I-bob bo’yicha xulosa.
Shunday qilib, bugungi kunda “ma’naviyat nima?” degan savolga xilma xil
javoblar paydo bo’lmoqda. Yuqorida keltirilgan faktlardan ham ko’rinib turibdiki,
agar masalani jahon miqyosiga olib chiqadigan bo’lsak, ish o’ta murakkablashib
ketadi
80
. Ma’naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo’lganligidan bunga
hayron bo’lmasa ham bo’ladi. Undan tashqari keltirilgan ta’riflarni barchasini
dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul noto’g’ri, deb baholash ham insofdan
emas, chunki ularning ko’pchiligida masalaning qaysidir qirrasi o’z aksini topgan
bo’lishi mumkin.
Ammo, afsuski yaqin-yaqinlargacha ko’pchilik masalaga jiddiy
yondashishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko’rib chiqilmagan inson va jamiyat
hayotidagi muhim yo’nalish, hassos bir sohaga kamoli e’tibor bilan razm solishga
muvaffaq bo’lmadi. Avvalo, ma’naviyat insonni jamiki boshqa mavjudotlardan
ajratib turuvchi mohiyat bo’lib, inson-tabiatning, barcha tirik mavjudotning gultoji,
deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni, yuksak ma’naviyat egasi bo’la olish imkoni
nazarda tutilgandir. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz. Agar hayvonot
dunyosini faqat moddiy hayotga tegishli, farishtalar esa sof ma’naviy xilqatlar deb
tasavvur qilainsa, odam bolasida moddiyat ham, ma’naviyat ham mavjuddir.
Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur, Oliy haqaiqat nuri bo’lib, shu sababli buyuk
bobokalonlarimiz inson qalbini “Haqiqat asrorining ganjinasi” deb ataganlar. Haq
asrori esa shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga ahli bashar qudrati yetmaydi.
Zotan, hech bir odam bolasi “uni inson darajasiga ko’taradigan asoslarning asosini
o’z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi”
81
.
Jahon ilmida ham ma’naviyat sohasida bir qancha ishlar qilinganini ko’rdik.
E’tibor bersak ularning har biri o’z e’tiqod va qarashiga ega. Har bir olim o’z
fikrini har tomonlama isbotlashga urinadi. Ularning ba’zi birlarini inkor ham etib
80
Bu deganimiz ushbu sohadagi jahon tajribasini inkor etish ma’nosini bildirmaydi. Ammo bu borada jiddiy qiyosiy tadqiqotlar
o’tkazish uchun yillar kerak bo’ladi, yengil-yelpi mulohaza va xulosalar esa tajribasiz yosh avlodni gangitib qo’yishi va xatto
xavfli adashuvlarga sabab bo’lishi mumkin.
81
I.Karimov. Asarlar. 1-jild, 81-bet.
47
bo’lmaydigandek tuyuladi. Lekin bu ma’naviyat sohasida hamma uchun umumiy
bo’lgan, ma’lum bir nazariyani qabul qilish mumkin degani emas. Chunki har bir
olim xohlaymizmi yo’qmi ma’naviyatga o’zi e’tiqod qilayotgan din, o’z imkon
doirasi, mentaliteti yoki dunyoqarashi doirasida qaraydi. Lekin aynan shu fikr va
mulohazalar ma’naviyat haqida yanada to’laroq tasavvur hosil qilishimizda
yordam beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mustaqillik sharofati bilan milliy
ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bevosita qonib-qonib obi hayot shimmog’imiz
imkoni yaraldi. Bugun endi e’tiqod va ilm, iroda qudrati va mehr, Vatan va xalq,
tabiat va bashariyat, bir so’z bilan aytganda, Oliy haqiqat oldidagi insoniy
ma’suliyat bir butun mohiyat sifatida har bir shaxsning, har bir O’zbekiston
fuqarosining ma’naviyatini tashkil etmog’i kerak. Milliy ma’naviy merosimiz
bizga tabiat va millat, bashariyat va koinot oldidagi burch va ma’suliyatimizdan
saboq beradi. Millat ma’naviyati o’z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan
birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.
Inson ma’naviyati ming bir sifat, behisob jihat va qirralar bilan jilolanadi:
hayo va andisha, vafo va sadoqat, o’ktamlik va tashabbuskorlik, himmat va
saxovat, balog’at va fasohat, mardonalik va ma’suliyat va hokazo… Xullas, jami
insoniy fazilatlar ma’naviyat darakchilaridir. Ularning har biri orqali inson botiniy
dunyosi haqida muayyan tasavvur hosil qilish mumkin.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |