211 guruh talabasi Vafoqulov Shohruxning O'zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.
Xiva xonligining tashqi siyosati
Xiva xonligining tashqi siyosatiMuhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi Xiva - Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o’zaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor edi. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo’llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan tayyor iste’mol tovarlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda Rossiya Xiva xonligjga o’z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlari Yevropaning ilg’or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o’lka ham hisoblanardi Xiva xonligining tashqi siyosati.
Biroq har ikki davlat o’rtasida yaxshi qo’shnichilik munosabatlarining qaror topishiga to’sqinlik qilgan omillar ham mavjud bo’lgan. Bular: savdo karvonlariga hujum qilish xavfming mavjudligi, har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o’z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, har ikki tomonning o’zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bk to’xtamga kela olmaganliklari bilan bog’liq edi.
Muravyov ekspeditsiyasi
. Rossiya hukumati - 1819- yilda Xivaga rus armiyasi zobiti N. Muravyovning ekspeditsiyasini jo’ natdi. Ekspeditsiyaning maqsadi turkmanlar yerini, Xiva xonligining turkmanlar bilan munosabatini hamda yangi savdo yo’li ochilishi (Xiva - Turkmanlar yeri - Kaspiy dengizining sharqiy qirg’og’i - Boku - Astraxan) istiqbollarini o’rganish edi. Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmut qabilasi joylashgan hududda bo’ldi. Yovmutlarning Rossiya fuqaroligiga o’tish istaklarini o’igandi. Shundan so’ng N. Muravyov Xivaga yo’1 oldi va Rahimxon qabuliga kirishga ham muvaffaq bo’ldi. Xiva xoni savdo yo’lining o’zlashtirilishiga rozi bo’lmadi va o’rta Osiyoning boshqa xonliklari bilan munosabatlarida Rossiya harbiy yordamiga tayanish mumkinligi haqidagi taklifni ham rad etdi. Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabi-l lasini o’z ftiqaroligiga qabul qilish istagi tagida aslida nima yotishini anglab yetgan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash bahonasida chegarada mustahkam istehkomlar qurish haqidagi rejalari Xiva hukmron doiralarini cho’chitib ham qo’ygan edi.
S.Sialkovskiy va V. Peijovskiy ekspedisiyalari
Rossiya hukumati savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo’riqchi harbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824- yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamrohligida yo’lga chiqdi. Bu savdo karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825- yilning yanvar oyida karvon Xiva qo’shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva qo’shini Buxoroga olib boradigan savdo yo’lini bekitib qo’ydi. Bu hodisa Rossiya-Buxoro savdo aloqalariga katta ziyon yetkazish xavfmi tug’dirdi. Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda Muhammad Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o’g’li Olloqulixon o’tirdi. U Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. 1826-1829- yiUardagi Eron - Rossiya va 1828-1829- yillardagi Rossiya-Turkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o’zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi o’rta Osiyo xonliklariga suqulib kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to’ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo-sotiq ishlarining ahvoli yomonlashdi. Bunday paytda o’rta Osiyo xonliklari bilan savdosotiqni har qachongidan ko’ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya hukumati rus asirlarini ozod etishni ham talab eta boshladi. Biroq Rossiya hukumati Xiva xonligiga nisbatan o’z talablari doirasini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi u keyinchalik Xivadan Amudaiyoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini ham taiab eta boshladi.
«Majburiyatlar akti»
Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi. Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o’g’li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842- yilning 27- dekabrida Xiva-Rossiya o’rtasida «Majburiyatlar akti» deb ataluvchi shartnoma imzolandi. Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do’stlik munosabatida bo’lishi e’lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo’1 qo’ymaslik; rus asirlarini saqlamaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklandi. Shuningdek, ikki davlat o’rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e’tibor berildi. Chunonchi, boj to’lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo’yildi. Biroq «Majburiyatlar akti» qog’ozda qolib ketdi. o’zaro munosabatlar keskinlashib bordi.