Navoiy ,,Talab vodiysining sifati”da yozadi:
Kufr ila imonga urgaysen ilik,
Bu ta’madinkim ochilgay bir eshik.
Chun eshik ochildi va kufr –u ne din,
Ichkari kirgach qutulding barchadin,
Kufr –u iymon rohvorg’a kesh emas ,
Asli yo’lda bandi rohe, besh emas.
48
O’z vaqtida buyuk allomalarimiz ijodida ilm va mantiq, irfon va badiyat
olamlari imondan tashqari bo’lmagan, balki ilm va imon bir –biriga quvvat
bag’ishlagan, tavhid e’tiqodini idrok etish ilm va irfon orqali teranlik kasb etib
borgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ajdodlarimiz merosida dinni mustahkamlash
asosida ma’naviyatni kuchaytirishga asosiy e’tibor qaratilgan.
Islomgacha butun bashariyat, jumladan o’lkamiz xalqlari juda uzoq tarixiy
jarayonni boshdan kechirdilar, buyuk ma’naviy kamolat yo’lini bosib o’tdilar.
Ajdodlarimiz avvalo tabiat bilan munosabatda ma’lum urug, qabila jamoasi
tartibida o’zligini anlab yetgan bo’lsalar, so’ng mintaqa miqyosiga chiqdilar.
,,Avesto’’ ma’naviyati, Hindistonning ,,Veda’’ madaniyati , qadim Shumer, Bobil
va Ashshur madaniyatlari, qadim Yunon va Rim antik madaniyatlari mohiyatiga
monand bolib, ular singari tosh asridan boshlab shakllanib kelgan asotir tafakkur
asosidagi ma’naviyat edi, unda dunyoni, atrof-muxitni idrok etish o’ziga xos tarzda
kechardi.
47
I.Karimov. Asarlar. 3-jild. 40-bet.
48
Alisher Navoiy. Lison ut tayr. T., 1991-yil, 191- bet.
30
Turon o’lkasida asotir tafakkurning mutloq hukmronligi aslida qay
davrgacha bo’lganligini hozir aytish qiyin, ammo milodiy era boshlanishidan
ancha ilgariyoq bu o’lka xalqlari tafakkurida yangilanish boshlangan edi. Iskandar
Maqduniy davridan sharq va g’arb madaniyatlari uyg’unligining yorqin timsoli-
ellinizm yo’nalishi shakllangan bo’lsa, keyinroq Mazda–yasna e’tiqodini qayta
isloh etish orqali moniylik bid’ati vujudga keldi. Kushonlar davrida Hindistondan
Budda e’tiqodi tarqalib, Vizantiyadan nasroniylar ko’chib kela boshladilar. Sibir
va Mo’g’uliston turkiy xalqlari Ko’ktangri e’tiqodini takomillashtirib bordilar.
O’lkamizda milliy birlik tamoyili kuchayib borishi e’tiqodlar xilma-xilligi bilan bir
paytga to’g’ri keldi. Bunday murakkab ma’naviy vaziyatning ham ijobiy, ham
ma’lum darajada salbiy oqibatlari o’zini ko’rsatmoqda edi. Ijobiyligi shunda ediki,
ajdodlarimiz ongidan asotir tafakkur unsurlari asta sekin siqib chiqarilib milliy
tafakkur yetakchi mavqega ko’tarilib bordi. Salbiy jihati shunda ediki, e’tiqodda
sobitlik, dunyoni idrok etishda yaxlit tasavvurlar tizimi yo’q edi. Eski asotir
tafakkurning inson ongidagi mutloq hukmronligi boy berilgach, faqat milliy birlik,
yagona davlatchilikka intilishgina ma’naviyatdagi umumiylikni ma’lum darajada
saqlab turar edi.Tan olish kerakki bunday bo’hronli holat faqat bizning mintaqaga
xos bo’lib qolmay, balki butun ahli bashar qarshisida ulug’ bir ma’naviy
yangilanish etiyoji bunyodga kelgandi.
Islom ushbu yangilanishni o’zida aks ettirdi. Islom dinining muqaddas
kitobi Qur’oni Karim 23 yil davomida (610-632) Makka shahridagi Quraysh
qabilasining hoshimiylar xonadoniga mansub Amin (ishonchli) laqabli Muhammad
(sallalohu alayhi vassallam )ga vahiy orqali nozil bo’ldi. Muhammad Rasululloh
oxirgi payg’ambar bo’lib shu sababdan bu muhtaram zotni ,,Xotimat un –nabi’’
ya’ni ,,Payg’ambarlar muhri” (yo oxirgisi) deb atashardi. Aynan shu davrda islom
dini vujudga keldi va keng yoyila boshladi.
Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgach ajdodlarimiz hayotida kuchli
ta’sir o’tkazdi. Bu haqida Islom Karimov ’’… xalqimizning ma’naviyatini
shakllantirishga har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to’g’ri yo’l
tanlashi, umrining mazmunini anglashi avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va
31
ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qaday kuch bilan qiyoslab
bo’lmaydi, deb o’ylayman’’.
49
Demak islom dini xalqimiz ma’naviyatini shakllantirishda o’zining juda
kuchli ta’sirini o’tkazdi. Bu ta’sir islom mintaqa madaniyati doirasida milliy
ma’naviyatimizning takomilida ko’rindi. Bu davr VIII-XV asrlarni o’z ichiga
oladi.
Ma’lumki IX asr hadis ilmining ,,oltin asri’’ deb shuhrat qozongan. Chunki
bu asrda hadislarni to’plash davri o’tib, endi ularni manbashunoslik va
matnshunoslik ilmi qoidalariga muvofiq taxlil va tadqiq, ma’lum mazmun asosida
tartib berishga kirishildi. Hadisshunoslik atalmish jiddiy ilm yo’nalishi mukammal
shakllandi. “Hadis ta’lif etish sohasida ,,Musnad”, ,,Sahih” va ,,Sunan” deb
nomlangan yo’nalishlar vujudga keldi”.
50
Bu davrda keyingi asrlar uchun namuna
bo’lg’ulik ishonchli hadis to’plamlari yaratildi.
O’rta Osiyodan butun islom olamida eng nufuzli manba sifatida dong
taratgan ,,Kutubi sitta’’ (,,olti kitob’’) mualliflarining ikkitasi Abu Abdulloh Ismoil
al –Buxoriy (810-870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at- Termiziy (824-874)
yetishib chiqdi.
Prezident Islom Karimov Imom Buxoriy haqida: “Bu mo’tabar zot
merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami ,,Al-jome’ as-sahih”
kitobi islom dinida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo’lib,
ahli islom e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug’i
hisoblanadi”.
51
Imom Buxoriy hadislarida ma’naviyat masalasi alohida olib qaralgan emas.
Lekin uning tarkibiy qismini tashkil etuvchi deyarli barcha tushunchalar keng
yoritib berilgan.
Sababi Imom Buxoriy o’zlari to’plagan 600 ming hadisdan 7275ta eng
ishonarli, ,,sahih”larini mazmuniga ko’ra tasniflab, butkul yanigicha tartibdagi
hadislar to’plamini yaratishga muyassar bo’ldilar .
49
Islom Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009 – yil, 36-37-bet.
50
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari, T., 2006-yil, 112-bet.
51
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 38-bet.
32
Yuksak ma’naviyatni shakllantirishda hadislarning o’rni beqiyos. Masalan
muloyim bo’lish haqida Imom Buxoriydan ko’plab hadislar yetib kelgan.
Jumladan: Abu ad Dardo rivoyat qiladilar: Rasululloh: ,,Kimgaki muloyimlikdan
nasiba berilgan bo’lsa, unga yaxshilikdan nasiba ato qilingan bo’ladi. Qiyomat
kuni mo’min bandaning tarozusini o’gir qiladigan narsa yaxshi axloqdir. “Alloh
Taolo yomon so’z va yomon fe’llik kishiga albatta g’azab qiladi”,-dedilar.
52
Ya’nikim muloyimlik ham ma’naviy barkamollikning bir belgisidir.
Qolaversa islom axloqi ma’naviy qadriyatlarning tasodifiy to’plami emas,
balki munazzam va mukkamal bir tizim holiga keltirilgani bo’lib, albatta bunda
buyuk muhaddislar, birinchi navbatda, yurtdoshimiz Imom Buxoriyiyning
xizmatlari beqiyosdir .
Yurtimizdan yana bir buyuk hadisshunos olim Abu Iso Muhammad ibn Iso
at–Termiziy ham yetishib chiqqan. .,,Allomaning asrlar davomida olimu
fuzalalarga dastur bo’lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni targ’ib etuvchi
g’oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko’plab axloqiy ma’naviy masalalarini
hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga molikdir”.
53
Imom at Termiziy hadislarida jismoniy va ma’naviy poklikka intilish islom
axloqining muhim yo’nalishi sifatida yoritib berilgan. Tahorat, g’usl masalalari,
misvoqdan foydalanish (ya’ni tishni toza tutish) tashqi ozodalik talablari bo’lsa,
haromdan, yolg’on so’z, g’iybat, tuhmat, zinokorlik, o’zga haqiga hiyonat,
nohaqlik va zulmga yo’l qo’ymaslik, ulardan qat’i saqlanish ichki, ma’naviy
poklikka oid talablardir. Bular barchasi At- Termiziy to’plagan hadislarda
mukammal yoritib berilgan.
Shunday qilib, 8-9-asrlarda islom mintaqa madaniyati shakllandi va uning
dastlabki bosqichi – Sunna o’zining eng oliy yutuqlariga erishdi. Bu yutuqlar,
avvalo, islom axloqi asoslarining mukammal tizimi vujudga kelganligi, shariat va
fiqh ilmi, manbashunoslik, matnshunoslik nazariyasi va amaliy tajribalarining
shakllanishi, adab ilmi, she’riyat nazariyasi, sarf-u nahv (grammatika),
52
Imom Ismoil al-Buxoriy. “Al-adab al –mufrad” T., O’zbekiston, 1990-yil, 136-bet.
53
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 39-bet.
33
lug’atshunoslik va boshqa ilmlarga asos solina boshlanganligi bilan belgilanadi.
Bunday ulug’ ma’naviy boylikning vujudga kelishi va rivojida mintaqaning barcha
xalqlari, ayniqsa, arab, fors, turk elatlarining hissasi katta bo’lib, jumladan, bizning
vatandoshlarimiz Adib Ahmad Yugnakiy, Imom Muhammad al- Buxoriy, Abu Iso
at-Termiziy kabi allomalar qo’shgan ma’naviy ulush butun jahon afkor ommasi
tomonidan tan olingandir.
Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimiz takomilining
sunna bosqichidan so’ng islom ma’rifatchiligi bosqichi yuzaga keldi.
Islom ma’rifatchiligi davrining eng buyuk allomalaridan biri bo’lmish
Imom Abu Hamid Muhammad bin Muhammad al G’azzoliy haqida uning
muxlislari “Agar Muhammaddan keyin payg’ambar bo’lishi mumkin bo’lganda,
albatta G’azzoliy bo’lur edi”, deb mubolag’a qilishlari bejiz emas. Ushbu
muhtaram zot islom mintaqa ma’naviyatining o’zidan oldingi 5 asrlik takomilini
o’z asarlarida teran xulosalab, yangi yo’nalishlarni belgilab bera olgan buyuk
ustozdir.
“Al-Munqiz min ad-dalal”(“Adashuvlardan qutqaruvchi”) asarida Imom al-
G’azzoliy yozadi: “Menda shunday tasavvur shakllandiki, Haqiqatni izlovchilar
toifasi to’rt guruhga bo’linadilar:
1.
Mutakallimlar….
2.
Botiniylar……
3.
Faylasuflar…..
4.
So’fiylar…..”.
54
Umar Xayyom ham o’zining “Darxostnoma” (“So’ralgan narsa haqida
kitob”) risolasida ushbu yo’nalishlarni o’zgarishsiz qaytaradi, ya’ni mutakallimlar,
faylasuflar, ismoiliylar(ya’ni botiniylar) va so’fiylarni u ham sanab o’tadi.
55
Vosil ibn Ato mo’tazila (i’tazila – tark etish) oqimiga asos soldi. Xalifa
Ma’mun davrida (813-833) islomning mo’tazila talqini rasmiy ta’limotga aylandi.
54
Grigoryan S. N. Iz istorii filosofii Sredney Azii I Irana. M., “Nauka”, 1960-yil, 217-bet.
55
Morochnik C.B., Rozenfeld I.A. Omar Xayyom, Poet, MIslitel, uchyeniy. Ctalinabad, 1957, 207-208-bet.
34
“Xalifa Ma’mun davrida Bag’dodda shakllangan “Baytul hikma”
(Donishmandlik uyi – hozirgi til bilan – Akademiya) doirasida tabiiy fanlarni
o’rganish keng yo’lga qo’yildi. Bizning yurtdoshlarimiz Muhammad ibn Muso
Xorazmiy (780-850), Ahmad Farg’oniy (vafoti 861-yil) va boshqalar bu davr islom
mintaqa madaniyatining faxri edilar”.
56
Aynan kalom ilmining rivojlanishida va yuksak ma’naviy meros
yaratilishida buyuk yurtdoshimiz Abu Mansur Muhammad bin Muhammad al-
Hanafiy as-Samarqandiy al-Moturidiyning (870-944) o’rni katta. Alloma tavallud
topgan Moturid qishlog’i hozirgi kunda Samarqand shahrining bir mahallasiga
aylangan. Yosh Abu Mansur Muhammad Samarqandda hanafiya mazhabi faqihlari
qo’lida ta’lim oldi va keyinchalik o’sha yerda o’zi ham mudarrislik qilib, fiqh va
kalom ilmini talabalarga o’rgatdi. Olimning asosiy asarlaridan “Kitob ut-Tavhid”
va “Kitob ta’vilot al Qur’on” asarlari bizgacha yetib kelgan.
Insonning iroda erkinligi, ya’ni o’z harakatlarida soxibi ixtiyor ekanligi
moturidiya oqimida tan olinadi. Ma’naviyati yuksak inson o’z xatti-harakatlari
oqibatiga javob bera olmog’i lozim. “Motrudiya oqimi insonni sohibi ixtiyor deb
hisoblashi va inson aqli yaxshilik va yomonlik (xayr-u sharr)ni bir biridan ajrata
oladi, deyishi a’shariyadan farqli ravishdda Movrounnahr va Xurosonda keyingi
asrlarda ilm fan ravnaq topishiga yo’l ochdi”.
57
Demak Moturidiy ma’naviyatli inson deganda diniy va dunyoviy bilimlarni
mukammal egallagan, aql tarozisi ila Allohdan madad so’rab ish qiluvchi insonni
tushungan. “Imom Moturidiy bobomizning o’rta asrlardagi g’oyat xatarli va
tahlikali vaziyatda o’z hayotini xavf ostiga qo’yib, avlodlarga ibrat bo’ladigan
ma’naviy jasorat namunasini ko’rsatib, islom olamida “Musulmonlarning
e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovar bo’lgani bu nodir shaxsning
ulkan aql zakovati va matonatidan dalolat beradi”.
58
Imom Moturidiy ta’limotiga asoslanib, shariatdan chekinmagan holda islom
dunyosini aqlga tayanib, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanib va ularni
56
Bolshakov O. G. Istoriya Xalifata. M., 1998-yil, 125-bet.
57
Mets A. Musulmanskiy renesans. M., 1973-yil, 179-bet.
58
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2009-yil, 39-bet.
35
taraqqiy ettirib, islom jamiyati olg’a rivojlanishi zarurligini nazariy asoslab
berganlar, zamon talabiga javob beruvchi fatvolar chiqarganlar. Bu yo’nalish
Shayx Sayid Jamoliddin al-Afg’oniy, Ismoil G’aspirali, Mahmudho’ja Behbudiy
kabi ilg’or islom ulamolari faoliyatida yanada keng avj oldi.
Ma’naviyat masalalarida ajdodlarimizdan qolgan ulkan merosning salmoqli
qismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Izlug’ Tarxon Farobiy (873-950)
hissasiga to’g’ri keladi.
Forobiy 70 dan ortiq tilni, o’z davrigacha yaratilgan ilmiy falsafiy boylikni
chuqur o’zlashtirdi.
Forobiy sof falsafiy tavhid ta’limotini yaratishni niyat qilgan, desak
to’g’riroq bo’lar. “Uning mulohazalari islomdan tashqarida emas, balki ilohiy
kitobda ta’kid etilgan Tavhid ta’limotini to’g’ri talqin etishga tomon yana bir
pog’ona yuqori ko’tarilish deyish ma’qulroq ko’rinadi”.
59
Inson tafakkur qilish xususiyati bilan ustundir. Tafakkurning turli shakllari
birgalikda ma’naviyat tarkibiy qismini tashkil etadi. Buni tan olish lozim. Forobiy
tafakkur qilishning falsafiy usulidan ko’proq foydalanadi. Arastu qarashlari borliq
haqiqatini ochiq ko’z bilan ya’ni sof aql ko’zi bilan idrok etishdagi birinchi qadam
bo’lib, Forobiy talqinida bu qarashlar sohibi Birinchi muallim nomini oldi.Talqin
etuvchining o’zi esa Ikkinchi muallim nomini oldi.
Abu Nasr Forobiy “Fozil shahar ahlining qarashlari” kitobining 26-bobida
yozadi: “O’z tabiatiga ko’ra har bir inson shunday tuzilganki, u o’z mavjudligini
ta’minlash va komil martabaga erishish uchun juda ko’p narsalarga ehtiyoji bor.
Bu narsalarni uning bir o’zi hosil qila olmaydi va ularga erishish uchun muayyan
bir kishilik jamoasiga ehtiyoj sezadi. Bu jamoaning har bir a’zosi o’ziga va
o’zgalarga zarur bo’lgan biror bir mahsulot ashyo va xizmatni ta’minlaydi va
natijada har bir kishining ehtiyojlari to’liq qondirilish imkoni paydo bo’ladi.
60
Shu
ma’noda bunday jamoaning har bir a’zosi bir biriga burchlidir. Agar bunday
jamoada har bir inson Haq oldidagi ma’suliyatini to’g’ri anglab, kamolot sari o’zi
59
Imomnazarov M. S. Milliy ma’naviyztimiz asoslari”, T., 2006-yil, 128-bet.
60
Al Farabi. Filosofskie traktati. Alma ata., 1972, 303-bet.
36
intilar ekan, o’zgalarning xuddi shunday intilishiga ko’makdosh bo’lishiga astoydil
urinsa, natijada “fozil shahar” (jamiyat, millat, mamlakat) vujudga keladi. Demak,
Forobiy ma’naviyatli inson deganda avvalo o’z burchini bajargan, ma’suliyatini his
qilgan insonni tushungan. Shuningdek, “Forobiy “Fozil shahar odamlarining
qarashlari” risolasida davlat hukmdori qanday talablarga javob berishi lozim
ekanligini batafsil tahlil etib bergan”.
61
Alloma ijtimoiy hodisalarni bevosita inson tabiatidan kelib chiqib izohlar
ekan, bugungi kunda biz fuqarolar jamiyati deb atayotgan o’z orzusidagi shaharni
shunday ta’rif qiladi: “Fozil shahar” mukammal va sog’lom badanga o’xshaydi,
uning barcha a’zolari tirik vujud unsurlaridek to’laqonli hayot kechirishda bir-
birlariga ko’maklashib bahamjihat faoliyat olib boradilar. Badandagi turli a’zolar
o’z tabiati va hislatlariga ko’ra bir-biridan farq qilganlaridek, shahar jamoasi
a’zolari ham tabiatan o’zaro bir xil emaslar va shunga muvofiq jamoadagi
mavqelari turlichadir”
62
. Forobiy barcha narsaning asosi bahamjihatlikda, o’zaro
aloqadorlikda deb ta’kidlaydi. Ya’ni bu dunyodagi barcha hodisalar tavhid
g’oyasiga asoslangan, jumladan ma’naviyat ham. Xuddi yurak urmasa inson
yashamaganidek, ma’naviyat bo’lmasa jamiyat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Forobiy falsafasi o’zidan oldingi
umumbashariy mantiqiy tafakkurning cho’qqisi – Arastuning borliqni idrok etish
darajasiga yetishib, undan ilgarilab ketdi. Uning asarlari va g’oyalari hozirgi kunga
kelib ulkan ma’naviy merosga aylandi. Islom Tavhid falsafasining Forobiydan
keyingi taraqqiyoti butun bashariyatni tafakkur taraqqiyotida yangi pillapoyalardan
yuqori olib chiqib kela boshladi. Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997-yil), Abu Ali
ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) kabi yurtdoshlarimiz
merosi ushbu yuksalish pillapoyalarining ayrim bo’g’inlarini tashkil etadi, deb
bemalol aytish mumkin.
Forobiydan boshlab Ibn Sinogacha barcha faylasuflarimiz qomusiy bilim
egasi edilar. Beruniy umumfalsafiy mulohazalar bilan kamroq shug’ullanib,
61
Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shahri.T., 1993-yil, 97-bet.
62
Al-Farabi. Filosofskie traktati. Alma-ata, 1972-yil, 305-306-bet.
37
ko’proq muayyan ilm sohasiga ahamiyat bergan bo’lsa, Ibn Sino ham aniq va
amaliy bilimlar sohasida, ham sof falsafiy mushohadalarda yuksak cho’qqilarni
zabt etdi.
Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ma’naviy merosi haqida
to’xtalganda, Prezidentimizning qisqa lekin ulkan ma’noga ega fikrlarini eslab
o’tish kifoya: “Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy
faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton 11-asrni
Beruniy asri deb ta’riflaydi. Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur
sohibi bo’lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan beqiyos
hissasi bilan izohlanadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda
ham, tarixiy voqea hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham o’ta
xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p aziyatlar
chekkan xatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo’lgan, ammo
har qanday og’ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytmagani uning o’z
ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo’lganidan dalolat beradi.
Ana shunday noyob fazilatlar sohibi bo’lmish mashhur alloma Ibn Sinoning
“Tib qonunlari” asari necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o’quv
yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o’qitib kelingani, dunyo
miqyosida “Meditsina”, “Sog’lom turmush tarzi” kabi tusunchalarning
fundamental asosi bo’lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga
ega. Aniqroq qilib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo
taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan
ta’sir o’tkazdi, deyishga barcha asoslar bor”
63
.
Ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy meros borasida 11-asr turkiy
she’riyatining buyuk namoyondasi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” ijtimoiy
falsafiy dostoni alohida e’tiborga loyiq.
“Yusuf Xos Hojib asarini islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-
axloqiy qomusi deb bemalol ta’riflash mumkin”.
64
63
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2009-yil, 42-43-bet.
64
Ma’naviyat yulduzlari. T., 1999-yil, 107-b.
38
“Qutadg’u bilig” dostoni islom davri iltimoiy voqeligining badiiy-falsafiy
tahlil va talqinini o’zida mujassam etgan. Behuda emaski, shoirning o’zi kitobi
haqida gapirib, uning “Adab ul muluk” (“Hukmdorlar odobi”) va “Oyin ul-
mamlakat” (“Mamlakatni idora etish qoidalari”) nomlari ostida ham shuhrat
topganini ta’kidlaydi. Asarning to’rtta asosiy bosh qahramonida ma’naviy yuksak
hislatlar gavdalanadi. Bular adolat ramzi – Kuntug’di, boylik, baraka, omad, baxt,
qudrat ramzi Oyto’ldi, aql va bilim ramzi O’gdulmish va qanoat timsoli
O’zg’urmish.
Bundan shunday ma’no kelib chiqadiki kishi adolatli bo’lishi, aql va
bilimga tayangan holda ish yuritishi ammo har narsada qanoat ham hosil qilmog’i
lozim ya’ni u dunyoni, oxiratni ham esdan chiqarmasligi kerak. Lekin oxiratni deb
bu dunyodan, foniy dunyoni deb boqiy dunyodan ham yuz burmasligi lozim. Ana
shundagina ma’naviy mukammal inson bo’lib kamol topish mumkin.
Umuman milodiy 9-12-asrlarda mintaqa miqyosida mashhur shaxslarning
hisobiga yetib bo’lmay qoldi, bu davrning turli qomuslar va farhanglarda tilga
olingan atoqli namoyondalar ro’yhati har bir asr uchun 150-200 ismdan kam
emasdir. Bularning ko’pchiligi Xuroson va Movrounnahrdan yetishib chiqqan
siymolar bo’lib, Balxiy, Samarqandiy, Marvaziy, Buxoriy, Farg’oniy, Xorazmiy
nisbali allomalar safiga endi Shoshiy, Forobiy, O’zgandiy, Jurjoniy, Termiziy,
Tusiy kabi boshqa shaharning vakillari ham qo’shila borganining guvohi
bo’lamiz.
65
Ma’lumki islom ma’rifatchiligi bosqichidan so’ng tasavvuf tariqatlari va
irfon bosqichi yuzaga keldi.
Islom ma’rifatchiligi bosqichining asosiy xislati aqlga, mantiqiy tafakkurga
tayanish, o’tmish (islomgacha) insoniyat yaratgan ma’naviy boylikni o’zlashtirib
yangicha talqin qilish, aniq va tabiatga oid fanlarga qiziqishning behad kuchayishi
edi.
65
Komilov N. Tafakkur karvonlari. T., 1999-yil, 17-bet.
39
Tasavvuf tariqatlari va irfon bosqichining asosiy xislati insonning ishqqa
to’g’rirog’i Allohga bo’lgan bemisl muhabbatiga, bu dunyo lazzatlaridan voz
kechishga undashidadir.
Ibn Sino ishqni (bir narsaga moyillik sifatida) barcha tabiat unsurlariga xos
deb biladi va inson ishqidagi hayvoniy va ruhoniy jihatlarini ajratib ko’rsatadi.
66
Alloh ma’rifatiga intilish ishqning eng oliy darajasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino.
G’azzoliyning ,,Ihyoi ulum-ad-din”ning 4-qismi ,,Munjiyot”da alohida
,,Ishq haqida kitob” bo’lib, unda bu insoniy tuyg’u kimga yo’naltirilganiga ko’ra
tasniflanib, uning 5 turi sanaladi:
1.Insonning o’z-o’ziga muhabbati.
2.Uning o’z homiylari, unga mehr shafqat ko’rsatuvchilarga muhabbati.
3.Uning umuman insonlarga yaxshilik qiluvchilarga muhabbati.
4.Insonning barcha ichki va tashqi go’zallik egalariga muhabbati.
5.Mohiyat jihatdan o’ziga o’xshagan zotga muhabbati.
67
Ammo ushbu barcha muhabbat turlari G’azzoliyning keyingi mantiqiy
tahlili natijasida insonning butun borliq va mavjudotlarning yaratuvchisi va xojasi
Allohga bo’lgan muhabbatida yagona oliy tuyg’uga aylanadi. G’azzoliydan keyin
tasavvuf tariqatlarining keng miqyosda shakllanishga o’tishi Tavhid ta’limotining
anglab yetishning yangi bosqichi mintaqada g’alaba qilganini anglatar edi.
68
Tasavvuf haqida gapirganda, albatta, turkiy tasavvuf namoyondalari haqida
to’xtalib o’tish lozim bo’ladi. Chunki ular merosida ma’naviyat masalalariga oid
juda ko’p savollarga javob topish mumkin. Ana shunday tasavvuf
namoyondalaridan biri Bahouddin Naqshband bo’lib, u zot naqshbandiya
tariqatining asoschisidir. ,,Butun dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan buyuk
alloma va aziz avliyolarimiz orasida Abdulxoliq G’ijduvoniy va Bahouddin
Naqshbandning muborak siymosi alohida ajralib turadi. Ota bobolarimiz ulug’
66
Serebryakov S.B. Traktat Ibn Sini (Avitsenni) o lyubvi. Tbilisi, 1976, 47-68-bet.
67
Abu Hamid al-G’azzoliy, voskresenye nauk o vere. M.,Nauka, 1880, 238-bet.
68
G.E.Fon Gryunebait “Klassicheskiy Islam”, M., 1988-yil, 146-147-bet. J.S.Grimengem “Sufiyskie ordene v Islame”, M., 1989-
yil, 21-bet. “Islam” Ensiklopedik lug’at,, M., 1991-yil, 229-bet.
40
avliyo Bahouddin Naqshbandga chin dildan ixlos qo’yib, uni ,,Bahouddini
Balogardon” deb ta’riflab kelishida teran ma’no bor”.
69
Naqshbandning eng mashhur iborasi ,,Dil ba yor-u dast ba kor” (,,Dil yor
bilan, qo’l ish bilan band bo’lsin) tasavvuf irfoni o’z asosiy maqsadiga
erishganligini, ya’ni haqiqat asrori ko’ngillardan muqim o’rin olganligi va bu
yog’iga amaliy harakat birinchi o’ringa chiqa boshlaganini anglatar edi.
Bahouddin Naqshband hazratlari Payg’ambarimizning quyidagi hadislariga
ko’p ishora etmishlar: ,,al-ibodat-ul asharat-u ajzoin, tisa’tun minho talab-ul-haloli
va juz’un vohidun minho soir ul-ibodati”, ya’ni ,,ibodat o’n qismdur, uning o’ndan
to’qqizi halol rizq topish harakatida, bir qismi esa boshqa ibodatlardadir”.
70
Demak
halol rizq yo’lida urinish Allohga qulchilikning, Haq yo’lidagi ibodatning asosiy
qismini tashkil etar ekan.
14-asr Naqshbandiya tariqati solikni xalqqa, hayotga qaytardi, faqat endi
so’fiy o’zligini, Haqni anglab yetgan, dilini xudbinlik zangidan poklab, ,,Haqiqat
asrorining ganjinasi”ga aylantirgan holda hayotga qaytib keldi. Ya’ni uning ruhi
poklanib qalbi uyg’ondi. Bundan Naqshbandiya tariqati har tomonlama
ma’naviyatli insonni tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilganini tushunish mumkin.
O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kucli va samarali
ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan yana biri - bu Alisher Navoiy bobomizdir.
71
Adabiyotimiz tarixida hech kim Navoiychalik ulkan meros qoldirmagan. Uning
asarlarida ma’naviyatning deyarli barcha masalalari bo’yicha mavzular yoritilgan.
Faqat uni tushunish, anglash lozim. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda
so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa,
Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
72
Alisher Navoiy haqida, uning ma’naviy merosi haqida juda ko’plab ilmiy
ishlar qilingan, yozilgan, gapirilgan. Shuning uchun biz uning ma’naviyat,
umuman ma’naviyatga yaqin sohada qay darajada qalam tebratganiga shoir o’z
qo’li bilan tartib bergan birinchi devoni ,,Badoye ul-bidoya”ning ,,Ketur soqiy, ul
69
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2009-yil, 40-bet.
70
Muhammad Boqir, Bahouddin Balogardon (Maqomati Xoja Bahouddin Naqshband). T., ,,Yozuvchi”, 1993-yil, 55-bet.
71
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2009-yil, 47-bet.
72
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2009-yil, 47-bet.
41
mayki, subhi alast” deb boshlanuvchi tarjibandning kichik bir qismida to’xtalib
o’tsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |