O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

эллин
(еллин) — это человек, владеющий греческим языком и воспринявший 
обычаи и идеи (дух) эллинизма. Варвар — 
«не эллин».
В Римской империи, 
все кроме эллинов считались варварами и невеждами. Кстати, в Иудее 
фарисеи (отделенные, обособленные) также учили, что все «не фарисеи» — 
это презираемые «деревенские жители», т.е. амхаарес. 
Из истории хорошо известно, что духовное состояние античного 
языческого мира характеризовалось развитием и широким распространением 
духа эллинизма, а также философии и оккультных религий. Причем, именно 
эллинизм оказал огромное влияние на историю развития христианской 
Церкви, а точнее — на ее духовную деформацию.
 
В той или иной форме, элементы эллинизма и языческой культуры 
прослеживаются и в современных лжедуховных движениях. Легко заметить, 
что некоторые современные христиане подсознательно прельщены «духом 
эллинизма». Это выражается в том, что они без рассмотрения и легко 
перенимают мирские обычаи и светскую культуру (например, театральные 
постановки с участием клоунов, пантомимы, рок-музыку, и другие 
«безобидные» развлекательные обычаи и обряды) в практическую жизнь и 
служение Богу. В связи с подобными тенденциями внутри христианства, 
важно выявить и дать оценку потенциально возможным, скрытым 
параллелям между эллинизмом и христианской духовностью. 
Духовному христианину трудно согласиться с утверждением 
философа Н.А.Бердяева о том, что «эллинские начала внутри христианства 
составляют богатство христианства» [Николай Бердяев. Смысл истории. — 
М.: Мысль, 1990, с.85]. Хотя, если анализировать ортодоксальное обрядовое 
историческое христианство, то действительно можно показать, что оно 
«обогатилось» именно за счет обрядов и мистики эллинизма. 


16 
Ellinizm bu grek ma’naviyati, nutqi, harakatlarining rim xalqlari va 
yahudiylardagi rivojalanishi. Antik davrdagi yunon taraqqiyoti ham ellinizm 
deyilgan. Shuning uchun ham yunonlar yunon ma’naviyati bilan ta’lim olishgan. 
Ular yunon udumlari, g’oyalariga bo’ysunuvchi kishilardir. Rimdan tashqaridagi 
xalqlar varvarlar deyilgan, ammo bu so’z ellinlarga nisbatan qo’llanilmagan. 
Varvarlar – ma’naviyatsiz, tarqoq, alohida yashovchi qishloq ahli deb talqin 
qilingan.
Tarixda antik davrda ellin ma’naviyati keng tarqalgan. Aynan ellinlar 
nasroniylar cherkovining yuzaga kelishida va ularning ma’naviyati rivojida katta 
hissa qo’shishgan.
Hozirgi zamondagi g’ayri ma’naviy holatlarda ellinizmning qoldiqlari 
ko’rinmoqda. Hozirgi zamon nasroniylari ellinizm g’oyalarini bilgan holda 
o’zlarida targ’ib qilmoqdalar. Masalan, teatrdagi masxarabozlik, pantomimolar, 
rok musiqalarida va boshqa g’ayritabiiy harakatlarda ko’rinmoqda. Ellin 
ma’naviyati nasroniy ma’naviyati bilan parallel ketmoqda.
“Ellin g’oyalari nasroniylik dinini boyitadi degan fikrga haqiqiy nasroniy 
qo’shilmaydi”,- deb N.A. Berdyayev nasroniylik ma’naviyatini asoslab beradi.
18
Albatta ellinizm barcha xalqlar ma’naviyatida o’ziga xos iz qoldirgan. 
Chunki ellinizmning o’zida ma’naviyatga yuksak e’tibor berilgan. Bu haqida 
quyidagi ma’lumotni keltirib o’tsak kifoya. 
Как свидетельствует Филон, «в домах, где жили терапевты, бьыа 
особая комната, в которой никогда не ели и не пили. В ее стенах была 
сосредоточена духовная деятельность общины». С целью повышения 
эффективности запоминания Священных текстов, основатели коммуны 
терапевтов создали специальный распевающийся устав (катехизис), изложив 
основные принципы жизни и важнейшие религиозные воззрения в 
стихотворной форме. Филон также сообщает: 
«После трапезы [терапевты] совершают священную всенощную. Она 
проводится так. Все вместе они встают и в центре собрания образуется, 
18
Николай Бердяев. Смысл истории. — М.: Мысль, 1990, с85


17 
прежде всего, два хоровода: один — из мужчин, а другой — из женщин. От 
каждого [из хороводов] выбирается самый уважаемый и добропорядочный 
руководитель и запевала.
Filonning guvohlik berishicha, ,,terapevtlar yashagan uylarda alohida xona 
bo’lib, u yerda yeyish va ichish mumkin bo’lmagan, u xonada ma’naviyat 
uyushmalari faoliyat yuritgan”.
19
Muqaddas matnlarni eslab qolish maqsadida bu 
terapevtlar maxsus nizom ishlab chiqishgan va bunda muhim diniy qarashlar 
she’riy tarzda yozilgan.
Filonning xabar berishicha ,,Marosimlarda, majlis o’rtasida ikki qator 
ayollar va erkaklardan tashkil topgan ijrochilar turadi va ular ichidan hurmatga 
loyiqlari yakkaxon (boshliq) qilib saylangan”. 
Ko’pchilik Sharqiy Yevropa ziyolilari ma’naviyatga pravoslav nuqtai 
nazaridan qaraydilar. Ularning ko’pchiligi ma’naviyatni Muqaddas Ruhga 
aloqadorlik va Hudoga yaqinlashuv darajasi deb tushunadi.
20
Ular inson ma’naviyatini dunyoviy va diniy nuqtai nazardan talqin qilishni 
xush ko’rishadi. Birinchidan inson xushfelligi, ma’naviyligi, zakovati, saxovati, 
ikkinchidan zohirlikdan tashqari tushunchadir. Apostol Pavelning fikricha 
ma’naviy yetuk insonlar Muqaddas Ruh ergashuvchilaridir. Avliyo Grigore 
Palame ,, yangi odamlar Muqaddas Ruhning sabog’ida bo’ladi deb hisoblaydi. 
Ma’naviyat haqida mitropolit Antoniy Surojskiy quyidagicha fikr bildiradi: 
,,Odatda biz ma’naviyat haqida gapirganimizda hayotimizning aniq bir sohasini 
gapiramiz. Masalan, ibodat, xarakat va bu ayrim kitoblarda o’z isbotini topgan. 
Jumladan Feofan Zatvornik o’z asarida bu haqida fikr yuritadi. Mening fikrimcha 
shuni yodda tutish kerakki bizning qalbimizda Muqaddas Ruh xarakati ma’naviyat 
asosi bo’lib keladi. Bu doimiy xarakatimizda emas sirli xarakatlarimizda namoyon 
bo’ladi.
21
Demak, Antoniy Surojskiyning fikricha ma’naviyat avvalo ibodatda 
mavjuddir. Har bir inson o’z ibodatlarini qanchalik mukammal bajarsa, uning 
19
Gertsman E. V. Gimn u istokov Novogo Zaveta: Besedi o muzikalnoy jizni rannix xristianskix obshin. – M.: Muzika, 1996, 
77-bet.
20
Mitropolit Ierofey (Vlaxos) Pravoslavnaya duxovnost. M., 2003, c 36.
21
S. Antoniy ,,Kogda mi govorim o duxovnosti” M., 2007, c 16.


18 
ma’naviyati shu darajada mustahkam bo’ladi. Ma’lumki xristian dinida Xudoning 
uch ko’rinishi mavjud deb qaraladi: ota, o’g’il va Muqaddas Ruh Xudo. Bu yerda 
,,sirli xarakatlar” deyilganda har bir insonning Xudo va o’z vijdoni oldidagi xatti-
harakatlari nazarda tutilmoqda.
Nikolay Berdyayevning ma’naviyat haqidagi fikri yanada kengroq 
mazmunni qamrab oladi. ,,Ma’naviyat insoniylik holatidir. Inson ilohiy 
manbalardan ozuqa oladi. Shuni bilish kerakki ma’naviyat inson qalbi va tanasiga 
qarshi bormaydi. U ularni qamraydi va boyitadi”.
22
Odatda inson vujudga kelishining diniy va dunyoviy talqini mavjud. Lekin 
har ikkala nuqtai nazardan qaraganda ham inson din bilan chambarchas bog’liq bir 
butun voqelikdir. Inson ma’naviyatining yuksalishida ilohiy manbalarning o’z 
o’rniga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, 9-12-asrlarda O’rta Osiyodan 
yetishib chiqqan ko’pchilik allomalar Qur’oni Karimni mukammal bilganlar. 
Berdyayevning fikrini yanada teran tahlil qiladigan bo’lsak inson qalbi va tanasi 
ma’naviyatga qarshi borishi mumkin, lekin haqiqiy chin ma’naviyat hech qachon 
insonlar qalbini zaharlamaydi, ular o’rtasida nifoq keltirib chiqarmaydi. 
Ma’naviyat qachonki jon va ruhni qamrab olsa, ana o’shandagina inson Borliq 
bilan uyg’unlashadi. 
Shu bilan birga, ko’pchilik xristian dini ulamolari hozirgi davr 
ma’naviyatini zaiflikda ayblaydilar. Hozirgi davr ma’naviyatini ,,eskirgan 
ma’naviyat” sifatida talqin qiladilar. Unga qarshi kurashish yo’li sifatida faqat 
dinni mustahkamlash lozimligini uqtiradilar. Jumladan prototserey Maksim Kozlov 
huddi shunday fikrda: ,,Pravoslav ma’naviyati e’tiqoddan ajralmasdir. Shu 
ma’noda hozirgi eskirgan ma’naviyat yolg’on bo’lib chiqadi. Havoriylar 
xabarlarida aytilishicha, ,,bu insonlar qalbli va qalbsiz kishilardir”.
23
Hozirgi 
paytda ma’naviyat sanalgan hodisa ma’naviyatga yeta olmayapti. Ma’naviyat ruh 
so’zidan kelib chiqqan. ,,Pnevma ruh esa – Muqaddas Ruh”. Muqaddas Ruh 
22
Николай Бердяев. Смысл истории. — М.: Мысль, 1990, с 98.
23
Iud, 1, 19.


19 
haqiqati esa Xudo bilan muloqotdir. Boshqa narsalar esa bunga ko’prik bo’la 
oladi”.
24
Arximandrit Platon Igumnovning ma’naviyat haqidagi qarashlari, avvalo 
xristian dinining katolik va pravoslav mazhablarini solishtirishga yo’naltirilgan 
desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Arximandrit Platon Igumnov ,,Ma’naviyat va 
diniy tushunchalar o’rtasida farq bormi?” degan savolga quyidagicha javob beradi: 
,,albatta ma’naviylik va diniy tushuncha har xildir. Diniy tushuncha bor joyda 
ma’naviyat ham bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Yoki ma’naviyat salbiy holatda 
bo’lishi mumkin. masalan, o’zbilarmonlik holati. 
Katolik mazhabi o’zbilarmonlikning bir ko’rinishidir.
Katolik mazhabi – nasroniylikning yengillashtirilgan holati. Ikkinchidan 
tarixdagi Salb yurishini misol qilish mumkin. Bu tarixda yevropaliklarning 
Osiyoda muqim o’rnashishiga misol bo’ladi. Bu holatni nima uchun 
o’zbilarmonlik hisoblaymiz? Chunki inson o’zini hokimlik darajasiga ko’taradi. U 
qullarga, otlarga, xotiniga hukmronlik qiladi va bu harakatlarning barchasini o’zi 
bilib qiladi.
Albatta katolik mazhabida hayrixoxlik, mehribonlik, kambag’allarga 
yordam degan tushunchalar bor, lekin uning zamirida ham hokimlik darajasi 
ko’rinadi. 
Bizning pravoslavlarda bu tushuncha yo’q. Aksincha ular shaharlardan 
o’rmonlarga, chekka joylarga ketishgan, hech qanday hukmronlik haqida 
o’ylamaganlar, ular faqat o’zlarini qutqarishni o’ylaganlar. Masalan, Fransisk 
Assizkiy hayotini olsak – u general bo’lishni xoxlagan, lekin u bunga erisha olmay, 
monaxlar orasida mashhurlik darajasiga ega bo’lgan. Hech qaysi g’arb generali bu 
darajaga erishmagan. Shunday ekan ma’naviyat va diniy tushunchalarning farqi 
bor. ,,Ma’naviyat” so’zi keng ma’noda talqin qilinadi. Insonparvarlik jihatidan 
qaraganda ma’naviyat insonning ijodiy faoliyatiga bog’liq, uning fikrlashi, fanlar 
24
Maksim Kozlov. Pravoslaviya i duxovnost. M., 1998, c 17.


20 
bilan mashg’ul bo’lishi, san’at ham inson ma’naviyati hisoblanadi.”
25
Ya’ni Platon 
Igumnov ma’naviyatning qamrov darajasini yanada oshiradi.
Ma’naviyatning qamrovi kengayishi unga bo’lgan turli noto’g’ri qarashlarni 
oqlamaydi. Har qanday ijobiy tafakkur tarzini asl ma’naviyat deb bo’lmaydi. 
Ushbu fikrlar ortidan o’z-o’zidan ,,Yovuzlik ma’naviyat bo’ladimi?” degan savol 
tug’iladi. Ushbu savolga Platon Igumnov quyidagicha javob beradi: ,,Albatta 
bunga sharq mistik mashg’ulotlari misol bo’la oladi. Masalan, yo’ga bilan 
shug’ullanuvchi odam o’zini o’ylaydi, yakkahukmron bo’lishni xoxlaydi. U o’zini 
axloqiy toza inson deb hisoblaydi, lekin u farisiylar kabi yuqorilashni o’ylaydi. 
Masalan, farisiy o’zini mukammal inson hisoblaydi, Xudoning aytgan amallarini 
bajaruvchi deb o’ylaydi. Ikki martta haftada ibodat qiladi, foydasining o’ndan bir 
bo’lagini beradi, hech kimni tunamaydi, lekin bu salbiy ma’naviyatdir.”
26
Albatta 
ushbu fikrlarni aksioma sifatida qabul qilib bo’lmaydi. Lekin, olimning fikrlarida 
ma’naviyatga ko’proq yondashilganining guvohi bo’lishimiz mumkin.
Ba’zi o’zini Yevropa ma’naviyatshunoslari deb atovchilar, axloq va 
ma’naviyat o’rtasida keskinlikni kuchaytirishga harakat qiladilar. Quyidagi gap 
fikrimizga yaqqol misol bo’ladi: ,,Bizda ham shunday ma’naviyat bo’lishi 
mumkin, buni go’zallik deb atashadi. Inson o’zini komillikka erishgan deb 
o’ylaydi. Aksari holatda bu go’zallik fojea bilan tugashi mumkin”.
27
Go’zallik va 
ma’naviyatni bir biridan aslo ajratib bo’lmaydi. Chunki inson ma’naviyatining 
asosiy hal qiluvchi kuchidan biri ham uning go’zallikka to’g’ri baho bera 
olishidadir. ,,Ba’zan bu sharafga to’sqinlik qiladi, yoki go’zallikka qo’rquv bilan 
qarashga olib keladi”.
28
Ma’naviyat - ko’pqirrali tushuncha. Bunga yorqin misol inson ibodat 
paytidagi holati. Agar u ko’p ovqat yesa shaytonga bo’ysunadi, kam yesa g’ururga 
beriladi. Nima qilish kerak? Otalarimiz aytishi bo’yicha hamma narsaning me’yori 
25
R.A.Paroshina Chelovek sam dlya sebya sozdaet polojenia. M., 2002, c 246.
26
R.A.Paroshina Chelovek sam dlya sebya sozdaet polojenia. M., 2002, c 247.
27
O’sha asar. 248-bet.
28
O’sha asar. 248-bet.


21 
bor. Buyuk Antoniy shunday degan: ,,Hamma narsaning ortig’i shaytonga xizmat 
qiladi”.
29
Ma’naviyatning hozirgi kundagi ahamiyati borasida ham chet ellik olimlar 
bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan. Xatto bu mavzu doirasini 
muhokama qiluvchi maxsus yo’nalishlar ham vujudga kelgan. Masalan, Agni 
Yoga ta’limoti. Ma’naviyatning paydo bo’lishi haqida ushbu yo’nalish a’zolari 
quyidagicha fikr bildirdilar: ,,Ma’naviyatning paydo bo’lishi bu yangi ilmning 
kirib kelishi yoki ayrim insonlarning xohish istagi emas. Bu fazoviy sharoit”.
30
Ushbu ta’limotga ko’ra, har bir insonning ma’naviy salohiyati o’zining qay 
darajada ichki imkoniyatlardan foydalana olishiga bog’liq deb qaraladi. Ya’ni 
,,Hayotga layoqatingizni ichda saqlang, yuzaki tarzda namoyon qilmang”.
31
Bu 
ta’limotni hozirgi zamon chuqur fikrlovchi olimlari ilgari surmoqdalar.
Akademik Akimov ta’kidlashicha, uchinchi ming yillikda yashash mezonini 
hal qiluvchi yo’nalish aynan ma’naviy yuksalish bo’ladi.
32
Haqiqatdan ham hozirgi 
kunda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Yevropa mamlakatlari) 
ma’naviy tanazzul yuz bermoqda. Agar masalaga shu tarzda qaralmasa, insoniyat 
o’z ildiziga bolta urishi hech gap emas.
,,Ma’naviyat” so’zida nima yashiringan? Bu muammoni hal qilishda 
falsafiy, ruhiy, pedagogik izlanishlar natijasida muallif ma’naviyat – yetuk axloqli 
shaxslarni yuzaga chiqaradi degan xulosaga keladi. Bunda ruh madaniyat va 
dunyoqarash tadqiqotlariga xos narsadir. Ko’p ishlarda ma’naviyat aql rivoji, 
dunyoqarash shakllanishiga uyg’unlik qiladi.
33
Ya’ni muallif ma’naviyatni 
shunchaki ruhshunoslik yoki axloqshunoslik tarkibidagi tushuncha emas deb 
qaraydi. Uning qamrov doirasini yanada kengaytiradi.
Shunday qilib, bugungi kunda “ma’naviyat nima?” degan savolga xilma xil 
javoblar paydo bo’lmoqda. Yuqorida keltirilgan faktlardan ham ko’rinib turibdiki, 
agar masalani jahon miqyosiga olib chiqadigan bo’lsak, ish o’ta murakkablashib 
29
O’sha asar. 376-bet.
30
Puti razvitiya sivilizatsii. Krasnoyarsk, 2003, C235-251.
31
O’sha asar.
32
O’sha asar.
33
O’sha asar.


22 
ketadi
34
. Ma’naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo’lganligidan bunga 
hayron bo’lmasa ham bo’ladi. Undan tashqari keltirilgan ta’riflarni barchasini 
dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul noto’g’ri, deb baholash ham insofdan 
emas, chunki ularning ko’pchiligida masalaning qaysidir qirrasi o’z aksini topgan 
bo’lishi mumkin.
Ammo, afsuski yaqin-yaqinlargacha ko’pchilik masalaga jiddiy 
yondashishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko’rib chiqilmagan inson va jamiyat 
hayotidagi muhim yo’nalish, hassos bir sohaga kamoli e’tibor bilan razm solishga 
muvaffaq bo’lmadi. Avvalo, ma’naviyat insonni jamiki boshqa mavjudotlardan 
ajratib turuvchi mohiyat bo’lib, inson-tabiatning, barcha tirik mavjudotning gultoji, 
deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni, yuksak ma’naviyat egasi bo’la olish imkoni 
nazarda tutilgandir. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz. Agar hayvonot 
dunyosini faqat moddiy hayotga tegishli, farishtalar esa sof ma’naviy xilqatlar deb 
tasavvur qilainsa, odam bolasida moddiyat ham, ma’naviyat ham mavjuddir. 
Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur, Oliy haqaiqat nuri bo’lib, shu sababli buyuk 
bobokalonlarimiz inson qalbini “Haqiqat asrorining ganjinasi” deb ataganlar. Haq 
asrori esa shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga ahli bashar qudrati yetmaydi. 
Zotan, hech bir odam bolasi “uni inson darajasiga ko’taradigan asoslarning asosini 
o’z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi”
35
.
Jahon ilmida ham ma’naviyat sohasida bir qancha ishlar qilinganini ko’rdik. 
E’tibor bersak ularning har biri o’z e’tiqod va qarashiga ega. Har bir olim o’z 
fikrini har tomonlama isbotlashga urinadi. Ularning ba’zi birlarini inkor ham etib 
bo’lmaydigandek tuyuladi. Lekin bu ma’naviyat sohasida hamma uchun umumiy 
bo’lgan, ma’lum bir nazariyani qabul qilish mumkin degani emas. Chunki har bir 
olim xohlaymizmi yo’qmi ma’naviyatga o’zi e’tiqod qilayotgan din, o’z imkon 
doirasi, mentaliteti yoki dunyoqarashi doirasida qaraydi. Lekin aynan shu fikr va 
mulohazalar ma’naviyat haqida yanada to’laroq tasavvur hosil qilishimizda 
yordam beradi. 
34
Bu deganimiz ushbu sohadagi jahon tajribasini inkor etish ma’nosini bildirmaydi. Ammo bu borada jiddiy qiyosiy tadqiqotlar 
o’tkazish uchun yillar kerak bo’ladi, yengil-yelpi mulohaza va xulosalar esa tajribasiz yosh avlodni gangitib qo’yishi va xatto 
xavfli adashuvlarga sabab bo’lishi mumkin. 
35
I.Karimov. Asarlar. 1-jild, 81-bet.


23 


24 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish