O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

 
 8. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Ma’naviyatning insoniyat tarixida yuksak 
o’ringa ega ekanligini, ajdodlarimiz ma’naviy merosi bugungi kunda bemisl 
ahamiyatga ega ekanligini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’naviy ma’rifiy 
ishlar samaradorligini oshirishdagi ulkan hissasini va inson ma’naviy kamolotida 
ma’naviyatning bugungi kun yoshlar tarbiyasida tutayotgan o’rnini dalillar asosida 
yoritib berish.
 9. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. 
Titul varoq, annotatsiya, 
mundarija, kirish, 3 bobdan iborat asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar 
ro’yxati,ilovalar. 



I BOB. MA’NAVIYAT HODISASINING MOHIYATI VA JAHON 
ILMIDA BU MUAMMOGA E’TIBOR. 
 
1. Insoniyat tarixida ma’naviyatning o’rni va bu muammoga ilmiy 
munosabat. 
 
Jahon ilmida ma’naviyat masalalari ilgari aslo ko’tarilmagan desak, to’g’ri 
bo’lmaydi. 
Masalan, 
1989-yilda 
Moskvada 
“Hayka” 
nashriyotida 
“Происхождение духовности” degan qalingina kitob bosilib chiqqan. Uning so’z 
boshisida shunday jumla keltiriladi: “Среди многообразных видов человеческой 
деятельности В.Г.Афанасьев, следуя К.Марксу, выделяет три основные 
группы: материальную (производственную), социально-политическую и 
духовную.”
1
K. Marksning asarlarida ham huddi shunday yondashuvni 
ko’rishimiz mumkin. Ammo o’z davrining taniqli marksist faylasuflaridan 
hisoblangan В.Г.Афанасьевning 1977-yilda Moskvadagi “Политиздат” nashriyoti 
chiqargan “Человек в управлении обществом” kitobida shunday jumla bor ekan. 
Aslida “ma’naviyat”so’zi sho’rolar davri lug’atlarida ko’p uchramaydi. Ko’proq 
madaniyatshunoslik fanida “moddiy madaniyat” va “ma’naviy madaniyat” 
(“материальная” и “духовная” культура) degan tushunchalar qabul qilingan edi. 
Yuqirida nomi tilga olingan kitobda “духовность” tushunchasi “душа” so’zi bilan 
bog’liqlikda olinib, uning materialistik talqiniga urg’u berilgan.
Kitobda insonning asosiy (tayanch) ehtiyojlari (“базисные потребности”) 
uch qismga (sohaga) ajratiladi: 1. Insonning moddiy hayotini ta’minlash (saqlab 
qolish va davom ettirish) uchun zarur bo’lgan (“витальные” – hayotiy, biologik) 
ehtiyojlar, ya’ni uning taomga, suvga, uyquga, issiq-sovuqdan, turli xavf 
hatarlardan saqlanishga bo’lgan ehtiyojlari. 2. Insonning tor ma’nodagi ijtimoiy 
ehtiyojlari, ya’ni muayyan bir ijtimoiy guruhga taalluqli bo’lish, ushbu guruhda 
muayyan o’rin egallash, o’zgalar nazdida qadrlanish, hurmat, e’tiborga sazovar 
1
Происхождение духовности. М., “Наука”, 1989. С. 3.



bo’lish kabilar. 3.Ideal (ma’rifiy) ehtiyojlar (идеальные (познавательные) 
потребности) – hayotning ma’nosi va maqsadini, borliqda o’z o’rnini anglab 
yetish ehtiyoji.
2
Kitobning asosiy mualliflaridan biri akademik P. V. Simonov asl 
mutaxasisligi tibbiyot olimi bo’lib, ma’naviyatning kelib chiqishini aniqlash 
maqsadida kalamushlar, itlar va maymunlar ustida turli tajribalar o’tkazib, ular 
faoliyatida atrof muhitni tushunishga intilish va alturizm unsurlari borligini 
isbotlashga urinadi
3
. Yana bir muallif - tarix fanlari nomzodi Ю.П.Вяземский esa 
o’z yozuvchilik mahoratini ishga solib, ma’naviyatning tarixiy rivojini 
kuzatmoqchi bo’ladi, ammo qadim Misr va Yunonda ma’naviyatning shakllanishi 
haqidagi yengil yelpi mulohazalar, ayniqsa ularni badiiylashtirib tasvirlashga 
urinish, ishonarli xulosalarga olib kelgan, deyish qiyin
4
. Nazarimizda uchinchi 
muallif – P. M. Ershovning “ San’atdagi ma’naviyat” ga bag’ishlangan tadqiqoti
5
jiddiyroq va e’tiborga sazovorroq chiqqan, chunki san’at hayotni yaxlit aks ettirishi 
bilan inson ma’naviyatini ham mukammalroq ifodalash imkoniga ega.
Agar ilgari ma’naviyatga oid masalalar ko’proq axloqshunoslik (etika), 
ilohiyot (teologiya), madaniyatshunoslik (kulturolgiya), falsafa (filosofiya), 
ruhshunoslik (psixologiya) fanlari doirasida olib qaralgan bo’lsa, endilikda (20-asr 
oxiri 21-asr boshlariga kelib) bevosita ma’naviyatning nazariy masalalari jahon 
afkor ommasi diqqatini borgan sari ko’proq o’ziga jalb qilmoqda. Masalan, 
internetda “spirituality” mavzusiga oid kitoblar ro’yxati 552 sahifada 5517 nomda 
berilganligi qayd etilgan. Agar faqat rus tilidagi materiallarga e’tibor beradigan 
bo’lsak, misol sifatida I.I. Leshukning “Лабиринты духовности” asari, A. 
Gudzenkoning 2006-yilda Moskvada nashr etilgan 504 sahifalik “Русская 
духовность” kitobini, 2007-yilda “Dilya” nashriyoti tomonidan Moskva-Sankt 
Peterburgda chop etilgan “Основы духовности” kitoblarini tilga olib o’tish 
2
Происхождение духовности. М., “Наука”, 1989. С.10-12.
3
O’sha asar. 23-38-bet.
4
O’sha asar. 43-260-bet.
5
O’sha asar. 266-315-bet.


10 
mumkin. I.I. Leshukning “Лабиринты духовности” kitobi
6
xristian dini nuqtai 
nazaridan ma’naviyatga oid turli diniy-mistik qarashlarning tanqidiy tahliliga 
bag’ishlangan bo’lib, unda, jumladan, xristian dini doirasidagi turli xurofiy oqim 
va firqalar ham keskin tanqid ostiga olingan.
A. Gudzenkoning asari rus millati uchun o’ta dolzarb mavzuga 
bag’ishlangan bo’lib, bu kitob rus ma’naviyati, uning o’ziga xos jihatlari, rus 
milliy g’oyasi haqidagi badiiy-publisistik ruhda yaratilgan. Kitob annotatsiyasida 
aytilishicha, unda muallif “rus millatidan bo’lgan va rus millatidan bo’lmagan 
taniqli va yo unchalik taniqli bo’lmagan insonlarnig o’zlari yashagan davrlarda yuz 
bergan voqea hodisalar yoki ular o’zlari mutaxassis deb hisoblaydigan sohalariga 
oid muayyan hodisa va tushunchalar haqidagi mulohazalarini qisqacha matniy 
tahlil qilish orqali yer kurrasida shakllanayotgan yangicha umumplanetar insoniyat 
jamoasi sharoitida Rossiya davlati va rus xalqi erishgan madaniy, ilmiy, ijtimoiy 
yutuqlarning dunyo tamadduniga ta’sirini saqlab qolish va mustahkamlashda rus 
ma’naviyatining voqeiy imkoniyatlari qanday ekanligini aniqlash maqsadini o’z 
oldiga qoygan”
7
. Tilga olingan uchinchi kitob asosan Rossiya musulmonlari uchun 
mo’ljallangan bo’lib, muqovada kitob mavzusi “Imom al-G’azzoliy darslari. 
Ma’naviyat asoslari: O’zlikni anglash. Allohni anglash. Bu dunyoni anglash. 
Oxiratni anglash”
8
deb keltirilgan. Kitob mazmunidan ma’lum bo’ladiki, bu 
qo’llanma Imom al-G’azzoliyning “Kimyoi saodat” asarining muqaddima 
qismidan olingan iqtiboslar asosida tuzilgan. Bulardan tashqari jahon miqyosidagi 
ma’naviyatga oid yana bir yirik yo’nalish ulug’ rus rassomi va faylasufi Nikolay 
Konstantinovich Rerix va uning oila a’zolari (xotini Yelena Rerix, o’g’illari Yuriy 
va Svyatoslav Rerixlar) tomonidan 20-asr birinchi yarmida shakllantirilgan va 
targ’ib etilgan “Живая этика” (Agni yoga) deb nomlanuvchi ta’limot bo’lib, 
jumladan, Rossiya, AQSH, Hindiston Germaniya va bosqa joylarda faol harakat 
6
Kitob matni internetda to’liq keltirikgan bo’lib, (150 sahifa) nashr ko’rsatkichlari keltirilmagan. Ammo muallifning bundan 
oldingi asari (Лещук И.И. Экология духа (Книга 1). — Одесса: Христианское просвещение, 1998. — 284 с.) 20-asr oxirida 
chop etilgani nazarda tutilsa, bu kitob 21-asr boshlarida dunyo yuzini ko’rganini tahmin qilish mumkin.
7
А.Гудзенко.Русская духовность. М., АИФ-Принт, 206, 504 стр.
8
Уроки Имама ал-Газали. Основы духовности: Познание себя. Познание бога. Познание этого мира. Познание тога света. 
Москва - Санкт-Петербург, «Диля», 2007, 184 стр. 


11 
olib bormoqdalar. “Rerixlarning dunyoviy ma’naviyati” (Светская духовность 
Рерихов) deb nom olgan ushbu harakat Rossiyada xristian pravoslav cherkovining 
ba’zi namoyondalari tomonidan qattiq qoralangani tufayli hozir ma’naviyatning 
diniy va dunyoviy talqini namoyondalari orasida keskin bahslar va o’zaro 
ayblovlar avj olib ketgan. Rerixchilar tashabbusi bilan bu sohada Rossiyada 
amalga oshirilgan ko’zga ko’rinarli ishlardan biri 2003-yilda “Kayhoniy”
9
 
dunyoqarash – XXI asrning yangicha tafakkuri” (Космическое мировоззрение – 
новое мышление XXI века) mavzuida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-ijtimoiy anjuman 
bo’lib, unda Rossiya va jahonning ko’zga ko’ringan olimlari ishtirok etdilar va va 
bu anjuman materiallari 2004-yilda Moskvada “Rerixlar xalqaro markazi” 
(Международный Центр Рерихов) tomonidan 3 jildda nashr etildi. Ushbu 
anjuman doirasida 19-asr oxiri va 20-asr birinchi yarmida Rossiyada yashab ijod 
etgan buyuk allomalar - - К.Э.Циолковский, В.И.Вернадский, А.Л.Чижевский, 
П.А.Флоренский, В.С.Соловьев, Н.А.Бердяев, С.Н.Булгаков, Н. Ф. Федоров 
kabilarning ma’naviyat masalalarini nazariy o’rganishga doir faoliyatlari xususida 
ma’ruzalar qilingani diqqatga sazovordir.
Ushbu olimlarning ma’naviyat borasida olib borgan ishlari bilan tanishib 
chiqsak maqasadga muvofiq bo’lar edi. Ko’pchilik o’zini Yevropa 
ma’naviyatshunoslari deb, atovchi shaxslar avvalo ma’naviyatga xristian dini 
nuqtai nazaridan qaraydi. Bir tomondan buni to’g’ri tushunmoq lozim. Chunki 
dinni ma’naviyatga ta’sirini inkor etib bo’lmaydi. Lekin ma’naviyatga biryoqlama 
qarash ham uning mazmunini ochib bera olmaydi. Masalan, Vladimir 
Solovyovning ma’naviyatga qarashlariga e’tibor beraylik. 
Владимир Соловьев10(1853-1900) писал: «Благоговение, сострадание, 
самообладание (аскеза) — таковы нравственные черты нормального, 
духовно-здорового человека
.
Эти три добродетели неотделимы друг от друга, 
они дополняют одна другую и лишь в своей совокупности образуют 
9
“Kayhoniy” ya’ni umumkoinot miqyosidagi
10

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish