan birga xar bir jamiyat ma’naviy jihatdan 
barkamol shaxslarga muhtoj bo’ladi.
114
I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008-yil, 67-68-betlar.


66 
Ma’naviyat insonga xos bo’lgan qadriyat bo’lib, ushbu qadriyat zaminida 
ulg’ayib borayotgan xar bir inson ijtimoiy jihatdan faollashib boradi. Insonning 
insonligi uning buyuk ma’naviyat sohibi bo’lganligidadir.
Jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlar shaxs ongi va ma’naviyatida muayyan 
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, ma’naviy o’zgarish va yuksalishlar jamiyatdagi 
rivojlanishga katta ta’sir ko’rsatadi. Jamiyatdagi o’zgarishlar va ijtimoiy taraqqiyot 
ma’naviyatning tub mohiyati bilan bog’liq hodisadir. Agarda ma’naviyat sohasida 
o’zgarishlar va yuksalishlar bo’lmasa u taraqqiyotga yordam bermaydigan, 
aksincha taraqqiyotga to’siq bo’ladigan hodisaga aylanib qoladi.
Jamiyat taraqqiyotidagi tub burilishlar, yangilanishlar jarayonida 
ma’naviyatda ham o’zgarishlar yuz berib, ma’naviyatning jamiyatda yuz 
berayotgan jarayonlarga ta’siri kuchayadi. Jamiyatda o’zgarishlar yuz berayotgan 
bunday davrlarda ma’naviyatning oldiga qo’yilayotgan ma’suliyat ortib boradi.
Mustaqilligimizni dastlabki yillaridanoq milliy ma’naviy merosni tiklashga, 
ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazishga katta diqqat e’tibor 
qaratib kelinmoqda.
Ma’naviy yuksalish taraqqiyot mezoni sifatida o’z ta’sirini kuchaytirib 
borayotgan davrda ma’naviyatga nisbatan bo’lgan e’tiborning biroz pasayishi ham 
ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ma’naviyatni yuksaltirish borasida olib boriladigan siyosatni har 
tomonlama chuqur o’ylanganligi va amalga oshirilganligi taraqqiyotga katta ta’sir 
ko’rsatishi bilan birga mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashning 
muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda ma’naviy yuksalish jarayoni, avvalo qadriyatlarning 
yangilanishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu borada milliy o’zlikni anglash, 
ma’naviy merosni tiklash, ularni avaylab-asrash, ularni xar bir jamiyat a’zosining 
qalbiga singdirishga harakat qilish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga ezgu 
maqsadlar yo’lida mamlakat hayotini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, 
ma’naviyatni yuksaltirish taraqqiyot jarayonining tarkibiy qismidir.


67 
Ma’naviy yuksalish jarayoni ko’p jihatdan bu sohada rejalashtirilayotgan va 
amalga oshirilayotgan ishlarga bog’liq bo’lib, ma’naviyatdagi yuksalishlar 
O’zbekistonda jamiyat taraqqiyotining ustivor yo’nalishiga aylangan.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi 
ko‘p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, 
ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qonlirilishiga bog‘liqdir. 
Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o‘tgan tarixan qisqa muddat ichida ro‘y 
bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va 
tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o‘zgarishlar bizga sho‘rolar mustabid tuzumi 
hamda istiqlol yillarida O‘zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va 
unga erishishga imkon beradi. Xususan, eng avvalo, mamlakat xukumati, 
Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi.
-
Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy 
ustivor yo‘nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq ishlarning 
amalga oshirilishi uchun butun ma’suliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, 
tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatilishi juda katta ijtimoiy 
ahamiyat kasb etdi. 
-
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi 
buyuk bo’lishi mumkin ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. 
Darhaqiqat iqtisodiy-siyosat omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o‘rni 
va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo‘lgan barcha 
muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
-
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch 
ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho‘rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas 
«ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiqlolga xizmat qiladigan, fuqarolik 
qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
-
To‘rtinchidan, istiqlol davri O‘zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng 
muqaddas maqsadlaridan biri-o‘tmish, tarixiy-madaniy, ilmiy, axloqiy-mafkuraviy, 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho‘ro davrida tarkib topgan munosabat kabi «illat» 


68 
sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan 
mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
-
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy 
hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning 
ma’naviyat bilan uyg‘unligi ta’minlandi. Mamlakat Perizdenti Islom Karimov 
qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo‘lgan eng ustivor vazifa 
«xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borish, milliy mafkuramizga 
kuch-kuvvat beradigan, keng ommaga ta’sir o‘tkazishga, xalqni o‘ziga tarafdor 
etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijitmoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to‘g‘ri 
belgilab olishdir. 
Mustaqil O‘zbekistonda istiqlol ma’naviyat sohasida mavjud bo‘lgan 
vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda 
bajarilib kelinmoqda. Chunonchi, agar istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat 
ma’naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuqarolarda sho‘rolar davriga xos 
tafakkurni eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator 
yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim. Ikkinchi, 
eng muhim vazifalardan yana biri erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini 
shakllantirishdir, zero «ozod, o‘z haq-huquqilarini yaxshi taniydigan. 
Boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z 
kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatarini xalq, 
Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonlarni tarbiyalashdan 
iboratdir.
Insoniyat tarixida o‘z ijtimoiy ahamiyati jihatdan alohida e’tiborga loyiq 
holatlar, qadriyatlar mavjudki, bular u yoki bul millat, elat, xalqning mavjudlik 
belgisi, taraqqiyot mezoni sifatida baholanishi mumkin. Millat mavjudligining ana 
shunday muhim belgilaridan bir ta’lim tizimi hamda yuqori malakali mutahassis 
kadrlar tayyorlash masalasidir. Darhaqiqat, ta’lim tizimi demokratik tamoyillar 
bilan uyg‘unlashgan, uning insonparvar jamiyat barpo etish kabi zarur ijtimoiy 
ehtiyoj talabalariga javob bergandagina u o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsad - 
barkamol avlodni tarbiyalash va shakllantirish vazifasini ado etishi mumkin.


69 
Umuman, 1992 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun 
O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilishda ma’lum rol o‘ynadi. Mazkur hujjat 
sho‘rolar mustabid tizimi davridan «meros» bo‘lib qolgan, kommunistik 
mafkuraga xizmat qiluvchi mafkuraviy yangi sharoitdagi vaziflariga to‘liq javob 
bera olmadi edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati ta’lim tizimini to‘liq 
isloh etishga qodir hujjatlarni qabul qilishga e’tiborni kuchaytiridi va bu bosh 
islohotchilik yo‘lini o‘ynadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida 
tamomila yangi, sifat jihatdan mukammal «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar 
tayyorlash milliy daturlarini ishlab chiqildi.
Mamlakat Prezidenti yuqorida qayd etilgan hujjatlarni qabul qilishga 
undayotgan omillarni e’tiborga olgan holda quyidagi fikrni bayon etdi.
-
Birinchidan, biz eski sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya 
tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xali beri to‘liq qutulganimiz 
yo‘q.
-
Ikkinchidan, barcha amaldagi o‘zgarishlar va tadbirlar, asosan yuzaki 
bo‘lib, ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichalarini bir-biri 
bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish 
muammolarini yechib bergan emas.
-
Uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi kun 
zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi 
ko‘p joylarda yaqqol ko‘rinmoqda. Mazkur mulohazalar yangi hujjatlar qabul 
qilingungacha bo‘lgan davrdagi ta’lim timizining cheklanganligidan yaqqol dalolat 
beradi.
Har qanday sharoitda ham barcha millat va xalqlar o‘zining ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirishga muhtojlik sezadi. Ma’naviyat-inson uchun mavjudlik 
belgisi. Ma’naviy boylik u yoki bu millatni boshqa etnik birikmalardan o‘ziga 
xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omildir.
Ma’naviyati yo‘q xalqning o‘zi yo‘q. Shu bilan har bir xalq ma’naviyati 
ham bir xil darajada emas. O‘zbek xalqi aynan shu yo‘ldan bordi, o‘z milliy-
tarixiy, madaniy merosiga sodiqligini ko‘rsata bildi. Bu esa mustamlakachilik 


70 
davrida yo‘qotilgan, toptalgan madaniy merosni tiklash, o‘zligini anglashga 
bo‘lgan rag‘batni o‘yg‘otdi. Istiqlol yillarida o‘zbek madaniy hayoti o‘yg‘ondi, 
jonlandi va o‘zining bugun mavjud bo‘y-bastini ko‘rsata bildi. Teatr, musiqa 
san’ati rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy-ma’rifiy muassasalar 
faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy ma’rifiy ahamiyati oshdi, milliy 
adabiyot ravnaq topdi. Ayniqsa, teatr san’atining rivoji gullab yashnadi. Bu bejiz 
emasdi, zero mustamlakachilik davrida teatrlar kommunistik mafkuraning 
xizmatkoriga aylangan, siyosiy maqsadlarnigina bajaruvchi kuchga aylangan edi. 
Shu asnoda asosiy e’tibor repertuar masalasini hal etish, tomoshabinlarni 
bezdiradigan sahna asarlari o‘rniga ularning ma’naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondiruvchi spektakllarni fuqarolar hukmiga havola etishga asosiy e’tibor 
qaratildi. 
O‘zbekistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi natijasida ma’naviy 
madaniyatning muhim jabhasi bo‘lgan musiqa san’ati ham juda rivoj topa 
boshladi, zero tabiatan nozikta’b, san’atsevar va san’at ahliga talabchan o‘zbek 
xalqining musiqasi keng ko‘lamli ma’naviyat ko‘gusidir. Sho’rolar davrida asosan 
mafkuraviy hukmronlik quliga aylangan mazkur san’at turi erkinlik yo‘liga kirdi. 
Jamiyat a’zolari milliy qo‘shiqchilik san’atidan bahramand bo‘la boshladilar. 
Shunday qilib, mustaqillik O‘zbekiston ma’naviy hayotini barqarorlashtirish uchun 
zamin yaratdi, ma’naviy-ma’rifiy hodisalarga munosabatni o‘zgartirdi. Istiqlol 
tufayli ma’naviy turmushimizdagi ko‘plab muammolar hal etila boshlandi. 
Qurilayotgan demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat, bozor munosabatlariga 
o‘tish, jahon hamjamiyati bilan mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘zaro hamkorlik qilish 
imkoniyati O‘zbekiston madaniyatini xalqchil qildi. O‘zbekiston, o‘zbek xalqining 
dunyodagi o‘ziga xos va mos o‘rni borligi, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan 
bebaho hissasining e’tirof etilishi tufayli ma’naviy hayotning gullab-yashnashi 
uchun mustahkam zamin yaratildi.
Mustaqillikni mustahkamlashda O'zbekiston uchun milliy ma'naviyatning 
tarihiy zarurligi va uning demokratik jamiyat qurishdagi o'rni yana bir qator 
mavjud muammolarni hal etish bilan bog'liq. Ular quyidagilardan iborat. 


71 
–birinchidan, milliy ma'naviyat kishilarda milliy madaniyatning, milliy 
ongning, milliy g'ururning o'sishi va rivojlanishini ta'minlash omili sifatida 
mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
–ikkinchidan, milliy ma'naviyat milliy qadriyatlar, milliy birdamlik va 
hamjihatlik tuyg'usini shakllantirish orqali yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalaydi 
va mustaqillikni mustahkamlashga hizmat qiladi.
–uchinchidan, mustaqil O'zbekiston uchun milliy ma'naviyatni tikash 
vauning mustahkamlanishi uchun sharoit yaratish halqni mehnatni sevish va 
qadrlashga da'vat etish, mehnatsiz rizq–nasiba, moddiy–ma'naviy boylik va kelajak 
yo'q ekanligini, mustaqilligimizning barqarorligi va taqdiri ham unga bog'liqligini 
odamlar ongi va qalbiga chuqur singdiradi.
Mustaqillik tufayli birinchi marotaba Konstitutsiyamizda mafkuralar va 
fikrlarning hilma–hilligiga keng o'rin birildi. Masalan, Konstitutsiyaning 12–
moddasida: «O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, 
mafkuralar va fikrlarning hilma–hilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura 
davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas» – deb yozib qo'yilgan. Bu 
qoida Respublikada ijtimoiy–siyosiy barqarorlik va istiqlol mafkurasini ishlab 
chiqishda hamda mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega 
bo'lmoqda.
Milliy o'zlikni anglash aynan ma'naviy qadriyatlarni o'zlashtirish, o'z 
halqining tarihi, madaniy merosini o'rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini 
aniq tasavvur etishdan boshlanadi. 
XXI asr boshiga kelib ahborot tehnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni 
yangi bosqichga ko'tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo'ladigan 
ta'sir beqiyos darajada zo'rayadi. Bu ta'sir, bir tomondan, milliy madaniyatlarning 
boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, 
millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo'lgan odat va harakatlarning kirib kelishiga 
sabab bo'ladi. 


72 
Islom Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida» asarida halqning 
madaniy qadriyatlari, madaniy merosi ming yillar mobaynida SHarq halqlari uchun 
qudratli ma'naviy kuch bo'lganligiga alohida e'tibor berdi.
Bunda 1) sobiq mafkura tazyiqini; 2) ma'naviy va madaniy merosni tiklash 
O'zbekiston davlati siyosatida muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini chuqur 
o'rganish, yoshlarni unga e'tiborini jalb etish muhim. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida «siyosiy, madaniy ekstremizm havfi» 
tug'ilishi mumkinligining hisobga olinganligi respublikada mustaqillikni saqlab 
qolishda, barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini chuqurroq, atroflicha, aniq 
misollar yordamida yoritish o'zining amaliy ahamiyatiga ega.
Mustaqillik tufayli milliy–ma'naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi. 
Prezidentimiz Islom Karimov “ma'naviy o'nglanishni amalga oshirmasdan 
iqtisodiy o'nglanish mumkin emas”ligini aytib, “ma'naviyat halqni, millatni millat 
qiladigan kuch–qudratdir” degandi. Shu sabab mustaqillik yillarda johon 
tsivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo'shgan buyuk allamalarning merosini yangidan 
ijodiy o'zlashtirish o'ayotiy ehtiyojga aylandi. 


73 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish