O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


III-BOB: . MA’NAVIYATNING PAYDO BO’LISHI, MOHIYATI



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

III-BOB: . MA’NAVIYATNING PAYDO BO’LISHI, MOHIYATI 
TO’G’RISIDA MAKTAB O’QUVCHILARIGA ZAMONAVIY 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TUSHUNTIRISH. 
 
1.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha tajriba-sinov,
eksperiment o’tkazish usuli. 
 
Bugungi kunda ma’naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning dolzarb 
masalalaridan biriga aylanib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning har bir nutq va ma’ruzalari, maqola va chiqishlarida yuksak 
ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Bu borada 
yurtimizda ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ma’naviy 
muammolarning muayyan qirralarini o‘rganish, tadqiq va tahlil etishga bag‘ishlab, 
bir qancha ilmiy, ommabop kitob va risolalar, maqolalar yozildi va yaratilmoqda. 
Inson hayotida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, ma’naviy 
ehtiyojlarga talab undan ham kuchliroqdir. Milliy ma’naviyatni tiklash va 
yuksaltirishda uning ijtimoiy taraqqiyot muayyan davriga xos muammolarini 
tadqiq etish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. 
Ijtimoiy jarayonlar taraqqiyoti jarayonida milliy ma’naviyat yuksala bordi. 
Boshqacha aytganda, ijtimoiy hodisalar bilan ma’naviyat chambarchas bog‘liqdir. 
O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning quyidagi nazariy fikrlari ilmiy qiziqish uyg‘otadi: «Xalqning 
ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta 
tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lida 
muvaffaqiyatni olg‘a siljishida hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi 
ahamiyatga egadir
1
.
Xalqimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi ma’naviy-ruhiy jonlanish, 
mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirishga yoppasiga ongli 
1
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –Toshkent: O’zbekiston, 1998. –B.126.


76 
ravishda safarbar bo‘lgani milliy ma’naviyatning yuksalib borayotganidan dalolat 
beradi. Aql-idrokli, fahm-farosatli har bir odam insoniyat, tabiat, hayvonot, qushlar 
olamidan, xullas, barcha narsadan o‘ziga tegishli saboq oladi. O‘zbeklar tarixdan 
dono, zukko, ma’naviy jihatdan yuksak xalqdir. Binobarin, xalqimiz bosib o‘tilgan 
islohotlar jarayonida iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, bozor iqtisodiyoti va 
boshqa sohalar bo‘yicha tegishli ma’naviy saboqlar olganligi aniq va ravshan 
haqiqatdir. Darhaqiqat, faqat ma’naviy erkin ozod xalq teran va komil tafakkur 
tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Islohotlar jarayonida 
erishilgan muayyan muvaffaqiyatlar ma’naviyat ozodligi va erkinligining tantanasi 
tufaylidir.
Shuning uchun o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatini yuksaltirish masalasi 
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masala qilib qo‘yildi. Shu savollarga aniq javob 
topish va bu sohadagi masalalarni tadbiq etish islohotlar jarayonida muhim va 
dolzarb muammodir. O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan 
«ma’naviyat» so‘zi bilan aloqadorlikda bo‘lgan «ma’naviy taraqqiyot», «ma’naviy 
borliq», «ma’naviyatsizlik», «ma’naviy uyg‘onish», «ma’naviy poklanish», 
«mustaqillikning ma’naviy asoslari» kabi so‘z va so‘z birikmalari tez-tez ishlatila 
boshladi. Garchi «ma’naviyat» atamasi rasmiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, 
matbuotda ko‘proq ishlatilayotgan bo‘lsada, ilmiy tushuncha sifatida etarli 
darajada tadqiq qilinmagan va ochib berilmagan. Yaqin o‘tmishda turli xil falsafiy 
lug‘atlarda bu so‘zga hatto joy ham topilmagan. Moskvada 1983 yil nashr qilingan 
«Falsafiy ensiklopediya slovari»da ham bu haqda so‘z yuritilmagan. Ayni paytda 
ma’naviyat va undan kelib chiqqan birikmalardan foydalanish doirasining 
kengayishi uning lug‘aviy va atama sifatida mazmunining tez boyib borishiga 
imkon yaratdi. Bu ma’naviyatni mustaqil ilmiy tushuncha sifatida va uning 
«ma’naviyat», «ong», «tafakkur», «dunyoqarash» kabi tushunchalar bilan o‘zaro 
aloqasi shuningdek, badiiy, siyosiy, ahloqiy qadriyatlar tizimidagi o‘rnini 
o‘rganish va ular o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishni taqozo qiladi. Ma’lumki, 
ma’naviyat so‘zi rus tiliga «duxovnost» deb tarjima qilinadi. Lekin ma’naviyat rus 
tilidagi «duxovnost»ga nisbatan kengroq, ko‘p qirrali mazmunga ega. Uning 


77 
tushuncha sifatida qator tarixiy davrlar mobaynida shakllanishiga islom falsafasi, 
kalom ilmi, so‘ngroq tasavvuf o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Sovet davrida «ma’naviyat» - 
«duxovnost» so‘zlari moddiy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
ahloqiy, diniy normalar, e’tiqod, qarashlar va amaliyotni, inson va jamiyatning 
aqliy faoliyati natijalarini ifodalash uchun ishlatilgan.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish