O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

 Safol ichra bir jur’a loye manga, 
 Erur jomi getinamoye manga, 
 Ketarmakka xudbinligim ranjini, 
 Qani Boda yanglig’ davoye manga
73

Ya’ni inson qalbini xudbinlikdan, begona hislardan, shirkdan tozalasa 
qalbida nur jilolana boshlaydi. Shubhasiz u qalbini poklab, ma’naviyati butun 
insonga aylanadi. 
Navoiy dahosi haqiqatdan ham cheksiz ummondek o’zida ko’p sirlarni 
yashirgan.
Navoiy haqidagi, ma’naviy merosi, qay darajada buyuk zot ekanligi 
Prezidentimizning: ,,Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, 
mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning 
sultonidir”
74

16-20-asrlar milliy ma’naviyatimiz takomilini ikki katta bosqichga ajratish 
mumkin. Ulardan birinchisi 16-17-asrlarni qamrab oladi. Bu bosqichda yaxlit 
islom mintaqa madaniyati erishgan yutuqlar zaminida mahalliy o’lkalar keng xalq 
ommasining ma’naviy saviyasi oshib bordi. Bu davrda mintaqa siyosiy hayotida 
tanazzul va parchalanish jarayoni kundan kunga, yildan yilga kuchaydi. Shu bilan 
bir paytda mintaqa xalqlari o’tgan davrda erishilgan yuksak ma’naviy qadriyatlarni 
saqlab qolishga va rivojlantirishga urindilar.
Ikkinchi bosqich – milliy ma’naviyatimizning yangi davr Yevropa 
madaniyati bilan bevosita to’qnashuviga oid bo’lib, bu jarayon boshlanishidanoq 
foje bir tarzda – qadim Turon xalqlarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olinishi va 150 yillik mustamlaka holatida murakkab bir tarzda kechdi.
Garchi bu davrlarda hududimizda parokandalik, ichki kelishmovchiliklar
o’zaro to’qnashuvlar yuz bergan bo’lsada ma’naviy yuksalish yoki ma’naviyatga 
73
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 1-jild, T., 1997-yil, 602-bet.
74
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2009-yil, 47-bet.


42 
bo’lgan e’tibor aslo kamaygani yo’q. Ushbu davrlarning birinchisida juda ko’plab 
shoirlar, olim va fuzalolar ijod qildi. Ulardan Turdi Farog’iy va Mashrablarning 
ma’naviyatga oid qarashlarini e’tiborga olmoq lozim. Garchi ushbu ikki shoir bir 
biridan tubdan farq qiluvchi yo’nalishda ijod qilgan bo’lsalarda maqsad bir 
ekanligini anglash mumkin. Ya’ni xalq g’amini o’z g’ami deb qabul qilish, xalqni 
birlashtirishga, uni ma’naviyatini yuksaltirishga xarakat qilish.
Turdi Farog’iy o’z ijodida davr hukmdorining an’anaviy huquqlarini 
ochiqdan – ochiq rad qilib (,,Subxonqulixon haqida hajviya”) odil shoh madhiyasi 
o’rniga zolim va noqobil sultonni keskin fosh etishni maqsad qilib qo’ydi. Turdi 
beklarni ham ayab o’tirgani yo’q. Turdi birgina sultonni emas, balki butun bir 
ijtimoiy toifani - o’zi ham mansub bo’lgan aslzodalar – beklar tofasini fosh etadi. 
Ularni ,,yuzi qarolik”, ko’zi ko’r, qulog’i karlikda ayblaydi: 
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini, 
G’asb ila molin olib, qo’ymadingizlar bitini, 
Qamchilar dog’i solib bo’yunig’a, tilib betini, 
Yordingiz zahrasini (ichidan) olib o’tini, 
Bo’lmadi kam bu raiyat boshida hech tayoq.
75
Qarang, Bobur Mirzo uchun tabiiy ko’ringan holat endi Turdi uchun chidab 
bo’lmas adolatsizlikdir. Bu yangi davr ma’naviyatidan darak edi. Turdi odil shoh 
orzusi o’rniga yagona vatan g’oyasini olg’a suradi. 
Siyosiy doiralardagi tanazzul 17-asrga kelib, asta sekin ma’naviyat olamiga 
ham yoyila boshladi. Ma’naviyat arboblarining aralashuvi siyosatda katta ijobiy 
o’zgarishlar paydo qilmadi, qaytaga ma’naviyat olamining o’z ichida ziddiyatlar 
chuqurlashuviga sabab bo’ldi. Boborahim Mashrab faoliyati asl ma’nosi bilan 
ma’naviyat olamida paydo bo’layotgan ana shunday illatlarga qarshi tug’yon 
bo’lib chiqdi. Mashrabning ma’naviyatdagi isyoni Mahmud Sultonning doriga o’z 
boshini tutib berishda namoyon bo’ldi. Chunki ma’naviyat olami qilichbozlikni 
taqozo etmaydi, o’zgalar ruhidagi illatni qilich bilan, isyon bilan poklab bo’lmaydi. 
75
O’zbek adabiyoti tarixi. 3-jild. T., Fan, 1978, 224-bet.


43 
Umarxon saroyi ilm-u san’at o’chog’i edi. Shu bilan birga Maxmurning 
,,Hapalak” va Gulxaninyning Yapaloqqush va Boyo’g’li haqidagi ,,Zarbulmasal” 
lari shu davrda yaratildi, Uvaysiyning ,,Anor” chistoni ham shu davr mahsuli. Biz 
19-asr birinchi yarmi ma’naviyatidagi ziddiyatlarni to’g’ri anglab yetmog’imiz 
kerak.
76
19-20-asrlar xalqimiz tarixida iztirobli davr bo’ldi. 17-18-asrlarda milliy 
turg’unlik, milliy parchalanish fojealari elning eng jonkuyar farzandlari dilini 
qiynoqli dard bilan kuydirgan bo’lsa, endi bevosita milliy qaramlik ma’naviy 
xo’rlik keltirdi, xalq ham ma’naviy, ham iqtisodiy kamsitildi, oyoqosti qilindi. Elni 
ozod qilishni Feruz va Furqatlar ma’rifatda ko’rishgan bo’lsa, Muhammad Ali 
eshon kabilar xalqni bevosita jihodga chorladilar. Muqimiy tasviridagi 
,,tanobchilar”, ,,moskovchi boylar” xalqni talashda mustamlakachilar bilan 
,,musobaqa” qilishgan bo’lishsa, Buxoro amiri jadidlarni qatag’on qilishda 
bolsheviklarga o’rnak ko’rsatdi. 18-20-asrlar o’lkamizda ta’lim tizimi ham 
turg’unlikka yuz tutganligini inkor etib bo’lmaydi. Fitratning 1912-yilda 
Isyanbulda nashr etilgan ,,Hind sayyohining qissasi asari” 20-asr boshlarida 
o’lkamiz ma’naviy hayotida yuzaga kelgan bo’hroniy holatning achchiq 
manzarasini Buxoro amirligi misolida shafqatsiz ochib tashlagan. 
Chor Rossiyasi davrida xalqni har tomonlama ma’naviyatidan mahrum 
qilishga intildilar. Ammo Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Sidqiy 
Ajziy, Ashurali Zohidiy, Lutfulla Olimiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori 
Abdurashidxonov, kabi ma’rifat fidoyilari maydonga kirib keldi.
77
Chor Rossiyasiga qarshi juda ko’plab qo’zg’olonlar ko’tarildi. Ammo 
ularning barchasi shafqatsizlarcha bostirildi. Jadidlar bunday qo’zg’olonlarga, 
stixiyali harakatlarga tubdan qarshi edilar, Fitrat yozadi: ,,Zotan qurol kuchi bilan 
bir millatni yo’q etmak qulay, bor etmak mumkin emasdir. Qurol kuchi bilan hech 
bir jamoatni madaniyat sari jo’natib bo’lmaydi.”.
78
76
Jalilov To’xtasin ,,O’zbek shoiralari”. T., 1970,37-bet.
77
O’rta Osiyo xalqlari hurfikrligi tarixidan T., 1990, 96-bet.
78
Sh. Rizayev. Jadid dramasi. T., 1997, 46-bet.


44 
Jadidlar 1930-yillargacha xalq ma’rifatini yuksaltirish, uning ma’naviy 
dunyosini takomil toptirish uchun butun kuch g’ayratlarini sarf etdilar. Abdulla 
Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon, So’fizoda, Hamza Hakimzoda va boshqalar yaratgan 
asarlar xalqimizning boqiy mulkiga aylangan bo’lsa, Munavvarqori, G’ozi Yunus, 
Salimxon Tillaxonov, Ubaydulla Asadullaxo’jayaev, Zaki Validiy To’g’on, 
Nosirxon To’ra, Sadriddin Maxsum, To’raqul Jonuzoqovlarning siyosiy-ma’rifiy 
faoliyatlari Vatan mustaqilligi va xalq ma’rifati yo’lidagi fidokorlik timsoli bo’lib 
qoldi. Agar Chor Rossiyasi bizning ma’naviyatimizni turg’unlikda, qoloqlikda 
tutishga uringan bo’lsa, Bolshevik-shovenistlar mahalliy xalqlarni o’z milliy 
ma’naviyatidan butkul begonalashtirish siyosatini tutdilar. Masalan, necha 
maingyillik islomgacha ma’naviyatimiz tarixini o’rganuvchi mutaxasislar 70-80-
yillargacha o’lkamizda deyarli mavjud bo’lmagan, 1200 yillik islom davrini 
o’rganuvchilar bir necha o’n kishidan oshmas edi, ammo 70 yillik ,,sovetlar” 
davrini har soniyasini turli jihatlardan madh-u sano etish uchun tarix, falsafa, 
adabiyot va boshqa ijtimoiy gumanitar yo’nalishlarda minglab oliy ma’lumotli 
mutaxasislarni o’z ichiga olgan mahobatli ,,mafkuraviy qo’shin” safarbar etilgan 
edi.
79
1930-yillar qatag’on mashinasi changalidan tirik qutulib qolgan sanoqli 
ikkinchi qatlam ziyo egalariga tayanib, e’tiborga sazovor ishlarni imkon doirasida 
amalga oshira boshladilar. Ba’zi rahbarlik lavozimidagi kishilar, Habib 
Muhamedov kabi fidoyilar ,,sovet sotsiolistik mafkurasiga” samimiy ishongan 
holda millat mafkurasi uchun qayg’urib, milliy ma’naviyat unsurlarini imkon 
doirasida yosh avlod ongiga yetkazishga urindilar, buning uchun harakat 
qilayotgan haqiqiy ilm egalari ziyolilarga faoliyat maydonini erkin qo’yib berdilar. 
Biz yaqin o’tmishimiz, aniqrog’i, ,,sovet davri” da yuzaga keltirilgan 
ma’naviy merosdan aslo voz kechishimiz, unga mensimay qarashimiz mumkin 
emas. Hamza va Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjon va G’afur G’ulom, Oybek va 
Abdulla Qahhor adabiy merosi o’zbek xalqining ma’naviy merosidan munosib joy 
olgandir. Albatta, ular ijodida zamonasozlik ham, badiiy meyorga yatmagan ba’zi 
79
M. Imomnazarov Milliy ma’naviyatimiz asoslari. T., 2006-yil, 214-bet.


45 
asarlar ham bo’lishi mumkin. Ammo ularning badiiy salohiyati, o’zbek xalqi va 
Vatanga mehri, xalq ma’naviy kamolati uchun qo’shgan hissasi benazir ekanini 
faxr bilan tan olsak arziydi. ,,Sovet davri” deb atalgan 70 yillik murakkab tarixiy 
jarayon davrida milliy ziyolilarimiz har biri tashqi imkon va ichki salohiyat 
darajasida xalq ko’nglini o’stirib, ma’naviy olamini boyitib keldilar, biz bularni 
e’tirof etishimiz va minnatdorchilik bilan ular hurmatini joyiga qo’yib, asarlarini 
yangicha nuqtayi nazar bilan yangidan ko’rib chiqishimiz lozim. Umuman, 
bolsheviklar odatini takrorlab, bu – mutaraqqiy, narigi – mutaassib yoki reaksion 
deb tamg’a bosish insofdan ham emas, ilmga ham muvofiq emas.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mustaqillik sharofati bilan milliy 
ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bevosita qonib-qonib obi hayot shimmog’imiz 
imkoni yaraldi. Bugun endi e’tiqod va ilm, iroda qudrati va mehr, Vatan va xalq, 
tabiat va bashariyat, bir so’z bilan aytganda, Oliy haqiqat oldidagi insoniy 
ma’suliyat bir butun mohiyat sifatida har bir shaxsning, har bir O’zbekiston 
fuqarosining ma’naviyatini tashkil etmog’i kerak. Milliy ma’naviy merosimiz 
bizga tabiat va millat, bashariyat va koinot oldidagi burch va ma’suliyatimizdan 
saboq beradi. Millat ma’naviyati o’z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan 
birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.
Inson ma’naviyati ming bir sifat, behisob jihat va qirralar bilan jilolanadi: 
hayo va andisha, vafo va sadoqat, o’ktamlik va tashabbuskorlik, himmat va 
saxovat, balog’at va fasohat, mardonalik va ma’suliyat va hokazo… Xullas, jami 
insoniy fazilatlar ma’naviyat darakchilaridir. Ularning har biri orqali inson botiniy 
dunyosi haqida muayyan tasavvur hosil qilish mumkin. 


46 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish