II-bob bo’yicha xulosa.
Yoritib berilgan bob bo’yicha shunday xulosaga kelish mumkinki,
O’zbekiston Prezidentining milliy ma’naviyat masalalariga bag’ishlangan fikr va
mulohazalari alohida yirik jiddiy tadqiqot mavzusidir. Ammo mazkur tadqiqot
yakunlarini kutmay turib ham Islom Karimov asarlarini shu yo’nalishda e’tibor
bilan o’rganib chiqqan odam Prezident qarashlari milliy ma’naviyat nazariyasini
shakllantirish yo’lida o’q tomirlarni aniq va muayyan ko’rsatib berishga
qodirligiga amin bo’ladi.
Prezident Islom Karimov asarlarida o’z aksini topgan g’oyalar va qarashlar
bugungacha millatimiz va butun insoniyat bosib o’tgan taraqqiyot yo’llari va
tajribasini imkon va zarurat darajasida hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Demak, uning asarlarida taklif etilayotgan metodologik asoslar ham bugungacha
bashariyat ilmi erishgan yutuqlarga begona emas. Shu bilan birga bizning yo’limiz
muayyan darajada o’ziga xos ichki yaxlitlikka ega va birir – bir zamon va
makonda ishlab chiqilgan metodologik asoslarning hech birini hech qanday
o’zgarishsiz, taqlidiy shaklda bugungi bizdagi ijtimoiy ilmga bevosita poydevor
qilib, ko’chirib olib kelib, o’rnatib bo’lmaydi. Qiyosiy tahlil uchun jalb etish
bosgqa narsa. Chunki har bir millatning tarixi, ma’naviy qiyofasi, ustun qadriyatlar
tizimi betakrordir.
Yurtboshi xalqdan ayri emas. Chunki xalqning, millatning nihoniy tilagi,
istagi bugun, yurtboshining ko’nglidagi tilakdir, istakdir. Prezidentning barcha
nutq va risolalarini ma’naviyat mavzusi niqtai nazaridan birma-bir ko’zdan
o’tkazib chiqqan odamni hayratga soladigan narsa shuki, ajdodlarimiz yaratgan
ma’naviy meros, xalqimizning dilida saralanib kelayotgan, uning og’zaki ijodi,
hikmatlari, metal va maqollarida aks etgan ezgu aqidalar va O’zbekiston
Prezidentining ma’naviyat masalalariga munosabati, mulohazalari,fikr yo’nalishi
o’zak ozagidan o’zaro muvofiq va uyg’unidir. Boshqacha bo’lishi ham mumkin
emasdek tuyuladi birinchi qarashda. Ammo dunyo siyosatida bunga zid misollar
74
kam emasku. Alloh taolodan baxt tilaganda to’kis tilagan durust.” Ilohi,
millatimizga mustaqillik saodatini nasib etgan Parvardigori olam uning
bardavomiyligini ham, barokatini ham to’kis ado etgan bo’lsin. Inshoolloh, millat
va uning yurtboshisi azm-u qarorda, sa’y-harakatda doimo hamdam, hamqadam
kelmoqda, kelajakda ham shunday bo’lsin”
115
.
Qolaversa hozirgi kunda O’zbekistonda ma’naviy yuksalish taraqqiyot
mezoni sifatida o’z ta’sirini kuchaytirib borayotgan davrda ma’naviyatga nisbatan
bo’lgan e’tiborning biroz pasayishi ham ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin.
Ma’naviyatni yuksaltirish borasida olib boriladigan siyosatni har
tomonlama chuqur o’ylanganligi va amalga oshirilganligi taraqqiyotga katta ta’sir
ko’rsatishi bilan birga mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashning
muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda ma’naviy yuksalish jarayoni, avvalo qadriyatlarning
yangilanishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu borada milliy o’zlikni anglash,
ma’naviy merosni tiklash, ularni avaylab-asrash, ularni xar bir jamiyat a’zosining
qalbiga singdirishga harakat qilish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga ezgu
maqsadlar yo’lida mamlakat hayotini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish,
ma’naviyatni yuksaltirish taraqqiyot jarayonining tarkibiy qismidir.
115
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. T., 2006-yil, 12-bet.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |