O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

«Tarmoqlar» - Klaster usuli.
Bu texnologiya uslub jihatdan aqliy hujum 
texnologiyasiga yaqin bo‘lib, asosan o‘quvchilarning o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha 
mavjud bilim va ko‘nikmalarini tekshirishda ishlatiladi. U faqat g‘oyalar orasidagi 
bog‘lanishlarini fikrlashni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab 
olishni talab qiladi. Bu usul o‘quvchini mavzu yuzasidan mavjud bilimlarini 
tizimlashtirish va uni tasavvur qilishga yordam beradigan strategiya hisoblanadi. 
Bu texnologiyadan yakka holda yoki jamoada ham foydalanish mumkin. 
Jamoada klaster usulidan foydalanish. O‘quvchi tomonidan doska markaziga 
mavzuning asosiy termini yoziladi. Masalan: Zardo‘shtiylik. O‘quvchilardan mana 
shu termin bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlarini aytishlarini so‘raladi hamda doskaga 
o‘quvchilar fikrlari tahlilsiz yozilib strelka yordamida asosiy termin bilan 
bog‘lanadi. Fikrlarga texnologiya so‘ngida o‘qituvchi tomonidan xulosa yasaladi. 


85 
Usulning o‘ziga xosligi shundaki, bunda o‘quvchilar boshqa tengdoshlari fikrlari 
bilan ham tanisha oladilar. 
«Tushunchalar tahlili» texnologiyasi.
Uslubning mohiyati. Ushbu uslub 
o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha 
mavzularni talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan yodga olish, biron – bir mavzu 
bo‘yicha o‘qituvchi, tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z 
izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish 
va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichia barcha talaba (yoki o‘quvchi)larni 
baholay olishga yo‘naltirilgan. 
Uslubning maqsadi. Talaba (yoki o‘quvchi)larni mashg‘ulotda o‘tilgan 
mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib 
olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta 
olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, 
safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga 
keltira olishga o‘rgatish. 
Uslubning qo‘llanishi: o‘quv mashhulotlarining barcha turlarida (dars 
boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi 
tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, 
mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi 
mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o‘quvchi)larning bilimlarini tekshirib olish 
uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning 
bir qismia yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu 
uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi. 
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch 
tushunchalar ro‘yhati, qalam (yoki ruchka), slayd. 
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining 
qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlan 
tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bu guruh 
o‘quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, holda 
guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyolanadi). 


86 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 

talaba (yoki o‘quvchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratadi; 

talaba (yoki o‘quvchi)lar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab 
qoidalar bilan tanishtiriladi; 

tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi; 

talaba (yoki o‘quvchi)lar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi 
mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar; 

talaba (yoki o‘quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha 
berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida 
(berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar 
(yakka tartibda); 

o‘qituvchi 
tarqatma 
materialda 
mavzu 
bo‘yicha 
berilgan 
tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni 
belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali 
tanishtiriladi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish