O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II-BOB. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

II-BOB. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA 
MA’NAVIYAT SOHASINI O’RGANISHGA E’TIBORNING KUCHAYISHI 
VA BUNING SABABLARI. 
 
1-qism. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich 
Karimovning ma’naviyat masalalariga alohida e’tibori va buning sabablari. 
Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil suratda 
million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Natijada 20- 
asrning 70-yillariga kelib “Sovet Ittifoqi” atalmish ulkan bir hududda “manqurtlar 
saltanati” shakllandi. Ana shunday sharoitda O’zbekistonda mustaqillik uchun 
harakatlar boshlandi va bu harakatlar tepasida mustaqil O’zbekistonning bo’lg’usi 
birinchi Prezidenti Islom Karimov turar edi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining birinchi yig’ilishida Prezident I. Karimov bu haqda shunday fikr 
bildirgan edi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o’z 
avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”
82
. Darhaqiqat, o’sha 
davrda xalq ongiga “markscha-lenincha” totalitar mafkurani singdirish, uning 
barcha faoliyatini markaz izmiga so’zsiz bo’ysundirish ishonib topshirilgan 
aksariyat rahbarlar va ijtimoiy fan vakillari ayni shunday manqurtlarga tamomila 
aylanib bo’lgan edi.
Inson ma’naviy dunyosi nozik soha. Undagi vaziyatni osonlikcha, muayyan 
farmon yoki qaror qabul qilish bilan tuzatib bo’lmaydi. Uni o’nglash uchun yillar 
davomida muntazam va sabr -toqat bilan mafkuraviy, tarbiyaviy, ma’rifiy ish olib 
borish, amaliy chora-tadbirlar, hayotiy o’zgarishlar joriy etish taqozo qilinadi.
Milliy ma’naviyat millatning o’tmishi, buguni va kelajagini qamraydi, 
ularni yaxlit tizimda tutib turadi. O’tmish ajdodlarimiz merosi bugungi jahon 
darajasi bilan uyg’unlashtirilsa, mamlakatimizdagi voqe ahvolga tatbiq etilsa, 
undan kelajak kurtaklari unib chiqadi, kelajak siymosi shakllanadi.
82
I. Karimov. Asarlar. 1-jild. 359-bet.


49 
Shu sababli ham hali sho’rolar tuzumi mavjud bo’lib, yurtimiz “Sovet 
Sotsialistik Respublikasi” deb atalgan davrda – 1990-yil 24-mart Oliy Kengash 
sessiyasida O’zbekistonda birinchi marotaba Prezident lavozimi joriy etilib, Islom 
Abdug’aniyevich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, 
O’zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq “xalqni ma’naviy 
yuksaltirish, insonni axloqiy va ma’naviy yuksaltirish”
83
masalasi davlat 
rahbarining eng muhim vazifasi ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Ma’naviyat 
degan so’zni yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo’lmagan o’sha zamonlarda 
bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o’sha paytlar respublika rahbari uchun katta 
jasorat edi.
1990-yilga kelib Sovet ittifoqi parchalanib keta boshladi va uning o’rnida 
bir qancha mustaqil mamlakatlar qaror topdi. 1990-yil 31-avgustda O’zbekiston 
Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. 1-sentabr mustaqillik bayrami sifatida 
nishonlanadigan bo’ldi. Asriy orzuga erishilgan edi ammo oldinda hal qilinishi 
lozim bo’lgan ko’plab muammolar turardi. Prezident Islom Karimov ushbu holatda 
barcha jabhada hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar yuzasidan amaliy 
harakatlarni amalga oshirdi va kerak bo’lgan dasturlarni ishlab chiqdi.
Ayniqsa yurtning yetakchilari bo’lishi lozim bo’lgan ziyolilarimiz ruhiga 
singib ketgan ko’nikmalarni yengib o’tish mashaqqati har qadamda sezilib qoldi. 
“O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz, - deb yozgan edi I. Karimov 
mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, bu gul bilan qoplangan yo’l emas, 
totalitarizm merosidan halos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan 
ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”.
84
Insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik 
bilan amalga oshishi aniq edi. Bu jarayon hozir ham davom etmoqda. 
“Tafakkurimiz, qarashlarimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha yuzada, 
ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, ba’zan yangi qadriyatlarni ham 
eski o’lchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz”
85
. Shunday ekan, yangicha, 
83
I. Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T., 1994-yil, 65-bet.
84
I.Karimov. Asarlar.1-jild, 359-bet.
85
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. T., 2006-yil, 342-bet.


50 
mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq 
ma’naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillikning 
dastlabki yillaridayoq ma’naviyatni yuksaltirishga e’tibor qaratmaslik kelajakda 
o’zining salbiy natijalarini berishi mumkinligini Islom Karimov o’sha davrning 
o’zidayoq tushunib yetdi. 
Prezidentlik lavozimiga saylangan ilk kunlaridan beri Islom Karimov xalq 
ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e’tibor qaratib kelmoqda.
Prezidentning 1992-yilda e’lon qilingan “O’zbekistonning o’z istiqlol va 
taraqqiyot yo’li” risolasi alohida bobi “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning 
ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi, unda ilk bor xalq ma’naviyatini 
rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi
86

1995-yil fevral oyida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi birinchi 
chaqiriq Oliy Majlisining birinchi yig’ilishida Prezident I. Karimov 
“O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” 
mavzusida katta ma’ruza qilib mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid 
muhim masalalar bilan bir qatorda millatning ma’naviy takomili yo’nalishida ham 
yangicha yondashuvlar, dolzarb muammolarning puxta o’ylangan yechimlarini 
xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Ma’ruzaning “Yuksak ma’naviyat-
kelajak poydeori”
87
deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to’rt yilida bu 
sohada erishilgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo’nalishlarni ham 
batafsil tahlil etib berdi. “Endigi asosiy vazifa, - deb fikrini davom etdi 
yurtboshimiz, - kishilarimizning mustaqil fikrlashga o’rganishi, o’ziga 
ishonchining orta borishidir”
88
. Buning uchun har birimiz “bosib o’tgan yo’limizni 
tanqidiy baholab”, “buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz 
ildizlariga qaytib, o’tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq 
etmog’imiz kerak”
89

1994-yilda Islom Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat” nomli kitobi, 1997-
98-yillarda bu mavzu yanada mukammallashib, “Ma’naviy yuksalish yo’lida” (“Na 
86
Islom Karimov. Asarlar. 1-jild. 76, 85-bet.
87
O’sha kitob. 33-42-bet.
88
O’sha kitob. 34-bet.
89
O’sha kitob. 7-bet.


51 
puti duxovnogo Vozrojdeniya”) kitobi o’zbek va rus tillarida nashr etildi
90

Prezidentning ushbu kitoblari tarkibida va undan keyin e’lon qilingan “Xalqni 
Vatan manfaatlari birlashtiradi” (Yozuvchilar bilan suhbat), “Yuksak malakali 
mutaxassislar taraqqiyot omili” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida so’zlangan 
nutq), “Vatan- hamma narsadan mo’tabar” (Mustaqillikning besh yilligidagi 
bayram tabrigi) , “Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi” 
(“O’zbekiston xx1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari kitobida), “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat 
qilishga xizmat etsin”(“Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga javoblar), 
“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”(Tarixchi olimlar bilan suhbat), “Milliy istiqlol 
mafkurasi- xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir”(“Fidokor” gazetasi 
muxbiri bilan suhbat), “Egali yurt erkini bermas”(2000-yil avgust Oliy Majlis 
sessiyasida so’zlangan nutq), “Alloh qalbimizda, yuragimizda” kabi qator 
asarlarida ma’naviyat masalalariga oid muhim fikrlar, yangicha g’oyalar olg’a 
surilgan.
Agar Islom Karimov asarlariga e’tibor bilan nazar tashlasak, 
mustaqilligimizning uch asosiy jihatiga urg’u berilganini ko’rishimiz mumkin: 
siyosiy mustaqillik, iqtisodiy mustaqillik, ma’naviy mustaqillik. Bularni bir biridan 
judo qilib bo’lmaydi. Ammo har birining o’ziga xos masalalari ham bor. Shunday 
ekan, milliy mafkuramiz tizimini faqat yoki asosan ma’naviy merosimizda mavjud 
qadriyatlarga bog’lab qo’yish voqelik talablariga to’liq javob berishi qiyin. Chunki 
yuqorida sanab o’tilgan har uchchala yo’nalish : siyosat, iqtisod va ma’naviyat 
sohasiga oid muammolar barchasi o’zaro uyg’unlikda qamrab olinadi. Ma’naviyat 
shular ichida faqat bir yo’nalishdir. Albatta, juda muhim yo’nalish, asli ma’naviyat 
masalalarini yechmay turib, na iqtisodiy, na siyosiy vazifalarimizni tugal hal qilib 
bo’lmaydi.; ammo baribir uch yo’nalishning biri, xolos. Iqtisod yoki siyosat 
sohalaridagi dolzarb yumushlarni ham hech qachon, xalq ma’naviyatini talab 
90
I. Karimov ma’naviy yuksalish yo’lida. T., O’zbekiston, 1998. I. Karimov na puti duxovnogo bozrojdeniya. T., O’zbekiston, 
‘997.


52 
darajasida yuksaltirib olib keyin amalga oshiramiz, deb orqaga tashlab bo’lmaydi. 
Bu sohalar bir-biri bilan oldin-keyin emas, bir paytning o’zida, teng rivojlantirib 
boriladigan sohalardir.
SSSR davrida hukmron komfirqa va davlatning barcha qarorlarida iqtisodiy, 
siyosiy, mafkuraviy masalalarga katta ahamiyat berilgan holda madaniyatga eng 
oxirida g’aribgina bir joy ajratilar, “ma’naviyat” tishunchasi esa o’sha paytlarda 
yuqori doiralarda umuman ishlatilmas edi. Alohida qayd etib o’tish joizki, milliy 
ma’naviyat nazariyasining shakllanishiga O’zbekiston Prezidentining qo’shgan eng 
muhim hissasi ma’naviyatning iqtisod va siyosat bilan bir qatorda inson va jamiyat 
hayotidagi alohida mustaqil o’rni va ahamiyatini ajratib ko’rsatish bo’ldi. Busiz 
nafaqat ma’naviyat nazariyasi, balki insonning mustaqil mohiyati haqidagi g’oya 
ham o’z mukammal isbotini topmay qolib kelayotgan edi.
President Islom Karimov doimo iqtisod, siyosat va ma’naviyatning uyg’un 
rivojlanishi zarurligini ta’kidlab keladi: “Davlat qurilishi, iqtisodiy rivojlanish 
jarayonlari ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan to’la uyg’un bo’lmog’i 
kerak”
91
. Chunki mustaqilligimizning uch tayanchi – mustaqil milliy siyosat, 
iqtisodiy qudrat va xalq ma’naviyati bir – biri bilan chambarchas bog’liq. Agar 
siyosiy mustaqillik bo’lmasa, millat asta-sekin o’zligini yo’qota boradi, iqtisodiy 
mustaqillik bo’lmasa, siyosiy mustaqillikning zamini mo’rt bo’ladi. Ammo 
ma’naviy mustaqillik bo’lmasa, millatning o’zi bo’lmaydi. Faqat ularning o’zaro 
uyg’un rivoji ta’min etilsagina, O’zbekiston ulug’ yurt sifatida jahon 
hamjamiyatida o’z munosib o’rnini egallay oladi.
Islom Karimov MDH davlatlari rahbarlari orasida ma’naviyatning jamiyat 
hayotidagi o’rnini naqadar chuqur ekanligini tushunib yetdi. “nega deganda, 
insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog’langan bu 
tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan 
o’lchab bo’lmaydigan alohida o’rin tutadi”
92
.
91
I. Karimov. Asarlar. 3-jild. 354-bet.
92
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Ma’naviyat. 2009-yil, 19-bet.


53 
Iqtisod, siyosat, ma’naviyat tushunchalari bugungi kunda turli doiralarda 
har qadamda ishlatilmoqda. Bu masalaga iqtisodchining o’z qarashi, 
siyosatshunosning yana mustaqil ta’riflari bor. Ammo inson va jamiyat hayotini 
uch yo’nalish yoki uch sohaga ajratib o’rganishning o’ziga xos jihatlari mavjud. 
Avvalo O’zbekiston Prezidentining ushbu yo’nalishdagi mulohazalarini milliy 
ma’naviyatimiz an’analari va jahon falsafiy tafakkurining turli oqimlariga xos 
umumiy jihatlar bilan uyg’unlikda olib, xulosa qiladigan bo’lsak, inson hayotining 
bu uch yo’nalishi voqelikda o’zaro qanchalik murakkab va chatishib ketgan 
bo’lmasin, ularni bir-biridan aniq farq qilgan ma’qul. Chunki iqtisod, siyosat va 
ma’naviyat insonning Borliq bilan turlicha mustaqil munosabatlariga oid bo’lib, 
ulardan har birining manbasi ham, maqsadi ham alohidadir.
Ammo ba’zi olimlarimiz ma’naviyat hodisasini ikkinchi darajaga, 
moddiyatni esa birinchi o’ringa qo’ydilar. “Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi 
va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga 
tashlanadi”
93
. Bu qarashning eskichaligi shundaki, muallif “Manaviyat moddiy 
hayotni aks ettiradi” deb, yana moddiyatni birlamchi, ma’naviyatni esa passiv 
(ko’zgu singari), ikkilamchi hodisa sifatida talqin etadi. Shu bilan ma’naviyat 
hodisasining mustaqil mohiyati inkor etilib, u moddiyatga to’liq tobe qilib 
qo’yiladi. Prezident Islom Karimov esa bunday qarashlarga : “Mening nazarimda, 
“ma’naviyat” tushunchasi jamiyatdagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, 
diniy va axloqiy qarashlarni o’zida to’la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu 
mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtieib, keng 
ma’nodagi “ma’naviyat” tushunchasi orqali ifoda etish mumkin”
94
deb javob 
beradi.
Bugungi kunda “ma’naviyat nima?” degan savolga xilma-xil javoblar paydo 
bo’lmoqda. Ayniqsa , 1997-yildan boshlab mamlakatimizdagi barcha oliy o’quv 
yurtlarida “Ma’naviyat asoslari” fani o’qitila boshlanganligi munosabati bilan bu 
mavzuga olimlarimizning e’tibori yanada kuchaydi. Qator risolalar, o’quv 
93
E. Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T., “Universitet”, 1998-yil, 5-bet.
94
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Ma’naviyat, 2009-yil, 20-bet.


54 
qo’llanmalar va dasturlar chop etildi. Matbuotda kun sayin bu mavzuda katta-
kichik maqolalar e’lon etilmoqda. “ Ushbu kitob va maqolalarda har kim aqli 
yetganicha ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berishga, hech bo’lmaganda, 
munosabat bildirishga urinib kelmoqda. Ba’zan bir kishining o’zi bir maqolaning 
ichida turli ta’riflarni keltirgan holler ham uchraydi. Ma’naviyat nihoyatda keng 
qamrovli tushuncha bo’lganligidan bunga hayron bo’lmasa ham bo’ladi”
95
. Undan 
tashqari keltirilgan ta’riflarni barchasini dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul 
noto’gri deb baholash ham insofdan emas, chunki ularning ko’pchiligida 
masalaning qaysidir qirrasi o’z aksini topgan bo’lishi mumkin.
Ammo, afsuski, yaqin-yaqinlargacha ko’pchilik masalaga jiddiy 
yondoshishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko’rib chiqilmagan inson va jamiyat 
hayotidagi muhim yo’nalish, hassos bir sohaga kamoli e’tibor bilan razm solishga 
muvaffaq bo’lmadi. Prezidentimiz bu masalada quyidagi fikrni bildirib o’tadilar: 
“Lekin negadir aksariyat hollarda ko’pchilik ma’naviyat o’zi nima, degan savolga 
aniq va lo’nda javob berishga qiynaladi. Man bunday haolatga o’z shaxsiy 
tajribamda ko’p bor guvoh bo’lganman. Ma’sul rahbarlik lavozimlariga 
nomzodlarni tanlashda o’tkaziladigan suhbat jarayonida ularning professional 
malakasi, bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy tajribasi, insoniy fazilatlari bilan bir 
qatorda ma’naviy tajribasiga ham alohida e’tibor qarataman. Va ko’p hollarda, 
ma’naviyat haqida beriladigan savollarga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama 
qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni eshitishga to’g’ri keladi”
96
. Ya’ni hali 
ziyolilarimizning o’zi ma’naviyatga qanday yondashish kerakligi haqida ma’lum 
tushunchaga ega emas edi. Ana shunday sharoitda Prezident Islom Karimovning 
ma’naviyat haqidagi fikr va mulohazalari eng to’g’ri dasturul amal bo’lib xizmat 
qilishi mumkin.
“Ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch 
qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt saodat bo’lmaydi”, - deb yozgan edi 
Prezident mustaqillikning dastlabki yillaridayoq”
97
. Haqiqatdan ham har bir inson 
95
M.Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. T., 2006-yil, 27-bet.
96
Islom Karimov. Yuk ma’naviyat – yengilmas kuch. Ma’naviyat, 2009-yil, 18-bet.
97
I. Karimov. Asarlar. 1-jild. 81-bet.


55 
o’z ma’naviy saviyasiga yarasha elda hurmat topadi. Har bir xalq o’ziga xos 
ma’naviy boylikka ega va o’sha ma’naviy boylik qanchalik mustahkam tutilsa 
shunchalik kuch qudratga aylanadi. O’z o’zidan xalqining yuksak ma’naviy boyligi 
bilan ruhi tetiklashgan davlat taraqqiyotga yuz tutadi. Keyinchalik “O’zbekiston 
21-asrga intilmoqda” asarida bu g’oya yanada muayyanlik kasb etib, “Ma’naviyat - 
insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini 
boyitadigan, uning iymon irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini 
uyg’otadigan qudratli botiniy kuch” sifatida ta’riflandi
98
.
Ma’naviyat tushunchasining ta’rifi, biz ba’zan osongina hal qilib qo’ya 
qolmoqchi bo’lganimizdek, oddiy lisoniy jumboq emas, “ma’no”, “mani” 
so’zlarining bugungi biz tushungan mazmuni bilan yechilmaydi. Jaloliddin 
Rumiyning buyuk irfoniy asari behudaga “Masnaviyi ma’naviy” nomi bilan 
shuhrat taratgan emas. Bu yerdagi “ma’no” tushunchasi oliy bir mazmunni 
anglatmoqda, ulug’ allomalarimiz uni “Haq asrori” deb ataganlar, zohiriy nazarlar 
uchun u “g’ayb” , agar bugungi ilmiy ifodalarga ko’chirsak, biz zohir ko’zimiz 
bilan ko’rib turgan cheksiz zamon va makonda cheksiz va hududsiz shakllar 
majmuyini to’zg’itib yubormay, g’oyat bir murakkab tizimda ushlab turgan ichki 
uyg’unlik, inson ongi hech qachon to’liq anglab yeta olmaguvchi yaxlit 
mohiyatdir. Shaxs ma’naviyati ayni shu behudud manbadan quvvat oladi.
Prezidentning ta’riflari shu yaxlit mohiyatga tutash botiniy qudratga 
aloqadordir, uni boshqa, ikkilamchi hodisalardan, moddiy voqelik unsurlaridan 
keltirib chiqarishga urinish muammoni teran ilg’amaslikni bildiradi. Bugun 
mustaqil va farovon O’zbekiston atalmish buyuk voqeliknivujudga keltirish uchun 
har bir insondan, millatning har bir vakilidan alohida ichki quvvat, cheksizlikka 
tutashuvchi botiniy kuch talab etilmoqda. Ana shu kuch har bir inson ruhida 
yashirin, deydi Prezident. O’zini mustaqil shaxs deb bilgan har bir inson uni o’zi 
uchun kashf etishi kerak. Buning uchun, avvalo, ruhiyatimizdagi xudbin mayllarni, 
yolg’on hoyu-havaslarni, ro’yolarni yengib o’tib, cheksiz qudrat manbayiga 
qalbimizni ochishimiz lozim.
98
I. Karimov. Asarlar. 7-jild. 381-bet. 


56 
Shaxs ma’naviyati behudud. Chunki u Oliy haqiqat nurining inson qalbida 
aks etishi bilan bog’liq. Asli ilohiy oyatga tayanuvchi bu majoziy ta’rif milliy 
ma’naviyatimiz takomil bosqichlari davomida mukammal shakllanib, turlicha 
shaklda qator allomalarimiz merosida ifodasini topgan. Majoziylik ilmining 
boshlanish nuqtasidir. Biz bugungi kun ilmiy ifodalari darajasida turib yuqoridagi 
ta’rifning falsafiy sharhini topishga ham urinib ko’rishimiz mumkin. Bunda 
tushunchalarning muqobilini izlab toppish va hodisaning mohiyatini sharhlash 
yo’lidan borgan ma’qul. Prezident Islom Karimov ma’naviyat haqida gapirar ekan 
avvalo har bir shaxs o’z ma’naviyatiga ega bo’lishini va uni tarbiyalab borishi 
zarurligini ta’kidlaydi. Ma’lumki, “inson qalbi” birikmasi odatda “insonning ruhiy 
dunyosi” ma’nosida ishlatiladi. Oliy haqiqatni esa falsafiy tilde “Borliq haqiqati” 
deb atasak, o’ng’ayroq jaranglaydi. Endi “nurning ko’zguda aks etishi” nimani 
anglatishini aniqlasak, kifoya. Buning uchun eng to’g’ri yo’l yana ajdodlaromiz 
merosiga murojaat etishdir. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov 
ko’pchilik asarlarida ajdodlarimiz merosiga murojaat qiladi: “Bu tabarruk zaminda 
ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, 
umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan 
dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan 
eng yuqori bosqichga ko’tarilishida ona yurtimizda tug’ilib kamolga yetgan ulug’ 
allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor 
bag’ishlaydi”
99
. “Demak, bugungi ilmiy tilimizda ajdodlarimiz shakllantirgan 
majoziy ta’rifni sharhlab beradigan bo’lsak, Ma’naviyat- Inson ruhidagi Borliq 
haqiqati bilan uyg’unlik deyish mumkin”
100
.
Prezident Islom Karimov asarlari orqali biz ma’naviyatni tadqiq etishning 
ma’lum bir metodologiyasini ishlab chiqishimiz mumkin. Lekin ma’naviyatni 
tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni rivojlantirishga urinishlar 
o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham sezilmoqda. Ammo baribir uni 
“tutib bo’lmaydigan” o’ta mavhum narsa deb qaramaslik kerak. Ahli bashar 
99
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Ma’naviyat, 2009-yil,30-bet.
100
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. T., 2006-yil, 33 bet. 


57 
ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki asli inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning 
tutashuvidadir. “Bir so’z bilan aytganda, inson o’z timsolida ham moddiy, ham 
ma’naviy xususiyat va alomatlarni o’zida mujassam etgan noyob xilqat., 
Yaratganning buyuk va sirli mo’jizasidir. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi, 
unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o’zi o’ta 
murakkab bir masala”
101
. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir 
elat, millat, mintaqa xalqlari o’z tabiati bilan yaratilgan. Demak, har birining 
o’ziga xos ma’naviy olami mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil 
saqlanmaydi, zamon va makonda o’zgarib, gih kamolot sari yuksalib, goh 
qashshoqlashib turadi. Bularning barchasini alohida olib o’rganish zarur.
Prezident Islom Karimov o’z asarlarida ma’naviyatga bir yoqlama umumiy 
hodisa sifatida emas, balki shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati kabi turlarini 
hisobga olgan holda qaraydi.
Shaxs ma’naviyatini o’rganish ikki yo’nalishda bo’lishi mumkin. Birinchisi 
muayyan shaxs ma’naviyatini o’rganish, ikkinchisi, ushbu hodisaning umumiy 
jihatlarini tasnif va tadqiq etish. Imkon nuqtayi nazaridan, birinchi yo’nalishda 
faqat ayrim hodisalarni, masalan, o’tmish va bugunning umummilliy ahamiyatga 
ega bo’lgan buyuk shaxslari ma’naviy dunyisini o’rganish mumkin bo’lib, 
mohiyatan bu ish millat ma’naviyatining tarkibiy qismlarini o’rganish demakdir. 
Chunki, Millat ma’naviyati tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir 
tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar 
ma’naviyatining majmuyidan iborat.
Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi – qat’i nazar, biror 
elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib 
yashamaydi. Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson 
“o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqida o’ylab, mehnat qilib 
yashagandagina, ma’naviyat bilan tutashadi”
102
. Buning ma’nosi, shaxs 
ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan ayri, undan tashqarida bo’lmaydi. 
101
Islom Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Ma’naviyat, 2009-yil, 67-bet.
102
I. Karimov. Asarlar. 1-jild. 81-bet. 


58 
Shunday ekan, mavjud ahvolni to’g’ri idrok etadigan bo’lsak, millat ma’naviyati 
haqida muayyan tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham 
o’rganish imkondan tashqari.
Bilim – cheksiz. Chunki voqelik – cheksiz. Inson ruhiyati cheksiz jilolarga 
ega. Borliq haqiqati asli behudud. Demakki, har bir shaxs ma’naviyati ikki karra 
bepoyon va cheksizdir (agarchi mantiqiy jihatdan cheksizlikning karrasi bo’lmasa 
ham). Millat ma’naviyati ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador o’tmishda 
yashab o’tgan, bugun yashab turgan va kelajakda yashaydigan hududsiz bir 
miqdordagi shaxslar ma’naviyatining majmuyi bo’lgani sababidan uch karra 
cheksizlik darajasidgi hodisa sifatida tasavvur etiladi.
“Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy 
rivojlanishni ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish 
harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini istaymiz”
103
. Chunki xalq ma’naviyati 
o’nglanmaguncha, na ijtimoiy siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy sohada jiddiy 
yangilanishlar quvvatga kirishi qiyin.
Ma’naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda 
yaqin, tushunarli hodisa. Uni, bir tomondan, soxta “ilmiy” murakkab ta’riflar bilan 
mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi ‘‘targ’ibotga’’ aylantirmay, 
xalq ongiga tiniq yetkazmoq yosh avlod ruhiga esh qilmoq lozim.Bunda qanday 
me’yorlarga rioya etish zarurligini 1992-yildayoq O’zbekiston Prezdenti aniq 
tavsiflab bergan edi:
“Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
Vatanparvarlik”
104
.
Hali hech qaysi davlat rahbari ma’naviyat masalasiga davlat miqyosida bu 
qadar e’tabor qaratmagan edi. Islom Karimov ma’naviyatni yuksaltirish borasidagi 
103
Islom Karimov. 3-jild. 35-bet.
104
Islom Karimov. Asarlar. 1-jild. 76-bet. 


59 
o’ziga xos kosnsepsiyani ishlab chiqdi. Hozirgi kunda mamlakatimizda bu borada 
davlatimiz rahbarligida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to’rt negiz o’zaro 
chuqur ichki uyg’unlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi 
jihatidan alohida inson shaxsining o’z ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi 
masalasi birinchi o’ringa chiqib turibdi. “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni 
shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir”
105
, deb ta’kidladi I. 
Karimov 1999-yili 14-apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va Prezidentimizning 
milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va birinchi navbatda, har 
bir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo’lgan asosli e’tiborini ko’rsatadi. 
Chunki o’zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib 
bermang voqean hur va ozod bo’la olmaydi. Ammo o’zligini anglash degani, 
o’zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini to’g’ri 
baholay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo’lmaydi. 
Hozirgi ko’p qutbli dunyoda ma’naviyatga qarshi tahdid har lahzada, har 
jabhada uchrab turibdi. Globallashuv jarayonida bunday hollarning tez-tez yuzaga 
kelishi oddiy holga aylandi. Qadimgi dunyo mutaffakkiri Arximed “Menga 
dunyoning markazini topib bering, men uni ostin ustin qilib tashlayman”,- deb, 
markaz deganda nimani nazarda tutganini bilmadigu, lekin hozirgi kunda 
dunyoning markazi kuchli mafkura bo’lib qoldi. Turli mafkuralardan foydalanib, 
har qanday millat ma’naviyatiga jiddiy zarar yetkazish, kerak bo’lsa uni yo’qotib 
tashlash mumkin bo’lib qoldi. “…dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi 
bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini 
egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi 
bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi”
106

Xo’sh bunday tahdidlardan qanday himoyalanish mumkin? Buning uchun qanday 
samarali ishlarni amalga oshirishimiz kerak?
105
Islom Karimov. Asarlar. 7-jild. 381-bet.
106
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 11-bet. 


60 
Ushbu savollarga yurtboshimiz o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch” asari bilan javob berdi.Prezidentimiz Islom Karimovning ushbu kitobida 
odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo’lib kelgan 
ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va 
ahamiyati, bu murakkab va serqirra tishunchaning nazariy va amaliy tomonlari har 
tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi. Ayni paytda 
istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari 
asosida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada 
oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqidda atroflicha fikr yuritiladi. Bugungi 
murakkab globallashuv davridad ma’naviyat sohasida vujudaga kelayotgan dolzarb 
muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish,ayniqsa yosh avlodning 
qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish 
masalalariga alohida e’tabor qaratiladi.
Haqiqatdan ham faqat yuksak ma’naviyatgina insonni to’g’ri yo’lga 
boshlashi, uni noto’g’ri ta’sirlardan saqlab qolishi mumkin. Hali ko’pchilik 
mamlakatlarda ma’naviyatga e’tibor davlat siyosatiga ko’tarilmagan bir paytda, 
O’zbekiston rahbari ma’naviyat uchun maxsus risola chop etdi va ko’pchilik 
ziyolilarimiz o’zlarini qiynayotgan savollarga javob topdilar. Kitob faqat davlat 
rahbari yozgani uchun emas, balki haqiqatdan ham mazmuni, keng qamrovligi 
uchun ham qimmatlidir. 
Ushbu asar 2008-yil “Ma’naviyat” nashriyotida bosilib chiqdi. Kitobga 
nazar tashlaydigan bo’lsak barcha uchun tushunarli, qiziqarli yozilgan. Kitobning 
tarkibiy tuzilishi muqaddima, 4 ta bob va xotimadan iborat.
Kitobga jiddiy nazar tashlaydigan bo’lsak, ma’naviyat bilan bog’liq barcha 
savollarga javob olishimiz mumkin. Avvalo ma’naviyatga berilgan quyidagi teran 
ta’rif diqqatimizni tortadi: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban 
ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – 
e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha 
qarashlarining mezonidir”
107
. Mana shu qisqacha ta’rifda ma’naviyat haqidagi 
107
Islom Karimov Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil,19-bet. 


61 
ko’plab savollarga javob olish mumkin. Oddiy “Ma’naviyat insonni ruhan 
poklanish” degan qismida, ma’naviyat insonning ruhiyati bilan bog’liqligiga ishora 
qilingan. Inson ruhiyati, albatta, tashqi ta’sirlar natijasida o’zgarib turadi. 
Insonning iqtisodiy ahvoli, jamiyatda tutgan o’rni va mavqeyi uning ma’naviyatiga 
ta’sir qilmay qolmaydi. Ammo, baribir, ma’naviyat o’z mustaqil yo’nalishiga ega. 
Masalan, inson qanchalik boy, o’ziga to’q bo’lsa, shunchalik uning ma’naviy 
kamoloti yuqori yoki, aksincha, past bo’ladi, desak, har ikki hukmda ham 
yanglishib qolamiz. Alisher navoiy, Xoja Ahrori Valiy, Maxdumi A’zam, Xoja 
Sa’d Jo’yboriy kabi allomalar ham ma’naviy barkamol, ham nihoyatda badavlat 
bo’lishgan. Shu bilan birga, dunyo molidan yuz o’girgan, umrini zohidlikda 
o’tkazgan buyuk allomalarimiz ham kam emas. Aksincha, nihoyatda ziyod mol 
davlat sohibi bo’lgan holda ma’naviy kamolotdan uzoq kimsalar yoki na dunyo 
molini na ma’naviy kamolotni qo’lga kirita olmagan bechoralar ham hayotda 
uchrab turishini hamma biladi.
Nima uchun bizda ma’naviyat masalasiga bu qadar e’tibor beriladi? 
Prezident bu savolga quyidagicha javob beradi: “Agar biz bu masalada hushyorlik 
va sezgirligimizni, qatiyat va ma’suliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z 
holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga 
yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, 
oxxir oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib 
qolishimiz mumkin”
108
. haqiqatdan ham o’tmishimiz davomida ma’naviyatimiz 
ba’zan juda katta xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Sobiq Sovet 
Ittifoqi davrida kommunistik mafkurani joriy etish orqali ma’naviyatimizga bolta 
urmoqchi bo’ldilar. Buni tushunib yetgan Prezidentimiz “1994-yil 22- sentabrda 
parlament minbaridan yaqin tariximizda boshimizdan kechirgan voqealar, ya’ni, 
millatimizning qadr – qimmati, sha’ni va nomusi poymol qilingani, kohna 
tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani haqida”
109
haqqoniy fikrlar 
bildirdi. Tarix ortda qoldi. Lekin bunday xavf hatar yana takrorlanmaydi deb hech 
108
O’sha asar. 4-bet. 
109
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yi, 5-bet. 


62 
kim javob bermaydi. O’zbekiston oz oldiga ulkan maqsadlarni qo’ydi. 
Orzuimizdagi taraqqiyotga erishish uchun Prezident Islom Karimov aytganidek 
ma’naviy yuksalishni hal qiluvchi “mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish 
biz uchun doimo ustivor vazifa bo’lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz 
markazida turganini ta’kidlash lozim”
110
.
Ma’naviyatli inson qanday bo’lishi kerakigi haqidagi savolga Prezident 
quyidagicha javob beradi: “Ollohning o’zi bizga buyurgan komil inson bo’lish, 
halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi oliyjanob fazilatlarning ma’no 
mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, 
ularga amal qilib yashash – odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan 
asosiy mezon, desak, hech qanday xato bo’lmaydi”
111

Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Prezidentining milliy ma’naviyat 
masalalariga bag’ishlangan fikr va mulohazalari alohida yirik jiddiy tadqiqot 
mavzusidir. Ammo mazkur tadqiqot yakunlarini kutmay turib ham Islom Karimov 
asarlarini shu yo’nalishda e’tibor bilan o’rganib chiqqan odam Prezident qarashlari 
milliy ma’naviyat nazariyasini shakllantirish yo’lida o’q tomirlarni aniq va 
muayyan ko’rsatib berishga qodirligiga amin bo’ladi.
Prezident Islom Karimov asarlarida o’z aksini topgan g’oyalar va qarashlar 
bugungacha millatimiz va butun insoniyat bosib o’tgan taraqqiyot yo’llari va 
tajribasini imkon va zarurat darajasida hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. 
Demak, uning asarlarida taklif etilayotgan metodologik asoslar ham bugungacha 
bashariyat ilmi erishgan yutuqlarga begona emas. Shu bilan birga bizning yo’limiz 
muayyan darajada o’ziga xos ichki yaxlitlikka ega va birir – bir zamon va 
makonda ishlab chiqilgan metodologik asoslarning hech birini hech qanday 
o’zgarishsiz, taqlidiy shaklda bugungi bizdagi ijtimoiy ilmga bevosita poydevor 
qilib, ko’chirib olib kelib, o’rnatib bo’lmaydi. Qiyosiy tahlil uchun jalb etish 
bosgqa narsa. Chunki har bir millatning tarixi, ma’naviy qiyofasi, ustun qadriyatlar 
tizimi betakrordir.
110
O’sha asar. 7-bet.
111
O’sha asar. 25-bet.


63 
Yurtboshi xalqdan ayri emas. Chunki xalqning, millatning nihoniy tilagi, 
istagi bugun, yurtboshining ko’nglidagi tilakdir, istakdir. Prezidentning barcha 
nutq va risolalarini ma’naviyat mavzusi niqtai nazaridan birma-bir ko’zdan 
o’tkazib chiqqan odamni hayratga soladigan narsa shuki, ajdodlarimiz yaratgan 
ma’naviy meros, xalqimizning dilida saralanib kelayotgan, uning og’zaki ijodi, 
hikmatlari, metal va maqollarida aks etgan ezgu aqidalar va O’zbekiston 
Prezidentining ma’naviyat masalalariga munosabati, mulohazalari,fikr yo’nalishi 
o’zak ozagidan o’zaro muvofiq va uyg’unidir. Boshqacha bo’lishi ham mumkin 
emasdek tuyuladi birinchi qarashda. Ammo dunyo siyosatida bunga zid misollar 
kam emasku. Alloh taolodan baxt tilaganda to’kis tilagan durust.” Ilohi, 
millatimizga mustaqillik saodatini nasib etgan Parvardigori olam uning 
bardavomiyligini ham, barokatini ham to’kis ado etgan bo’lsin. Inshoolloh, millat 
va uning yurtboshisi azm-u qarorda, sa’y-harakatda doimo hamdam, hamqadam 
kelmoqda, kelajakda ham shunday bo’lsin”
112

Ma’naviyatsiz buyuk kelajak yo’q. chunki uni robotlar emas, insonlar 
yaratadi. Insonlar ongi qanday bo’lsa, mamlakat kelajagi ham shunga yarasha 
bo’ladi. Eng katta boylik – insonlar ruhiyatida yashirin. Ana shu sarmoya tobora 
kengroq miqyosda muomlaga kirgan sari, hosil unumliroq bo’laveradi, 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqei yuksalaveradi.
112
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. T., 2006-yil, 12-bet.


64 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish